YOZ KELDI
Yoz keldi-yu, yoz keldi,
Doyra bilan soz keldi.
Uçib ketgan laylaklar
Qanoti qoğoz, keldi.
Tunni qilib tongotar,
Şöx bolalar dong qotar.
Bir tutam yoz tunida,
Dehqon tongni uyğotar.
YOZ
Oydin tunlar pallasi,
Baqalarning yallasi.Handalakning böylari,
Dehqonbuva töylari,
Yozdan darak bermoqda,
Qarang, laylak kelmoqda!
OY ÇÖMILAR ÇAYLADA
Oydin keça pallada,
Oy çömilar çaylada.
Ötar sirli şarpalar,
Tortiladi körpalar.
Möralaymiz unsiz, jim,
Şitir-şitir, kelar kim?
Bu qanday mehmon ekan,
Boqsak, Kirpijon ekan.
TONG SATRI
Tong havosi tozadir,
Köngillarni yozadir.
Qizğaldoqlar raqsida,
Çuçmomalar bahsida
Soçib bahor atrini
Tong yozadi satrini!
YOZ TUNIDA
Öyinqaroq, xuş bölib,
Tunlar ötar tuş bölib.
Bosilar kun hovuri,
Tinar quşlar şovuri.
Böy taratar çeçaklar,
Tun aytadi ertaklar.
OY TÖLA JOM
Bunça maftunkor,
Kuzning yonoği.
Oy töla jomdir
Paxta çanoği.
Şafaqrang boğlar,
Quyoş kalomi.
Şudringlar olis
Bahor salomi.
Bunday pallada
Tilingda baytdir,
Dilingda ne söz –
Şivirlab aytgil…
TONG YÖRGAGI
Oçib tongning darçasin,
Soçdi quyoş zarçasin.
Quşlar boşlar navoni,
Xoniş tutar havoni.
Zamin nurga çayildi,
Kim körgan bu sayilni?
Majnuntollar nozlandi,
Suvga qarab rozlandi.
Yeçildi tun yörgagi,
Boşlandi tong ertagi.
BIZNING DALA
Kanday oydin sahar bu,
Kökda suzgan qamar bu.
Tuş köradi giyohlar,
Uxlab yotar çiroqlar.
Soğinsang şu pallani,
Kezgin bizning dalani!
BUVAMNING hIKOYASI
Eh, bolalik yillari,
Qoldi uzoqda.
Qirğoqda sapçib oqqan
Ul oqizoqda.
Bolalik – bu eng masʼum,
Navoli sozdir.
Bolalik – bu ğoyibdan
Kelgan ovozdir.
Yöllarida poyandoz,
Yaşil maysalar.
Eh, bolalik olisda
Mayin nay çalar.
Çorlaydi qizğaldoqqa
Tölgan dalalar.
Quloğimga Bolalik
Aytar allalar.
Nurulloh DOSTON – 1955-yilda Samarqand tumanida tuğilgan. ToşDUning jurnalistika fakultetini tugatgan. “Yulduzlar çaqnagan tun”, “Bahor raqsi”, “Yöldagi buloq”, “Yuragimning bezovta guli”, “Qadim yöllarda”, “Osmon töla farişta” nomli şeʼriy töplamlari naşr etilgan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida