3 daqiqada öqiladi

73 marta körilgan

Ulkan qanotli qiz

Ajdar sayyorasi

Yozuvçi Mohira Eşpölatovaga maktub

 

 

Mohira,

anovi qanotli gapni eşitgan bölişing kerak: “Hamma yöllar Rimga eltadi”. Adabiyotda esa hamma yöllar mehnatga çorlaydiganga öxşaydi. Sen daştni bahordagi ahvolini yaxşi bilasan, hut oyoq kötarib, uzoqdan hamal körina boşlaganda, daşt yomğir-u pistoqiga töladi. Uruğdan yangi ungan maysalar daştning keyingi tappoti-yu oftobini xayoliga keltirmay ğujğon kötarilib kelaveradi. Öşa avlod bizmiz – sen, men, atrofdagilar, katta-kiçkina, baland-past, oriq-semiz, şoir-yozuvçi. Biz hali öşa maysalardan nariga ötmadik, ildizlarimiz nimjon – yozayotganlarimiz, daʼvoyimiz ham. Agar özimizni bu issiq-sovuqda toblamasak, mehnatda pişmasak – quriymiz.

Ha, mayli, bu gaplarni ortiqça dema – boşidanoq şundan gapirganim uçun ğaşing kelmasin. Bu – köproq özimga aytgan sözim, faqat örtaga seni qöşdim, özimning ham tişimga toşdek tegmasin, deb.

Katena – ildizga qaytişga uriniş. Avlodlar öz ajdodlari yelkasiga çiqib osmon toqiga qöl uzatadilar (sen ham, umuman, hammamiz şundan yoza boşladik), şu bois har bir ijodkor öz ildiziga nazar solişi – yaxşi jarayon. Bundan Katenaga öxşagan esse-maktublar yaraladi. Ehtimol, aslida, bu ham kamdir, romanlar yozişing kerakdir.

Kitob nom olgan alohida hikoya: “Qirq birinçi kun”. U özida evriliş unsurini jo etgan. Nozima degan qizning umurtqasidan, mana, qirq kunki, qanot ösib çiqyapti. Bu Markesning “Ulkan qanotli möysafid” hikoyasini eslatib yuboradi, ammo Markesda möysafidning qanoti avvaldan bor edi – u yomğirli tunda bolasi betob kambağalning hovlisiga qulab tuşadi, sening Nozimang esa “kasal”. U odamning yangi evolyutsiyasi – qanotli varianti.

Voqea Nozimaning ulkan il­miy-tibbiy markazning yettinçi qavatidagi keng oynavand xonasida katta közguga tikilib ötirganidan boşlanadi. U yelkasida kundan-kun kattaroq bölib ösayotgan qanotlariga qaraydi. Qanotlar xuddi fariştaniki kabi oppoq. Ammo qiz qanotlarni qabul qila olmaydi, bu uning uçun Xudoning neʼmati emas, aksinça, sinovi, jazosi. Bu qanotlar uni mahluqqa, örganiş zarur bölgan laboratoriya kalamuşiga aylantirgan. Keyinroq uning hamşirasi, ota-onasi munosabatidan ham xuddi şu fikr yaqqolroq körsatiladi. U jamiyatdan çetlatilgan, nafaqat çetlatilgan, balki ixotalangan maxluqça rolini oxirigaça öynaşni istamaydi. Allaqaçon bu holatdan zerikkan, avvalo, u uyidagilarni soğingan va ularni köriş bu holatni özgartiradi, deb öylaydi. Ammo oxir-oqibat, u bu borada ham umidini uzişga majbur böladi. U hammadan qoçib, yolğiz qolgaçgina qanotlariga qisman könikadi. Qanotlar uning oyoğini yerdan uzadilar-u, ammo uzoqlarga olib ketmay, bir nuqtada muallaq tutadilar.

Hikoya öz qanotlarini qabul qilolmayotgan qiz haqida emas. Alohidalik – bu egoning bir qismi, hamma özini alohida sanaydi bu dunyoda. Bu yerda gap atrof-muhit odamga qanday taʼsir qilişi haqida. Sen bir qizçaga qanot yopiştirib, uning atrofidagilar qanday munosabat qilişlarini körsatmoqçisan: axir, qahramoning orqasidan hamma oyoği kuygan tovuqqa öxşab yuguryapti. Ota-onasi; qança professorlar; yigit; qöni-qöşnilar; mehribon hamşira. Ular uçun bu ğayritabiiylik ortida “ortiği-yu kami” bor va öz manfaatlari yölida harakat qilişdan boşqa çoralari yöq. Alaloqibat, qizning muallaq qolişini ham şu bilan asoslasa böladi, yaʼni u öziga nisbatan bunaqa munosabat bilan uçib ketolmas edi. Bu mehrsizlik, ikkiyuzlamaçilik heç qaysi odamni tepaga kötarmaydi, aksinça, yerga, şu odamlar va şu jamiyat içiga mixlab qöyadi.

Hikoyang zör. Şunaqa erkin va tölib yozganing seziladi. Uslubingda şahar nasri nuqsi bor, odatan, sendan qişloq­qa xos nimadir kutaman, negadir şunaqa. Lekin aksi bölaveradi.

Voqealar tizimi, qahramonlar xarakteri, dialoglar yaxşi qurilgan, ösib boryapsan. Öz tiling bor, ammo baʼzida öşa tilni esingdan çiqarib qöyasan. Ayrim joylarda pafos bilan yozişni boşlaysan, bilaman, quvnoq ohangda yozişni yoqtirasan va bu senga yaraşadi ham, ammo pafos emas. Baʼzida esa qup-quruq. Xuddi rasmiy tilda gapirayotgandek, hujjat töldirayotgandek tuyiladi. Lekin sal ötmay hammasi yana iziga tuşadi.

Rosti, sen uçun xursand böldim. Hazilakam gap emas, jöyagina kitobing çiqdi. Bundan keyin katta nasrga harakat qil. Omadingni bersin!

 

Hammaslaging Alişer

Alişer Fayzullayev

 

1988-yili Navoiy viloya­tida tuğilgan. Özbekiston Milliy universitetining Jurnalistika fakultetini bitirgan. “Ajdar sayyorasi” nomli kitobi naşr etilgan. Amerikalik arman yozuv­çisi Uilyam Saroyanning “Daho” nomli hikoyalar töplamini özbek tiliga tarjima qilgan.

 

2025/3

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)