9 daqiqada öqiladi

242 marta körilgan

Uyqudagi gözal

Gabriel Garsia Markes

(Hikoya)

U juda çiroyli, çikkabel, navnihol edi. Buğdoyrang çehrasi muloyim, közlari şişaday tiniq, nozik yelkalarini begona nigohlardan yaşirguvçi qop-qora, mayin soçlari, husni-malohatida insoniyatning uyğoniş davriga xos nedir bor ediki, bu sinoatga indoneziyalik yoxud ispantilli biror millatning qoni aralaşgani sababdir. Did bilan kiyingan: silovsin möynasidan nimça, asl jujunçadan kumuşrang kofta, jaydari matodan şim va ökçasi pastroq qirmizi tufli. Parijning Şarl de Goll aeroportida Nyu Yorkka uçadigan tayyoraga çiqiş uçun navbatda turganimda, suluvning sirtlondek ohista odim otib ketayotganiga közim tuşib: “Bunçalar çiroyli bölmasa!” degan fikr xayolimdan yarq etib ötdi. Lahzadan söng ğaroyib farişta izdihomga singib ketdi.

Ertalab soat töqqiz. Oqşomdan beri yoğayotgan qor köçalar­dagi tirbandlikni oşirib, buğ kötarilayotgan yengil avtomaşinalarni emaklatib taşlagan, yöl yoqasida serrayib qolgan yukkaş ma­şinalarning ustiga qalin kumuş körpa yopgan. Aeroport binosiga daxl qilişga göyo böronvar faslning haddi siğmaganday, içkarida fusunkor bahor hukmron.

Navbatim qariyb bir soatdan beri ön bitta jomadonining vaznini belgilangan meʼyorlardan yengil deb tortişayotgan hollandiyalik kampirdan keyin edi. Zerikiblar ketdim. Bir payt deng, qaroğimda şunday manzara namoyon böldiki, yuragim hapriqib, xayolim qoçganidan kampirşoning maşmaşasi qanday tugaganini sezmay qolibman. Xizmatçi xonim hardamxayolligim uçun taʼnalar yoğdirib, meni yettinçi osmondan yerga tuşirib qöydi. Uzr aytiş örniga, undan: “Bir körişdayoq sevib qoliş mumkinmi?” deb sörabman. “Albatta, – deb javob qildi xonim. – Boşqaça bölişiga işonmayman”. Kompyuterining moviy çehrasidan közini uzmay, qayerdan – çekadiganlarmi yoki çekmaydiganlar orasidan joy berişini söradi.

– Farqi yöq, – deb oçiğini aytdim. – Faqat ön bitta jomadonga duç kelmasam bas.

U menga yoruğ ekrandan nigohini uzmay, xizmatçilarga xos öta rasmiy tabassum hadya etgan böldi.

– Joyni tanlang, – dedi. – Uç, tört, yetti.

– Tört.

Uning tabassumi endi ança jozibali tus oldi:

– Ön beş yildan beri işlayman. Yetti raqamini tanlamagan yölovçini birinçi körişim.

U talonga joy raqamini belgilab, boşqa qoğozlar bilan birga uzatarkan, menga andak termilib qoldi. Xayolimni öğrilagan hurliqo ğoyib bölganidan nadomat çekib turgan joyimda xodimaning nigohi könglimga taskin berganday tuyildi. Xodima aeroport yopilgani va barça reyslar keçiktirilişini aytdi.

– Qaçon uçarkanmiz?

– Nasib etgan paytda, – dedi u jilmayib. – Ertalab radiodan joriy yilning eng qalin qori yoğişidan xabar berişgandi.

Xabarkaşlar adaşgan ekan: bunday möl qor yuz yilda bir marta yoğsa bordir. Şunday bölsa-da, birinçi toifali çipta nasib etgan yölovçilarning kutiş tolorida köklam öz sepini bearmon yoygan, guldonlarda çeçaklar barq urgan, karnaylardan taralayotgan musiqa ham yaratmişlari orzu qilgani kabi kötarinki va orombaxş ohanglarga serob. Fariştalar faroğatiga mos joy-ku, degan xayol könglimdan ötdi-yu, dadilligimga özim tan berib, malikayi gulruxsorimni tolorma-tolor izlaşga tuşdim. Biroq kutayotganlarning aksariyati odmi hayotga mansub jöngina erkaklar bölib çiqdi. Ular ingliz tilidagi gazetalarga nigohlarini tikkan bölsalar, ayollari keng-möl derazalardan qalin qor tagida qolgan tayyoralar va muzlab yotgan fabrikalarni tomoşa qilaroq boşqa erkaklar haqida xayol surayotganga öxşardi. Peşindan keyin kutiş zalida birorta böş joy qolmay, odam degani tiqilib ketdi. Köklam jazirama saratonga dönib, diqqinafaslik azobga aylandi va men öpkamga hurlik istab, eşikka qarab yurdim.

Nadomatlarki, qarşimda namoyon bölgan manzaraning oldida içkaridagisi holva ekan. Tolor deganning hammasi turli irq va dinlarga mansub turfa xil odamlarga liq tölgan. Beçoralar dim yölaklarda, zinalarda bolalari, jonivorlari va laş-luşlari bilan yuma­lab-qorişib yotardi. Şahar bilan aloqa uzilib, şaffof oynalar-u plastikdan bunyod etilgan saroyimizning böronda qolgan bahaybat fazo kemasidan farqi kam. Intizor izlayotganim – suluvlarning suluvi qayerdadir şu atrofda, xayolga tolgan kutarmanlar orasida bölsa kerak, degan umid qutqusi menga hafsala-yu ğayrat bağişlardi.

Tuşlik mahali biz halokatga uçraganlarning ahvol-ruhiyatini taqir angladik. Yetti restoran, qahvaxona va mayxonaning ostonasida uzundan-uzoq navbatlar paydo böldi, uç soat ötar-ötmas hammasi taqa-taq yopildi: na ovqat, na içimlik qoldi. Göyo kurrayi zamindagi jamiki gödak zoti şu yerga yiğilganday, tirmizaklarning hammasi birdan biğillab yiğlaşga tuşdi. Xaloyiqdan kötarilayotgan ufunat qoramol podasini esga solardi. Savqitabiiyga erk berişdan özga çora qolmadi. Odamlar duvuridan topgan birdan-bir yeguligim bolalar rastasidagi oxirgi ikki stakan muzqaymoq böldi. Xizmatçilar kursilarni yiğiştirib, oyoğini osmondan qilib stollar ustiga taxlayotganida peştaxta oldida muzqaymoqni paqqos tuşirarkanman, qahvaxonaning töridagi közguda özimni tomoşa qilardim: qölimda oxirgi karton qoşiqça bilan oxirgi karton stakança, xayolimda esa gözal fariştam.

Nyu Yorkka ertalab soat ön birda parvoz qilişi şart bölgan tayyoramiz oqşom soat sakkizda uçdi. Nihoyat, içkariga oyoq bosganimda birinçi toifali çipta egalari allaqaçon öz joylarini egallagan ekan. Parvozbekasi meni joyimgaça kuzatib qöydi. Yuragim yorilib ketişiga sal qoldi: yonimdagi örindiqda sohibjamol malikam tajribali sayyohlarga xos xotirjamlik bilan ötirardi. “Şunday deb yozsam, inson zoti işonmaydi”, deb öyladim. Tortinibroq salom bergandim, malikayi yondoşim iltifotimni payqamadi. Göyo şu örindiqda uzoq yillar yaşaşni niyat qilgan: buyumlarini şunday tartib bilan joylaştirardiki, bamisoli uçoqda emas, uyida ötiribdi – jamiki narsa-qorasi qöli ostida bölişi şart. Suluvlarning suluvi ayni yumuş bilan band ekanida, parvozbegi yölovçilarga iltifot körsatib, hammani şampan deb atalmiş mayi nob bilan siyladi. Yondoşimga mehribon­lik qilmoq niyatida yana bir qadahni oldim-u, öylanib qoldim. Ayon böldiki, hamrohim bor-yöği bir piyola suv içmoqçi. Parvozbegidan esa avvaliga özi bilmaydigan farang, keyin tişi yaxşi ötmaydigan ingliz tilida – parvoz yakunigaça uni aslo bezovta qilmaslikni söragan. Gözalning sipo va mayin ovozida şarqona maʼyuslik sezilardi.

Suv keltirişganida u pardoz qutiçasini va buvilarning böxçasini eslatuvçi mis göniyali bejirimgina sandiqça­sini oçib, turfa rangdagi dorilar orasidan ikkita zarhal sadafdori oldi. Buni göyo dunyoga kelganidan beri faqat şunday yumuşlar bilan şuğullanib kelayotganday tartib-u taomilini joyiga qöyib bajardi. Söng illyuminator pardasini tuşirib, örindiğining suyançiğini oxirigaça yotqizdi, tuflisini yeçmay, adyolni beligaça yopdi va közniqobni qovoğigaça bostirdi-da, menga orqa ögirib, öşa zahoti uyquga ketdi. Nyu Yorkka yetgunimizça ötgan sakkiz soat-u ön ikki daqiqa davomida, biror marta bölsin, na uyğondi, na xörsindi, na yon-veriga ağdarildi.

Parvoz qiyin keçdi. Bu olamda ayol kişidan gözalroq xilqat yöqligiga allaqaçon amin bölganim uçun yonimda orom olayotgan afsonaviy parizodning jozibasi meni bir lahza bölsin, tark etay demasdi. Yerdan kötarilişimiz bilan qorasi körinmay qolgan parvozbegining örniga paydo bölgan parvozbekasi pardoz anjomlari va musiqa quloq­çinlari joylangan xaltaçani beriş uçun yondoşimni uyğotişga urindi. Hamrohim parvozbegiga tayinlagan iltimosini takrorladim. Biroq parvozbekasi nima dardi bölsa, hatto keçki tanovulni rad etişini ham hamrohim­ning şaxsan özidan eşitişni istardi. Yetib kelgan parvozbegi hamrohimning ökinçini takrorlarkan, uyqudagi malikamizning böyniga “Bezovta qilmang!” degan lavhaçani osib qöymaganim uçun mendan öpkaladi.

Mabodo uxlamaganida unga aytişim mumkin bölgan gaplarimni içimga yutib, yolğiz özim ovqatlandim. Parivaş şu qadar qotib uxlardiki, ölib-netib qolmadimikin, degan xavotirga ham bordim. Har qultum mayi nob oldidan qadahni kötarib, tilak tiladim:

– Salomat bölgaysan, ey sohibjamol!

Keçki ovqatdan keyin çiroqlar xira tortib, filmning ovozi öçirilgaç, tayyoramizda qoş qoraydi. Yuz yillikning eng dahşatli böroni ortda qolib, Atlantika ummonini bepoyon va musaffo tun oğuşiga oldi. Uçoğimizning esa yulduzlar çamanini tark etgisi yöqday. Ança mahalgaça hamrohimga boşdan-oyoq, har bir suyamigaça mahliyo tikilib töymadim: tiriklikning biror alomatini payqagan bölsam, qiz körayotgan tuşlarining peşonasidagi sezimli-sezimsiz jilvasini aytişim mumkin. Jilvaki, bulutlarning suvdagi elas-elas soyasi yangliğ.

Böynidagi nozikkina zanjirçasini oltinsimon terisidan farqlaş qiyin. Öziga yaraşgan quloqlarida zirak izi yöq. Puştirang tirnoqlari esonligidan dalolat berib turgan bölsa, çap qölida – silliq uzukça. Unga yigirma yoşdan köp berolmaysiz. Şunday ekan, barmoğidagi nikoh uzugi emas, nari borsa, unaştiriş alomati bölsa kerak, degan öy bilan özimga taskin bergim kelardi. Şampandan höplarkanman: “Netayki, qöllarim yetmaydi senga, yonimda parişon çözilgan jonon, faqt erkalayman nigohim bilan”, deb Xerardo Diegoning[1] sonetidan satrlarni xayolan takrorladim. Keyin örindiğimning suyançiğini uning yoniga tekis tuşirdim. Qarasam, biz bir töşakda yotgan jufti halollardan ham yaqinroq bölib qolibmiz. Uning iliq nafasi ovoziga monand, vujudidan taralmiş taft tabiiy gözallikning erka ifori edi. Ötgan bahorda men yapon adibi Yasunari Kavabataning mol-dunyo quturtirgan kiotolik ikki burjöy çol haqidagi ajabtovur qissasini[2] öqigan edim. Qariyalar köknoriga töyib, şir yalanğoç oromga ketgan navnihol gözallarga tunda mahliyo termilib çiqiş uçun katta pul tölaydi. Bir töşakda gözallarning yonida yotgan keksalar ehtiros alangasida adoyi tamom böladi, lekin oromdagilarni uyğotiş narida tursin, ularga qölini ham tekkizolmaydi. Zero, ayşning şarti-mohiyati uyqudagi gözallarni faqat tomoşa qi­lişdan iborat edi. Tayyoradagi halovatsiz tunda yonimda uxlab yotgan gözalga termilarkanman, noziktaʼb qariyalarning holini-ahvolini anglaş barobarida, özim ham ularning köyiga paqqos tuşganim rost.

 “Nima böpti, – deb şivirlardi musallas qizitgan izzat-nafsim. – Könglingning köçasiga bir qarasang-qarabsan-da!”

Aftidan, mayi nob-u lip-lip ötayotgan ovozsiz kinokadrlardan kayfim oşib, uxlab qolgan bölsam kerak, neça soat ötgan, bilolmadim, uyğonib ketsam, boş çanoğim içida sandon gursillardi. Qöl çayiş uçun badrafxona tomon yurdim. Orqada, mendan ikki qator naridagi örindiqda ön bir jomadonning bekasi bölmiş kampirşo jang maydoniga taşlab ketilgan murdadek qotib yotardi. Yölakning örtasida, oyoq ostida yaltir-yultir zanjirli közoynagi. Alamimni oliş fursati kelganidan mamnun – kiprik qoqmay ötib ketdim.

Mayi nobning ortiqçasidan xalos bölganimdan keyin közguga qarab, özimdan jirkanganimni ham aytay. Oşuftalik azobi bandasi­ni ana şunday ajiva-jinnining köyiga solib qöyarkan. Banogoh tayyoramiz pastga qarab şiddat bilan şönğidi-yu, darhol qaddini rostladi-da, çayqala-çayqala parvozida davom etdi. Çiroq yonib, yölovçilardan öz joyini egallaşi söraldi. Yaratganning inoyati bilan havo girdobidagi silkiniş uyqudagi gözalimni uyğotib yuborişidan va qörqqanidan özini quçoğimga otişidan boumid, joyimga qarab oşiqdim. Şoşganimdan qoqboş kampirning polda yotgan közoynagini bosib olişimga sal qoldi. Bosib olsam, ehtimol, alamimdan çiqardim. Biroq injiq könglimga erk bermay, közoynakni oldim va meni doğda qoldirib törtinçi joyni tanlamagani uçun minnatdor bölib, uni momomizning tizzasiga qöydim.

Sohibjamolning uyğonişi qayda. Tayyorayi taxtimiz yana tekis-mayin uçişga ötganida, uni biror bahona bilan uyğotib oliş vasvasasidan özimni zörğa tiyib turardim. Negaki, parvozimizning sönggi soatida meni yagona istak öz hukmiga oldi – gözalni, mayli asabiy holda bölsa-da, uyğoq köriş. Anglab turardim: faqat şundagina men yana öz erkimga, ehtimolki, hatto yoşligimga qaytgan bölardim. Koşki jurʼatim yetsa. “Bundan köra qurib ketganing yaxşi! – deb öyladim özimdan nafratlanib. – Sigir burjida tuğilsang ölarmiding sen, bola?” Hurliqo qöniş haqidagi ogoh çiroği yonganida özi uyğondi. Xuddi firdavs boğida, atirgullar orasida orom olib turgandek, şu qadar bokira va şu qadar gözal edi. Şu çoğ safarda yonma-yon uyğongan qöşnilar, köpdan beri birga yaşab kelayotgan er-xotindek, bir-birlariga xayrli tong tilamasligini nadomat bilan angladim. U ham şunday qildi. Közniqobini yeçib, maftunkor qaroqlarini oçdi. Örindiğining suyançiğini kötarib, adyolini çetga surib qöydi. Qalin soçlarini silkitgan köyi taragan böldi. Yana pardoz qutisini tizzasiga olib, to uçoğimizning eşigi oçilguniça şoşa-pişa öziga oro bergan böldi. Mendan esa nazarini dariğ tutdi. Silovsin nimçasini kiydi va ispançaning Lotin Amerikasiga xos lahjasida uzr sörab, tepamdan ötdi-ketdi. Xayr-maʼzur, farahbahş tunimiz mobaynida çekkan zahmatlarim uçun aytilişi kutilgan minnatdorlik – bari savil qoldi. Nyu Yorkning Amazonka çangalzorlarida şu-şu badar ketdi.

Gabriel Garsia MARKES

(1928–2014)

 

Kolumbiyalik atoqli adib. “Yolğizlikning yuz yili”, “Vabo va muhabbat”, “Buzrukning kuzi”, “Tökilayotgan yaproqlar”, “Polkovnikka heç kim yozmaydi”, “Maşʼum soat”, “Uluğ Onaning janozasi”, “Ön ikki darbadar” singari roman, qissa va hikoyalar töplamlari maşhur. Nobel mukofoti sohibi.

 

Qulman OÇIL tarjimasi

 

2025/1

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (164)