11 daqiqada öqiladi

963 marta körilgan

“Azal naqqoşi tarh aylarda…”

“Azal naqqoşi tarh aylarda…”

Buyuk bobomiz Alişer Navoiyning hayot yöllari va amalga oşirgan işlari barçamiz uçun ibratlidir. Hazrat kişi boşiga kelguvçi har qanday baloyu ofat yoki yaxşiliklar  taqdirdan ekaniga, banda bu ötkinçi dunyoda amali va niyatiga yaraşa yaşab ötişi va şunga mos holda nasiba olişiga işonganlar. Bu borada har birimiz hazratdan ulgi olsak arziydi.

Alişer Navoiy qazo va qadar haqidagi qaraşlarini özining nazmiy va nasriy asarlariga çuqur singdirgan. Jumladan, “Qoşi yosinmu deyin”, “Jonğa çun dermen”, “Qaro közim” kabi ğazallarida ham oşiqlik bandaga Haqdan inʼom etilişi, bunday uluğ neʼmat har qanday kişiga-da nasib etmasligi uqdiriladi.

“Xazoyin ul-maoniy” kulliyotining birinçi devoni “Ğaroyib us-siğar”da 489 raqam ostida keluvçi,  yuqoridagi kabi mavzu tilga olingan ğazal mavjud. “Azal naqqoşi tarh aylarda…” deb şartli nomlaganimiz uşbu şeʼrda uluğ şoir hayotda mavjud bölgan turli ğaroyib hodisalarning barini qadarga boğlaydi: dunyodagi har bir odamzod, hayvonot, nabotot va jamododning asl holati va evrilişlarini yagona, mutlaq qudrat sohibi bölgan Ollohdan deb biladi.

Jumladan, ğazalning birinçi bayti quyidagiça:

Azal naqqoşi tarh aylarda gul bargi namudorin,

Magar pargor qildi bulbuli sargaşta minqorin.

Dastlab baytdagi maʼnosi biroz murakkab bölgan sözlarning maʼnolarini aniqlab olsak:

Azal – eng avvalgi, boşlanişi bölmagan, yaʼni doimo mavjud.

Tarh aylamoq – loyihasini çizmoq, rejasini tuzmoq.

Namudor – köriniş, şakl.

Magar – balki, şekilli, -mikan (taxminni ifodalovçi modal söz).

Pargor – aylana çizuvçi asbob, sirkul.

Sargaşta – boşi aylangan, sargardon.

Minqor – quşning tumşuği.

Uşbu sözlardan foydalanib baytning nasriy bayonini quyidagiça ifodalaş mumkin:

“Ilk naqqoş gul bargining şaklini çizayotganda ehtimol sargardon bulbulning tumşuğini sirkul qilgandir”.

Azal sifati berilayotgan eng birinçi naqqoş kim? Albatta, bu barça narsalarning yaratguvçisi bölgan Zot. Alişer Navoiy birinçi baytda özi va öquvçiga murojaat qiladi. Gul şaklining yaratilişida Olloh bulbul tumşuğidan foydalangan bölsa kerak, aks holda bu quş gulning işqida bunçalar fiğon çekmagan, atrofida girdikapalak bölmagan bölardi, deydi.

Şoir bu örinda şakliy va holat öxşaşligiga urğu beradi. Yaʼni gul bargi va bulbul tumşuğining şakli özaro öxşaş, qolaversa bulbulning aynan gul atrofida parvona ekanligi uning tumşuği bilan boğliq. Maʼlumki, sirkul (pargor)ning bir uçi markazdagi qözğalmas nuqtada böladi, ikkinçi uçi esa, aynan şu nuqta atrofida aylana hosil qiladi. Naqqoş bulbul  tumşuğidan sirkul örnida foydalangani uçun ham bulbul gul atrofida aylanadi. Buni çuqur anglagan şoir bu şakliy va holat öxşaşliklarini mohirona dalillab, husni taʼlil sanʼatini yaratadi. Bulbul tumşuğining sirkulga, gul bargining şakliga öxşatilişi öz navbatida taşbeh sanʼatini vujudga keltiradi. Gul, barg, bulbul, minqor kabi bir-birini taqozo etuvçi tuşunçalarning bir örinda qöllanganligi tanosub sanʼatidir.

Agar ğazalning birinçi baytida şoir “magar” modal feʼli yordamida öz fikriga taxmin maʼnosini yuklagan bölsa, ikkinçi baytda taqdir masalasida deyarli ikkilanmay söz yuritadi:

Qazo maşşotasi parvonalar

jismi kuli birla

Hamonokim, yorutdi şamʼning

mirʼoti ruxsorin.

Bu baytdagi tuşuniş qiyin bölgan sözlar quyidagilar:

Qazo – Alloh taoloning hamma narsalarning kelajakda qandoq bölişini azaldan bilişi; qismat.

Maşşota – pardozçi, oro beruvçi.

Mirʼot – közgu, oyna.

Baytning nasriy bayoni tubandagiça:

“Olam qismatiga oroyiş beruvçi Zot parvonalarning yongan jismi kulidan göyoki şam çehrasining közgusiga sayqal berib, yanada porloq qildi”.

Yonib turgan şamning nuriga parvonaning intilişi, oxir oqibat uning taftida kuyib kulga aylanişi hayotiy hodisa. Köplab şoirlarimiz bu holatni öz ijodida tilga olgan, parvonaning oşiqqa, şamning yorga öxşatilişi keng qöllanilgan.

Navoiy talqiniga köra, şamʼning nurafşonligi, porlab hamma tarafga ziyo taratişi uning işqida yonib kul bölgan parvonalar tufayli yanada quvvat oladi. Olovning ustini kul  qoplasa, çöğga aylanib, alanga öçadi. Ammo Işqni qismat qilib yaratgan Husn va Gözallik mazhari qudrati bilan muhabbat tufayli yonib ado bölgan parvonalarning kulidan şamlar yanada ravşanroq böladi.

Alişer Navoiy buning sababini öquvçiga boşqaçaroq yösinda anglatadi. Yaʼni parvonaning şamga tinimsiz intilişi bejiz emas. Agar biz parvonani qism, şamni butun deb qarasak, qismning butunga intilişi tabiiy holat ekani ayonlaşadi. Ilmda Alloh olamni Öz jamoliga közgu sifatida yaratdi, degan tuşunça mavjud. Demak, bu örinda Alloh Butun, qolgan jamiki narsalar qismlardir. Qismlar bir paytning özida ham Butunga qarab intiladi ham Unga közgu bölib xizmat qiladi. Şoir baytda parvona va şamning holatlarini yuqoridagi kabi tuşunçaning kiçik körinişi sifatida gavdalantiradi. Maşşota, közgu, parvona, şam sözlarining bir yerda kelişi bu baytda ham tanosubni keltirib çiqaradi.

Uçinçi baytda şoir öz fikrini kuçaytirib ikkinçi şaxsga bilvosita murojaat qiladi:

Degin, Majnun qaro jonining

                             uzgan riştasidindur

Ki, sunʼ ilgi mutarro qildi Laylo

                             zulfi zunnorin.

Oldin quyidagi sözlarning maʼnosini aniqlaştirib olsak:

Rişta – ip, arqon, boğlab turuvçi narsa.

Sunʼ – yaratiş, qudrat.

Ilig – qöl.

Mutarro – taralgan, jilo berilgan.

Zunnor – musulmon yurtlarda xristian va yahudiylarning majburan boğlab yuradigan belboği, çilvir.

Yuqoridagi baytning nasriy bayoni:

“Har narsani sanʼat darajasida yaratuvçi qöl tarab, jilo bergan Layloning zunnordek soçi Majnun qora jonining uzilgan ipidan, degin”.

Demak, Laylo yor soçining qoraligi, ismining Laylo ekani, Majnunning joni ham qora ekanligida ramziylik mavjud. Olloh bu ikki oşiq-maʼşuq hali tuğilmaslaridan ilgari ularning taqdirlarini özaro boğlab qöygan. Alişer Navoiy bu baytda Laylo soçini zunnorga qiyoslaydi. Örta asrlarda musulmon mamlakatlarida istiqomat qiluvçi yahudiy yoki nasroniylar boşqalardan ajralib turişlari uçun beliga belboğ boğlab yurişga majbur qilinardi. Mana şu belboğ “zunnor” deb atalgan. Tasavvufda bu sözning bir qança maʼnolari bor. Işq yöliga qadam qöygan oşiq bu yölda toyib ketmasligi uçun belini mahkam boğlaydi. Layloning soçi bölsa Majnunga bu yölda kömak berguvçi belboğ kabi.

Baytda qöllangan yana bir birikma “Sunʼ ilgi”dir. Luğatda “sunʼ” sözining qudrat, sanʼat kabi maʼnolari bor. “Ilig” turkiyça söz bölib, qöl maʼnosida kelmoqda. Agar biror narsa yuksak mahorat bilan yaratilsa, uning yaratuvçisiga nisbatan sanʼatkor deyiladi. Agar sanʼatkorning barça yaratiqlari benuqson va gözal bölsa, iştiboh yöqki, U Ollohdir. Aqida kitoblarida, xususan, Söfi Olloyorning “Maslak ul-muttaqin” asarida şunday keladi: “Xudoning sakkiz sifati bor. Uçinçisi – Hayot, yaʼni tirik demak. Ammo tirikligi tan va jon birla emasdur va har nimaki xalq (maxluq)da bor, Anda yöqdur”.

Yuqoridagi gapdan maʼlum bölyaptiki, Olloh taoloning “Hayot” sifati bölsa-da, Uning hayotligi insonlar kabi tana va jonga asoslanmagan. Heç bir maxluqotning şakli Xoliqda takrorlangan emas. Şunday ekan, hazrat Navoiy nazarda tutgan “Sunʼ ilgi” tom maʼnodagi inson qölini anglatmaydi.

Şuningdek, Alişer Navoiy ayni baytda bir-biri bilan boğliq bölgan tuşunçalarni mohirona işlatgan. Bular Laylo va qora jon; jon riştasi, zulf va zunnor sözlaridir. Ularning bir bayt tarkibida mujassamlaşgani yana tanosub sanʼatini yuzaga çiqargan. Şu bilan bir qatorda Layli va Majnun sözlari talmeh sanʼatini hosil qilgan.

Magar Farhod jonidin sizib

                             qonidin etti rang

Qadar suvratgari Şirin labi

                             laʼli şakarborin.

Baytda kelgan quyidagi ikki sözning maʼnosiga töxtalsak:

Qadar – taqdir, yoziq.

Şakarbor – şakar yoğdirguvçi, şakarli.

Baytning nasriy bayoni şunday:

“Balki Taqdir musavviri Şirinning şakarli, laʼli labini çiziş uçun Farhod jonidan sizib çiqqan qonni rang sifatida işlatgandir, ehtimol”.

Parvardigorning Musavvir degan sifati bor. Bu ön sakkiz ming olamdagi barça narsalarning şakl-u şamoilini, rangu feʼl-atvorini belgilab bergan maʼnosidadir.

Baytdan şu narsa anglaşilyaptiki, har narsaning qadarini olamlar yaralişidan ellik ming yil oldin “çizib” qöygan Zot Farhodning şirin jonidan sizib çiqqan qonni Şirinning şakar soçuvçi labini çizayotgan paytda rang qilib işlatgan. Labning laʼl kabi qizilligi qondan, şakar soçişi va şirinligi jondandir.

Şoir baytda Farhod, Şirin, jon, qon sözlari orqali tanosub va talmeh sanʼatlarini yaratadi.

Nihoyat oşiq şunça tayyorgarlikdan keyin maʼşuqaga bevosita murojaat qilişga kuç topadi:

Tarozi bargi gul, ip riştayi jon,

                             toş laʼl etti

Çekarda xozini hikmat

                             labing yoquti miqdorin.

Maʼnosi murakkabroq sözlar quyidagilar:

Çekmoq – ölçamoq, tortib körmoq (bu örinda).

Xozini hikmat – jamiki hikmatlarning xazinadori.

Şakarbor – şakar yoğdiruvçi, şakarli.

Nasriy bayonni tubandagiça beriş mumkin:

“Hikmatlar xazinadori labingdagi yoqut miqdorini ölçayotganda gul yaproğidan palla, jon riştasidan ip, laʼldan qadoq toş sifatida foydalangan”.

Dunyoda mavjud narsalarning hikmati faqat Yaratganga ayon. Bu hikmatlarning xazinadori ham Uning özi. Ketma-ket kelgan ikki baytda lab timsolining berilişi bejiz emas, albatta. Tasavvuf  ilmida lab ilohiy işqdan bahra oliş, işq şarobidan totiş, abadiy hayotga erişiş kabi maʼnolarni bildiradi. Işq yölidagi bu xazinalarga yetmoqning özi duşvor iş. Çin oşiq esa doimo şunga intiladi, uning hayotdagi eng katta maqsadi ham şu. Şuning uçun ham u yorining har qanday istagini heç ikkilanmay bajarişga tayyor. Keyingi ikki baytda buning isbotini köramiz:

Qaroğlarim emastur, balki topqaç

                             közga qoqmişmen,

Itardin vahm etib, raxşing sitomin

                             balki mismorin.

Baytdagi maʼnosi qiyinroq sözlar quyidagilar:

Itmoq – ketib qolmoq, yöqolmoq.

Raxş – tez yuguruvçi ot, tulpor.

Sitom – otning egar-jabduqlari.

Mismor – mix, qoziqça.

Yuqoridagi sözlardan foydalanib baytning nasriy bayonini beramiz:

“Közlarimdagi qoraçiqlar emas, balki tulporing ketib qolişidan qörqib, uning egar jabduğlarini, yöq-yöq, mismor – mixini közimga qoqib qöydim”.

Oşiq maʼşuqaning tulporiga minib ketib qolişidan bezovta. Şuning uçun u otning oyoğiga – taqasiga qoqilguvçi mixini közlariga qoqib qöygan, toki ot biror yerga ketib qolmasin.

Baytda ot, egar-jabduq, mix kabi sözlar tanosub sanʼatini hosil qilgan. Ponani közga qoqiş esa mubolağani yuzaga çiqaradi.

Yettinçi baytda oşiq yana bir jasorat körsatişga qaror qiladi:

Ayoğing kiprigimdin oğrigan bölsa,

                             yorib köksum

Isiğ qonimğa qöykim, ul hino-öq,

                             çeksun ozorin.

Uşbu baytda maʼnosi murakkab sözlar deyarli yöq. Faqat – öq yuklamasi bugungi kun öquvçisi uçun biroz tuşunarsiz bölişi mumkin. Bu yuklamaning işlatilişi qadimgi turkiy tilga borib taqaladi. Uning darhol, tezda, şu zahoti kabi maʼnolari bor. Turkiy tilda ijod qilgan köpgina şoirlar – Lutfiy, Navoiy, Bobur undan öz ijodlarida samarali foydalanişgan. Bugungi kunga kelib isteʼmoldan çiqib ketgan.

Nasriy bayon quyidagiça:

“Agar oyoqlaring kiprigimdan ozor topgan bölsa, köksimni yor. Oyoqlaringni issiq qonimga boskim, toki qon ularga xino kabi taʼsir etib şu ondayoq oğriğini olsin”.

Oşiq yorning yöliga kipriklarini töşagan, biroq maʼşuqaning oyoqlari şu qadar nozikki, kipriklar ularga tikan kabi botişi mumkin. Mana şundan xavotirga tuşgan oşiq maʼşuqaga köksini yorişni va undan çiqayotgan issiq qonga oyoqlarini bosişni taklif etmoqda.

Xinoning faqat çiroy bağişlovçi vosita bölib qolmay, oğriqni ham bartaraf etiş xususiyatiga egaligi öquvçiga maʼlum. 

Bu yerda oyoq va kiprik sözlarining bir-biriga qarama-qarşi qöyilişi bilan şoir taʼzod sanʼatini yaratadi.

Navbatdagi sakkizinçi bayt maqtadan oldingi bayt bölib, unda şoir yuqorida tadrijiylik asosida yuritib kelayotgan fikrlarini avj pardaga kötaradi:

Xarobot ahli uru doğ, derkim,

                             kuyduring soqiy,

Davo yöq sirmabon qoçmoqdin

                             özga şayx dastorin.

Birinçi galda ayrim sözlarning maʼnosiga töxtalsak:

Xarobot ahli – mayxona kişilari, vayrona joy odamlari.

Ur – yalanğoç, kiyimsiz.

Doğ – juda qiynalgan, kuygan.

Soqiy – may quyuvçi.

Sirmamoq – yulib olmoq, tortib olmoq.

Dastor – boşga öraluvçi mato, salla; taqvodorlik belgisi (bu yerda).

Baytning zohiriy bayoni tubandagiça:

 “Xarobot kişilari yalanğoç va kuygan ahvolda  soqiyga yana “kuydiring”, yaʼni şarob bering, deb aytişayapti. Endi şayxning dastorini olib qoçmoqdan özga çora yöq”.

Xarobot, soqiy, şayx, dastor kabi sözlarning tasavvufiy maʼnolaridan bexabar öquvçi bu baytda şoir nima demoqçi bölganini anglaşga qiynaladi. Çunki bu sözlarni zohiriy maʼnoda tuşuniş çalkaşlikka olib kelişi mumkin.

Baytdagi  xarobot işq yöliga qadam qöyganlarning yiğilguvçi joyi, soqiy esa ularga ilohiy işqdan taʼlim berguvçi murşid. Şayx özini xalqning köziga taqvodor qilib körsatuvçi riyokor. Uning boşiga örab olgan dastori ham xöjakörsinga.

Şoir bu örinda “Işq va maʼrifat toliblari dunyo talablaridan butkul voz keçib (uryon bölib), maʼrifat muhabbatidan köngillari doğ bölgan holatda yana köproq boda istarlar. Endi zohiriy taqvosiga mağrur bölgan şayxning sallasini olib qoçmoqdan özga çora qolmadi. Aks holatda yo u ham şu yölga kiradi, yo soxta kirdikorlari foş böladi” demoqçi, nazarimizda.

Uluğ şoir ğazalning maqtasida yana taqdir masalasiga köçadi va özining hukm örnidagi söngi xulosasini bayon qiladi:

Magar böldi quyun tufroğ ila yel,

                             may, su birla öt

Yasarda masti sargardon Navoiy

                             xilqati zorin.

Maqtadagi anglaş qiyin bölgan sözlar:

Sargardon – kezib yuruvçi, sarson bölgan.

Xilqat – yaratiq, yaratiliş.

Nasriy bayonni quyidagiça ifodalaş mumkin:

“Xoliq Navoiyning zor va sargardon xilqatini yaratayotganda tuproq bilan şamol quyunni, suv bilan olov mayni hosil qilgan, şekilli”.

Ilmda bu dunyodagi barça narsaning asosida tört unsur yotadi deb uqdiriladi. Bular: tuproq, havo, suv va olov. Har bir yaratiqning tarkibida bu unsurlar mavjud. Qaysi birining köp yoki kam ekaniga qarab inson feʼl-atvorini belgilaş mumkin. Agar kişi tanasida olov köp bölsa, u tez, jahldor, ehtirosli böladi. Agar suvning miqdori köp bölsa, u kişi sokin va bosiq feʼlga ega böladi.

Hazrat Alişer Navoiy esa bu kabi tuşunçalardan foydalangan holda ajoyib fikrni izhor qilmoqda. Yaʼni Parvardigor şoirning vujud va ruhini payvandlar ekan, tuproq va havoni bir-biriga qöşilib quyun bölişini, suv va olov birlaşib mayga aylanişini iroda etgan. Şu sabab ham oşiq bir umr sargardon va mast. Çunki bu uning taqdiriga azaldan bitilgan.

Yuqoridagi ğazalni tahlil qiliş jarayonida şu narsaga yana bir bor amin böldikki, uluğ şoirning şeʼrlardagi badiiyat juda yuqori. Har bir ğazal fasohat va baloğat ilmiga tölgan qalb xazinasidan inʼom qilingandek. Birikmalar nihoyat darajada tiğiz, qisqa jumlaga ulkan maʼno yuklaş qobiliyati esa, tahsinga sazovor. Har bir baytda kamida ikkitadan badiiy sanʼatning qöllanişi ham ğazal poetikasiga ijobiy taʼsir körsatgan.

Xulosa qilib aytganda, mumtoz adabiyotimizning bu kabi yuksak poğonadagi ijod namunalarini örganiş biz yoşlarning oldida turgan dolzarb masalalardan biridir. Alişer Navoiy asarlarini çuqur anglaş, his etiş maʼnaviyatimizning rivojiga beqiyos darajada taʼsir etadi.

Abdukamol ABDUJALILOV

1988-yili tuğilgan.

Özbekiston Milliy universiteti özbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. Adabiy-tanqidiy maqolalari bilan matbuotda qatnaşib keladi.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (147)