Xalq qöşiqlaridagi ramzlarni tuşunmasak, badiiy matnning poetik maʼnosini çaqolmaymiz. Natijada bir-biridan mazmunli ölanlarimiz boğdan-toğdan aytilgan qurama xirgoyidek tuyuladi. Hozirgi kunda şunday bölayapti ham. Şu bois uşbu maqolada xalq lirikasida köp uçraydigan tol va römol ramzlari zamiridagi maʼnolar haqida muxtasar töxtalişni niyat qildik.
Özbek mifologiyasi va folklorida tol obrazi muhim örin tutadi: turli marosim va urf-odatlarda, irim-sirimlarda bu daraxtning novdasi, bargi yoki yoğoçidan sehrli xususiyatli aşyo sifatida foydalaniş anʼanasi mavjud. Ayrim joylarda keksa tol daraxtlari, ayniqsa, mozor va muqaddas qadamjolarda, buloqlar böyida, avliyo kişilar qabri yonida ösadigan tollarni kesiş, şoxini sindiriş mumkin emas deb qaraladi. Tol novdasi suqilgan joyda kökarib ketaverişi va tez ösadigan daraxt bölgani bois uning novdalaridan serhosillik tilaş bilan aloqador marosimlarda ham foydalanilgan. Masalan, H.Karomatovning yozişiça, Farğona viloyatining Söx tumanida dehqonning qöli yengil bölsin deb ketmon dastasi toldan tayyorlansa, Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida toldan yasalgan beşikka tolbargak osib qöyiş udumi qayd qilingan. Birinçi holatda serhosillik ğoyasi ilgari surilgan bölsa, boysunliklar odatining zamirida çaqaloq ham tol kabi tez ösib, voyaga yetsin, degan ezgu qaraş yotadi.
Özbek xalq ölanlarida «tol» poetik detali «tol çiviqday» birikmasi tarkibida qöllanilganida gözal yorning nozik qaddu bastini tasvirlaşga xizmat ыилади. Quyidagi ölanda keltirilgan «Yoz bölsa qovun pişar tör olişib» misrasi ramziy maʼnoda yetuklik, pişiqçilik, möl hosil timsoli sifatida inson umriga taşbeh qilinadi; polizdagi qovunlarning «palagi palagiga öralaşib» ösişi umrning saodatli damlari – töy-haşamlar, xalq sayillari, bayramlarda qiz-juvonlarning hamjihat bölib, töplanişib, xursandçilik qilişiga öxşatilgan. «Bellari tol çiviqday buralib» raqs tuşiş esa ayol gözalligining öziga xos badiiy talqinidir:
Yoz bölca qovun pişar tör olişib,
Palagi palagiga öralaşib,
Qiz, kelinlar öynaydi töy bölganda,
Bellari tol çiviqday buralişib.
Xalqimizning badiiy-estetik qaraşlariga köra, kişining zohiriy (taşqi) va botiniy (ruhiy-maʼnaviy) gözalligi orasida mutanosiblik bölgandagina çin maʼnodagi gözallikka erişiladi. Quyidagi ölanda husnu latofati ğoyat çiroyli kelinçakning oila aʼzolariga, jumladan, turmuş örtoğiga hurmati va mehr-muhabbati «tol çiviqday buralib» turgan noziknihol suvrati misolida tasvirlangan:
Ovolaylar deganda, ovolaylar,
Yöqligin er yigitning qölin boylar,
Armon bilan olganing bölca yaxşi,
Tol çiviqday buralib oting boylar.
Jez qayiqman böz qayiq cuv keçadi,
Köklam bölca, curilib el köçadi,
Er yigitning olgani yaxşi bölca,
Tol çiviqday buralib uy çeçadi.
Ölanlarda «tol» poetik detali yor, maʼşuqa obrazining badiiy ifodasi sifatida qöllanilişi kuzatiladi. «Oqar suv», «daryo», «soy», «ariq» sözlari umr yöliga taşbeh qilinişini hisobga olsak, «Oqsuv soy yoqasidagi tol» ham ramziy maʼnoda yor obraziga işora qiladi:
Oqsuv soyni yoqalab tol böladi,
Oq yuzimga yaraşgan xol böladi,
Bizni öctirgan enamga barakalla,
Bizni körgan yigitlar dol böladi.
Özbek xalq lirikasida römol (ayol) va belboğ (erkak) ramzi ham köp uçraydi. Kaşta solingan römol detali sevgi, muhabbat maʼnosida keladi:
Boşingdagi römoling cer kaştali,
Akang böydoq, yori yöq cirlashgali,
Erganagi boylovda, enang uyğoq,
Intizorman ikkovlon coʻzlashgali.
«Alpomiş» dostonida qalmoq yurtida çohga bandi qilingan epik qahramon ğoz qanotiga xat yozib, öz yaqinlariga ahvolini bayon etişi, Samarqand şahridagi qadimgi arxeologik yodgorlik – Afrosiyobdan topilgan qöhna devoriy suvratlarda elçilar bilan birga ğozlar ham aks etgani «ğoz» detali köp asrlardan buyon «xabarçi», «elçi» ramzi bölib kelayotganini dalillaydi. Ölandagi römolning «ğoz juni» (yaʼni pati)dan qilingani uning sovçilar orqali berib yuborilgan sevimli yor hadyasi ekaniga işora:
Boşimdagi öramol ğozning juni,
Ovuling yaqin bölca yozning kuni,
Ovuling yaqin bölca yozning kuni,
Yotcam uyqum kelmaydi boz-boz kuni.
Özbek qiz-juvonlari çiroyli römol örab yurişi bir körkiga ming körk qöşadi. Agarda römolga gullar naqşi tuşirilgan bölsa, bu gözallik yanayam ortadi. «Boşidagi römolning tört guli bor» qizning köprikdan ötkazib olinişi, poetik maʼnosiga köra, özga xonadonga kelin bölib uzatilişini anglatadi:
Boşimdagi öramol tört guli bor,
Köprik colib coyingdan ötkazib ol.
Ixtiyoring, köngling menda bölca,
Möljallagan yeringga yetkazib ol.
Badiiy matnda qiz bolaning römol öraşi “boşi boğliq” (fotihali) ekanini bildirib keladi. Xalqimizda biror oilaga sovçi bölib borişdan oldin “Falonçining qizining boşi böşmi?” deb söraş odati bor. Oilasi buzilgan ayolga nisbatan ham «boşi böş» iborasi qöllaniladi. Sovçilar qiz tarafni rozi qilganidan keyingi «fotiha qilib qöyiş» marosimi ayrim joylarda «römol boğlaş» deb ham ataladi. «Alpomiş» dostonida Surxayil kampir Barçinga sovçi bölib borganida şu udum tilga olinadi:
Qozonda qaynagan şirboz göşmidi,
Şu qizingning agar boşi böşmidi?
Boşi böşmi deyin, sendan sörayin,
Kelin qilib boşiga römol örayin.
Quyidagi qöşiqda esa römol va tol poetik detallari yonma-yon kelib, qizning boşqa yigitga majburan uzatib yuborilgani, ikki yoşning bir-biriga boğlagan muhabbati zavol topgani, bundan ozorlangan oşiqning köngil izhori çiroyli badiiy ifodalangan:
Römolingni boşingga öray colding,
Boşi tuban ketadi kecgan tolning,
Oyday, kunday betingga yara colib,
Bormikan xociyati qöygan xolning.
Özbek xalq ölanlarida qöllanilgan poetik ramzlar maʼnosini tuşuniş özbek xalqining könglini tuşuniş demakdir.
Şahodatbonu IMOMNAZAROVA
1982-yili tuğilgan. Toşkent davlat madaniyat instituti (hozirgi ÖzDSMI)ni tamomlagan.
“Rayhon nafasi”, “Osmon eşigi” kabi kitoblar muallifi.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

