Kamina 1949-yili 27-avgustda Amudaryoning quyi oqimida joylaşgan Oltin Töqayidagi Qayşili ovulida tuğilgan. Bolaligimda negadir Tördiboy amakim jahli çiqqan paytlari: “Boyagi suv toşqinida oyoğingdan uşlab daryoga otib yuborganim yaxşi edi”, – deb koyirdi.
Aqlim kirib, bilsam, 50-yillari Amudaryo toshib, uy-joyimizni suv oqizib ketgan. Xudo yorlaqab bizning oilamizdan omon qolgan – onam, kampir opam va meni daryoning çap qirğoğidagi Oqterak sohiliga ötkazib taşlabdi. Şundan mening tuğilgan joyim hujjatlarda “Kegeyli tumani” deb yozilib qolgan. Aslida esa bolaligim Xöjayli tumanidagi “Amudaryo” xöjaligida ötgan. Öşa yerda örta maktabda taʼlim olganman. Esimda, bitta xonada törtta sinf öqirdik. Partalar 4 qator qöyilgan edi, har sinf bir qator. Men 1-sinfda uzoqroq öqiganman, boisi ovulda boğça bölmagan, otam maktab direktori edi. Şu bois 5 yoşimdan öqişni boşlaganman. Har yili sinfdagilarning kitoblari özgaradi, ammo meniki öşa-öşa – Alifbo. Maktab yoşiga yetganimdan söng, menga ham boşqa kitob berişdi. Göyo tillo topganman – kunduzi yöl yursam ham öqiyman, keçalari Aytmatovning “Oq kema”sidagi portfelni quçoqlab uxlagan boladek yotaman.
1958-yili Xöjayli şahriga köçdik, ovul maktabida 3-sinfda öqiyotgan edim. Şahar maktabi meni negadir 2-sinfga qabul qildi. Otam maktabdagilarga qança tuşuntirmasin, barisi befoyda böldi. Bölmasa, otam şu maktabda zovuç – öquv işlari mudiri bölib iş boşlagan. Çamasi, otamning gapi ham ötmadi. Yo zamon şunday edimi?! Har holda sinfdan sinfga qolib öqiydiganlar köp bölardi.
1967-yili Xöjaylidagi maktabni tugatib, Toşkentga öqişga keldim. Öşa vaqtlari otam injener, onam şifokor bölib işlardi. Men esa geolog bölişni istardim. Lekin niyatlar özgarib, gazetalarda çop etilgan maqolalarim bilan Toşkent davlat universitetining jurnalistika fakultetiga hujjat topşirdim.
Toşkentdagi zilziladan söng şaharni tiklaş va quriliş işlari harbiylar bilan talabalarning zimmasiga tuşdi. Keçda öqiş, kunduzi işlaş men uçun katta hayot maktabi böldi. Bu yillar ijodimga taʼsir qildi, deb aytişga haqliman. “Bösağa” romanim va qisqa hikoyalarimdagi baʼzi xarakterlar öşa davrdan olingan.
1977-yili “Bir muhabbat tarixi” nomli ilk töplamim çop etildi. 1981-yili hayotiy qisqa satirik hikoyalardan iborat ikkinçi kitobim – “Qöşni-qobalar” çiqdi. Bu kitobim adabiyotda öz sahifamni oçişga ozgina turtki böldi, deb öylayman.
* * *
Adabiyotda ustoz-şogird yoki yozuvçidan yozuvçi, şoirdan şoir çiqadi deganiga köp ham işonmayman. Adabiyotni yaratganning inʼomi sifatida qabul qilaman. Xudo sevgan bandalarini qöliga qalam berib sinovdan ötkazyapti, deb öylayman. Nazarimda, qalami borlar bu yöldan faqat yurak bilan – köngil bilan ötadi.
* * *
Kaminaning yoşidagi köp yozuvçilar Alişer Navoiy, Berdaq, Maxtumquli, Abay, A.Pushkin, M.Lermontov, L.Tolstoy, N.Gogol, A.Chexov, Abdulla Qodiriy, Sadriddan Ayniy, Abdulla Qahhor asarlarini öqib ulğaygan. Bu öz-özidan ruhimizga, turiş-turmuşimizga taʼsir körsatgan. Demakki, mana şu uluğlardan qanday yoziş va yozmaslikni ham örganganmiz, deb aytsam böladi.
* * *
Men köp ham kitob çiqarişga qiziqqan emasman. Istiqlol yillarida “Tanlangan asarlarim” ona tilimda öz hisobimdan çiqqan. Undan avvalgisi esa 1987-yili “Çangalzor “Payğambari” halokati”, “Orolim – dardim mening” esse-kitobim katta adadda çop etilgandi. Öşa yillari “Çangalzor “Payğambari” halokati” asarim “Yoşlik” jurnalida çop etilib, qalam haqiga “Moskviç” maşina olganimni aytmasam, insofdan bölmas.
Töğrisi, asarlarim turli tillarda çop etilgan, adadlarini hisoblasangiz, bir neça milliondan oşib qolsa kerak. Lekin özim heç hisoblab körmagan ekanman-a!
* * *
Adabiyotning örni haqida buyuklarning fikridan ortiq narsalarni aytişga ojizman. Garçi adabiyot – jamiyatning taqdiriga aylanib qolgani körinib tursa-da. Adabiy asar ezgulik ruhida yozilgan bölişi şart. Lekin “özing yoz, özing çop et” şiorida kitob çiqarişda davom etaversak, köp kitoblarning mualliflariga “özing öqi” degan tuşançani qöyişga töğri keladi.
* * *
Jahon jöğrofiyasida kattaligi böyiça törtinçi örinda turgan Orol dengizidan ayrildik va uning oqibatini körib turibmiz. Orol haqida yoziş men uçun asosiy mavzu bölib qoldi. Birov öqisa-öqimasa, eʼtibor bersa-bermasa, tinglasa-tinglamasa Orol haqida yozaverdim. Goho öylab qolaman, yozişdan köra, Orolga meş bilan suv quyganingda nima bölardi?! Agar dengizni şu yöl bilan asrab qoliş mumkin bölganida, heç ikkilanmasdan meşkoblik qilgan bölardim.
Prezidentimiz BMT minbarida Orol haqida gapirgan, dunyo eʼtiborini dengizimizga qaratgan kuni olamda mendan-da baxtiyor odam bölmagan bölsa kerak.
Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev 2018-yili uzoq yillik mehnatimni yuksak baholab, “Özbekiston xalq yozuvçisi” unvoni bilan taqdirladi.
Endi, heç kimga aytmagan bir gapni “Yoşlik” jurnali muxlislariga aytsam, Prezident unvon nişonini köksimga qadayotib: “Asarlaringiz menga yoqadi”, – dedilar. Şunda yozganlarim öz samarasini berganini, Orol haqida çiqişlarimni öqigan, dardimni tuşungan, Yurtning mard va tanti egasi borligini angladim. Bu sözlar köksimga qadalayotgan nişonning darajasini yuz çandon oşirib yubordi.
* * *
Qoraqalpoq adabiyoti – Ajiniyoz, Berdaq yölidan kelayotgan adabiyot. Ibroyim oğam falsafiy lirikasi bilan nafaqat bugungi, balki kelajak avlod uçun ham namuna körsatdi.
Bugungi adabiyotimizda otalar yölini Abilqosim Utepbergenov, Soğinboy Ibragimov, Baxtiyor Genjamurod ança durust davom ettirib kelyapti. Adabiyotimizning kenjatoy avlodidan umidim katta. Adabiyotda son körsatkiçlari bilan emas, balki sifat mezoni bilan belgilanadi.
* * *
Tajribamdan kelib çiqib, aytişim mumkinki, adabiyot – hayotning badiiy aksi emas, davrning inʼikosi sifatida qaraş kerak. Buyuk faylasuf Aflotundan “Adabiyotning negizi nima? Hayotmi yoki davr?” – deb söraganida, donişmand “Davr” deb javob beribdi. Bu javob barçamizga tegişli deb öylayman.
Adabiyotimizga yangi davr avlodi kirib kelyapti. Ular öz ovozlari, öz istaklariga ega, biz keksa avlod öz vazifamizni ularning yelkasiga ötkazişimiz lozim.
Örozboy Abdurahmonov,
Özbekiston xalq yozuvçisi
2022/9-10
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


