Men adabiyotşunos yoxud şeʼrşunos ham emasman. Ammo, yoş şoirlar ijodini muntazam kuzatib boraman. Birorta yaxşi şeʼrga közim tuşsa, tilla topgan odamdek suyunaman. Uni barçaga öqib berib yuraman. Özbek şeʼriyati yildan-yilga yangi şoirlar hisobiga boyib borayotganidan suyunaman.
Yoş şoirlarning katta minbarlaridan biri “Yoşlik” jurnali hisoblanadi. Şuning uçun bölsa kerak, aksariyat yoş şoirlar öz şeʼrlarini mazkur jurnalga işonişadi.
Afsuski, bu şeʼrlarning hammasi haqida ham yaxşi fikr bildirişga ojizmiz. Ammo ularning orasida yuragimizni jiz ettirgan misralar ham uçraydi. Surxondaryolik yoş qalamkaş Barno Donayevaning:
Şivirlaydi telba yomğirlar,
Har ohangda sening ismingni.
Qay musavvir çizib ulgurgan,
Yuragimga öyib rasmingni, – degan misralarida köngildagi dard jilmayib turibdi. Töğri, uning taşbehi yangilik emas. Lekin uning aytimida erka dadillik bor…
Yana bir şoiramiz, andijonlik Zulxumor Orifjonovaning uşbu satrlari dilingizga yoruğ hislar soladi:
Bahor kelib toğlar bağrida,
Paydo bölar ohu izlari.
Oçiladi qiru adirda,
Momoqaymoq quyoş qizlari…
Menga “Momoqaymoq quyoş qizlari” degan öxşatiş juda yoqdi. Zulxumor tabiat haqida köp yozar ekan. Şu örinda kiçik eʼtirozimiz bor: tabiatni kuzatganda faqat yurak közi bilan emas, bilimni ham işga solib nazar taşlamoq lozim deb öylaymiz. Çunki tabiatdagi baʼzi jarayonlar şeʼrda aks etganda öquvçini çalğitmasligi lozim. Qizimiz şeʼrida: toğlar bağrida bahor kelişi bilan ohu izlari paydo böladi, degan fikrni ifodalagan. Vaholanki, ohular barça faslda ham toğlarni makon tutişadi…
Andijonlik yoş şoira Gözaloy Abdullayevaning şeʼrlarida ham nimadir bordek. Uning “Vatan” nomli şeʼri garçi tugal bölmasa-da, ayrim misralari öquvçida umid uyğotadi:
Boğlarimda barg yozsa quvonç,
Baxtlarimdan töyib zeriksam…
Bu misralarni öqib, öquvçi qalbida baxtu quvonçdan ham zerikib böladimi, degan ulkan savol uyğonadi. Ana şu savolning özida köngilning taftişi boşlanadi. Bu yaxşi. Lekin Gözaloyning aksariyat şeʼrlarida tuyğu, fikr izçil rivojlanmagan. Şeʼr nainki yurakda, balki butun vujudda ildiz otgandagina şoirga aylaniş mumkin. Şeʼr yurakning nafasiga tölgan sözdan yaraladi. Şunday ekan, u nafas olib turadi. “Qolip”ga tuşgan şeʼrda esa nafas bölmaydi. Nafassiz, hissiz şeʼr qanday qilib öquvçining qalbida yangi hayot boşlaşi mumkin?!
Yoş şoiralar Donoxon Jumayeva, Zilola Xuşvaqtova, Durdona Abduraimova, Dilafröz Abdujalilova şeʼrlarini qayta-qayta öqib, rosti gap, ularning şeʼri bilan nima demoqçi ekanligini tuşunmadik. Bilganimiz şu böldiki, ular yozişni yaxşi körişadi, xolos. Biroq faqat yozişning özi bilan iş bitmaydi. Avvalo öqiş kerak, juda köp öqiş kerak, nazarimizda. Lekin zör şoir böliş umidini ham yöqotmaslik lozim.
Surxondaryolik yana bir ijodkor ukamiz Nuriddin Raşidovning şeʼrlarida öziga xos ohangli dard bor:
Tunlarni ulab tongga,
Yuragim tölib qonga,
Borolmay sen tomonga,
Bedor soğinayapman, – deydi u şoir bölmoqçi bölgan oşiq yuragi bilan.
Afsuski, bu – eski, hammani zeriktirgan, sarğayib ketgan tuyğuning surati.
Köngil közlarini kattaroq oçib qarasak, borliqning qalbida tuğyon urayotgan tuyğular qançalar bepoyon ekanligining guvohi bölamiz. Köngilning közini oçiş uçun esa Navoiyni, Bedilu Maşrablar ğazallarini takror-takror öqişimiz kerak.
Jahongirbek Norbötayevning şeʼrlarida izçil bayonçilik közga taşlanadi:
Agar oğir bölsa gunohim,
Bir bandangni özing keçirgil.
Xudojonim, marhamat körsat,
Köksimdagi ğamni öçirgin…
Jön. Kundalik gaplar… Qaşqadaryolik şoira Dilnoza Murotovaning şeʼrlari odamda tirişib-tirmaşib yozilgandek taassurot uyğotadi. Şeʼrlarni birin-ketin öqiyverasan, öqiyverasan, ammo dilingdagi biror nuqta jiz etmaydi. Yana öşa gap: bayonçilik. Töğri, Dilnoza Vatan, yurt, xalq haqida köp yozgan. Bu mavzularda yoziş katta masʼuliyat talab qiladi. Bu mavzularda faqat dildan, yanada oçiqroq aytsak, jon içidagi şaffof soğinç bilan yoziş kerak deb öylaymiz.
Bobolarim sevgan uluğ maqsadlar,
Bugun oliygohda, davrada yaşar.
Momolarim bağrida ösgan farzandlar,
El-yurt xizmatiga odimlay boşlar…
Yuqoridagi misralar Dilnozaning “Elim” nomli sheʼridan. Fikri ojizimizça, bu oddiy xabardan boşqa narsa emas.
Bugungi kun öquvçisi ozod fikrlar, yurakni uyğotadigan yangi tuyğularga oşno bölsam, deydi. Uni bunday şeʼrlar bilan aldab bölmaydi.
Xursanoy Ismatovaning ham bir neça şeʼrlari bilan tanişdik. U bir şeʼrida:
Sözga sajda qilib dil saroyimda,
Xayolan hayotda kezib yuribman, – deydi.
Uning şeʼrlarida pişmagan, ğör fikrlar juda köp. Xuddi şunday Muattarxon Töyçiyevaning şeʼrlaridagi fikrlar eski, tuyğular juda jonsiz tuyuldi bizga.
Bu ikki buyugim – Vatan va Onam,
Ikkisin jonimda jonday asrayman,
Ularga munosib farzand bölolsam,
Otamga rahmatlar olib bergayman, – deydi şoira bir şeʼrida. Şiddatli asrning şiddatli tafakkuriga ega bölgan öquvçiga bu şeʼr nima bera oladi, deb öylaysiz.
Salimaxon Dehqonovaning “Quyoş”, “Toğ va bulut” masalini (özi masalmikin bu) öqib heç nimani tuşunmadik. Göyo zarkokil quyoşning işqi yengiltak bulutga tuşganmiş, ammo “qalbi yuz bir siniq” bölgan toğ esa quyoşga oşiqu şaydo bölganmiş.
Balki muallif tabiat manzarasi orqali hayotiy biror voqeani aks ettirmoqçi bölgandir. Lekin bu özini oqlamagan…
Xullas, gapning löndasini aytadigan bölsak, bugun xalqimizga yuragi gupirib turgan şeʼrlar kerak. Toki bunday şeʼrlar har bir öquvçini Vatanni, ona tuproqni, hayotni, haqiqatni sevişga örgatsin. Yuqorida nomlarini zikr etganimiz – yoş şoirlar bizdan injimasinlar. Unutmang, dorining aççiği tez şifo böladi. Va yana bir narsa: faqat yurakdan çiqqan şeʼrgina yurakka yetib boradi. Ana şu oddiy haqiqatni tuşunmaslik esa sözga, qolaversa, adabiyotga xiyonatdir.
Halima Ahmedova – 1960-yilda Qiziltepa tumanidagi Pöloti qişloğida tuğilgan. ToşDUning filologiya fakultetini tamomlagan. “Tungi marvaridgullar”, “Erk dariçasi, “Tiyramoh”, “Umid soyasi”, “Afsun”, “Şafaq ibodati”, “Nigoh qiblasi”, “Yosuman gulining soyasi” kabi şeʼriy va nasriy töplamlari naşr etilgan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

