Bu kungi suhbatimizning mavzui garçi ijodiy tajribalar bölsa ham, gap köproq ijodiy tajribalar emas, ijodiy urinişlar töğrisida borilar deb öylayman.
Biron baloğatga yetgan yozuvçi özining baloğatga qandoq yetganligi, bir yoki bir neça maşhur, hamma taqdir etgan asarini qandoq yozganligi töğrisida gapirib bersa, suhbat ahli undan taʼlim olsa, u vaqtda ijodiy tajriba töğrisida söz, taʼlimiy suhbat bölar edi. Men bu yerda faqat durust asar yozişga qandoq örganganligim, şu urinişlar orqasida nimalarga duç kelganligim töğrisida gapirişim mumkin, xolos. Demak, bu suhbat özaro fikrlaşiş tarzida ötadi.
Umid bilan qöliga qalam olgan, el-yurtga yoziş-çiziş işi bilan xizmat qilişni istagan, şu yöl bilan köproq va yaxşiroq xizmat qila olişiga közi yetgan har bir kişining omili yaxşi asarlar yaratiş böladi.
Biz bir asarni yomon, ikkinçisini yaxşi, uçinçisini söz sanʼatining möjizasi deymiz. Şunda hammadan burun nimani közda tutamiz? Avval şu savolga javob beriş kerak.
Modomiki, kitob keng öquvçilar ommasi uçun yozilar ekan, bu savolga öşa omma nuqtayi nazaridan qarab javob beriş zarur. Omma özini maftun qiladigan, rohat bağişlaydigan narsani öqiydi. Öşani yaxşi asar deb biladi. Öquvçi kitobni “madaniyatdan orqada qolmaslik” uçungina emas, zör rohatdan mahrum bölmaslik uçun öqisa hisob. Şunday asar yaxşi asar böladi. Asar töğrisida eng töğri xolis yozilgan taqriz kutubxonaning daftarida böldi.
Eng yaxşi tomoşa bölmagan drama, qölga oliş bilan jozibasiga tortib ketmaydigan adabiy asar yaxşi narsa bölmaydi. Agar biron yozuvçi asarning şu tomoniga eʼtibor qilgani erinsa yoki erinmagani taqdirda ham udda qilolmasa-yu, özining ojizligini, masʼuliyatsizligini “mazmun”, “olijanob maqsad” iboralari ostiga berkitsa, sanʼatni, eng muhim tarbiya qurolini beburd qilgan böladi.
Maqsad naqadar olijanob bölmasin, Çexovning tili bilan aytganda, “qurbaqaga şakar sepib berganing bilan baribir yemayman”.
Adabiy asar, adabiyot degan şundoq bölsin.
Yozuvçi biror narsa yoziş uçun qöliga qalam olganda hammadan burun köz oldiga şu narsani öqiyotgan öquvçini keltirsin, asarning har bir satri köz oldidan ötganida çehrasida böladigan özgarişni körib tursin. Yozuvçi özini kattakon bilimdon, yuksak zavq egasi bölgan kişi oldida imtihon berayotganday sezsin.
Kitobxonni maftun qiladigan narsa yaxşi narsa bölsa, qandoq asar maftun qiladi? Uning mehrigiyosi qayerda, bu mehrigiyo nimadan iborat?
Klassiklardan örganiş degan söz klassik asarlardagi mana şu me‑hrigiyoni topişga uriniş, topişdan iborat bölsa kerak.
Albatta, har bir yaxşi asar öziça yaxşi. Har bir yaxşi asarning mehrigiyosi boşqa yaxşi asarning mehrigiyosiga öxşamaganligi uçun yaxşi. Gözal degan söz bitta. Lekin uning ming bir maʼnosi bor.
Yaxşi asarlarning yaxşilik sirini qidirgan vaqtda hamma yaxşi asarlarga muştarak bölgan bir narsa darrov közga körinib turadi. Ehtimolki, bu asarning maftun qiladigan asar çiqişi uçun asosiy şartlardan biri bölsa.
Maʼlumki, sanʼat, şu jumladan, söz sanʼati – adabiyot ham kişilarning ongiga his orqali – yurak orqali taʼsir qiladi. Adabiyot biron ijtimoiy hodisaning yaxşi yoki yomon ekanligini faktlar, raqamlar bilan isbot qilib, xulosa çiqarmaydi; uning yaxşi yoki yomon ekanligini körsatib, kişilarda şu hodisaga nisbatan muhabbat yoki nafrat hissi tuğdiradi. Biron hodisaning yaxşi yoki yomon ekanligini bildiriş bilan unga nisbatan nafrat yoki muhabbat hissi tuğdiriş orasida juda katta farq bor. Bilgan kişi bilib qöya berişi mumkin, lekin his qilgan kişi his qilib qöya bermaydi. Adabiyotning zör taşviqiy kuçi ham mana şundan iborat.
Bundan maʼlum böladiki, yozuvçi biron hodisaga öquvçida muhabbat yoki nafrat hissi qözğatişi uçun avval öşa his özida bölişi kerak.
Kişi heç qaçon duşmanning göri ustida boşqalarning közidan yoş çiqaradigan taʼsirli nutq sözlolmaydi.
Eng talantli, eng usta, xuşovoz artist agar öziga yoqmaydigan aşulani aytişga majbur bölib qolsa, talanti ham, ustaligi ham yöqolib, quruq ovozi qoladi.
Talant, bilim, hunar jihatidan bir darajada bölgan ikki yozuvçi muhabbat töğrisida yozsa, şu muhabbat hissini boşidan keçirgani yaxşiroq yozadi.
Yozuvçi özi his qilmagan narsa töğrisida yozsa, buni öqigan öquvçi ham heç narsani his qilolmaydi. Öquvçining qalbiga taʼsir qilmagan narsaning adabiyotga heç tegişligi yöq.
Demak, kuydiriş uçun kuyiş, ardoqlaş uçun ardoqlaniş şart. Busiz bölmaydi. His qilinmasdan yozilgan narsa qoğozdan qilingan gulga öxşaydi.
His, içki dard kişining qalbini toşirib yuboradi. Bunday vaqtda kişi özini qayerga qöyişini bilmaydi. Özining dardiga boşqalarni şerik qiliş, yuragini böşatiş kişiga azob beriş darajasiga yetadi. Şu vaqtda qöl qalamga boradi. Kişining köziga heç narsa körinmaydi. Yoziş uçun heç narsa xalal bermaydi. Fikr tökila boradi. Yozib ulgurib bölmaydi.
Kişidagi mana şunday holatni odatda ilhom deyişadi.
Aytilgan gaplardan xulosa çiqarsak, yaxşi asar – öquvçini maftun qiladigan asar, faqat ilhom bilan yozilgan asar, deyiş kerak böladi.
Yozuvçi ilhom keldi deb tez-tez yozadi, ilhom kelmayotir deb soatlab qoğoz çizib ötiradi. Bas, maʼlum böladiki, ilhom kelgani yozuvçinnng töla his qilgani, ilhom kelmagani yozuvçining hali his qilmagani böladi.
Ilhom kelişi uçun yozuvçining his qilişi şart bölsa, his qilişi uçun nimalar kerak?
Yozuvçi yozuvçi böliş uçun qanday katta mehnatni böyniga olganligi mana şu yerda körinadi.
Umuman saviyasi biron uy xizmatçisining saviyasi bilan barobar bölgan kişi heç vaqt ijtimoiy hodisalarni töğri tahlil qilolmaydi.
Demak, ijtimoiy hodisalarni tahlil qiliş, uning yaxşi, yomon ekanini biliş uçun yozuvçining saviyasi juda-juda baland bölişi kerak.
Yozuvçi turmuş hodisasini tahlil qilganidan söng unga maʼlum bir munosabatda böladi. Bu munosabati uning qanoati böladi. Uning biron hodisani his qilişi mana şu qanoati asosida böladi.
Şulardan maʼlum böladiki, yozuvçi heç vaqt “Nima töğrida yozsam ekan?” deb öylab, keyin birdaniga biron mavzu töğrisida yozişni ixtiyor qilmaydi. Aksinça, hodisaga maʼlum munosabati, qanoatidan kelib çiqqan rozilik yoki norozilik uni yozişga majbur qiladi, uni öz ixtiyoriga qöymaydi.
Mana şundan keyin asarning ğoyasi töğrisida gapiriş mumkin.
Men ilgari vaqtlarda köp kişilardan “Asar yozişdan burun uning ğoyasini belgilab oliş kerak”, degan maslahatni eşitganman. Öşa vaqtlar şu maslahat asosida iş körib köp garang ham bölganman. Öşa vaqtlarda qölimga qanday asar tuşsa, darrov uning ğoyasini axtarar edim. Köpinça, uning ğoyasini topolmas edim. Endi öylab qarasam, öşa maslahatlar notöğri, öşa urinişlarim mutlaqo samarasiz urinişlar ekan.
Men şu kungaça bitta-ikkita durust narsa yozgan bölsam, birontasining ham ğoyasini oldin belgilab olganim yöq. Nainki, uruş zamonidagi çollarni körsatiş maqsadida men Asror boboni yasagan bölsam! Yöq, çollarning uruş yillarida yoşlar bilan bir safda turganligi menga qattiq taʼsir qilgan edi. Bu hikoya şu taʼsirning natijasi. Adabiyotçilar, tanqidçilar tilida bu çol qanday deb atalişini közda tutgan emasman, şular nima deb atasa, hikoyaning ğoyasi öşa böladi.
Yangliş maslahatlarga amal qilib asarning ğoyasini qidirar edim. Bu ham bekorçi uriniş ekan. Haqiqatan şunday. Asarning ğoyasini qidirişga ehtiyoj bormi? Asar öquvçida qanday taʼsir qoldirsa, uni qaysi yölga boşlasa, ğoyasi öşa-da.
Jek Londonning “Jazirama” (“Den plameneyet”) degan bir romani bor. Men asarlarning ğoyasini qidirib yurgan vaqtimda şu romanning ğoyasini topolmagan edim. Lekin şu kitobni öqiganimdan keyin şaharda turgim kelmay qoldi. Qolgan umrimni qişloqda ötkazişni xohlab qoldim. Demak, yozuvçining maqsadi şu ekan, odamlarni tabiatga daʼvat qilgan ekan.
Ilhom bilan, içki majburiyat orqasida yozilgan asarni tuzatiş, qayta işlaş mumkinmi?
Öşa tuzatiş, öşa qayta işlaş xohişga aylanmagunça, yozuvçining qalbidan örin olmagunça mumkin emas.
Köpinça şunday hollar böladi; yozuvçi asarini bitirib, odamlarga öqib beradi. Bu yerda asarning kamçiliklari körsatiladi. Yozuvçi köpinça öşa kamçiliklarni özi kamçilik hisoblamagani holda faqat bilimdonlarning sözini ikkita qilmaslik uçun tuzatişga kirişadi. Bunday vaqtda yozuvçi öz maʼşuqasiga birovning sözi bilan muhabbat izhor qilayotgan oşiqqa öxşab qoladi. His qilmasdan asarni tuzatiş dutorni ikki kişi çalganday gap. Parda bosgan kişi ham, zarb bergan kişi ham heç narsani his qilolmaydi. Bunday maşqdan heç kim lazzat olmaydi.
Asarni qayta işlaş degan gapga men tuşunmayman. Agar biron asar qayta işlaşga muhtoj bölsa, şu material asosida boşqa asar yoziş kerak ekan, deb tuşunaman.
Yaxşi asar ilhomning natijasi, ilhom his qilişning natijasi dedik. His qiliş uçun yozuvçi öşani boşidan keçirişi şartmi? Agar şart bölsa, Tolstoy heç qaçon “Anna Karenina”ni yozolmas edi. Çunki, Tolstoy heç vaqt xotin kişi bölib körgan emas.
His qiliş uçun yozuvçiga özining şaxsiy keçinmalari bilan bir qatorda muşohada ham yordam beradi. Yozuvçi özi boşidan keçirmagan yoki keçiriş mumkin bölmagan hodisalarni zör diqqat bilan muşohada qiladi. Turmuşni örganiş degan sözning maʼnosi turmuşni muşohada qiliş demakdir. Eng zör yozuvçilar eng zör muşohada kuçiga ega bölişgan. Odamlarning raftoriga oid eng kiçik narsalardan tortib, katta-katta ijtimoiy hodisalargaça ğoyat zör diqqat bilan örganişgan. Boşqa kişilarning diqqatini jalb qilmagan hodisalar, boşqa kişilar eʼtibor qilmagan narsalar bularning diqqatini jalb qilgan, eʼtiborini tortgan.
Mana şuning uçun har bir badiiy asarda yozuvçining şaxsiy keçinmalari, tarjimayi holi unsurlari böladi. Yozuvçi baʼzan biron tipga asos qilib haqiqatda mavjud odamni ham oladi. Bunday hollarda öşa mavjud odam tipning prototipi böladi.
Yozuvçi prototipning özigagina xos sifatlarini, xislatlarini taşlab, tip uçun xarakterli bölgan boşqa sifatlar, xislatlar qöşadi. Şunday böladiki, prototip tipning özi ekanini bilmaydi.
Odatda muşohada faqat kerak bölganda, biron asar yoziş uçun zarur bölib qolganda qilinmaydi.
Masalan, birovning oyoğini tramvay bosdi. Ehtimol, mening qahramonlarimdan, personajlarimdan heç kimning oyoğini tramvay bosmas. Lekin oyoğini tramvay bosgan odamning öşa damdagi holati, harakati, qiyofasi esimda qolişi kerak. Çunki mabodo şunday holat kerak bölib qolsa, oyoğini tramvay bostirib körgani heç kim rozi bölmaydi.
Kişi çuçkiradigan vaqtda afti qandoq bölişiga heç kim eʼtibor qilmaydi. Lekin Çexov şunga eʼtibor qilgan ekan. “Çinovnikning ölimi”da qöl kelipti.
Men “Anor” degan hikoyani yozganimda boşqoronği xotinning holatini şu kunlarda muşohada qilganim yöq. Boşqoronği xotinning holati mening xotira daftarimda bor edi. Buni men bir vaqtlar daftarga şunday qayd qilib qöygan ekanman:
“Er xotiniga jannatning taʼrifini qiladi. Xotinning köziga havzi kavsar va unda yuzib yurgan baliqdan boşqa heç narsa körinmaydi. Xotin baliqqa boşqoronği”.
Bundan olti yil burun daftarga şuni yozib qöygan ekanman: “Ajoyib it, öğri kirganda olkişlasang, yotib dumini yalaydi”.
Bu narsa olti yildan beri kerak bölgani yöq, ehtimol, heç qaçon kerak bölmas. Şunday qilib, yozuvçining xotira daftari – muşohadalar xazinasi – turmuş qomusi vujudga keladi.
Bu daftarga faqat muşohadalargina emas, voqealar, manzaralar, fikrlar, sözlar, iboralar ham yozilişi mumkin. Çexov hatto ismlarni ham yozgan.
Mana şuning uçun yozuvçi yozayotganda, öylayotgandagina emas, hammavaqt mehnat qiladi. Şundoq bölişi kerak.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


