Don Kixot sermubolağa ritsarlik romanlari mutolaasiga mukkasidan ketib, axiyri özi ham sarguzaştlar iştiyoqiga tuşib qoladi. U dunyoni, öz davri va hayotini tubdan özgartirişni istaydi. Bu yöldagi urinişlari esa çappasiga aylanib, kitobxonda beixtiyor kulgi uyğotadi. “Savobli” saʼy-harakatlari oxir-oqibatda yomonlikka xizmat qiladi. Şu maʼnoda Don Kixot ezgulikning omadsiz kuraşçisidir.
Atoqli ispan adibi Migel de Servantes (1547–1616)ning qahramoni Don Kixot yozuvçining özidan ham maşhur, desak mubolağa bölmaydi. Öz davrining maşhur ritsarlik romanlariga parodiya tarzida yozilgan “Don Kixotning sarguzaştlari” asarida reallik uluğlanadi. Bu boqiy kitob yaratilganidan söng ritsarlik romanlarining umri tugab, realistik nasrga keng yöl oçildi. “Donkixotlik” atamasi deyarli barça tillarda “soddadillik”, “xayolparastlik”, “xomxayollik” sözlari bilan yonma-yon qöllanila boşladi. Asli, ispan tilida ham “Don Quijote” sözi “behuda orzularga beriluvçi, beğubor idealist” maʼnosini anglatadiki, muallif asar qahramoni – Kexana ismli idalgo(zodagon)ga bu nomni tanlagani bejiz emas.
Don Kixot va Sanço Panso komik juftligi örtasidagi tafovut voqealar rivoji davomida yaqqol körinadi. Olijanob xayolparast ritsar va sodda muğombir qurolbardori özaro qarama-qarşi ikki dunyoqaraşni ifodalaydi. Adabiyotşunos olim Uzoq Jöraqulov bu haqda: “…insonning ideal dunyosi va real dunyo uçraşgan nuqtada fojia – Hazrati Inson fojiasi maydonga keladi”, deb yozadi. Şu jihatdan Don Kixot hayot va xayolning körinmas çegaralarida adaşgan inson qiyofasini namoyon qiladi.
Har davrning öz donkixotlari bor. Ehtimol, şuning uçun ham bu obraz butun yer yuzida ölmas timsolga aylangandir.
Dilrabo Mingboyeva
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


