9 daqiqada öqiladi

1 480 marta körilgan

Normurod NORQOBIL: «Adabiyot mangu yoniq qalb nuridir»

Normurod Norqobil

Ertak!
Biz uni xalq oğzaki poetik ijodining asosiy janrlaridan biri, yaʼnikim töqima va uydirmaga asoslangan, sehrli-sarguzaşt va maişiy mazmundagi epik badiiy asar sifatida bilamiz. Lekin ayni şu janr ayrim kişilar taqdirida neçoğli ahamiyatli bölişini va hatto inson qismatini bolalikdan belgilab berişini hammamiz ham bilavermaymiz. Masalan, kaminaning yozuvçilikka havas va iştiyoqi bolalikda ertaklar tufayli yuzaga kelgan desam sira yanglişmayman. Ne baxtki, onam Hanifa Omon qizi ertakçi ayol edi. U minglab ertaklar bilardi va har oqşom to yarim tungaça qoraçiroq nuridan yoritilgan ön bolorli uyimizda ertak aytilardi. Zamon oğir, kitoblar topiş qiyin, topilganini ham birpasda öqib taşlardik. Boz ustiga, kattalar qatori biz bolalar ham mehnatga tortilgandik. Deylik, kuz va qiş tunlari oddiygina körak çuviş biz bolalar zimmasida edi. Kunduzlari har bir xonadonga aravada qop-qop körak olib kelib taşlanardi va tonggaça biz ularni çuvib bölişimiz lozim edi. Bola uçun dunyoda körak çuvişdek zerikarli va bemaʼni iş bölmasa kerak. Örtada uyilib yotgan köraklarni körganda olam zimiston tortib ketardi, taşqarida qora sovuq, tunda boşlanib tongga yaqin tinadigan şamolning uvillaşi yurakka battar ğaşlik solardi. Bunga uzoq-yaqindagi börilarning uvlaşi qöşilganda dunyo yakkaş xavf-xatardan iboratdek tuyulardi. Ana şunday paytlarda ertak jonga ora kirardi. Onamiz ertak boşlaşi bilan uy içi kengayib, yorişib ketganday bölardi. Örtada uyilib yotgan yoqimsiz köraklarni barmoqlarimizgina sezar, aql-huşimiz esa ertak voqealariga oğardi. Börilarning uvlaşlari bamisli hofizning qiçqiriğidek tuyulib, murğak yuragimizda ortiq dahşat hissini tuğdirmasdi. Negaki, aytilayotgan baʼzi ertaklarda u qonxör maxluq emas, tanti va mard jonivor sifatida talqin etilardi-da. Umuman olganda, ayrim tunlari börilar qişloq oralab, kimningdir qörasiga tuşgudek bölsa, odamlar bu hodisani fojea örnida qabul qilmas, yengilgina qöl siltab: “Aka kep, haqini obketdi-da”, deb qöya qolişardi. Bir tomondan ertak, ikkinçidan esa qişloq kattalarining börilarga nisbatan bu xil qaraş va munosabatlari biz bolalar qalbida ularga nisbatan ozmi-köpmi hurmat hissini uyğotmay qolmasdi.
 Taşqarida şamol quturar, içkarida esa onamiz ertak aytardi. Ertak bahonasida örtadagi körak çuvilişi lozim edi. Şuning uçun ertak deganlari bir-biriga ulanib ketaverardi. Uzoq tunda aytiladigan ertakning sehri boşqaça böladi… Keyin-keyin esa tengqurlarim orasida özim ertak aytişni odat qildim. Ular qolib, katta yoşdagi bolalar oğzimga tikilganini körib hayron qolardim va bilganlarim tugab qolgudek bölsa, özim ertak töqiy boşlardim. Töqigan ertaklarimda yovuzlik va yoruğlikdan taşqari, hayvonot dunyosiga nisbatan bölgan munosabatimu muhabbatim aks etardi. Söng menda ularni qoğozga tuşiriş fikri paydo böldi. Biron yerda çop ettiriş emas, şunçaki yozgim kelgani uçun yoza boşladim. Maşqlarimni biron gazeta yoki jurnalga yuboriş tuşunçasi yöq edi menda. Axir uçinçi sinf bolasida bu fikr qaydan bölsin. Keyinçalik ertak töqişdan qoniqmay, bilib-bilmay hikoya janriga qöl urdim. Bu holat tafakkur qila boşlaganimni bildirardi. Tafakkur qiliş esa kaminada ertak aytiş iştiyoqini söndirdi, kamgap bölib qoldim. Oqşomlari maysa ustida ömbaloq oşib, bolalar bilan kuraş tuşiş iştiyoqi tark etdi meni. Kamina endi borliqqa özga nigoh bilan nazar sola boşlagandi. Tabiat hodisalari va fasllar almaşuvidan özimça maʼno qidiradigan böldim. Uy burçagidagi javonda öqigan kitoblarimning soni ortgani sayin nafaqat tafakkurimda, balki feʼlimda ham özgarişlar sodir böla boşlagandi. Kitoblar taʼsirida qişloqqa siğmay qoldim. Dala-daştu qir-adirlarga intila boşladim. Qişloqdan narisi qir-adirlik, söng çek-çegarasiz toğlar boşlanardi. Sukunat bağriga çömib, istaganingça xayol sur, xalal beruvçi biror kimsa yöq, jonivorlar esa ğij-ğij edi. Bu paytda jonivorlarga ozor berişdan tiyilgandim. Çunki bu dunyoda barça narsa tabiiy uyğunlik asosiga qurilgani va tabiatga ozor beruvçi yolğiz jon odam bolasi ekanligini favqulodda anglab yetgandim. Oqibat, yovvoyi tabiat va jonivorlar döstimga aylandi. Ular haqida yoza boşladim. Öquvçilarga özim köra bilgan va his qilgan dunyoni körsatiş, ularni ogohlantiriş uçun yoza boşladim. Men dunyoni özgartirişni istardim. Yozganlarim bilan göyo dunyo özgarib qoladigandek edi. Buning qarangki, taqdir jonivorlarga nisbatan munosabatim özgaçiligini sezganday, neça va neça bor meni börilarga duç qildi. Itlar haqida gapirmasam ham böladi. Ularning ovozidanoq nima demoqçi ekanligini sezadigan böldim. Çunki ular menga şunçaki it emas, tabiiy uyğunlikning jonli bir bölagi edi. Sadoqatni öşalarda kördim, mardlikni börilarda uçratdim. Qişning qirçillama kunlaridan birida qirning tor özanida ularning törttasiga tösatdan röparö kelgan va azbaroyi qörqqanidan yelkasidagi miltiqni olişga ham qurbi yetmagan yigitça men edim. Suriştirib kelsa, ular emas, men börilarning yölidan çiqib qolgandim. Şunda ular nima qildi dersiz? Nima qilişardi, qorinlari töq ekanmi, xuddi tönkani çetlab ötganday, yörtişgança yonimdan ötib ketişdi. Hatto birining quyruği barimga surgalib ötganday böldi. Endi ular örnida xaşaki itlarni tasavvur qilib köring – ular yo taşlangan bölardi, yo izlariga qaytib ketardi. Börilar esa izlariga qaytişni xayollariga keltirmagandek, menga eʼtibor ham berişmadi. Yirtqiçlarning bu qiliği, yaʼni odamni pisand qilmasligi juda qiziq böladi. Buni söz bilan ifodalaş qiyin. Bunaqa paytda ular sizga nigohini qadamaydi, şunçaki bir qarab qöyadi. Ularning bu şunçaki bir köz taşlab qöyişida uluğvorlik, öziga işonç, maydalikdan yiroqlik va yana köp narsalar borki, bu holatni faqat badiiy asarlarda tasvirlaş mumkin. Şunga öxşaş holatlarni zoti toza itlarda ham körganman.
Hozir öylab qolaman. Neçun bu xil holat va hodisalarga bolalikdayoq duç kela boşlaganman? Bundan taşqari, azim kentda yaşab turib, neçun hozirda umrimning yarmi toğu toşlarda, daştu sahrolarda keçmoqda? Javob esa bitta – bu qismat. Taqdirning menga atalgan inʼomi bu. Bolalikdan ertaklar olamida ulğayişim esa taqdirning tuhfasidir. Axir şu ertaklar emasmi, bolalikdayoq menda kitoblarga havas uyğotib, dunyoqaraşimni şakllantirgan, qalbimga ezgu tuyğular baxşida etib, tabiat va jonivorlarga nisbatan muhabbat hissini yuzaga keltirgan. Şuning uçun barça onalarga hayqirib aytgim keladi, bolalarga ertak ayting, onalar!
Ijod haqida söz yuritar bölsam, yozganlarimni uzoq vaqtgaça biron yerda çop ettirişga oşiqmaganman. Darvoqe, bolalikda yozgan maşqlarim – ertak va hikoyalarimning bari yöqolgan. Qanday qilib yöqolgan, buni özim ham bilmayman. Şunçaki maşqlar bölgani bois ularga hozirda açinmayman. Keyin yozganlarimni esa… Qaytamga hayotni yaxşiroq örganiş maqsadida turli kasblarda, hatto özim yoqtirmagan işlarda ham işlaganman. Endilikda öylab qolaman, töğri qilganmanmi-yöqmi deb. Çamasi, töğri qilganga öxşayman. Kasb, kasbga boğliq turfa xarakterlarni örganişning özi bölmaydi. Bu katta bir maktab hayotimda.
Özimça hayotni örganişga yakun yasab, soham böyiça matbuotda iş boşlaşim bilan ötgan asrning saksonçi yillarida, gözal bir ijodiy muhitga tuşib qolganman. Ötkir Hoşimov, Erkin Aʼzam, Usmon Azim, Sirojiddin Sayyid, musavvir Odil Bobojon – bularning har biri öziga xos olam edi. Bu davralarda tafakkur yolqinlanardi, fikr nurlanardi. Adabiyotga özni fido aylaş tuşunçasi qanotlantirilardi. Ertaklar meni oyoqlatgan, ijodiy izlanişlar dunyoqaraşimni şakllantirib, özligimni anglatgan bölsa, bu ijodiy muhit kaminaga ustozlik qildi desam sira xato qilmagan bölaman. Turgan gap, ijodiy muhitda gap köp, u kişini mukammallikka yetaklaydi. Sözning zalvorli kuçini teran his qilgan holda, uning qatidagi ranglarni ilğay boşlaysiz. Va tinimsiz ijodiy izlaniş hayot tarzingizga aylanadi. Adabiyot qismatingiz, uningsiz tiriklik maʼnisiz va tussiz ekanini anglaşga yordam beradi. Muxtasar qilib aytganda, adabiyot mangu yoniq qalb nuridir. Xalq ongining şakllanişida, uning özini anglaşda adabiyotning beqiyos roli mavjudligini yanada teran tuyganingizdan söng esa, ulkan bu adabiy jarayonning zanglamas bir murvatiga aylangan köyi, uning azaliy va abadiy harakatiga öz uluş va hissangizni qöşiş iştiyoqida yona boşlaysiz. Bu yaratiş iştiyoqidir. Afsuski, uşbu iştiyoq köplarda juda tez sönadi. Adabiyot esa qalbi mangu yoniq ijodkorlar işidir va faqat ulargina uning badiiy va maʼnaviy xazinani yangi durdonalar bilan boyita oladi. Xullas, saksoninçi yillardan qator hikoyalarim “Yoşlik” jurnalida, söng boşqa gazeta-jurnallarda yuz körsata boşladi.
Şu kungaça ön beşga yaqin kitobim çiqdi. Şu örinda kitobxonlik xususida andak fikr yuritmoqçiman. Bu yoruğ olamda kitobdan zör döst yöqligi bizdan avval ham köp taʼkidlangan. Haqiqatdan kitobdan zör döstning özi yöq va uning örnini heç qaysi sanʼat turi bosa olmaydi. Öz oilasida kitobxonlikni şakllantira olgan ota-ona tarbiyada köp narsani yutadi. Bu borada, ayniqsa, onaning roli özgaçadir. Çunki bolalar köproq ayollar bilan muloqotda böladi-da. Turmuş örtoğimiz Töxtaxon muallima, maktabda til va adabiyotdan dars beradi. Bolalarning yoşi va qiziqişiga qarab kitob tanlaşda juda ustasi farang, ming qilsayam, öqituvçi-da. Qisqasi, kitob öqigan bolaning hayajoni sal bölakça böladi, uning hayajoni paytida andak eʼtiborli bölsangiz, bolada kitobxonlik hissi yanada oşadi. Aks holda quruq öquvçiga aylanib qolişi mumkin. Ularni fikrlaşga undaş uçun bolaning hayajoniga eş böliş lozim. Donolar aytişadiki, bolasiga örgatmagan va söng bolasidan örganmagan odam hayotdan orqada qolib ketadi deb. Şu bois uydagi çuğur-çuğurlardan ham nimadir örganayapmiz.
Adabiyotda şovqinni yoqtirmayman, bir-ikkita narsa yaratib qöyib, özini daho sanaydiganlarni jinim sevmaydi. Öquvçi tuşunişi qiyin bölgan holda murakkab yoziş kerak, deydi şunaqalardan bittasi. Keyin allaqanday oqimlarni rökaç qilib, özbek adabiyotida bittayam haqiqiy isteʼdod yöq deydi. Masalan, Navoiyni kim öqiyapti deydi. Gapidan şu narsa anglaşiladiki, u özbek adabiyotini öqimagan, öqimagani holda unga baho berişga tirişadi. Ğarb adiblaridan bir-ikkisining nomini sanab, şunaqangi vaʼzxonlik qiladiki, oqibat, kalavasining uçini yöqotib, nima deyayotganini özi ham bilmay qoladi. U Navoiyni maktab dasturida öqigan, “Ötkan kunlar”ni varaqlab ham körmagan. Çölpon va şuningdek, boşqalarning nomini eşitişni ham istamaydi. U vaysaşni, daʼvo qilişni yaxşi köradi. Söng özini heç kim tuşunmayotganidan nolib, hammani ğirt nodonga çiqaradi.
Bu xil kimsalar bahsga arzimaydi. Uning yonidan, qirning tor özanida özimga yöliqqan böriday, indamay, şunçaki bir köz taşlab ötaman. O-o, şunçaki köz taşlab ötişdan yomoni yöq va şunda uning nigohida “isteʼdodga nisbatan hurmatsizlik bu” degan taʼnani öqiyman.
Ha, adabiyotni isteʼdodlilar yaratadi, isteʼdodsizlar esa qora quyunday doim ular atrofida çarx urib, daholikka daʼvogar bölib yuraveradi. Bu ham kunu tundek, azaliy holat erur.
Mendan köpinça, nimalar yozayapsiz, deb söraşadi. Yozayapman, lekin öşa yozayotgan narsam haqida avvaldan bir narsa deyişdan hamişa istihola qilaman. Avvaldan aytiş, nazarimda, non örniga xamir tutişdek bir gap emasmi?!

ADIB HAQIDA

Normurod Norqobilov 1953-yilning iyunida Qaşqadaryo viloyati Yakkaboğ tumanining Qişliq qişloğida tuğilgan. 1982-yilda hozirgi ÖzMUning jurnalistika fakultetini tugatgan.
1987-yilda ilk hikoyalar töplami – “Zangori köl” çop etilgan. Şundan söng “Unutilgan qöşiq” (1990), “Yuzma-yuz” (1993), “Sariq gul” (1996), “Paxmoq” (1997), “Temur ğori” (1999), “Arazçi çumçuq” (1999), “Bekatdagi oq uyça” (2000), “Ovul oralagan böri” (2005), “Jöşqin daryo” (2005), “Böron qöpgan kun” (2007) hikoya va qissalardan iborat töplamlari va “Daştu dalalarda” (2009) romani bosildi.
Adibning “Quyoşi botmaydigan yurt”, “Şim yoxud xotinlar janjali”, “Belboğ” kabi asarlari asosida köp qismli videofilmlar yaratilgan. Bir qança hikoya va qissalari rus, qozoq, belarus, qirğiz, tatar, arab, turk, xitoy va boşqa tillarga tarjima qilingan.
N. Norqobilov “Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi” unvoni hamda “Şuhrat” medali bilan taqdirlangan.

“Yoşlik” jurnali 2010-yil, 4-son

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)