14 daqiqada öqiladi

144 marta körilgan

“Yoşlik” – qalbning oltin sozi

Muzaffar tuğ kötarganlar

Yurtning oltin fondi

Yaqinda Köksaroy qarorgohida Prezident Şavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz yoşlari bilan muloqoti bölib ötdi. Uçraşuvda yoşlar bilan işlaş natijadorligini oşiriş, ularga yanada keng imkoniyatlar yaratiş çora-tadbirlari muhokama qilindi, faol yoşlarning takliflari eşitildi.

Muloqot avvalida Prezidentimiz azm-u şijoatli, navqiron yoşlar bilan uçraşib turganidan mamnunligini bildirib, ularning timsolida Yangi Özbekis­tonning bugungi va ertangi bunyodkorlarini körayotganini taʼkidlar ekan, iştirokçilarga qarata “Yoşlik – bu qalb­ning oltin sozi” deya ardoqli şoirimiz Erkin Vohidovning “Yoşligim” şeʼrini yodga soldi va yoşlarni xalqimizning, Vatanimizning oltin fondiga qiyosladi.

Prezidentimizning mamlakat yoşlari­ga bergan bu yuksak eʼtirofidan yoşlarga naqadar yaqinligi va davlat rahbarining yoşlar bilan çin qalbdan muloqot qiliş istagi borligi körinib turardi. Uluğ şoir taʼbiri bilan aytganda, “örtada begona yöq”, deya muloqotni öta jiddiy boşladi.

Uçraşuv davomida turli sohalar­dagi yutuqlari bilan tengdoşlariga örnak bölayotgan yoşlarimizning safi tobora kengayib borayotgani taʼkidlandi. Ayni kunlarda dunyodagi “top” oliygohlarda 1,5 mingdan ziyod talaba tahsil olayotgani Özbekiston tarixida şu vaqtgaça kuzatilmagani aytildi.

– Buning boş omili nimada, deb sörasangiz, men, avvalo, yoşlarga munosabat davlat miqyosida butunlay özgarganida, deb javob bergan bölardim. Öğil-qizlarimiz yoşlar masalasi davlat siyosatining ustuvor yönalişiga aylanganini sezib, özlariga beqiyos kuç olmoqda, – dedi Prezidentimiz.

Yiğilişda mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida yoşlarning örni naqadar muhim ekani bir neça bor taʼkidlandi. Ularning inson kamoloti uçun zarur bölgan barça sohalarda amalga oşirgan uluğvor işlari qatorida bugundan keçiktirmasdan – ayni damda bajarilişi zarur masalalarga Prezidentimiz atrofliça töxtalib, qimmatli fikr-mulohazalarini bildirdilar. Farzandlarimizning maʼnaviy tarbiyasi va mafkuraviy immunitetini kuçayti­riş, ularni yot ğoyalardan asraş har birimizning vazifamizga aylanişi şartligini qayd etdilar.

Mutasaddilarga yoşlarning mafkuraviy xavfsizligini taʼminlaş, ularning dardiga malham bölib, muammosini hal qilib, turli ğoyaviy xurujlardan asraş, zararli axborotlardan himoya qiliş işlarini kuçaytiriş vazifasi topşirildi.

Millat. Adabiy tafakkur va “Yoşlik”

Xususan, yoşlar maʼnaviyatini yuksaltirişda badiiy adabiyotning örni juda katta ekanini eʼtirof etildi. Bundan qirq yil oldin ustoz şoir Erkin Vohidov taşkil etgan “Yoşlik” jurnali faoliyatini kuçaytirib, uni yana yoşlarimiz sevib öqiydigan jurnalga aylantiriş muhimligi taʼkidlandi.

Prezidentimizning bu sözlari nainki yoşlarni, balki ijodkor-ziyolilarimizni ham tölqinlantirib yubordi. Negaki, bu jurnal özbek xalqining sönggi qirq yillik tarixida muhim ahamiyat kasb etgan naşrdir. Ötgan yillar maboynida jurnal köplab isteʼdodlarni kaşf etdi, millatning adabiy-badiiy tafakkuriga, intellektiga, madaniyati va sanʼatiga sezilarli taʼsir körsatdi, desak, aslo mubolağa bölmaydi.

Ijodkor-ziyolilarimizga maʼlumki, “Yoşlik” öz davrida ijtimoiy-adabiy zaruriyat bilan maydonga kelgan. Unga xalqimiz qalbida hamişa barhayot şoir Erkin Vohidov birinçi boş muharrir etib tayinlangan edi.

Naşrga elimizning ardoqli farzandi, davlat va jamoat arbobi Şarof Raşidov oq yöl berar ekan: “Yoşlik” boğida yangi-yangi buloqlar köz oçib, undan adabiyot ixlosmandlari öz taşnaliklarini qondira olsinlar. “Yoşlik” boğidan boşlangan jilğalar adabiyotimizning jöşqin, katta daryolariga borib qöşilsin, butun-butun ellarning maʼnaviy, ruhiy dunyosiga, zavol yetmas xazinasiga aylanib ketsin”, – deb yozgandi.

Bundan ikki yil burun Özbekis­ton xalq yozuvçisi Erkin Aʼzamga “Ustoz, jurnal taşkil etilgan yillarni bir eslasangiz, “Yoşlik”da eʼlon qilsak”, deb iltimos qildik. Yozuvçining xotiralari biz uçun tamoman yangilik böldi.

Yozuvçi Erkin Aʼzam aytadiki: “Amakim adabiyot muallimi bölgan. U kişi “Şarq yulduzi” jurnalining sonlarini qoldirmay yiğib yurardi. Adabiyotni yaxşi körganimdan şularni titkilab ötirardim. Jurnalning 1959-yilgi bir soni qölimga tuşgan. Qança böldi bunga – oltmiş yillardan oşgandir. “Yozuvçilar soyuzida mana bunday majlis böldi (u vaqtlarda uyuşma emas, soyuz deyilardi), falonçilar sözga çiqdi va yoşlar jurnalini taşkil qiliş töğrisida fikr bildirdi. Adabiyo­timizda yoşlar ijodini yoritadigan bir jurnalga ehtiyoj borligi taʼkidlandi”.

Ana şu gapdan yigirma uç yil ötib “Yoşlik” jurnali taşkil etildi. Biz buni adabiyotga kirib kelgan paytimizdan orzu qilardik. “Şarq yulduzi” yirik jurnal bölgani bilan unga yaqinlaşolmasdik. U kezlar oqsoqollarimiz katta-katta ğiştday qilib roman yozar, jurnal şulardan ortmas edi. Bizning qissa-hikoyalarimiz qayerda çiqsin? Masalan, mening uçtagina – bir turkum hikoyam yarim yil navbat kutgan. Sondan songa ötkaziladi, siğmay qoldi, deydi. Şuning uçun ham yoş ijodkorlarga alohida jurnal zarur edi. Lekin buni biz özimiz hal qilolmasdik”.

Demak, öşa zamonda jurnalni taşkil etiş uçun astoydil harakat qilgan uluğ ijodkorlar – Şarof Raşidov, Sarvar Azimov, Erkin Vohidov uçun aslo oson bölmaganini körişimiz mumkin. Taniqli yozuvçi Xayriddin Sulton sevimli şoirimiz, “Yoşlik” jur­nalining birinçi boş muharriri Erkin Vohidov haqida yozgan “Sobit-u sayyorada inson özing…” nomli maqolasida yozişiça: “Özbekis­ton adabiy jamoatçiligi uzoq kutgan, bunga erişiş uçun köp harakat qilgan “Yoşlik” jurnali taʼsis etilib, unga Erkin Vohidov boş muharrir etib tayinlandi.

Yangi rahbar ijodiy jamoa borasida maslahat sörab, “Guliston” jurnalining sobiq boş muharriri, ustoz Asqad Muxtorga murojaat qiladi. Asqad aka “Guliston”da işlagan Saʼdulla Siyoyev, Abdulla Şer, Erkin Aʼzam, Sulaymon Rahmon kabi ijodkorlar bilan birga meni ham “Yoşlik”ka tavsiya qiladi. Oradan köp ötmay biz – eski “guliston”çilar yangi jurnalda iş boşladik. Şu maʼnoda, “Yoşlik” jurnali asli “Guliston” bağridan unib çiqqan, deyişimiz ham mumkin”.

Asqad Muxtor taʼlimini olib, Erkin Vohidov bilan baqamti iş boşlagan ustozlarimiz naşrga tayyorlagan jurnalning ilk sonlarini qölga olib öqir ekansiz, xazina topgandek quvonasiz. Uning har bir sonida maşhur adib­larning “Yoşlik” jurnaliga, Özbekiston yoşlariga yöllagan tabriklarni öqiysiz. Dunyoga donği ketgan şoir Rasul Hamzatov: “Özbekis­tonda yangi, yoşlar jurnali çiqayotganini eşitib, ğoyat xursand böldim. Çin yurakdan tabriklayman. “Yoşlik” jurnali har bir navqiron özbek uçun, barça Özbekiston yoşlari uçun öziga xos pasport bölib qolişini istayman.

Jurnalingizga katta tiraj, millionlab muxlis va eng muhimi, yetuk asarlar tilayman”, – deya dil izhorlarini bayon etadi.

Qardoş şoirimiz Mustay Karim esa: “Qan­day yaxşi, özbek yoşlari öz adabiy jurnallariga ega böldilar! Quvonçimning çeki yöq. Işonçim komilki, “Yoşlik” gözallik va oqillik muxlislarining suyangan döstiga aylanajak. Yana şunga işonçim komilki, “Yoşlik” nigohini istiqbolga tikkan holda, öz xalqining köp asrlik maʼnaviy merosiga ehtiyotkorlik, sadoqat bilan munosabatta böladi. Zero, ötmişga hurmat hissi kelajakka işonç­ni tuğdiradi”, – deb işonç bildirgan bölsa, hassos şoir And­rey Voznesenskiy: “Men Navoiy ijodini yetarli darajada çuqur bilmasam-da, unda umuminsoniy tuyğular yuksak sanʼatkarona kuylanganini teran his etaman. Ana şu umuminsoniylik fazilatlari bugungi kunda, xu­susan, Şarq şeʼriyati anʼanalarini çuqur egallagan, uni muvaffaqiyatli davom ettirayotgan özbek şeʼriyati misolida yaqqol köraman. Bu jihatdan Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Omon Matjon kabi isteʼdodli şoirlar ijodi ibratlidir”, – deb yozganida uning naqadar haq ekanini köramiz.

Ana şunday tabriknomalarning yana biri­ni millionlab öquvçilar qalbini maftun etgan yozuvçi Çingiz Aytmatov: “Özbek xalqining “Yoşlik” jurnali öquvçilariga!

Mening uşbu “Asrdan uzoq çözilgan kun” romanim keng öquvçilar ommasiga möljallangan. Albatta, avvalo, ularning içida turmuşga teran nigoh solib, odam bolasining asl maqsadlarini bor böyiça tuygan, fikr yurita­digan yoşlar közda tutilgan.

Omon bölinglar!” – deb yozadi.

Bunday nomalarni Mirzo Ibrohimov, Sattor Tursun, Grant Matevosyan singari önlab adib­lar dunyoning turli mintaqalaridan yöllaganiga guvoh bölamiz.

Bu tilaklar adabiy hayotimizda özining isbotini topdi. Bugungaça jurnal özbek va jahon adabiyotining eng sara asarlarini tarğib qiliş, adabiy va ijtimoiy hayotdagi dolzarb masalalarga jamoatçilik eʼtiborini qaratiş, yoş isteʼdodlarni kaşf etiş yölida harakat qilib keladi.

Jurnalni xalqimizga manzur qiliş yölida köplab isteʼdodli adiblar mehnat qildi. Ayniqsa, jurnalda xalqimizning istiqlol orzusi, özbek tilining mavqeyi, qatağon yillarida qurbon bölgan ziyolilarimiz boşiga tuşgan oğir kunlar, xorijda yaşayotgan vatandoşlari­miz haqida ijtimoiy-publitsistik maqolalar yoş ijodkorlar tomonidan yozilgani eʼtiboringizni tortadi.

Bu haqida adabiyotşunos olim Rahmatilla Inoğomov: “Şoirlik qismati” kitobida: “Erkin Vohidov jamoat arbobi sifatida tanilişi “Yoşlik” jurnaliga muharrirlik qilgan yillariga töğri keladi. U özi taşkil etgan va birinçi muharriri bölgan “Yoşlik” jurnali tez orada respublika adabiy-madaniy hayotida muhim örin egalladi. Jurnal tahririyati turli naşriyot yoxud boşqa jurnallarning tortmalarida yillar mobaynida qolib kelayotgan, davrning dolzarb masalalalari kötarilgan, talant bilan yozilgan asarlarni birin-ketin eʼlon qilaverdi. Neʼmat Aminov, Toğay Murod, Erkin Aʼzamov, Xayriddin Sultonov, Mirzo Kenjabek, Muhammad Yusuf, Sirojiddin Sayyid singari şoir va adiblarning keyinçalik el oğziga tuşgan şeʼr, doston, qissa va romanlari “Yoşlik”da bosilib çiqdi”, – deb yozadi.

Öşa yillarda adabiyotimiz zarvarağiga birmunça yangi nomlar qayd etilgan. Ular ada­biyotimiz bahriga yangi tölqin olib kirgan. Insonşunoslikning yangi, nozik qirralarini izlagan yoş isteʼdodlarning badiiy yetuk asarlari jurnalda öz ifodasini topdi. Jumladan, özbek adabiyotida alohida hodisa bölgan “Daşt-u dalalarda”, “Anoyining jaydari olmasi”, “Quş tili”, “Yozning yolğiz yodgori”, “Ot kişnagan oqşom”, “Oltin yurakli avtobola” kabi asarlar hamda “Kiçkina şahzoda”, “Maʼsuma”, “Kalila va dimna”, “Asrga tatigulik kun”,
“Abadiyat qonuni”, “Mesrop” singari jahon adabi­yotidan özbek tiliga mahorat bilan ögirilgan ada­biy durdonalar naşr etilgan.

Jurnal bir qança şoirlarimizga ozodlik va hurriyat mavzularidagi şeʼriy turkumlarni eʼlon qilişga asosiy minbar vazifasini ötadi. Xususan, Erkin Vohidov “Kelajakka maktublar”, Abdulla Oripov “Inju diyor uçun”, Oydin Hojiyeva “Olam gözaldir abad”, Omon Matjon “Daraxtlar va gi­yohlar”, Rauf Parfi “Turkiston yodi”, Abdulla Şer “Tong otmoqda”, Halima Xudoyberdiyeva “Sirdaryo bilan suhbat”, Şavkat Rahmon “Baland daraxtlar”, Usmon Azim “Daşt haqida ballada”, Xurşid Davron “Jangçi haqida rivoyat”, Matnazar Abdulhakim “Diydor”, Sirojiddin Sayyid “Saksoninçi yillar”, Muhammad Yusuf “Qora quyoş” dostoni, Abdulla Qöşboqov “Özbeklarning diyorida” sin­gari şeʼriy turkumlari bilan jurnalning xalqimiz qalbidan çuqur joy egallaşida munosib xizmat qildi.

Jurnal ularning faqatgina adabiy asarlarini eʼlon qilib qolmasdan, balki ijodkorlarni turli balo-yu ofatlardan asraganini, noörin daşnomlarga bardoşli böliş kerakligi haqida taʼlim beradigan dargoh bölganini bugun zavq bilan eslaşadi.


“Yoşlik”da çiqiş şaraf…

Bu borada Özbekiston xalq şoiri
Sirojiddin Sayyid “Saksoninçi yillar” dostoni çop etilişining ajoyib tarixi borligini aytib qoldi. Şoirimizning aytişlariça, öşa damlarda bir munaqqid talqinidan söng şoirga malomat toşlari yoğila boşlaydi. Bundan xabar topgan ustoz Erkin Vohidov şogirdining ahvoli-ijodi bilan qiziqadi. Eʼlon qilinmagan dostonni öqib körgaç, çop etişga ruxsat berilgan jurnalni bosmaxonadan qaytaradi va “Sakso­ninçi yillar”ni öşa sonda naşr etilişini aytadi. Erkin Vohidov bu işi bilan nafaqat bir ijodkorga rağbat körsatadi, balki, unga otilayotgan barça malomat toşlariga qal­qon ham böladi.

Şuningdek, jurnal nafaqat adabiy-badiiy asarlar, qolaversa, rangtasvir ustalari, jumladan, Rözi Çoriyev, Alişer Mirzo, Bahodir Jalolov, Javlon Umarbekov, Isfandiyor Haydarov, Akmal Nur singari özbek rassomlarining yetuk sanʼat asarlari bilan ham öquvçilarni bahramand etib kelgani bilan ahamiyatlidir.

Sönggi yillarda Özbekis­ton Yozuv­çilar uyuşmasi adabiy-maʼnaviy hayotimizning qizğin nuqtasiga aylangan. Bu qutluğ manzilda ijodkor-ziyo­lilar har kuni biror kitobning taqdimotiga yoinki ustoz ijodkorlarning xotira keçalariga, ijodiy kengaşlarning yiğinlariga kelib, özbek ada­biyotida paydo bölayotgan yangi asarlar haqida fikr-mulohazalari bilan örtoqlaşib turişadi.

Bunday paytlarda isteʼdodli şoir-yozuvçilarimiz, adabiyotşunos olimlarimiz va albatta, yoş ijodkorlar “Yoşlik” jurnali tahririyatiga kirib öz asarlarini qoldiradi, jurnalda çop etilgan asarlar haqidagi fikrlarini bayon qiladi. Mana şunday damlarda yoşi kattaroq ijodkorlar, turgan gap, naşr­ning öz hayotida tutgan örni, ahamiyati, el-yurtga tanilişidagi hissasi haqida söz yuritadi. Bunday suhbatlarimiz tahririyatda mehnat qilgan ustozla­rimizga, ularni peşqadami Erkin Vohidovga borib taqaladi.

Ayniqsa, Erkin Vohidov davrini mehr bilan, zavq bilan xotirlaşadi, eslaşadi. “Erkin Vohidovning şu yaxşiligi esimdan çiqmaydi…”, “Yoşlik” jurnali meni adolatsizlikdan himoya qilgan edi”, deb aytişganida bu dargohda şunçaki işlab bölmasligini iç-içimizdan his etamiz. Inson qalbining muhandislari bölmiş ijodkorlarning bunday samimiy sözlarini eşitib, ong-tafakkuri­miz, qalbimiz bilan ustozlarga munosib bölişga harakat qilamiz. Bunday adabiy-maʼrifiy suhbatlarda ezgulikning beqiyos qudrati böy körsatadi. Tahririyat xodimlarini ham hamişa yaxşilik va adolatning nomini uluğlab yaşaşga undaydi.

Şu örinda bir voqeani eslagim keldi. Turkiy dunyoda maşhur yozuvçi Sulton Rayev özbek tilida çop etilgan “Tanlangan asarlari”ning Toşkentda ötgan taqdimotida qölida tutib turgan kitobiga qarab: “Asarlarim köp tillarga ögirilgan, çiqqan. Lekin Navoiy tilida çop etilişi çeksiz şaraf va masʼuliyat”, – degandi. Taniqli yozuvçining çin qalbdan aytgan bu purmaʼno sözlarini anglaş uçun kişiga baʼzan qiyos kerak böladi. Tahririyat xodimlari ham hamişa Erkin Vohidov­dek dilbar, odamoxun şaxs tamal toşini qöygan jurnalda işlaş şarafi va masʼuliyatini his qilib turadi. Bu, albatta, ezgu işlarga boş qöşişimizga içki rağbat beradi.

Yoşlarimiz yana sevib öqisin!

Muhtaram Prezidentimiz taʼkidlaganidek, “Yoşlik” jurnali faoliyatini kuçaytirib, uni yana yoşlarimiz sevib öqiydigan jurnalga aylantiriş” borasida istiqbolli rejalar işlab çiqildi. Bu jabhada amalga oşirilişi zarur dasturlarni belgilaşda ustoz adiblar, yoş ijodkorlar va keng jamoatçilik­ning fikr-mulohazalari örganildi.

Jumladan, jurnal faoliyatini yoşlar orasida ommalaştiriş hamda keng tarğib qiliş maqsadida mamlakatimiz böylab taʼlim muassasalari, mehnat jamoalari, mahallalar hamda harbiy qismlarda “Yoşlik” kunlari” doirasida ijodiy uçraşuvlar, davra suhbatlari, adabiy-maʼrifiy tadbirlar taşkil etiladi. “Temurbeklar” va Ijod maktablarida tahririyat xodimlari va jurnalning taniqli mualliflari iştirokida adabiy keçalar, “Mahorat darslari” ötkaziladi. Tahririyatda “ustoz-şogird”lik anʼanasini yölga qöyiş orqali yoş ijodkorlarni tarbiyalaş, şu­ningdek, yoş ijodkorlar örtasida “Yoşlik” ilhomlari” tanlovi taşkil etiladi. Isteʼdodli yoşlarni rağbarlantirib boriş maqsadida “Yoşlik” jurnalining Erkin Vohidov nomidagi yillik mukofoti taʼsis qilinadi.

Şuningdek, naşrning mobil ilova­sini yaratiş hamda zamon talablaridan kelib çiqqan holda naşr saytini yanada takomillaştiriş, “Yoşlik” media studiyasini taşkil etiş ham bugungi kunning talabidir. Jurnal faoliyatini öquvçilarga yanada yaqinlaştiriş maqsadida uning tarixi va buguniga bağişlangan “Mening “Yoşligim” nomli hujjatli film yaratiş taklifi ham ilgari surilyaptiki, bu ham bölsa, uluğ ustozlarimizning zahmatli mehnat faoliyati va Yangi Özbekiston yoşlarining ularga munosib voris ekanini körsatişga, adabiyot va maʼrifatni, kitob­xonlikni tarğib qilişga xizmat qiladi, deb bilamiz.

Bundan taşqari, har yili jurnalda eʼlon qilingan eng yaxşi adabiy asarlar asosida “Yoşlik” kutubxonasi” loyihasida yoş avlodning el-yurtga bölgan muhabbatini ifodalaşga, özligini anglaşga, qalbini uyğotişga, ruhini kötarişga undaydigan badiiy yuksak adabiy asarlarni çop etib boriş maqsad qilinadi.

Davlat rahbarining “Yoşlik” jurnali faoliyatini kuçaytiriş borasidagi alohida taklifi Yangi Özbekiston yoşlarining dunyoga ilm-u maʼrifatda saboq berib kelgan uluğ millat farzand­lariga yaratilayotgan maydonni yanada kengroq oliş kerakligini körsatdi.

“Yoşlik” jurnalining yana bir xususiyati şundaki, yoş ijodkorlarga faqat minbar bermaydi, balki, ularga sara asarlarni öqişni ham tavsiya etib keladi. Xususan, Prezidentimiz ta­şabbusi bilan taşkil etilgan “Yoş kitobxon” tanlovi mamlakatimizda kitobxonlik madaniyatini yaratişda katta ahamiyat kasb etdi. Bu tanlovga yoş-u keksa birdek qizi­qiş bildirib, oilaviy kitobxonlik muhiti paydo böldi. Tanlov taşkil etilgan yildan boşlab jurnal zukko kitobxonlarni zamonaviy özbek adabiyoti bilan yaqindan taniştiriş, uluğ ajdodlarimiz haqida sönggi yillarda yozilayotgan asarlardan xabardor qiliş, şu bilan bir qatorda, taniqli adibla­rimiz, olimlarimiz va el-yurt orasida obrö-eʼtibor topgan ziyolilarning kitob mutolaasi borasidagi tajribalarini ulaşib keladi. Şuningdek, milliy adabiyotimizga qadam taşlayotgan yoş isteʼdodlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş maqsadida Respublika yoş ijodkorlarining Zomin seminarida qatnaşiş istagida bölgan va anjumanda eʼtirof etilgan navqiron qalamkaşlarga keng eʼtibor qaratmoqda.

Uşbu seminarda qatnaşgan köplab yoş ijodkorlar şeʼriyatimizni, nasrimizni badiiy yetuk asarlar bilan boyita boşladi. Bu mualliflarning asarlarini tarğib qiliş, ommalaştiriş, ularni öquvçilarga yanada yaqinlaştiriş hamda tanitiş ham naşr zimmasidadir.

Mamlakatimizning turli hududlarida istiqomat qilayotgan kitobxonlar, adabiyotsevar talabalar bilan uçraşiş, jurnalimizni ommalaştiriş maqsadida maktab-u mahallalarga, oliy taʼlim muassasalariga borganimizda ulardan turli mazmundagi takliflar bölardi. Bunday takliflarning asosiysi, albatta, “Yoşlik” jurnali kutubxonalariga muntazam kelib turişini taʼminlaşimizni aytişardi.

Muhtaram Prezidentimizning yoşlar bilan muloqotida “Yoşlik” jurnali faoliyatini kuçaytiriş borasidagi taʼkidlari ayni öquv­çilarning istaklarini qanoatlantirişga asos böladi. Muloqotda kötarilgan masalalardan körinib turibdiki, özbek xalqi dunyoga ilm-u maʼrifatdan saboq berib kelgan uluğ millatdir. Buyuk bobolarimizning aql maşʼali moziyning ne-ne qoronğu keçalarini yoritgan. Ularning vorislari bölmiş yoşlarning el-yurtga muhabbatini ifodalaşga, özligini anglaşga, qalbini uyğotişga, ruhini kötarişga undaydigan badiiy yuksak ada­biy asarlarni çop etib boriş boş maqsa­dimizdir.

Texnologiyalar, kaşfiyotlar ortida adabiyot bor

Badiiy asar öqib zavqlanmagan kişilar adabiyotning tub mohiyatini ham anglamaydi va bu inja sanʼatni odob, axloq, inson qalbining bayonnomasi deb tuşunişadi. Vaholanki, adabiyot inson ong-u tafakkurining şaklla­nişiga beqiyos xizmat qiladigan asosiy omillardan biridir. U birinçi galda insonni, söng jamiyatni özgartirişga qodir. Şu bois heç ikkilanmasdan aytiş mumkinki, bugun zamondoşlarimiz erişgan har qanday qulayliklar, texnologiyalar, kaşfiyotlar ortida, avvalo, adabiyot bor. Şunday ekan, adabiy asarlar falak çarxida suv tegirmoni vazifasini ötab kelayotganini unutmasligimiz kerak.

Prezidentimiz kitobxon, adabiyotsevar yoşlarga: “Kelgusida Uçinçi Renessans poydevorini yaratadigan yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Mirzo Uluğbek va Alişer Navoiylar qayerdan paydo böladi? Bu ulkan vazifalarni kim bajaradi?

Men qayta-qayta takrorlaşdan çarçamayman. Albatta, bu ezgu ğoyalarni sizlar – bugungi Yangi Özbekiston yoşlari amalga oşirasizlar”, – deb işonç bildirişi ana şu asoslarga köra ziyolilarimizni quvontirdi.

Azal-azaldan donişmand xalqimiz adabiyotni tayanç deb bilgan. Şunga köra, uning isteʼdodli farzandi baralla “Adabiyot yaşasa – millat yaşaydi”, deb aytdi. Mamlakatimiz yoşlarining yagona adabiy-ijtimoiy naşri faoliyatini qaytadan jonlantirişga qaratilgan rağbatni adabiyotimizga va millatimizga körsatilgan yuksak eʼtibor deb bilamiz.

Komil işonç bilan aytamizki, bu borada amalga oşirilişi közlangan har bir taşabbus uçun ijodkor-ziyolilar, yoş ijodkorlar fidokorlik körsatadi. “Yoşlik”ning yangi qadamlari, sohir nafasi har birimizga qutluğ bölsin!

P.S. Uluğ şoir aytganidek, “Men faxr etsam, umrimning har oni sabab bölgay”. Bu qutluğ dargohda xizmat qilgan ustozlarimiz tahririyatga har haftada ikki-uç qop xat ke­lişini, xat mualliflari “Yoşlik”da çop etilgan asarlarga özlarining munosabatlarini bildi­rişgani, maşqlarini naşr etişlarini va ada­biy maslahatlar sörab yozişganini aytişadi. Tahririyat ham har bir xat ortida bir taqdir, billurdek nozik qalbli aziz bir inson borligini hisobga olib, albatta, munosib javob berişganini eslaşadi. Şu kunlarda men tuğilib ösgan xonadon – bobomning uyiga “Yoşlik” jurnalidan maktub borganiga qirq yil töldi. Bilamanki, bu yillarda özbek xalqining qançadan-qança isteʼdodli farzandlari biz­ning çiroğimiz munavvar bölişiga beminnat xizmat qilib keldi.

Nurilla ÇORIYEV

2025/2

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (112)