Doston janrining yangi va yaxşi namunasi sifatida Uluğbek Hamdamning “Yangi inson” dostonini körsatiş mumkin. Adabiyotning boş mavzusi inson va uning taqdiri masalasidir. Inson – tabiatan anglab yetilmas murakkablik. Alişer Navoiy “Mahbub ul-qulub” dostonida “Odam şarif ul-kavnayndur”, yaʼni inson ikki dunyoning eng şarif va aziz maxluqidir, degan sözlarni keltiradi. Şarq falsafasida insonni yaratgandan keyingi uluğ zot sifatida körilişi “dunyoning tilagi va samari” bölmiş mavjudotning darajasi buyuk ekanini körsatadi. Lekin bugungi davrga kelib, insonning holati, aʼmoli özgardi. Uluğbek Hamdamning ismsiz qahramoni – Yangi inson ham şunday. Dostonda yangi insonning millati, rangi-röyi tasvirlanmagan. Boş qahramon ismsiz. Uning ismsizligi qiyofasizlaşayotgan bugungi insonga işoradir. Asar davrimizning maʼnaviy ehtiyoji ölaroq dunyoga keldi. Unda bugungi insonning qiyofasi, ruhiy dunyosi aks etgan. Ijodkor “Yangi inson”ga ulkan ijtimoiy vazifa yuklaydi. Badiiy asar yaratilayotgan paytda ijodkor öz ğoyaviy-badiiy niyati – konsepsiyasini boş qahramon vositasida yuzaga çiqarişga intiladi. Ularda aksar hollarda, şaxsiyati yetuk inson aks etadi. “Yangi inson”da esa biz ming yillar davomida tafakkurimizda muqimlaşgan yaratuvçan şaxsni emas, isteʼmolçiga aylangan insonni köramiz. Muallif insoniyat yölini yaxlit holda tasavvur etişga urinadi. Asriy mezonlar, qadriyatlarni puçga çiqarişga urinayotgan “Yangi inson” bilan bahsga kirişadi. Uni özgaça rakursda badiiy talqin etadi. Şoir “Yangi inson”da odamzodni tobora öz öpqoniga tortayotgan, mahv etişga urinayotgan fojialar girdobi va ertaga hammaning “yangi inson”ga aylaniş xavfi xususida yozadi. Bugun dunyoning manzarasi, qiyofasi, insonlarning fikrlaş tarzi özgargan. Bugun ideallar örnini isteʼmolçilik kayfiyati egallagan. Ilgari ruhoniyat-maʼnaviyat bilan boğliq jihatlar uluğlanardi. Inson moddiy borliqdan köra ideal borliqqa köproq işonar, bu ilohiy-ruhiy olamdan öziga yupanç topardi. Keyinroq insonga ruhiy mavjudot sifatida emas, tabiat farzandi – biologik mavjudot sifatida qaraş natijasida ilohiylik, ruhiy masalalar inkor qilindi. Aynan şu nuqtada başariyat yölini yöqotdi. Anʼanaviy axloq bugungi kun talablariga javob bermay qoldi deya hisoblovçi, diniy eʼtiqoddan mahrum, özini barça narsaga qodir zot bilguvçi, ruhoniyat va köngil masalasiga beparvo, nafsi ammoraning quliga aylangan, rohat-faroğatga mukkasidan ketgan Yangi insonning kayfiyati, feʼl-atvori muallif tomonidan çuqur badiiy tahlil etiladi. Uning fikriça, doston qahramoni başariyatni taraqqiyot sari emas, balki jarlik, tanazzul sari sudraydi. “Yangi inson” dostonida taʼriflangan kimsa – aksilqahramon bölib, bu meni ijodkor sifatida yaxşigina huşyor torttiradi… Ammo dostonda aksilqahramon öz holiga taşlab qöyilgan emas. Aksilqahramonning yonida unga va unga ergaşganlarga tanbeh berib “bu yölning davomida tubsiz jarlik bor” deya ogohlantirib turuvçi roviy obrazi bor” (Tegirmon içida qolgan inson. U. Hamdam bilan suhbat / Tafakkur. 2017-yil 2-son). Adabiyotşunoslikda işlatiluvçi “aksilqahramon” atamasi D.Quronov, Z.Mamajonov, M.Şeraliyevalar tomonidan tuzilgan Adabiyotşunoslik luğatida “asarda markaziy örin tutib, muallif konsepsiyasini ifodalaşda muhim ahamiyat kasb etgan, lekin özi qahramonlik sifatlariga ega bölmagan qahramon”dir deyiladi. “Yangi inson”ning aksilqahramoni ham şunday. U tana istaklari ruh ehtiyojlaridan ğolib kelgan kimsa. Şoir fikriça, bugungi texnogen sivilizatsiya yaratuvçilikka emas, isteʼmolçilik psixologiyasiga asoslangan. Olmon psixoanalitigi E.Fromm isteʼmolçiga aylangan insoniyat haqida şunday degan edi: “Zamonaviy inson mangu isteʼmolçiga aylandi. U içimliklarni, ovqatni, maʼruzalarni, tomoşalarni “qilqillatib” yutaveradi, hamma narsa isteʼmol qilinadi”. “Yangi inson”dagi aksilqahramon tasvir predmetiga munosabatni anglatişga xizmat qiladi. Asarni baholaş jarayonida estetik jihatlari bilan bir qatorda axloqiy vazifalarini ham közdan qoçirmaslik zarur. Şoir insonning hozirgi holatini yuksak ideallar asosida baholaşga intiladi. Lekin muallif ideali bilan Yangi insonning bugungi real holati örtasidagi nomuvofiqlik bunga imkon bermaydi. Badiiy asarda ijodkor borliq olamni özi körolgan, öquvçiga körsatişni istagan tarzda gavdalantiradi. Sanʼatkor obrazlar vositasida öz ideallarini aks ettirişga harakat qiladi. Dostondagi aksilqahramon ham, aslida, ijodkorning idealini aks ettirişga xizmat qilgan. Şoir reallikda biz ilğamagan holatlarni köradi va adabiyotning mangu bahsi – inson muammosiga özgaça rakursda boqişga harakat qiladi. Insonning hozirgi holati, dunyosi, zamon surʼatiga mos ravişda özgarib borayotgan feʼli xususida mulohaza yuritadi. Doston boş konsepsiyasi asosida mohiyatni izlaş, özlikni anglamoq istagi yotadi. Bugungi talotöplar içida bu naqadar imkonsiz ekani, Yangi insonning öz “men”i haqida öylamay qöygani lirik qahramonni iztirobga soladi. Isteʼmolçiga aylangan inson öz “men”ini taftiş qilişga ehtiyojmand bölmaydi. U. Hamdam bu holatni
uning miyasi uçinçi ming yillikda
meʼdasiga “şalop” etib
taşlab yuborildi!…
tarzida ifoda etadi. Jamiyatda moddiyat qadriyat darajasiga kötarilsa, bu jamiyatda muvozanat buziladi. Odamlarda şakllangan isteʼmolçilik psixologiyasi maʼnaviyatni quyi öringa tuşirib qöyadi. Bu çin insoniylikning mohiyatiga zid holat. Bu faqat maʼnaviyat uçungina emas, inson ruhiyati uçun ham xavfli. O.Toffler özining “Uçinçi tölqin” maqolasida “Isteʼmolçi va işlab çiqaruvçiga böliniş odam içki dunyosida ham özgarişga olib keldi – uning şaxsiyati ikkiga bölinib ketdi. Jamiyat tomonidan işlab çiqaruvçi sifatida tarbiya topgan şaxs ayni çoqda özining isteʼmolçilik xususiyatini ham namoyon etadi”. Insondagi böliniş esa uning ruhiy muvozanatini izdan çiqaradi. Insondagi maʼnaviy, ruhiy himoya mexanizmining yemirilişi şaxsning fojiasini keltirib çiqaradi. Çunki neça ming yillardan buyon mavjud odamiylik geni ong-u şuurining qaysidir nuqtasida qilayotgan işlarining ğayriinsoniyligini anglatib turadi. Şaxs timsolida jamiyatning anʼanalari, milliy va maʼnaviy qadriyatlari namoyon böladi. Şaxs strukturasiga xos şu xususiyatlardan birortasining yöqolişi şaxsning degradatsiyalaşuviga (qiyofasizlanişiga – D.A) olib keladi. Şoir fikriça, Yangi inson muammolarining boş sababi uning köngildan, içki dunyosidan uzoqlaşib, dunyo lazzatlariga mukkasidan ketişidadir.
Körgiliklar şundan söng boşlandi:
taşqariga çiqib ketgan odam,
içkaridan
undagi Ilohiy Javhardan uzoq tuşdi..
Yangi insonning tavri özgardi,
sulukati turlandi:
erkagi ayolga,
ayoli erkakka öxşay boşladi
Yangi insonning…
Ruhimizni, aqlimizni allalayotgan dajjolning allalari, Yangi inson tafakkurining sekin-asta öçirilayotgani lirik qahramonni qörquvga solmoqda. Inson fikrlaşdan töxtasa, u yaşaşdan töxtaydi. Fikrsizlik esa qiyofasizlikdir. Undan mahrum inson manqurtga aylanadi, unda şaxsiyat bölmaydi. Bunday odamlarni bir qolipga solingan standart ğoyalar bilan boşqariş qulay. Mohiyatan bunday odamlar tödasi olomondir. Olomonni öz içki “men”i emas, taşqi kuçlar boşqaradi. Byukenen “Ğarbning halokati” maqolasida “Madaniy inqilob oqibatida hukmronligi örnatilgan yangi elita televideniye, sanʼat, tomoşalar industriyasi, taʼlim tizimi vositasida kişilar ongiga muayyan ğoyalar, timsollar, qaraşlar va qadriyatlarni singdirib, tamoman yangi millatni şakllantirişga intilmoqdalar” deydi. Ular yordamida singdirilgan çeksiz erkinlik ğoyasi mutlaqo özligidan mahrum avlodni tarbiyalaşga xizmat qiladi. Ötgan asrda xalqimiz boşiga uruş, qatağon, istibdod kabi fojialar kölanka soldi. Bu fojialarning badali ham oğir böldi. Lekin bugungi globallaşuv davriga kelib insoniyat qarşisida uning şaxsiyatiga daxl qiluvçi, anʼana va qadriyatlarga zarba beruvçi muammolar köndalang turibdi. Bu muammolar insoniyat aqli va ruhini allalab, tafakkurdan mosuvo isteʼmolçi olomonga aylantirişi bilan xavflidir. “Yangi inson”da şoir ana şu fojialar ildiziga eʼtibor qaratadi.
Yangi inson!
U kim?
Qay yerdan keldi-yu
Qay sori ketmoqda?… –
deya savol qöyadi şoir. Şoir nazdida bugungi yangi inson isteʼmolçi olomonga aylanayotgani bilan xavflidir. U insoniyatning heç bir jonzot qodir bölmagan tafakkur qiliş tuyğusini isteʼmolçilik tuyğusiga boy beriş arafasida turibdi. Şoir Yangi inson tanlagan yöl başariyatni tanazzul tomon yetaklaşini urğulamoqda:
Uning miyasi uçinçi ming yillikda
meʼdasiga “şalop” etib taşlab yuborildi!..
Bas, u endi Isteʼmolçidir!
Bölgandayam yuhodek Isteʼmolçi!
Odamzod paydo bölgandan beri
bunday yeyarmon
bunday içarmon
va
bunday kiyarmon tuğilmagan edi,
körilmagan edi!
Dostonda şoir tobora isteʼmolçiga aylanib borayotgan, qiyofasizlaşayotgan odamzod fojiasini ifoda etgan. Şoir odam farzandlarini şu tariqa manqurtlaşib, kimdir tomonidan boşqarilişini istamaydi. Binobarin, uning ğoyalari umuminsoniydir. Bugungi globallaşuv davrida mahdudlik çegaralari yemirilib, muammolar umuminsoniy kölam kasb etib bormoqda. Şu bois, doston qahramoni ham biror millatga emas, butun insoniyatga doxil kimsadir. Bugun özligini taşqarining jilvasiga boy bergan Yangi inson erta Super odamga aylaniş xavfi bilan yuzma-yuz turibdi:
Super odam
erkakda ayollikning,
ayolda esa
erkaklikning piligini kötaradigan iblis!..
natijada sen na erkag-u na ayol –
uçinçi jinsga aylanarmişsan!…
Ular bir vaqtning özida
borliğingda jam bölib,
ikki jinsli bitta maxluqqa evrilarmiş…
Buni amalga oşişi tugul, tasavvurda jonlanişining özi dahşatli. Bu Germoafrodita yunon afsonasidan çiqib kelib, borliqqa qadam qöyişidek gap.
Mana nima uçun men
rivoyatlar qarşisida
huşyor tortaman
ularni hayotning tiliga köçirişda
taraddudlanaman…
Çunki ularda,
hammasida ham emas,
ayrimlarida,
ayrimlarining bağrida
jinlar uxlab yotadi…
Maʼlumki, miflar dinlarning buzilgan şaklidir. Şoirning afsonalar qarşisida huşyor tortişi, ularning ayrimlarining bağrida jinlar uxlab yotadi deb hisoblaşi esa ayni haqiqat. Yangi inson esa heç tap tortmay, jin uxlab yotgan közaning uzun böynini silamoqçi. “Biz özimizni körmaganga solyapmiz, Zamondoş!” deya ğaflat uyqusidan huşyorlika çaqiradi şoir. Lirik qahramon adoqsiz savollariga javobni nihoyat topadi:
xullasi kalom,
hamma gap içkari-yu taşqarida,
ularning munosabatida,
iç va taşning qoq örtasidan kesib ötgan yölda
şu yöldan borayotgan odamning
qalqib turgan nigohlarida ekan.
Uluğbek Hamdamning barça asarlarida inson jamiyat bilan uzviy holatda taftiş qilinadi. “Yangi inson”da ham şoir jamiyatda röy berayotgan özgarişlarni şaxsda keçayotgan ruhiy inqiroz, özgarişlar bilan yonma-yon tasvirlaydi. Lirik qahramon köchaning jilvasiga mast bölib, özini unutgan olomonga qöşila olmaydi. Baʼzan u ham isteʼmolçi kayfiyatiga tuşib köradi, lekin özini baxtli his qilmaydi. Çunki mavjud reallik uning tasavvuridagi dunyo bilan mos kelmaydi. U öz qalbi bilan yolğiz qolgan paytda atrofida sodir bölayotgan voqealar insoniylik mantiğiga zid ekanini anglaydi. Lekin qiziq bir holat borki, u hammasiga qöl silkib, uzlatga çekinib ham ketolmaydi. Uni taşqariga – ulkan izdihom tomonga sudrovçi kuç bor. Bu kuç – tiriklik çiptasi, bugungi kunda butun dunyoni izmiga solayotgan puldir. Mavjud holatning mohiyatini anglaş, lekin bu holatdan hatto özi ham çiqib keta olmasligini biliş lirik qahramonda içki ziddiyat va ruhiy iztirobni paydo qilyapti. Bu ruhiy muvozanatini yöqotgan bugungi şaxsning fojiasidir. Maʼnaviy ehtiyojlar makoni bölgan köngilni, ruhni dunyo batamom egallab olişi bugunning asosiy muammosidir. Şoir dostonda qalbga – içkariga bejiz urğu bermaydi. U qalbni muhofaza etiş orqali insonni asrab qoliş konsepsiyasini taqdim etmoqda. Maʼnaviy tanazzulni boşdan keçirayotgan Ğarb afkor ommasi insoniyat kelajagini tasavvur eta olmayapti. Jumladan, akademik Y. Boreyev bugun inson borişi mumkin bölgan konsepsiya yöqligini taʼkidlaydi. Bu insoniyat uçun dahşatli hukmdir. Lekin şoir nekbinlik bilan bu hukmni inkor eta oladi. U moziyga nigohini qaratib, ahli donişlarning xulosasidan umidlanadi:
Ming yillar davomida ahli donişlar
Saodatni izlay-izlay,
Oxir,
Bir xulosaga kelgan:
“Har ne istarsen, özingdan istagil”,
Çunki, çunki “Içingdagi içingdadir”
Deb turgan ekan.
“Yangi inson” matni kompozitsiyasida boşqa dostonlar matnida uçramaydigan elementlar bor. Şoir Navoiy, Rumiy satrlaridan iqtibos keltiradi. Yana havolada kimning satri ekaniga izohlar ham beradi. Bu orqali Şarq klassik şoirlari bilan intertekstual aloqaga kirişadi. Bu usul şoirga öz fikrini asoslaş imkonini beradi. Yana baʼzi örinlarda şoir dostondagi fikrlarini havolada izohlab, töldirib ham ketadi. Bu ham zamonaviy dostonlar strukturasidagi öziga xosliklardan biridir. Şoirning dostonda qöllagan metaforalari ham mazmun va şakl tomonlama mutanosibdir: “Olam öz mehvaridan çiqdi-yu, odam öz öqi atrofida aylana boşladi” degan satrlar köz öngimizda olamning azaliy tartibotini va bugungi odamning qiyofasini aniq gavdalantiradi. Keyingi örinlarda şoir aytadi:
Inson,
Qaçonlardir Bir-u Borning poyida iltijo
qilgan inson
“Xudo öldi!” deya eʼlon qildi-yu
öz nafsi qarşisida tiz çökdi…
Endi u sobit tasavvurni parçalab,
öz tasavvuri bilan yaşay boşladi,
eski olam Yangi olamning tasavvuriga aylandi…
Uluğbek Hamdam dostonda Yangi Odamning tasavvuriga aylangan bu qaraşlar mohiyatini töğri oçib beradi. Köngilning emas, köchaning haqiqatiga böysungan odamzodning dunyoqaraşini tahlil etadi va davomida insonlar jamiyatida şakllangan, stereotipga aylangan “oç qornim, tinç quloğim” tarzidagi qaraşlarga doir argument keltiradi:
Bu dunyoda öz fikringga ega bölmaslik –
baxtsizlik,
böliş esa xavfli!
Beixtiyor aro yölni qidirasan.
öz sözlaringni birovniki deya söna boşlaysan:
majoz izlaysan,
iqtibos qidirasan,
rumuzga boş urasan.
Yaʼni sen özingni,
özligingni
taşqaridan kelişi mumkin bölgan xatardan
saqlamoq bölib,
içkariga – qat-qat metafora tönlariga
burkaysan, yaşirasan…
Baʼzan şunçalar çuqur berkitasanki,
natijada seni heç kim topolmaydi…
natijada seni heç kim topolmaydi…
Bilamizki, turğunlik yillarida isteʼdodlarga nisbatan turli tazyiqlar ötkaziş , “Ğoyaviy zaiflik”, “Xorijiy madaniyatga sajda qiliş – kosmopolitizm”, “Feodal ötmişni böyab körsatiş”, “Sotsialistik voqelikni nazar-pisand qilmaslik”, “Işçi va dehqonlar obrazini yaratmaslik”, “Rus xalqi vakillarini nazarga ilmaslik” kabi ayblovlar bilan isteʼdodlarni jilovlaşga uriniş kuçli edi. Lekin barça zamonda ham, M. Qöşjonov yozganidek, “Haqiqiy isteʼdod bu “temir qonun” doirasida tura olmasdi. Şu sababdan biror isteʼdod badiiy jihatdan puxta asar yaratgan bölsa, öşa “temir qonun” iskanjasidan çiqqan holda yaratadi. Ayrim hollarda ular yöl izlab “ezop” uslubiga ötar – har xil maʼno çiqadigan uslublarni işga solib köngildagi dardlarini ayta olardi”(Adabiyotda mazmun va şakl birligi// Özbek tili va adabiyoti. 1993-yil, 3-son, – 11-b.)
Ijodkor har xil xatarlardan saqlaniş uçun majoz qidiradi, ramzlarga çömadi, “ayni haqiqatdur majoz” deganlaridek, qat-qat metaforalar töniga yaşirinadi. Bora-bora boşqalar tugul, özi ham özini topolmay qoladi… körinib turibdiki, şoir dostonda badiiy ijodga daxldor masalalarga ham eʼtibor qaratgan.
Ruhiy olamdan uzoqlaşiş, insonni faqat biologik individ sifatida mavjud deya tan oliş Yangi insonning eng mudhiş xatosi edi. Köchaning jilvasiga soddalarça işongan aksilqahramon içkarini – köngilni tark etdi:
Haddi bölmagan içkarini tark etib,
hududi bölgan taşqarini sayladi.
Nahotki, Odam Ato yöli şu edi?
Nahotki, uning olmaga uzangan qöli
bani odamning mangu yöli bölib çiqdi?!
Şoir Odam Atoning taqiqlangan meva – olmani yeyiş uçun uzangan qöliga işora qiliş orqali ilk tabuni buzgan odamning bugungi farzandlari buzayotgan çegaralari xususida sözlaydi. Bu maşhur arxetipga murojaat qiliş orqali şoir inson man qilingan gunohni sodir etgani uçun jazolanişi mumkinligini badiiy başorat qilyapti. Içkaridan – köngildan taşqariga yöl olgan Yangi insonning bugungi holati ham, muallif fikriça, Odam Atoning olmaga uzatilgan qölidan boşlangan.
Dostondagi Yöl sözi ramziy maʼno kasb etadi. Maʼlumki, tasavvufda Yaratganni izlab, komillik yöliga tuşgan kişi yölçi deyiladi. Bu falsafadan yaxşi xabardor muallif öz savollarining yeçimini şu yölda köradi:
Nega hamma odam
öşa bitta odamning yölini tutmaydi?
Axir botinida bor-ku öşa yöl!
Nega qidirmaymiz,
Nega yölga tuşmaymiz?
Toki inson botiniga qaytmas, Haq yöliga yuz burmas ekan, fojealar girdobidan çiqolmaydi. Materialistik dunyoqaraşidan voz keçib, diniy eʼtiqodga qaytgan Uittaker Çambers Ğarbning halokati maqolasida “Davrimizga xos asosiy muammo iqtisodiyot bilan emas, iymon-eʼtiqod bilan boğliqdir” deydi. Şoir nazdida Bani Odam qilayotgan işlar katta odamning emas, yoş bolaning oqibatini öylamay qilayotgan işlariga öxşaydi:
Qaçon bu bola ulğayarkan
deya hayqirasan olamga …
Lekin bu xitobni heç kim eşitmaydi,
çunki kattalar yöq atrofingda,
kattalar!…
Qani ular deysanmi?
Ular köçaga çiqib ketgan,
köçadagi şovqin bilan band kattalar,
ular şovqindan boşqa tovuşni eşitmaydi!…
Ularni Ollohning özi hidoyat yöliga boşlamagunça hidoyat topmaslar. Şoirni esa dunyoni yangiça körişga ehtiyoji bor. Buning uçun esa najotni taşqaridan emas, içkaridan, köngildan qidirmoq lozim. Inson buyuk tarixi, maʼnaviyatiga suyanmoği lozim. Oyoği yerdan uzilgan kimsalar milliy va umuminsoniy madaniyatni özlaştirib olişga ojizlik qiladilar. XX asrning boşida musulmon dunyosining buyuk mutafakkirlari Ismoil Gaspirali, Mahmudxöja Behbudiylar Şarq olami Ovröpodan texnika va texnologiya bobida juda köp yangiliklarni olgan holda, axloq va maʼnaviyat masalalarida Ğarbda urf bölgan “kaşfiyot”larni aslo qabul qilolmasligini taʼkidlagan edilar. Inson özini, ötmişini unutmasagina, saodatga erişadi. Zero:
Ertaga oçilajak nafis gulning qismati
keçagi ildizning badburuş peşonasiga
bitilgan böladi
öqisang-çi!…
Alqissa inson köngli
Yaratganning dargohiga oçilajak
eşik bölsa,
sen taşqarida nimalar qilib yuribsan,
zamondoş?!
Uluğbek Hamdamning “Yangi inson” dostoni faqat siz-u bizga, millatga tegişli doston emas. Unda bizni öylantirgan, hayajonga solayotgan muammolar qalamga olinişi barobarida ularning yeçimi ham örtaga taşlanadi.
Dildora Bahriddinova,
filologiya fanlari böyiça falsafa doktori (PhD).
1984-yili tuğilgan. Özbekiston Milliy universittining Özbek filologiyasi fakultetini tamomlagan.
2023/1
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


