3 daqiqada öqiladi

79 marta körilgan

Bellaşuv

“Alpomiş” dostonidan: Qultoy va Bodom bekaç aytişuvi

Qultoy qiyofasidagi Alpomiş Ultontozning saroyidan çiqib şunday borayotib edi, Ultontozning enasi Bodom bekaç oldidan çiqib qoldi. Vaqti zamonida Bodom çörilik qilib, tuya boqib jurganida galaning orqasida uxlab qolib, tilini hakka çöqib ketgan edi. Şundan beri soqov bölib qolgan edi. Qarasa, şu Ultontozning enasi – Bodom soqov kelayotgan ekan. Odamlar avval Bodom soqov desa ham, uli Ultontoz mamlakatga bek bölgaç, “Bodom bekaç”, “Bodom bekaç” deb hamma hurmat qiladigan bölgan edi. Ana şunda olçanglab borayotgan Alpomişni körib (Alpomiş Qultoy bölib borayotgan edi): “Hov Qultoy, qani, sen qayerdan kelyapsan”, – dedi. “Ultontoz poşşoning oldidan kelyapman, Oybarçinni xotinlikka köndiraman deb boryapman”, – dedi. “Ey Xudoy, uyğuy Qultoy, gapingga işonmiyman”, – dedi. “Nimaga işonmiysan?” – dedi Qultoy. “Şu yoşingga dovuy meni köndiya olmagan, uni qanday köndiyasan”, – dedi hiringlab bekaç.

– Köndiraman ham, zörligimni bildiraman ham, bul işlarni, hali körasan, men tindiraman ham, – dedi Qultoy.

Bu gaplarni eşitib ğayrati qözigan bekaç: “Mayli, avval men bilan ölan aytib biy bellaş, gapingga işonay”, – dedi. Qultoyning ham kişti kelib: “Hay-a, aytişsam aytişaveraman”, – dedi. “Qani, ölanni boşla bömasa, Qultoy”, – dedi bekaç. “Yöq-yöq, sen boşlaysan, sening obröying baland – xotin bölsang ham, Ultontozning enasisan, men senga javob aytaman”, – deganidan keyin, ana şunda ikkovi ölan aytişadigan böldi. Jöğari tömandan qizlar-jigitlar kelişib tomoşo qilaverdi. Ölanni Bodom bekaç boşlayotir, Qultoy javob berişga şoylanayotir.

Bodom bekaç:

Soyi-soyi saykalay

Qöyni boşlay, yoy-yoy,

Ultontozday sultonga-ya

Tanga taşlay, yoy-yoy.

Quloq solgin, Qultoy çol-a,

Ölan boşlay, yoy-yoy,

Qiziq-qiziq aytinglay,

Qiz-kelinlay, yoy-yoy.

Şul ölanning oxiyi

Qiziğ-a bölsin, yoy-yoy.

Qultoy:

Sori-sori sarkalar

Qöyni boşlar, yor-yor,

Suluv-suluv kelinlar

Zulpak taşar, yor-yor.

Alpomişdan qolgan molni Ultontozing

Kimga xorşlar, yor-yor.

Qiziq-qiziq aytmanglar,

Qiz-kelinlar, yor-yor,

Şu ölanning oxiri

Buziğ-a bölsin, yor-yor.

Bodom bekaç:

Qizliğimda, Qultoy qul,

Toşay edim, yoy-yoy,

Toşganimda toğlaydanay

Oşay edim, yoy-yoy.

Senday-senday qullay köp,

Qönğiyat elda, yoy-yoy,

Sendaylayni men loydan

Josay edim, yoy-yoy.

Qiziq-qiziq oytinglay,

Qiz-kelinlay, yoy-yoy,

Şu ölanning oxiyi,

Qiziğ-a bölsin, yoy-yoy.

Qultoy:

Qizliğingda, yangajon,

Toşar eding, yor-yor,

Toşganingda tovlardan

Oşar eding, yor-yor,

Mendaylarni sen loydan

Josar eding, yor-yor.

Odağima kelganda

Şoşar eding, yor-yor.

Qiziq-qiziq aytmanglar,

Qiz-kelinlar, yor-yor,

Şul ölanning oxiri

Buzuğ-a bölsin, yor-yor.

Bodom bekaç:

Odağima, Qultoy qul, odoğima,

Tuşib qolding buguna çotağima, yoy-yoy,

Senday-senday qullay köp

Qönğiyot elda, yoy-yoy,

Sendaylayni olmayman

Patagimga, yoy-yoy.

Qiziq-qiziq aytinglay,

Qiz-kelinlay, yoy yoy,

Şu ölanning oxiyi

Qiziğ-a bölsin, yoy-yoy.

Qultoy:

Odoğingga, yangajon, odağingga, yor-yor,

Bugun meni oldingga çotağingga, yor-yor.

Olmasanga olmagin patangingga, yor-yor,

Xörozimni qomayina xatangingga, yor-yor,

Yarim keça kirayina jotoğingga, yor-yor.

Qiziq-qiziq aytmanglar, qiz-kelinlar, yor-yor,

Şu ölanning oxiri buzuğ-a bölsin, yor-yor.

Bodom bekaç:

Jolğiz ulim bek böldi juytima-juytima,

Qayamayman, Qultoy qul, betinga-betinga.

Senday-senday qullay köp qönğiyat elda, yoy-yoy,

Sendaylayni olmayman itimaya, itima.

Qiziq-qiziq aytinglay, qiz-kelinlay, yoy-yoy,

Şu ölanning oxiyi qiziğ-a bölsin, yoy-yoy.

Qultoy:

Ondiringdan, yangajon, ondiringdan,

Patir jovib non jiyin tondiringdan,

Ola köppak, deding-a sen meni-ya, yor-yor,

Ola köppak tortsin-a çondiringdan, yor-yor.

Qiziq-qiziq aytmanglar, qiz-kelinlar, yor-yor.

Şu ölanning oxiri buzuğ-a bölsin, yor-yor.

Ana şunda aytişuvdan söng Bodom bekaç çiday olmay qoldi. “Xudoy uyguy Qultoy, nima deyapsan?” – deb Qultoyning joğasidan ola ketdi. Şunda Qultoy ham şoşib qoldi. Soqol-muriti yasama edi, julinib ketişidan qörqib ketib, hay-hay senga nima böldi, senga nima böldi, buni endi bir töy desayam, buni endi bellaşuv, desayam tağin qöymadi.

Şunda jigit-qizlar oraça qilib: “Hay, töyda urişmanglar, uyat böladi”, – deb ikkovi­ni ikki joqqa tortib-tortib oyirib jubordi. Şunda Qultoy ham öz yöliga ketaverdi. Bodom bekaç ham iziga qaytib: “Xudoy uyguy Qultoy, buloq suvingni tindiymasam, aytganimni qildiymasam, Ultontoz bek ulimga aytib şu bir sening qizil tilingni juldiymasam, avvali putingdan doyga ildiymasam”, – deb qarğab-qarğab ketaverdi.

Ana bundan ötib Alpomiş misli Qultoy bölib Barçinoyning ötoviga bordi.

 

Özbekiston xalq baxşisi Abdunazar Poyonovdan

folklorşunos Öktam Hakimov

2010-yili 10-oktyabrda yozib olgan.

 

2025/3

 

 

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (147)