“Sizlarni sevaman, sevib qiynaldim”. Romandan.
Fyodor Dostoyevskiy ziddiyatlar, oğriqlar va yöqotişlarga töla hayotida juda boy, bemisl adabiy meros qoldirdi. Uning biryöla tört romani – “Jinoyat va jazo”, “Telba”, “Iblislar” va “Aka-uka Karamazovlar” dunyoning eng zör 100 kitobi röyxatida turadi. Xususan, “Aka-uka Karamazovlar” asari bugunga qadar dunyoning qator tillariga tarjima qilingan: yunon, ingliz, nemis, fransuz, ispan, italyan, polyak, xitoy, yapon, turk, qozoq… Yoş avlod sifatida köp minnatdor bölamizki, bizning milliy adabiyotimiz ham Dostoyevskiyning barça asosiy asarlari tarjimasiga ega böldi. Tarjima qilinmagan qissalar, yozişmalar, xatlargina qoldi. Ustoz tarjimon Ibrohim Ğafurov bölsa naq Dostoyevskiydek köz öngimizda qad tikladi. Ustoz 80 yoş ostonasida yozuvçining sönggi – “Aka-uka Karamazovlar” romanini ham özbek tiliga ögirdilar. Roman madaniy hayotimizda alohida hodisa böldi. Ammo bu hodisani ham heç taʼsirlanmay ötkazib yubordik. “Iblislar” tarjima qilinganda ham ayni holat kuzatilgan edi.
Roman xudo, ozodlik va axloq haqida. Ayni bugungi kunimiz, ayni bugungi yoş umrimiz haqida. Biroq biror munaqqid asarning şu tomoni haqida hatto quloğimizga şipşib ham qöymadi. Biz özimizça öqidik va maʼnolar izladik. Öqib-öqib, bir xayolimiz Nitşega, bir xayolimiz Sartrga tortadi…
Fyodor Dostoyevskiy “Aka-uka Karamazovlar” romanini ham azob, oğriniş, çeksiz dilgirlik va qöqqisdan bostirib kelişi mumkin bölgan qandaydir qismat olovlaridan tahlikada yozgan. U doim şunday yozgan, çunki doim şunday yaşagan. U özini azoblar içida köproq yaxşi körgan, özini azoblarda toblanayotgani uçun ham nimagadir arzitgan, ehtimol. Roman 1878-1880-yillarda qoğozga tuşirilgan. Asarni tuşuniş uçun muallifning ayoli bilan yozişgan xatlarini öqib çiqaman. U mana şu romanni yozişdan oldin qanday edi, yozayotganda qanday böldi, yozib tugatgaç qay holatga yetdi kabi savollarga javob izlayman. Dostoyevskiyning rus tadqiqotçilari asar ustidagi rosmana iş 1878-yildan boşlangan deyişadi. Şu jihatdan, Fyodor Dostoyevskiy va Anna Dostoyevskaya örtasidagi aynan 1866-1877-yillarda yozilgan xatlar eʼtiborimni tortadi va ularda quyidagiça umumiy xususiyatlar közga taşlanadi: u mutlaqo Mişkinning toza va baxtiyor bir qismidek tasavvur uyğotadi, xatlarga “sening baxtiyor F.Dostoyevskiying” deya imzo qöyardi. Özini tinimsiz tuşuntirişga urinardi: “Meni öşşaygan, asabiy, axloqsiz körarsan, lekin bu faqat taşqaridan qaraganda, içdan boşqaçaman, işon, işon bunga” [Ф.М.Достоевский, А.Г.Достоевская. Переписка. – Москва: Наука, 1979. Keltirilayotgan parçalar mana şu naşrdan erkin tarjima qilingan.]. Bu yillar içi u bedavo qimorboz edi. Çeksiz qaytiş, çeksiz vaʼdalar va “meni sev” degan çeksiz iltijolar içida özini azoblardi. U bu gunohdan ham, gunohkorlik azobidan ham özini tiyolmasdi: “Men jinoyatga qöl urdim, men barini yutqazdim, Anya, sen jönatgan oxirgi kreysergaça, barini, keça oldim-u, keça barini boy berdim… Birgina vahşat meni ezadi: nima deysan, nima öylaysan endi men haqimda!.. Endi iş va mehnat, iş va mehnat, men hali körsatib qöyaman, men ado etaman… Men haqimda pasttarin xayolga borma. Axir men insonman! Axir menda qançadan-qança insoniylik yaşaydi”. Bu vaqtlarda Dostoyevskiy Motsart, Rossini, Betxovenning “Fidelio” operasi, Mendelson-Bartoldning “Nikoh marşi”ni tinglaşni sevardi. Mazkur asarlarda yuksak polifoniya qaynab toşardi. Vagnerni bölsa heç xuşlamasdi. Sovuq qotardi. “Anya, Anya, yodingda tut, men ablah emasman, bor-yöği bedavo qimorbozman”. Vaqti kelib Dmitriy Karamazov “Sening qoşingda ablah bölsam-da, lekin öğri emasman! Uç mingni kut”, deya hayqirgan edi. Nihoyat, patologiyaga aylangan qimorda yutişdek qabih xayolotning Dostoyevskiyni tark etişi. Tutqanoqning tasodifiy boşlanişidan qörquv va azob, azob, azob… “Anya, tutqanoğimni avvalgidek deb öylayotgandirsan, lekin men bilaman, endigisi meni öldiradi. Oğir zarba böladi. Men uni eşityapman, men uni sezyapman”. Qattiq qiçqiriq, söng inson qiyofasidan çiqiş va xirillayotgan allanarsaga aylaniş. Közda, yuzda nurning sönişi, insonning çeksiz xorligi va bundan jirkaniş hissining tuğilişi. Bunga guvoh bölganlardan çeksiz qoçiş. Guvohlarning endi senga tölaqonli inson sifatida qaramasligini ayon körib turiş va seni kamsitib ruhingni tahqirlayotgan nigohlardan çeksiz qoçiş. Ming ilojini qilib yaqinini özini sevişga köndirayotgan inson. Uni sevgan insonlarning tasodifiy uqubati yoki ölimidan tahlikada böliş, uyqusizlik, dilgirlik. Unga quvonç beruvçi yagona kuç – oilasi, farzandlarining muhabbati. Ammo haddan ortiq sevilişni istagan insonning bitmas-tuganmas yozğirişlar-u şikoyatlari. Dilgir, asabiy, xasta va yuksak muhabbatiga javoban ayni şunday muhabbatni talab qiliş. Ayolining uni şu holida şaraflaşi, sevişi, avaylaşi, eng katta kuç – ertangi kunga umid va quvonç bera olişi, Dostoyevskiy istagandek nozik sevişi. “Men sen bilan tirilaman, Anya. Meni bir marta ham tuşingda körmadingmi?” Taşqarida qöpol va dağal, şovqin-suronga töla dunyo. Dağallik, qöpollikdan oğringan yurakning şu injalik içida halovat topişi va baxt ulaşişi: “Heç kutilmaganda oliyhimmat, yuksak, pok, nomusli, aziz bir inson meni sevdi. Bilmaysan, Fedya, sening sevging va uning yuksakligidan qançalar ğurur tuyaman. Senga doim aytganman: “Mening quyoşimsan toğ çöqqisidagi, men bölsa tubanda yotibman-u, faqat yukinaman”. Dostoyevskiyni tuşlarida taʼqib qiladigan marhum aka va ota. Boşqa yozuvçilarga nisbatan juda kam qalam haqi oliş va doimiy yetişmovçilik, Anna Grigoryevna tili bilan aytganda, “Dostoyevskiy uçun çinakam baxtsizlik”. Har bir asarni pul işlab topiş ilinjida yozayotganini bilib turiş, pul kelişiga qarab vaqtni belgilaş va ruhan, jismonan zöriqib bölsa-da işlaş. Axir bu mutlaqo Tolstoyça yoki Turgenevçasiga ijod qiliş emas edi. “Keç tuşganda ğamginlig-u ziqlik yuragimni töldiradi, tongda, harqalay yengilroq, şuning uçun ham tong mahali işga tutinaman”. Qoraxayol odamning yoruğlikka adoqsiz intilişi. Uning qahramonlari ham tun çökayotganda naq telbaga aylanadilar. Alyoşa şarafning “toptalişi”dan tunda titroqqa tuşadi, Ivan keçda içidagi iblis bilan olişadi, Dmitriy tun avvalida köksiga urib şarmandaligiga iqror keltiradi.
1878-1880-yillarda, yaʼni asar qoğozga tuşirilayotgan vaqtda, xatlardagi taassurotlarga köra, yozuvçi qanday holatda edi: Anna Dostoyevskaya tuğilajak farzandlari egiz bölar deya taxmin qilardi, öğil tuğiladi. Ammo bola Aleksey uç yaşarligida, 1878-yil tutqanoq zöridan jon beradi. Kutilmagan ölim (ehtimol, kutilgan. Çunki Dostoyevskiy har doim va har qaçon tasodifan bostirib keluvçi falokat vahimasi bilan yaşagan) yozuvçi ruhini abgor qiladi. A.Dostoyevskaya maslahati bilan dardni biroz yengillatiş uçun Optina xilvatxonasida bölgan yozuvçi (bu Kaludagi maşhur monastir bölib, Dostoyevskiy rus faylasufi V.S.Solovyov bilan birga bu yerni 1878-yilda ziyorat qiladi), “uqubatli safardan” söng oxirgi romani – “Aka-uka Karamazovlar”ni yozişga ötiradi. Romanni Anna Grigoryevna Dostoyevskayaga bağişlaydi.
Romanning ikkinçi kitobi “Xudojöy ayollar” bobida ozğin, sillasi qurigan, aft-angori xuddi kuyganday söxta bölib ketgan bir ayol Zosima otaga: “Öğilçamga açinaman, otaginam, uç yilgina umr kördi…” deya zorlanadi: “u tiz çökib turar va qariyadan közini uzmasdi. Közlarida quturişga öxşaş bir ifoda zuhurlanardi”. Dostoyevskiyning özi mana şunday holatda yetib borgan edi xilvatxonaga, yupanç izlardi, yuragiga mador. Asarda ayolga Zosima ota şunday dalda beradi: “Gap bundoq, onaginam, – dedi qariya, – qadimgi bir avliyo ota, uluğ zot bir kuni ibodatgohda xuddi senga öxşab bözlab turganini körib qolibdi, uning ham yolğiz gödagi qazo qilgan, xudo öz dargohiga çaqirgan ekan. “Sen, ojiza, bilmaysanmi axir, – debdi unga avliyo ota, – sabiy gödaklar xudoyimning arşi oldida jurʼatlidurlar? Arşi aʼlo qoşida ulardan köra jurʼatliroq heç zot yöq: xudoyim, sen bizga hayot ato etding, deydurlar ular xudoyimga, biz endi uni körganimizda, sen bizdan uni qaytarib olding. Ular şu qadar dadil, jurʼat bilan iltimos qilib söraydilarki, xudoyim egam darhol ularni fariştalar maqomiga olib çiqadi”.
Asar ğoyasi oiladagi maşʼum yöqotişdan söng rosmana asar sifatida yetila bordi. Bola Alekseyning vafoti bu muhtaşam asar tuğilişi uçun ekilgan uruğ edi. “Rost, rost aytaman sizga: magarkim buğdoy donasi yerga tuşib, ölmasa, bir özi qolajak; agar ölsa, unda köp hosil berajak”. “Yuhanno Injili”dan olingan bu oyat asarga epigraf qilib olingan.
Asarni öqiş, tarjima qiliş, tahrir qiliş va u haqda yoziş juda oğir. Asar boşdan-oxir tubanlikda öliş va yuksaklikda tuğiliş haqida. Bu Şarqning “ölimdan avval öliş, özingda öliş va haqda tiriliş” ğoyalariga ayni mos keladi. Bu yerda heç qanday tafovut yöq. Romanda garçi “Injil” liniyasi juda çuqur işlangan bölsa-da. Bu borada rus adabiyotşunoslari asardagi qahramonlarning insonda insonni topiş orqali qayta tirilişlari haqida juda asosli va teran kuzatişlar olib borgan. Köhna Şarqning qalandarlik, malomatiya tarmoqlariga qançalar yaqin kelgan Dostoyevskiy. Inson har qayerda inson ekan-da. “Endi esa aytaman: uning orazi men uçun eslatma va başorat böldi”.
Anna Dostoyevskaya öz xotiralarida romandan Zosima otaning quyidagi “Duoda yod qilgayman, ey onaizor, yod aylagayman sening ğam-anduhingni, duo qilgayman, zavjingni ham sihat-salomatligi uçun duo qilgayman” sözlarini keltirar ekan, yozadi: “Bu sözlarni menga 1878-yil Optina xilvatgohidan qaytar çoğida Fyodor Mixayloviç jönatgan; u yerda u Amvrosiy ota suhbatida bölgan, öğlimizning vafotidan qon yiğlab, örtanib yonayotganimiz haqida sözlab bergan. Amvrosiy ota Fyodor Mixayloviçga “Alyoşaning haqqiga va mening azoblarim haqqi duo qilişni, biz hamda bolalarimiz soğligi uçun duoda bölişni” vaʼda qilgan. Fyodor Mixayloviç valiy otaning suhbatidan va haqqimizga duoda böliş haqidagi ahdidan qattiq hayajonga tuşgandi”. Asar tadqiqotçilari mana şu manbalarga tayanib, Zosima otani Amvrosiy otaning prototipi, monastir bilan aloqador sahnalar Optina xilvatgohi taassurotlari deya baholaydilar. Dostoyevskiy yozadi: “Bu çol yelkamda juda uzoq ötirdi…” Bu tasvirlar bizdagi tariqatlar, tafovutlar va toblanişlarga qançalar yaqin.
Oilaviy yöqotişdan söng Anna Dostoyevskayaning xatlari hajman qisqargan. Dostoyevskiyda uyqusizlik, sovuq qotişlar, ğamginlik, zerikiş, soğinç, bosim ostida işlaş, tinimsiz oçiq-oydin va mehr bilan xatlar yozişga undaş kuçaya borgan: “seni qançalar sevişimni sen heç qaçon oxirigaça tuşunmaysan – bu qançalar yomon”; “gazetalardan faqat butun Rossiyadagi qotillik, talon-torojlar haqida öqiysan. Şubha-gumon egallaydi, sizlarga nimadir böldimikin deb ğamgin tortib qolaman”; “bolalarga men haqimda biror köngilga xuş yoquvçi narsa aytib ber. Men kun-u tun Alyoşa haqida öylayapman, bu yerda unga öxşab ketadigan bolalar juda köp”; “böynimda “Karamazovlar” turipti, qoyilmaqom qilib yakunlaşim kerak, garçi oğir va tahlikali, bor quvvatimni olib qöyadi. Ammo bu muqarrar bir iş: u bilan mustahkam oyoqqa turişim kerak, undan boşqa biror umidim yöq… qalam haqiga bölsa yer sotib olaman…”; “bu beşinçi kitob – “Pro i sontra”, nazarimda, romanning avj nuqtasi, eng puxta işlangan mukammal qismi bölişi kerak. Bunda mutlaq kufrga ketgan davrimizning, Rossiyaning, yoşlar hayotidan uzib qöyilgan muhitning izdan çiqişidagi boş sabab tasviri bor, boşboşdoqlik va şakkoklik bilan bir qatorda – ularning raddiyasi ham, bu hali jon berayotgan qariya Zosimaning sönggi sözlarida aks etadi”.
Va xatlarda aks etgan Puşkin tavalludiga bağişlangan nutq xotiralari. Dostoyevskiy uyga qaytişni va romanni oxiriga yetkazişni istardi. Ammo tavallud kunlari uni qöyib yuborişmaydi. “Tanaffus vaqti zalda son-sanoqsiz odamlar, yoşlar, keksalar va ayollar menga taşlanişdi, aytişardiki: “Siz bizning xaloskorimizsiz, “Karamazovlar”ni öqir ekanmiz, siz bizni yaxşiroq qilib qöydingiz…” Keyin butun bu olomon zinada menga yopirildi va kiyim-boşsiz ortimdan köçaga otilişdi, meni izvoşga ötqazib qöyişdi. Söng birdan qölimni öpgani intilişdi – bir emas, önlab odamlar, faqat yoşlar emas, yoşi uluğlar ham. Turgenevniki yollangan olqişlovçilar bölsa, bular çinakam iştiyoqmand-ixlosmandlar edi… Çiqib kelganimda zal qarsaklardan larzaga keldi, uzoq, juda uzoq vaqt öqigani imkon bermadilar. Taʼzim qildim, öqişga imkon berişlariga işora berdim – heç biri yordam bermadi: zavq-şavq, hayajon (hammasi “Karamazovlar” şarofati bilan!). Nihoyat, öqiy boşladim… Men baland ovozda, yonib öqidim. Yakunda umumjahon birligi haqida tantanali iqror keltirganimda, zalda jazava boşlandi, yakunlaganimda – men buni töla ifodalab berolmayman, hayajondan dodlab yuborişdi: olomon orasida yiği boşlandi, höngrab yiğlaşdi, notaniş odamlar bir-birlarini quçişdi va bir-birlariga yaxşiroq böliş, bundan buyon bir-birlaridan nafratlanmaslik, aksinça, seviş ahdini berişdi… “Sohibkaromat, xaloskor!” – deya qiçqirardi olomon… “Siz dahosiz, siz dahodan ham ortiqroq” – deyişdi Turgenev, Annenkov ikkisi menga… Anya, bu kelajak uçun kafolat, hammasi uçun kafolat, hatto men ölsam ham”.
Sizga xatlardagi özim uçun muhim deb belgilagan örinlarni va ayrim xulosalarimni keltirdim. Ularda Dostoyevskiy xasta, qatʼiy ham dilgir, özini har qaçon kamsitilgandek sezuvçi, jöşqin va tajang, asabiy, öta darajada xassos – paradoksal qiyofada qarab turadi: “yo taqdir, yo xudo”.
Men endi vaʼdamni bajarsam deyman, sizga asarda soçilib yotgan buğdoy donalarini körsatişni istayman. Ota Zosima huzurida sud qilingan, aziz zotning öziga boş egganidan tongriqqan Dmitriy Karamazovni eslang. Bu voqeani Zosima ota şunday talqin etadi: “Men keça uning oldida turgan ulkan azob-uqubatlarga boşimni egdim… Keça menga qandaydir qörqinçli bir narsa körindi… keça uning nigohida özining taqdiri köringanday böldi. Şunday bir nigoh aks etdi unda… şundan bir zumda yuragim orqaga tortib ketdi bu odam özi uçun tayyorlayotgan narsani körib. Hayotda bir-ikki marta körganman ayrimlarning şunday yuzini… öşa odamlarning butun taqdirini ifodalagan, e voh, öşa tolelar yuzaga çiqdi. Men seni uning oldiga yubordim, Aleksey, sening qon-qardoş çehrang unga yordam berar deb öyladim. Ammo hammasi xudoyimdan va barça tolelarimiz xudoyimda. “Magarkim buğdoy donasi yerga tuşib, u ölmasa, bir özi qolajak, magarkim, u ölsa, unda köp hosil berajak”.
Azob-uqubatni böyniga olayotgan Dmitriy özini yerga kömayotgan buğdoy doni kabi edi. U köp hosil berişi uçun, özida insoniylikni topişi uçun öziga hukm öqimoqda edi. Umuman, özi uçun azobni hozirlaş unga kimdan meros bölib ötgandi?
Dmitriy pasttarin er va mardona, ammo tolesiz ayoldan tuğilgan farzand. Xotinini oxirigaça tahqirlay olmagan otaning alamlariga nişon öğil. “Bu odam özi uçun tayyorlayotgan narsani” onasi bir zamonlar özi uçun hozirlagan, jamiyat foş etgan tuban kimsani unga turmuşga çiqiş orqali şaraflamoqçi bölgan. U mana şu “merosiy haq-la” hissiyotlarni jilovlay olmaslik, ammo tuban ketolmaslik örtasida osilib turadi.
Yana bir buğdoy donasi – Ivan. Ivan va Alyoşa öşa tuban er va mute, xörlangan, qörquv ostida ösgan, oxirida oğir asab kasalligiga yöliqqan ayolning farzandi. Ular onasidek xudoga, dinga taşna, qandaydir içki taraddud bilan yonadigan yigitlar. Ammo Ivan va Alyoşa boşqa-boşqa qutbda-yu, biri-birini taqozo qilib turadi. Ivan Aleksey orqali özini poklaşi, Alyoşa Ivan orqali çinakam harakat maydonlariga kirib borişi kerak. Asarda Ivan hammadan ham köproq dinga taşna va hammadan ham köproq xudoga yaqin. Axir naq iblis bilan sözlaşgan u emasmi?
Alyoşa Karamazov – asar zaminiga ekilgan va unib çiqqan Aleksey Dostoyevskiy. Biz bu haqda gapirdik. Ammo hozir Alyoşa Karamazov haqida. U heç kimga malol kelmaydigan, uyatçanligi va bokiraligi sur va kirlangan odamlarga oğir botmaydigan, özi kirib borgan davrada maʼnaviy özgariş yasaydigan bir yigitça. U ota yurtga onasining qabrini izlab kelgan. Çunki xotirasining bir nuqtasida aziz ona aziz farzandini Bibi Maryam panohiga uzatayotgan bir tasvir muhrlanib qolgan. Şu tariqa rohiblar dunyosi toza göşadek uni öziga tortadi. Qariya Zosimaga “butunlay taşnakom yuragining qaynoq birinçi muhabbati bilan boğlandi”. Ammo bu ham bir oğirlik. Negaki biz hali buning yaxşi-yomonligini bilmaymiz. Siğiniş darajasida odamni seviş xatarli. Agar u qari bölsa va agar u munosib tarzda ölolmasa-çi? Bu gumon juda yomon, uni haydab soliş uçun buğdoydek naq yer ostiga kirişing, çirib bitmay unib çiqişing kerak…
Alyoşa heç kimni ayblamaydigan, boriça qabul qiladigan, ammo keyin maʼyus tortib qoladigan xilqat. Odamlarni sevadigan, odamlar ustidan hukm çiqarmaydigan xilqat. Odamni hukm çiqarmay ham seviş mumkin ekan. Va lekin ayni şuning uçun ham hukmni undan kutişadi va unga sözsiz itoat etişga qasam içişadi. Zotan, unga vasiyat qilinganki, “darhol monastirdan ket… darddan baxtingni izla. Mehnat qil, çarçamay, tinmay mehnat qil. Oğaynilaring birla böl. Faqat birovi emas, har ikkovining qoşida böl”.
Va yana bir dona. Bu garçi asarda faol bölmagan, Zosima xotiralari ostida uxlab yotgan bir obraz. Ammo u ham buğdoy donasi: qotillikka qöl urgan sirli mehmon. Qotil iqrorini jamoatga aytişni istamay, yagona guvohni – yoş Zosimani öldirgani kelganida, bu rejadan bexabar mezbon bilan şunday suhbat bölib ötadi. “Qismatni hal qiling, – qiçqirdi u.
– Boring, maʼlum qiling, – şivirladim unga, ovozim bazör çiqdi, lekin adl-dadil dedim. Şunda men stolda turgan Yuhanno Injilini oldim, rus tiliga tarjimasi, XII bob, 24-oyat. “Rost, rost aytaman sizga: magarkim buğdoy donasi yerga tuşib, u ölmasa, bir özi qolajak, magaramkim, u ölsa, unda köp hosil berajak”. Men bu oyatni aynan uning kelişi oldidan öqigan edim. U öqidi. “Rost, – dedi alamli kinoya bilan kulib. – Bu kitoblarda, – deydi biroz töxtab, – ne vahşatlarga duç kelmaysan. Burningni tagiga tiqiş oson. Ularni kim yozgan özi, odamlarmi?”
– Muqaddas ruh bitgan, – deyman.
– Sizga valdiraş oson, – dedi u va yana irşaydi, nafrati junbuşga keldi. Men kitobni yana qölimga oldim, boşqa sahifasini oçdim va “Ibroniylarga maktub”ning X bob, 31-oyatini körsatdim. U öqidi: “Barhayot xudoning qöliga tuşib qoliş dahşatlidir!”
Içingdagi iblisni yoki tubanlikni öldiriş va poklaniş azobida özingda yaxşiroğini yaratiş. Agar bunga xudo hukm qilgan bölsa-çi, “barhayot xudoning qöliga tuşib qolgan” bölsang-çi! Boşqa yöl yöq. Dostoyevskiy yöqotiş azobini va barça azoblarini buğdoy donasidek yerga kömdi va yangi inson bölib köz oçişni, köp ezguliklar yaratişni istadi.
Mana endi asar haqida nimalardir yoziş mumkin. Qahramonlar içiga tuşib boriş mumkin. Roman fokusida falokat, jinoyat – ota Karamazovning öldirilişi turadi. Vahimali zamonlarning vahimaga berilgan, ammo soxta tantanavorlik va göllikdan voz keçolmagan ilmiliq odamlari haqida bir roman yoziş uçun ularni liqillamaydigan, har narsaga egilavermaydigan bir odamga boğlab qöyiş kerak, yöqsa hammasi tariqdek soçilib ketadi. Bu ideal desangiz ideal, Dostoyevskiy aytganidek, arbob desangiz arbob – kenja Karamazov. Yaʼni odamlarning tavba-tazarrusini tinglaydigan va uzrxohliklarni bir-birlariga yetkazib turadigan arbob: “Gap şundaki, u özi bir arbob, lekin hali suyagi qotmagan, şakllanmagan arbob… Aftidan, faqat bir narsa şubhadan batamom xoli: u ğalati, hatto qiziq odam… mana şu odam ayrim paytlarda özida butunlikning özagini olib yuradi, u yaşagan davrning boşqa kişilari esa – bari qandaydir şamollar izmida negadir vaqtinça undan uzilişib qolmişlar…” Yana bu qahramon fojiali-kulgili, axloqsizlik-buzuqlik va vasvosga töla çirkin örada unib çiqqan bir gul.
Aka Karamazov – Dmitriy – axloqan “ölgan”, lekin unga muhabbat bilan, yangi azob va sarsongarçiliklar bilan qayta tuğiliş uçun umid yöllari oçilgan. U şu jihatdan “Iblislar”dagi Stavrogindan farq qiladi. Roman monastir hujrasidagi Dmitriy ustidan “sud” bilan boşlanib, sud bilan tugaydi. U boşdan-oxir ham özi, ham jamiyat tomonidan sud qilinadi.
Örtança öğil – Ivan Karamazov – oğir savollar, yetilmagan ulkan fikrlarni özida ifoda etadi, ularni miyasida olib yuradi. U fikr egasi, faylasuf. Şu jihati bilan ğoya ijroçisi – Raskolnikovdan murakkabroq va foje qiyofaga ega. Zero, uning uçun dunyo – izdan çiqqan, laʼnatlangan, iblisona tartibsizlik içida qolgan.
Muqarrarlik uç öğilni bir nuqtaga olib keladi. Bu nuqtaning yonida badxoh va hissiyotçan ota turadi. Ammo unutmangki, asardagi boş qahramon Aleksey emas. Dostoyevskiyning barça romanlarida bölgani kabi asardagi boş qahramon – ğoya. Köp sudrab nima qildim, bu – ölgan, yaʼni yöldan çiqqan odamning qayta tiklaniş ğoyasi. Odamning “Injil”da körsatma berilgan – yer ostiga kirgan va qayta ungan buğdoy donalariga aylanişi ğoyasi.
Butun asar davomida muallif usta dorbozdek mangulikka tortilgan ikki dor ustida u yoqdan-bu yoqqa oşib öyin öynaydi: din – dinsizlik, ixlos – dahriylik, haq – haqsizlik, jiddiyat – masxarabozlik, ota – öğil, şaraf – toptaliş…
Rus tadqiqotçisi K.Tyunkinning quyidagi fikri ğoyat eʼtiborli: “Romanning içki syujet harakatidagi çöqqi agar – “birinçi kun” – Dmitriyning tazarrusi bölsa, u holda avj, hal qiluvçi daqiqa – “ikkinçi kun” – Ivanning tavbasidir.
Avval Dmitriyning tavbasi haqida. “Nigohi noayon”, “aqli uzuq-yuluq va nobop” şu odamninggina tavbasini Dostoyevskiy uç şaklda ifodalagan: şeʼriy yölda, hangomalarda va “oyoğini osmonda” qilib. Axir qurbonlikka aynan u tanlandi, ota bilan xotin talaşişda va padarkuşlikda u ayblandi. Bu qalbda nimalar bor edi? U izhorini hayotni va insonni madh etiş bilan boşlaydi. Dmitriy nega şu kunga kelib “yorildi”? Uning tili bilan aytganda nega öşa kuni “fursat yetdi”? U poklik timsoli bölgan valiyning taʼzimini kötarolmadi. Zosima otaning öziga boş egganiga çidolmadi. Özi aytganidek, “Endi dunyo yangi köçaga çiqdi”. Qaqragan va tuban odamga yuksaklikning boş egişi baʼzan şunday ezgu iqror yöllariga boşlab ketadi, oğriqli jazavaga soladi. Toğdan pastga qulayotgandek endi özini töxtatolmaydi. Bu lazzatparast mana şu qulaş qörquvidan ham şavq olişni istaydi. Uningça, “odam yer yuzida dahşatli darajada köp çidaşi kerak”. U mana şu işni yelkasiga olgan. Şarmisorlik içida madh öqiydi, iblisga ergaşib boradi, ammo xudoni sevadi, gözallikni ham xudoda, ham iblisda köradi. Men öz fikrimda qolaman, u doim örtalikda osilib turadi. Bir tomonga ötib olmaydi, şuni öziga ravo köradi; garçi xohlaydi yengillik topişni: “yöq, odamning bağri keng, hatto ortiq darajada keng, men toraytirgan bölardim”.
Jinköça, orqa köçada tuğilgan işqibozlik muhabbatga aylanadi. Xalos böliş yöli oçiladi. U öz tavbasida özi uçun yöl oçadi: “Xudoga mening yuragim ayon, u mening tahlikamni körib turibdi. Barça bölib turgan işlarni köryapti. Nahot u vahşatga yöl qöysa? Alyoşa, men möjizaga işonaman, bor!” Uning aytganlari yolğonmi, axir yolğonmi: har kim öz yuksakligi va tubanligi oraliğida osilib turadi. Şoşilmang deyman, men sizga hali nafratlaniş mumkin bölgan boşqa bir odamni topib beraman…
Ivan Alyoşa bilan qurgan “tazarru ruhidagi” suhbatini xuddi Dmitriy kabi hayotni madh etişdan boşlaydi, u barini “içdan, haddan ortiq” sevadi, sevganda ham maʼsumligini yöqotmagan, ayni şuning uçun ham, ehtimol, kamolga yetmagan muhabbat bilan sevadi. “Aziz ukajonim, seni sira yöldan urmoqçi, ahdi paymoningdan keçiktirmoqçi emasman, men, ehtimol, özimni sen bilan davolamoqçi bölayotgandirman, – kutilmaganda kiçkina muloyim boladek jilmaydi Ivan”. Ammo bu madh juda tubandan oğir, tuşuniksiz ovoz beradi… U ilohga insonga muhabbat nomi ila isyon qiladi. Şuning uçun ham uning yana bir nomi Jumboq.
Eslasangiz, u tavbani Zosima ota huzurida boşlagan edi. Bu nasroniyça gunohlardan poklaniş emas. Mutlaqo boşqaça bir tarzda yuzaga çiqadi. Tugal fikr bermaydigan maqola ustida bahs ketar ekan, hamma tuşuniksiz xayrixohlik bilan qarab turgan bir vaqtda, Zosima ota Ivanga “siz masʼudsiz yoki haddan ziyoda baxtsiz” deydi. Zotan Ivanning özi hali na jon, na mangulik, na çerkov haqidagi yozganlariga işonadi. Xuddi mana şu nuqtada Ivan iqrorini boşlaydi: “Balki, siz haqdirsiz!.. Lekin har qalay, men unçalar ham hazillaşganim yöq”. Eʼtibor qiling, u birinçi marta Zosimaga yarasini körsatdi. “Unça hazillaşmadingiz, haqqast rost… Sizda bu masala hal bölmagan, eng uluğ dardingiz şu, zero qatʼiyan hal qilişni talab etadi… Ammo yaratganga şukur qiling, sizga aʼlo qalb ato etgan mana şunday azob içida qovuriladigan…” Mana şunday aʼlo qalb özida nimalarni kötarib yurişini tasavvur qiling: azal-abad muammolarini, alam-iztirob ustida ötiradigan muhabbatni… U xudo haqida öylaydi, barça fikrlarini Rossiya taqdiriga aloqador, deya hisoblaydi. Dmitriy bilan soliştirganda uning iqrori qançalar oğir. Illo, fikrlayotgan odamning iqrori juda oğir böladi. Taqiqlangan meva uning oşqozonini ağdar-töntar qiladi, miyasining qavatlarida ilk yaraliş onlaridagi gunoh örnaşib olgan. Uning ölmagan maʼsumligi bu gunohkorlikni kötara olmay çirpanadi: insonni yaqindan seviş mumkin emas, bolalar otalar jadiga qolgan, mehr qatlga yöl beradi, xudoni emas, u yaratgan dunyo tartibotini tan olib bölmaydi, mangu uyğunlik bolalar çekadigan azob evaziga yuzaga çiqmasligi kerak… Ivan begunoh bolalarning keçirgan azoblarini orqalab yurar ekan, isyon qiladi, isyon qilar ekan, insonni çeksiz sevadi va şu yelvizakda qolib ketadi: “Isyon qilib yaşab böladimi, men esa yaşagim keladi”. Şu tariqa biz siz bilan asarning avj nuqtasiga yetib keldik – “Buyuk inkvizitor”. Dostoyevskiy Dante, Gyote kabi ilohni yerga olib tuşadi. Faqat bu mutlaqo boşqaça tuşiş, bu hatto tuşiş ham emas. Bu sotqin şogird tomonidan egallangan dunyoga guvohlik berayotgan ustozning yana bir yurişi. Şogird – Buyuk inkvizitor – sönggi damda işonçini boy bergan sahronişinlardan. Bu murakkab obraz, yaʼni bir tomonlama emas, yaʼni u kengayuvçi maʼno urğusiga ega. U şunçaki qabih dahriy emas, “kiçkina şaytonvaçça” ham emas, u dono, u şafqatli, u uluğvor va foje qiyofaga ega. Ivan aytib bergan bu afsona bir neça qavatga ega. Din bu yerda qobiq, din doirasidagi dahriylik ham şunday. Asosiy masala – erk va hokimiyat, zamonaviy sotsializm vasvasalari. Vavilon minorasi – “Bibliya”dagi minora emas. Tadqiqotçilar fikriça, bu xudosini yöqotgan sotsializmni quriş jazavalari. Bu şarpa Zosima otaning xotiralarida, Ivanning xayolotida lopillab-silkinib turadi.
Inkvizitorni bir narsa qörquvga soladi. Bu aslo Ustozning, Xaloskorning tuşib kelişi, yana paydo bölişi emas: “Zotan sen bizga xalaqit bergani kelgansan va buni özing bilasan”. Hamma vahşat şundaki, olomonga aylangan odamlar endi xudosini ham yuragiga siğdirolmaydigan darajada kiçraytirilgan, maydalaştirilgan. Ularga erk endi ortiqça va oğirlik tuğdiradi. Zaminiy non – samoviy erk, samoviy rizq oldida kuçliroqdir, axir odam bolasini töydiriş kerak. “Öşanda ular bizni yer ostidan, mağoralarda yaşirinib yotgan holda (çunki biz yana quvğinlar va azob-uqubatlarga giriftor qilingan bölamiz) topurlar va bizga faryod ila nido qilurlar, “Bizni töydiring, axir bizga osmondan olov vaʼda qilganlar uni bermadilar”. Ana öşanda ularning minorasini biz qurib oxiriga yetkazgaymiz, zero, binoni qorin töyğizgan bitkargay, faqat biz sening noming ila töydirgaymiz va sening noming ila yolğon aytgaymiz… Biz ularni yana aldaymiz, çunki seni endi öz içimizga qöymaymiz. Şu yolğonda bizning azobimiz mujassam…” Söng dahşatli iqror: “Boşqa zaif odamlarning aybi nima, boşqa qudratli kimsalardek çidaş bermaganimi? Şunçalar dahşatli tuhfalarni siğdirişga qurbi yetmagan ojiz qalbning aybi nimada? E voh, nahotki sen haqiqatan ham faqat tanlangan odamlar, sara odamlar uçun kelgan bölsang? Ammo agar şunday bölsa, bu yerda asror bor va biz uni tuşunmaymiz”. Ilohiy tanlaniş va rad etiliş tartibotiga qarşi qöyilgan isyon bu.
Insonga xudo tomonidan buyurilgan muhabbat va ijtimoiy muhabbat zid qöyiladi. Ijtimoiy muhabbat insonni şaxs sifatida yemiradi va uni podaning bir aʼzosidek baholaydi. Bunda umumjahon baxt-saodati haqidagi jodulovçi va miyani falaj qilib qöyuvçi fikr bor. Yodingizda bölsa, Dostoyevskiy Puşkin tavalludi kunlari umumjahon birligi haqida tantanali iqror keltirganida, bu ezgu fikrni odamlar jazava bilan qarşi olgan edi. Şu yerda bir nozik nuqta bor. Eʼtiqod va iqror umumjahon birligi haqida sözlaydi. Inkvizitor bu birlaşişni umumjahon itoatkorligiga aylantiradi va buni ijtimoiy muhabbat deya izohlaydi: “Ana öşanda biz ularga osuda, itoatli baxt ato etgaymiz, ular noçor yaratilmişlar, şunday noçorlar baxtiga munosibdirlar. O, biz nihoyat ularni mağrurlanmaslikka işontirgaymiz, zero, sen ularni yuksaltding va bu bilan ğururlanişga örgatding; biz ularga isbotlab bergaymizki, ular kamquvvatdirlar, ular misoli sabiy bolalardir, ammo bolalar baxti hammasidan şirinroq baxtdir. Ular jurʼatsiz, yuvoş bölib qolurlar va bizga termilib, qörqib suykalib tururlar, jöjalar ona tovuqqa şunday suykalurlar”. Ivan suhbatni bolalardan boşlagan edi, uning Inkvizitori butun insoniyatni bolalarga aylantirişni va baloğatga yetib bormaydigan bolalikda saqlaşni istaydi.
Kökdan tuşganning sukuti va öpiçi…. iloh ayni şunday bölişi kerak, deydi Ivanning yuragi: “Hatto hamma hollarda şunday bölişi kerak özi” . Haq haq talaşmaydi.
Ivan şubhada. Inkvizitor şubhada emas, uning işonmaslikka işonçi komil. Eslasangiz, u sözini ham “Dixi” – “Men aytdim” deya yakunlaydi. Bu lotinça söz ont, qasam maʼnosiga ega.
Ivan şubhada. Bu şubha içida hammasiga yöl qöyiladi. Illo, bu yerda alohida asror ham yöq, faqat xudoga işonmaslik. Ammo içda bir yaxşilik bor, u hozirça isyon bölib yuzaga qalqib çiqmoqda. Alyoşa aytgandek, “Sening dostoning Isoning madhiyasi… sen esa uni qoralamoqçi eding…”
Ivan “bir ğaddor ikkinçi ğaddorni yeb bitirişi”ga yuragida izn bergan lahzalar uçun özini ayblaydi: “Xohlaganim uçun ham qotilman”. Axir unda bunday haq yöq edi. Axir u Smerdyakov taşlagan ilgakni oğzidan çiqarib taşlamadi. Ammo buni anglaş va bunday “özini mahkum etiş” Ivanga najot yölini oçadi. Umuman, “falokat” baça Karamazovlarning “aybdorligi”ni foş qilib qöyadi, şu bilan birga tiklaniş yölini körsatadi. Aleksey ham aybdorlik, azob va uyğoniş yölini bosib ötadi. Axir u ham Karamazov. Axir u ham qariyaning ölimidan söng bir muddat işonçsizlikka botadi. Axir u ham Zosima otaning Dmitriy haqidagi körsatmasini unutdi, u öz akasining qöriqçisi bölolmadi.
Alyoşa Dmitriyning tavbasini tinglar ekan, “men ham xuddi senga öxşaganman, qizarişim şundan” deya hali tuğilmagan qon qoronğuligiga iqror keltiradi. Lekin Aleksey nainki işonçli vakil, hatto hamma unga yuragini oçadi. Ayni jihat uni xalos böliş yöliga olib çiqadi. Aynan Gruşenka unga “bir boş piyoz” uzatadi. Va Alyoşa asardagi olamga toza va yoruğ soğlom köz bilan qaraydigan yagona odamga aylanadi.
Ivanning yuragida Inkvizitor ötiradi, Alyoşaning yuragida bölsa qariya Zosima bor. Erk, non, birlaşiş, ajraliş, tubanlik har ikkovida asos tuşunça sanaladi. Ohanrabodek tortayotgan bölsa ham, hozir ular haqida haddan ortiq qiyoslarga berilmoqçi emasman. Zosima ota Ivanning barça savollariga öz söngsözida javob beradi. “Tenglik faqat insoniy ruhiy qadr-qimmatda… özing oxirigaça işon… asror – tirik muhabbatdir… özingga öxşaganlarga hakam bölolasanmi… xudoyimdan şod-u xurramlik tilang. Xuddi sabiy bolalardek şod-xurram bölgaysiz…” Siz Inkvizitor nazarda tutgan sabiy bolalar va Zosima ota nazarda tutgan sabiy bolalarni farqlayotgandirsiz…
Va yana: “Xudoyim uruğlarni boşqa olamlardan keltirib, mana şu yer yuziga soçdi va öz boğlarini kökartirdi, söng neki ungan bölsa, hammasi undi, ammo kökarganlar boşqa sirli olam bilan tutaşligi boisidan va şu tuyğu bilangina tirikdir…”
Endi Katerina Ivanovna va Gruşenka haqida. Biroz naridan kelaman. Agar eslasangiz, Dmitriyning onasi özini qurbon qilib, bir löttibozni şarafamoqçi bölgandi. Özi uçun azobni hozirlaş Dmitriyga ham qon meros edi. Şöring qurğur Mityaning taqdir yölidan ham şunday feʼlga ega ayol çiqib keladi. Katya samimiyat va ğayrisamimiyat (bila turib özingni halok etişda qanday samimiyat bölsin) örtasida turib, qizğanç bir holatda Dmitriyni taşlab ketmaslikni, uni qutqarişni va natijada, u siğinadigan ilohaga aylanişni istaydi. U şunday “öyin” öynaydi. Ammo bir narsani – Mityani özidan xalos qilişni istamaydi. Azobning mana şu uçini tarang tortib turadi. Mitya Katya böyniga osgan “ablah” degan söz bilan olişadi, bu “nomussizlik” uni abgor qilib yuboradi.
Bu yoş yuraklar nimalarni kötarib yurmaydi. Katya Dmitriyni nohaqlikda sevadi va buni Ivanning navqiron va oçiq samimiyatiga qarşi qöymoqçi böladi. Ivan bölsa Katyaning bu intilişlarini öziga qarşi borib, qöllab-quvvatlaydi. Söng yoş joniga siğdirolmay ketiş taraddudiga tuşadi: “Men azob-iztirob qoşida ötirişni istamayman… Siz meni ongli suratda qiynab keldingiz…”
Gruşenka alam-iztirob içida yurgan, hayoti izdan çiqqan va yomon nom olgan bir qiz. Bu qiynoqlarda kirlangan odam yagona poklikni mahv etsam deydi. Illo, u öşa yagona poklikni juda teran ilğaydi: “Baʼzan şunday böladiki, işonasanmi, Alyoşa, ölay agar, senga qarayman-u uyalaman, öz-özimdan uyalaman… Seni qançadan beri nimaga öylay boşladim, heç bilolmayman, eslolmayman…” Uning uçun atay tomoşa qöyadi, yanada yomonroq köringisi keladi: “Men bu tomoşani sen körgin deb körsatdim”. Aslida, yarani bunday oçiq körsatiş tavbaning boşlanişi edi. Bu yerda ham bir nozik çiziqça bor. Hayotga yengilgan bu yengiltak qizning tavbasi eʼtiqodi şubhada qolgan Alyoşaga töğri yöl körsatadi. Yodingizda bölsa, Dostoyevskiy Sonya orqali Raskolnikovni yölga solib olgan edi. Ustozning “nomunosib ölimi” – “şarafning toptalişi” soyasida qolgan Alyoşa çinakam dardkaşlikni şu qizdan topadi va uni egaçim, mehrobim deb ataydi. Najot istagan onda uzatilgan bir boş piyozdek (bu asarda keltirilgan yaxşilik haqidagi bir afsona, muallifning özi uni dehqonlardan yozib olgan). Bu qahramonlarning ruhiy tovlanişlari tabiiy iztirobdan unib çiqadi va şu qadar tezkor. Gruşani tinglang: “…hayotimda faqat bir marta bir boş piyozgina beribman, bor-yöq qilgan yaxşiligim şuning özi, xolos. Şundan söng meni aslo maqtab ötirma, Alyoşa, meni sira yaxşi dema, men yomonman, ğaddorman, maqtasang meni uyatga qöyasan. Oh, mayli, endi batamom tavba qilib qöya qolay. Quloq sol, Alyoşa: men seni özimniki qilay deb şunçalar xohlovdimki, Rakitkadan şunçalar köp iltimos qildimki, seni menikiga olib kelsa, yigirma beş rubl beraman dedim. Oxiri şundoq ahvolga tuşdimki, özimdan özim hayron bölaman: nega men şu boladan qörqib-pisib ötiribman deyman? Uni boşdan-oyoq yutib yuboraman-u, keyin maza qilib kulib yuraveraman deyman. Juda kufrim keldi”. Alyoşa şunday xulosaga keladi: “Bu qizning muhabbati bizdan baland.. Buning yuragi hali mağfiratga oşno bölmagan, uni avaylamoq kerak… uning yuragi, balki, bir xazinadir…” Va şu nuqtada Alyoşa hayot yonğinlari ustida osilib turgan qizga bir boş piyoz uzatadi. Alyoşa va Gruşenka bir boş piyozga osilib turadi. Buzuqlik va maʼsumlik, poklik va kirlaniş, eʼtiqod va kufr kabi bir boş piyozga osilib turadi.
Tağin Liza haqida. Uning muhabbati qoşida söz aytib malol yuqtirmasdan, Alyoşa kabi ohista va baxtiyor kulib qöyiş mumkin edi. Ammo… bu ohista va muloyim tabassumimizni bir jazava toptab ötadi Ivanning şamolida.
Ilyuşeçka – asarning yiği nuqtasi. U dovdiragan, ado bölgan, taviyaga aylangan otaning tahqirlanişini yelkasiga olgan murğak jon. Bu tentak kapitan “Telba”dagi general Ivolginning avj nuqtaga olib çiqilgan şakli. Dostoyevskiy negadir bu maʼsum jonlarni şunday şarafsizlar qölida yiğlatib qöyişni yaxşi köradi. Darğazab, alamzada va maynabozçilikka mukkasidan ketgan bu odam ğalat gaplarni aytadi: “Siz taqsirim, mendan ijirğanmang, Rossiyada mast odamlar – eng yaxşi odamlar”. Öylab qolasan, bizda – fikrsizlikdan mast odamlar. Bu gapning davomi ham bor: “Eng yaxşi odamlar va eng mast odamlar bizda”. Yuragini yaşirolmaydigan bu odam oxir-oqibat uyat, nafrat, xijolat içida tipirçilab jon saqlaydi.
Dostoyevskiyning qahramonlari hissiyotlar zöridan tölib-toşayotganda bu maynabozçilikka aylanib ketmasa edi, deb yurak hovuçlab turasiz. Zotan, ularning özlari ham bilmaydi bu tölib-toşişning oxiri nima bölişini.
Tadqiqotçilar fikriça va tarixiy şaroit körsatadiki, asar haqiqatda 60-70-yillar “rus hayoti qomusi” – reformadan keyingi oğir, doğuli, alahlayotgan Rossiyaning turiş-turmuşi. Barça ijtimoiy qatlamlar – aynigan zodagonlar-u yuksak “madaniyat” sohiblaridan tortib yöqsil mujiklargaça; turli jamiyatlar-u yangi sud tizimigaça; nasroniyça utopiyadan isyon qilayotgan xudosizlikka qadar yoyilgan ğoyaviy ziddiyatlar, avlodlar örtasidagi duşmanlik kayfiyatigaça ifoda etadi va yana insoniy şaʼnni tiklaş yölini ham… Dostoyevskiy mana şu talotöp içida insonni izlaydi: yöldan ozgan, ammo qayta najot yölini topgan insonni. Har kim xudo yelkasiga yuklagan vazifani ado etişi kerak. Yöqsa, baxt ato etilmas. Romanning oxiri bölsa baxtiyor va tantanavor ohanglarda yakunga yetadi.
Asarda bizning kunimizga aloqador nima bor? Öylaymanki, men buni aytib böldim.
Şahnoza Nazarova,
filologiya fanlari böyiça falsafa doktori
1987-yili tuğilgan.
Özbekiston Milliy universitetining Özbek filologiyasi fakultetini tamomlagan.
2022/9-10
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


