Murod MUHAMMAD DÖST:
– Eng yaxşi milliy anʼanalar adabiyotimizning hayotiy kuçini kamaytirmaydi. Ular yozuvçi badiiy böyoqlarini boyitadi, uning izlanişlarini ijodiy istiqbolli yölga solib yuboradi. Yozuvçi ötmiş yozma yodgorliklaridan juda köp va xöp narsalar topadi. Ularda qançadan qança şakl imkoniyatlari bor! Turgan gap, faqat ijodiy yondaşilsagina. Allaqaçon töplab, deyarli töla naşr etilgan, hamma topib öqişi mumkin bölgan dostonlarda hali qöl urilmagan boy qatlamlar bor. Ular didi, saviyasidan qatʼi nazar har qanday stilist havas qiladigan darajada xalq oğzaki şe’riyati va nasrining gözal namunalaridir. Dunyoviy va diniy nasr öta takabburlik, suxanbozlik, dabdababozlik bilan ajralib turgan bir paytda nasriy dostonlar teran demokratik ruhda bölgan. Ularni xalqning özi yaratgan. Ularda hamma narsa: reallik va fantastika, közyoş va quvonç, istehzo va kulgi… bor. Bayondagi ohangdorlik odamni hayron qoldiradi. Afsuski, ana şunday ohangdorlik zamonaviy özbek nasrida (Ğafur Ğulom hikoyalari va Xudoyberdi Töxtaboyev qissalarini hisobga olmaganda) sezilarli iz qoldirmagan. Bizda Yevropa adabiyotidan özlaştirib olingan va alohida “pişirilmagan” şuning uçun ham köpinça sust hamda zerikarli bölgan puxta – voqeaband bayon usuli qöllaniladi. Köplab asarlar bir-biriga ikki tomçi suvday öxşaydi: bir xil ritm, bir xil ohang – farq degan narsa yöq!
Asqad MUXTOR:
– Men anʼanalarni özlaştirişga inson konsepsiyasi, adabiyotdagi şaxs konsepsiyasi nuqtayi nazaridan qaraşni taklif qilar edim. Qadimgi özbek klassiklari yaratgan sahifalarda naqadar miqyosli obrazlar bor! Navoiyning Farhodini olaylik. Bu – zamonda ham, makonda ham çegara bilmas darajada ulkan şaxs – ulkan qahramon. Men, hozirgi çinakam sanʼatning ana şunday çegarasi yöq deb öylayman. Navoiyning Farhodi milliy qobiqqa tuşib qolmagan: özi xitoy şahzodasi, arman qizini yaxşi köradi, sadoqatli dösti esa – eroni. Farhod zamonda ham çegara bilmaydi: u Arastuning şogirdi sifatida körsatiladi. Suqrot huzurida böladi. Iskandar Zulqarnayn bilan uçraşadi. U ham şahzoda, ham toştaroş, ham faylasuf, ham suv inşooti muhandisi. Şarq Uyğoniş davri vujudga keltirgan bu obraz hozirgi zamon ijodkori uçun mavzudagi baçkanalik, soxta qahramonliklar körsatiş, turmuşaviylik (köryapsizki, adabiy jarayondagi “kasal nuqtalar”ni tilga olyapman) bilan kuraş olib borişda ajoyib ijodiy saboq böladi. Zamonaviy adabiyotdagi barça çinakam yangiliklar – eng yaxşi anʼanalar rivojidir. Bizning Hamzamiz buni bilardi. Isbot tariqasida uning “Boy ila xizmatçi” pyesasidagi qahramon Ğafurni keltiraman. Hamza bizga qahramon şaxsining ösib borişini körsatadi – Ğafur batraklikdan inqilobçi darajasiga kötariladi, binobarin, u birinçi planda körsatilgan yirik şaxs. Buning ildizi “Farhod va Şirin” dostoni muallifi Alişer Navoiyning epik dunyoqaraşi bilan boğliq bölgan milliy anʼanalarga borib tutaşadi.
Ammo ötmiş merosiga bir yoqlama yondaşiş mumkin emas. Unda zamonaviy ijodda barham beriş kerak bölgan qoloq anʼanalar ham bor. Eski Şarq adabiyotida qahramon köpinça allaqanday yakka-yu yagona bir fazilat egasi, birgina sifat timsoli tariqasida sxematik tarzda çizilgan. Biz Yusufni – gözallik, Majnunni – muhabbat, binobarin, telbalikkaça olib boradigan oşiqlik timsoli sifatida bilamiz. Ularda heç qanday psixologik murakkabliklar, inson feʼl-atvori röyobga çiqişining xilma-xilligi yöq. Maʼlum va maşhur şarqona obrazlar – ezgulik va yovuzlik timsoli. Şunga öxşaş sxematizm qoldiqlarini goho bugungi adabiyotda ham uçratiş mumkin.
Lekin özbek adabiyotining eng yaxşi asarlarida anʼanalar umri davom etmoqda. Ular yangi davr – dunyoni ijtimoiy qayta quriş davriga hamohang mehnat kişisining gorkiyona konsepsiyasi bilan boyitildi. Anʼanalarning ana şunday yangilanişi, ularning ijodiy qayta tuşunilişiga Oybek, Şarof Raşidov, Odil Yoqubov, Pirimqul Qodirov romanlari, Abdulla Qahhor qissa va hikoyalari, Hamid Olimjon, Uyğun, Erkin Vohidov dostonlari, Hamza, Ğafur Ğulom, Zulfiya, Abdulla Oripov şeʼrlari guvohlik beradi. Men umumittifoq adabiy jarayonini ana şu asarlarsiz tasavvur qilolmayman. Xalq hayotidagi tub özgarişlarni aks ettirayotgan hozirgi zamon yozuvçilari ijodida milliylikning özi ham yangidan taraqqiy etmoqda.
Adabiyotimizning faol ijtimoiy qahramonga, uning hayot bilan turli-tuman munosabatlarini oçişga bölgan qiziqişi tobora zöraymoqda. Buni voqelikning özi “aytib turibdi”.
Voqelikning özi bizga şunday yirik, kölamli qahramonlarni beradiki, ularni tasvirlaş paytida adabiyotimizdagi eng yaxşi milliy anʼanalarni, toştaroş va muhandis – Farhodni eslamaslik mumkin emas.
Temur PÖLATOV:
– Töğri, sanʼatkorning vazifasi – milliy anʼanalarda ötkinçi bölmagan, tirik jihatlarni payqaş, körişdan iborat. Ha, aynan tirik narsalarni! Zero, sanʼatdagi anʼanalar – mayda-çuydalardan, keraksiz narsalardan tozalangan va mangulik osmoniga olib çiqilgan zamonaviylikning ötmişga aylanib qolişidan boşqa narsa emas. Agar zamonaviylik bilan yangilanmasa anʼana moğorlab qolişi ham mumkin. Bizda ba’zan haddan oşib ketiladi: yo har qanday anʼanani uloqtirib taşlab, qandaydir öta yangi, öta zamonaviy biron narsa öylab topiş uçun tirişadilar, yoki zamonaga boqmasdan nuqul anʼanaga yopişib oladilar. Yozuvçi öz ijodiy intilişlarini, hatto izlanişlari öta novatorona bölsa ham, öz xalqining maʼnaviy ehtiyojiga qançalik töğri keliş-kelmasligi, milliy madaniyatga qay darajada uzviy “ulanib-ulanmasligi” jihatidan tekşirib körişi kerak.
Şu nuqtada boşqa bir savol tuğiladi: özbek adabiyoti, uning taraqqiyoti uçun boşqa adabiyotlarning an’analari qanday samara beradi? Aytaylik, sarbastga qiziqqan özbek şoiri fransuz şe’riyatidan nimadir “oladi” va buni öz milliy şe’riyatiga tadbiq etişga urinadi – demak, uning izlanişlarini muhokama qiliş kerak, töğri emasmi? Öylaymanki, bu ijodiy natijaning qançalik tabiiy çiqişiga boğliq. Bordi-yu verlibr özbek şe’riyatiga singişadimi, uning uzviy bir qismi bölib qola oladimi, degan şubha uyğonsa, şu zahoti: xöş, nima uçun siz Italiyada paydo bölgan sonet özbek şeʼriyatiga singişib ketadi, deb öylaysiz, deb javob berging keladi. Axir heç qaçon Şarq şe’riyatida bunday şakllar bölmagan, körib turibsizki: bizda sonet yozadigan köpdan köp şoirlar paydo böldi, sonet yoziş biz uçun allaqaçon odat tusiga kirib qoldi. Demak, yangi şakllardan qörqmaslik kerak. Albatta, ijodiy tajribalarni asosan yoşlar ötkazmoqda. Bunday qiziqişlar “bolalarça kasallik” bölib qolaveradimi, yoki badiiy öziga xoslik olamiga ösib kiradimi – buni endi vaqt körsatadi. Agar bu qiziqiş adabiyotga kirayotgan yozuvçining ijodiy ufqini kengaytirsa, öz ovozini topişga yordam bersa – muhimi şu.
Ibrohim ĞAFUROV:
– Özbek şe’riyatida sarbastni 70-yillar yoşlari kaşf etdi, desak, adolatdan bölmaydi. 20-yillarning örtalaridayoq adabiyotga kirib kelgan özbek şoirlari ijodida yangi şe’riy şakllarga ötiş, xususan, sarbast vaznda yozişga intiliş körinadi. Ğafur Ğulom, Oybek, Mirtemir, Uyğun kabi şoirlarning keyinçalik “sovib” ketişini emotsional kayfiyatning “sovib” ketişi bilan izohlaş mumkin emas. Buning ildizi çuqurroq. Özbek şoirlari orasida sarbast milliy şe’riyatga singişib ketadigan şakl emas, xalq uni qabul qilmaydi, u ohangdor, qofiyali, xullas, qonun-qoidasi joyida bölgan batartib şe’rlarga örganib qolgan, degan fikr tarmoq otib ketgan edi. Şuning uçun ham sarbast sezilarli rivojlanmadi.
Faqat 70-yillarga kelib, sarbastga qiziqişda jonlaniş röy berdi. Uning ajoyib namunalari paydo böldi. Sal bölmasa sölib qolayozgan an’ana qayta qad rostladi. Uni paydo bölgan yangi iste’dodlar, qaytadan kuçliroq bölib tuğilgan qiziqişlar, bir munça sarkaş adabiy didlar va töğri fikrlar hayotga qaytardi. Şuningdek, milliy adabiyotlar örtasida rivojlangan munosabatlar, hozirgi kunda yana ham jadallaşgan ijodiy tajriba almaşişlar ham bunga yordam berdi. Şu tariqa ijodkor fikri boyiydi, fikrni ifoda etiş şakllari köpayadi.
Erkin VOHIDOV:
– Töğri, ijodiy izlanişlar kerak. Binobarin, bu izlanişlar milliy anʼanamiz içida olib borilişi lozim: axir bu an’analar özida hali qançadan qança oçilmagan, boy imkoniyatlarni yaşirib yotibdi.
Abdulla ORIPOV:
– Binobarin, bunday imkoniyatlarni “qotib” qolgan şakllardan ham topiş mumkin. Ğazalni olaylik. Naqadar qadim an’analarga ega u! XV asrda özbek şoiri Lutfiy sevgi ğazallari yozgan. Öşa paytda u töqsondan oşgan edi. Bu ğazallarni u, qari odam, biror qizni sevib qolgani uçun yozmagan. Yöq, aslo bunday bölmagan. Lutfiy anʼanani davom ettirgan: ğazal şaklining özi sevgi mavzusiga lirik munosabatni talab qilar edi. Lutfiy – ğazal ustasi, bu rost. Biroq uning an’anaviy şaklga yondaşişini kör-körona bizning zamonga köçirib bölmaydi. Xöş, nima qiliş kerak – ğazaldan voz keçiş kerakmi? Lekin lirik şe’rning ana şunday turfa rang-barangligiga ijodiy yondoşilsa, boşqaça aytganda, eski meşga ham yangi şarob soliş mumkin. Faqat şoirda tanlangan şaklga javob beradigan mazmunni yangiça ifodalaş ehtiyoji bölsa bas. Hozir ham ayrim şoirlarimiz ğazal yozadi. Erkin Vohidovning “Yoşlik devoni” deb nomlangan ğazallar kitobi bunga yaxşi misol böla oladi. Bu kitob şoirning e’tirof etilgan ijodiy yutuği. Uning darrov ommalaşib ketgani ham bejiz emas. “Yoşlik devoni”ga kirgan hamma ğazallar (ular yetmişdan ortiq) radio, televideniyeda qöşiq qilib aytiladi, – har biri öz musiqasini topgan. Bu qöşiqlarni Özbekistonning istalgan burçagida eşitiş mumkin.
Erkin VOHIDOV:
– Rostdan ham, respublikamizning qaysi joyiga bormay, meni ğazallar muallifi sifatida taniştirişadi. Axir men boşqa kitoblar ham yozaman. “Yoşlik devoni” çiqqaniga esa ön ikki yildan oşib qoldi. Men şu narsani ta’kidlamoqçi edimki, adabiyotimizdagi an’analar yoş yozuvçilar uçun öz individualligini yorqinroq namoyon etiş, milliyligini teranroq ifodalaş uçun imkon beradi.
Ahmad AʼZAM:
– Ana şu milliylikni tili boşqa bölgan, aytaylik, rus kitobxoni har doim ham ilğab ololarmikan? Afsuski, baʼzan şunday ham böladi: asarning çinakam milliy öziga xosligi tarjimada xiralaşib ketadi, köpinça esa butkul yöqoladi. Beixtiyor öylab qolasan: Anninskiy haq bölib çiqsa-çi, milliy “substratini sof holda ajratib olib bölmasa-çi, demak, asarni boşqa tilga tarjima qilganda uni yaqqol yetkazib beriş mumkin emas ekan-da? Nahotki mumkin emas? Agar hatto asar badiiylikka boy, serqirra, serqatlam, mukammal bölsa ham-a? Yana Anninskiyning gapini eslaysan: “…pöstini xuddi piyozga öxşab qavat-qavat arça boşlaysiz va bordi-yu “piyoz özagiga” yetiş nasib qilsa, nol natijaga ega bölasiz…” Axir bu qavatlar boşqa tilga tarjima paytida olib taşlanadi-ku. Mana, misol uçun eng yaxşi şoirlarimizdan biri Abdulla Oripov şe’rlarini olaylik. Hozirça uning şeʼrlari rus tilida – örtaça, adabiy jihatdan savodli şe’rlar, xolos. Özbek tilida esa ular juda boy, öta öziga xos! Haligi öşa milliy “substrat” şundoqqina asl nusxada qolgan, rus şeʼrxoniga yetib bormagan. Bu gap Abdulla Oripov şeʼrlari tarjimasigagina taalluqli emas. Masalan, Rauf Parfiga öxşaş jiddiy şoirlarimizning şe’rlari ham hanuz öz tarjimonlarini kutib turibdi.
“Yoşlik” – 1983-yil 1-son
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


