4 daqiqada öqiladi

613 marta körilgan

Ğarbona janrning şarqona namunasi

Usmon Azim

Şoir qalbi daştdek keng, toğdek yuksak, daryodek toşqin böladi. Faqatgina şoirlar inson ruhining oniy iztiroblariyu quvonçlarini satrlar qatiga jo eta oladi. Adabiy turlarning eng nozigi lirikaning qay bir janrida qalam tebratilmasin, inson könglida mavj uradigan inja tuyğular tarannum etiladi. Jumladan, syujetliligi bilan ajralib turadigan balladalar haqida ham şunday fikr aytiş mumkin.

“Ballada” termini “raqsbop qöşiq” degan maʼnoni anglatadi. Örta asrlar Yevropa adabiyotida paydo bölganligi aytiladi, kelib çiqişiga köra rivoyat va hikoyatlarga borib taqaladi. Ertak va qöşiq janrining ham baʼzi jihatlarini mujassamlaştirgan. Balladalarda tarixiy va hayotiy syujet yorqin aks etadi. Köpinça mifologik mavzuga murojaat qilinadi, afsonaviy qahramonlar qatnaşadi. Ballada sentimentalizm va romantizmning muhim janrlaridan hisoblanadi.

Syujetda kulminatsiya, tugun va yeçimning bölişi, muallifning kuçli emotsiyasi va qahramonning his-tuyğulari tasvirlanişi balladaning muhim belgilari sirasiga kiradi. Asrlar davomida mazkur janr ham takomillaşib kelmoqda, mavzu ufqlari kengayib, uslubiy özgaçaliklar kasb etmoqda. XX asr özbek adabiyotida Hamid Olimjon, Maqsud Şayxzoda, Uyğun kabi şoirlar balladaning gözal namunalarini yaratişgan. Bu mavzuda gapirilar ekan, Özbekiston xalq şoiri Usmon Azimni tilga olmaslikning iloji yöq. Şoir inson iztiroblarini tasvirlaşda buyum va jihozlardan ramz-timsol sifatida ustalik bilan foydalanadi. Şu jihatdan ğarbona ballada bilan şarqona masalni uyqaştirib yuboradi. Masalan: “Buyumlar haqida ballada”, “Avtomobil haqida ballada”, “Dekabr balladasi”, “Yomğir haqida ballada”, “Mardlik haqida ballada” va hokazo.

Usmon Azim balladalaridagi tabiat tasviri betakrorligi bilan eʼtiborga molik. “Deraza haqida ballada”siga quloq tutaylik.

Kuzakning besohib keçalarida

Izğirinlar yelar, yomğirlar ezar…

Dunyoning höl, zulmat köçalarida,

Tentirab kezinar yolğiz deraza.

Oynasida öynar chiroqning aksi,

Qayiq surati bor pardalarida.

Tentirar deraza – xazonlar bosib,

Beparvo kuzakning zardalariga.

Tabiat oltin rangga belanib, bor gözalligini köz-köz etsa-da, kuz faslini inson hayotining şomiga qiyoslaymiz. Tillarangning olovli nurlari zulmatga yuz tutgan xazonrez umrni yorita olmas ekan. Balladaning dastlabki misralaridanoq tabiat lirikasining gözal namunasini körişimiz mumkin. Şu orqali insonning oniy keçinmalari tasvirlangan.

Sakkiz oynasi bor – sakkizta tuman,

Ğussadan sakkizga bölingan siyna –

Boradi çarçagan köçalar bilan,

Sakkizga ajralgan jonini qiynab.

Avtolar yonidan ötar zuvillab,

Halqoblar poyida qolar soçilib.

Boradi junjikib, borar huvillab,

Yiğlar – men bilmadim kimga açinib.

Keça mavjlanadi – hududsiz dengiz…

(Izğirinlar yelar, yomğirlar ezar)…

Tunga çökib ketgan tört taraf tubsiz…

Noçor kema kabi suzar deraza.

Ballada real hayot va fantastik tasvirni uyğunlaştirgan. Sakkiz oynasi bor deraza tasviri orqali insonning taşqi aʼzolari ramzlaştirilib, badiiy obraz hosil qilingan. Deraza-odamning közyoşiga belangan köyi tungi şahar böylab izğişidan iborat fantastik syujet taʼsirçan peyzaj bilan boyitilgan.

Köp qavat binolar çaraqlab turar,

Sassiz hayqirişar: “Bizlar – baxtiyor!..”

Baxtdan gangib qolgan bu çöng devlarga

Yolğiz derazaning dardi ne darkor?

Deraza çarçabmi yerga çökadi,

Tani çippa botar kuzak loyiga.

Ustidan daraxtlar xazon tökadi…

Hamma derazalar joyi-joyida!

Deraza qaytadi poyi-piyoda,

Ötgan yölarini tanimas közi…

Sovuq bir devor bor, axir, dunyoda,

Öşa muzday devor qismatning özi!

Tani boşqa dard bilmas. Baxtiyor köp qavatli binolarga darbadar derazaning ahvoli ruhiyasi ğalat tuyuladi. Çunki ular hayotda hammasi qanday bölsa, şundayligiça qabul qilgan. Könikuvçanning kuni qulay keçadi. Bizning derazamiz esa devorda serrayib turaverişdan zerikkan, qandaydir özga maʼvolarni qömsaydi, istaydi, izlaydi. Ammo aççiq qismat orzu qanotlarini qayirib, yana taqdir çiziğiga qaytişga majburlaydi.

Singan qanot kabi sudralib borar,

Ikki pardasi – şundoq jiqqa höl.

Axir, bu dunyoda bir devor bor-a,

Bedorligi kamdir, uyqulari möl.

Ana, xurrak otib uxlar bearmon…

Deraza termular devorga ğamgin:

– Bir kun qaytmas bölib ketaman, işon!

Uyğongin, devorjon! Uyğon, uyğongin!..

Deraza devorga kelib örnaşar,

Dahşatda qotadi sakkizta közi,

Qurib ulgurmagan darpardalardan

Qayiqlar qaygadir ketişar suzib…

Iztirob iskanjasida tun böyi yolğiz özi şahar kezgan deraza yana eski örniga qaytadi. Asl qismati şu! Devor va derazani bir-biridan ayro tasavvur eta olmaganimizdek, jism va ruhni ham bir-biridan ajratib bölmaydi. Inson ruhi (yaʼni deraza) erkinlik izlab izğirinli köçalarda mungli izğiydi, ammo taqdiri azal uning jismdan (yaʼni devordan) ajralişiga yöl qöymaydi. Jism (devor) ham ruhsiz (derazasiz) mudroq. Ikkisi birga yaxlitlikni taşkil qiladi, bir butun böladi. Lekin orzu qayiqlari qaylargadir suzib ketaveradi…

Özbek şeʼriyatida Usmon Azimning belgili, katta örni bor. Şoir qalamiga mansub balladalar tahlili ham buni isbotlaydi. Usmon Azim mazkur janr imkoniyatlarini yanada kengaytirib, yangiça mavzular, yangiça ifodalar olib kirdi. Ğarbona janrning şarqona namunalarini yaratdi.

Madina BOLLIYEVA

1987-yili tuğilgan. Özbekiston Milliy universitetining özbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. Bugungi kunda erkin izlanuvçi tadqiqotçi. “Özbek lirik janrlari taraqqiyoti va ballada poetikasi” mavzusida ilmiy iş qilyapti.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (147)