Har qanday davrda ham yurt ravnaqi, millat taraqqiyoti ilm-u fanga qaratilayotgan eʼtibor bilan boğliq bölgan. Boisi, millatni yuksaltiriş uçun maʼrifat kerak. Bunday vaziyatda ilm-fanga bölayotgan munosabat ijod ahlini ham öylantirişi tabiiy. Yozuvçi Xoliyor Safarov “moziyga qaytib iş köriş” orqali bugungi kun ziyolilari bilan ötmiş mutafakkirlari örtasidagi ruhiy-maʼnaviy yaqinlikni topiş ilinjida öz asarlarida ajdodlarga murojaat qiladi. Adibning 2023-yil “Yoşlik” jurnalining 1-sonida eʼlon qilingan “Doğ” nomli hikoyasi fikrimizning dalilidir. Barça qulayliklar mavjud bölgan hozirgi zamonda ajdodlarimizga munosib voris böliş haqidagi öylar adibni dolzarb mavzuda hikoya yozişga undagan bölsa, ajab emas.
Dastavval, hikoya nomiga eʼtibor qaratsak. Sarlavha – ijodkorning badiiy niyati, asar ğoyasi, obrazlar tizimi va barça unsurlarni yagona fokusga jamlovçi kiçik asar. Biz tahlilga tortayotgan hikoyaning “Doğ” deb nomlanişida ham yozuvçining muayyan maqsadi sezilib turibdi. Doğ – noloyiqlik belgisi. Öz ajdodlarini yetarliça örganmay, özi-da ilmda biror kaşfiyot qila olmay, avlodlariga aytar sözi va qoldirar merosi yöq jamiyat aʼzolari, boringki, jamiyat tanqidga olingan. Uşbu detal sarlavha aynan şu sababli tanlangan. Har bir insonning öz burçi, vazifalari bor. Ammo ilm ahlining masʼuliyati yana ham köproq. Asardagi boş qahramon deb tanlangan obrazning aynan professor deb tasvirlanişida ham ramziy maʼno bor. Jamiyatning ziyoli qatlami uyğoq bölib, boşqalarni ham huşyorlikka çorlaşi va bunga ular köproq masʼul bölişi kerakligi barçaga maʼlum. Hikoya boşida professorning ikki qoşi örtasiga tuşgan doğ könglini xijil qiladi. Dastlab, professor doğni faqat özida paydo bölgan, deb öylaydi. Keyinçalik boşqalarning ham peşonasida doğ borligini köradi. Faqat ular peşonasida doğ borligini özlari bilişmaydi, yoxud bilişsa-da eetibor qilişmaydi. Xorijdan kelgan mehmon, Şarq va Ğarb dunyosi olimlarining bilimdoni Muhammad Turkiyga professor “ustoz” deb murojaat qilganda, u şunday deydi: “Ustoz deb xijolat qilmang. Barça buyuk murabbiylar şu zaminda!” Asarda keltirilgan haydovçilar nutqi buyuk murabbiylar diyoridagi nomunosib kişilarni oçiq-oydin körsatib bergan. “Maşina lyuks, super salon, myaxkaya balon! Hammasi çutkiy”. Sözlovçilar nutqida ikki tilni qoriştirib gapirişi har ikki tilga hurmatsizlikdir. Ammo bunday holat jamiyatimizda urçib ketgan. Fikrimizni öz ona tilimiz orqali inson huşini oladigan tarzda ifodalaşimiz mumkin. Bunga luğat boyligimiz ham, imkoniyatlarimiz ham yetarliça. Hikoyada öz tili imkoniyatlaridan örinli foydalana olmagan xalqning, olomonning kelajagi qanday keçişi haqida yozuvçini öylantirgan taşviş öquvçiga ham yuqadi.
Turkiyalik mehmonning Imom Buxoriy qabrini ziyorat qilişidagi ehtiroslari, Mirzo Uluğbek rasadxonasida ajdodlarimizning tafakkurini eʼtirof etgani diqqatga sazovordir. Uşbu satrlarda xalqimizning tarixi, merosini xorijliklar qançalar hurmat qilişini tasvirlaş uçun muallif munosib tasvir topa bilgan. Rasadxonada Mirzo Uluğbek, Qozizoda Rumiy va Ali Quşçi paydo bölişi hikoyaning kulminatsion nuqtasidir. Muallif buyuk ajdodlar tilidan gapiradi, ajdodlar bilan avlodlarni yuzma-yuz qöyib suhbatlaştiradi.
– “Zij” ni öz ona tilingizga tarjima qildingizmi?
– “Al-jabr” ni topdingizmi?
– “Tib qonunlari”ni mukammal etdingizmi? – kabi savollar asar qahramoni bölgan olimlarni ham, yozuvçini ham, öqirmanni ham javobsiz qoldiradi.
Darhaqiqat, köplab asarlarda ötmiş allomalariga murojaat qilingan. Jumladan, jadid adabiyoti namoyondasi Fitrat “Yurt qayğusi” (Temur oldinda) nomli soçmasida Amir Temur bilan xayolan suhbat qiladi: “Bağrim yoniq, yuzim qora, könglim siniq, böynim bukuk. Sening ziyoratingga keldim, sultonim!” Fitratdagi turk xalqi uçun, turklik şarafi uçun yetarliça harakat qila olmayotganlik hissi Temur oldida aybdorlik tuyğusini uyğotgan: “Bilaman, şu tobda sening u yuksak va uluğ ruhoniyating men kabi tuban ruhli va himmatsiz bir bolasining şu holiğa ğazabli kulub turubdir. Bilaman, şu çoğda sening tölqunli dengizlarğa öxşağan yuraging men kabi yuraksiz bir öğlingning şu körinişindan nafrat qiladir”.
Asarlarda buyuk bobokalonlar bilan xayolan suhbat va ularga qaratilgan monologlarning keltirişi ajdodlar boşlab bergan anʼanani davom ettirolmaganlik tuyğusini, iztirobni ifodalaydi. Darhaqiqat, Qahramon şoirimiz Abdulla Oripov ham “Aytişuv” nomli şeʼrida ajdodlar va avlodlarning suhbatini keltiriş orqali ular orasidagi tafovutni körsatib bergan edi:
Ajdodlar:
– Samarqand-u Buxoroni bizlar qurganmiz,
Avlodlar:
– Bizlar esa siz qurganni borib körganmiz…
Ajdodlar:
– Til yaratdik, yozuv tuzdik gözal hamda boy,
Avlodlar:
– Biz ularga muzeylardan topib qöydik joy.
Uşbu dialog özida aççiq haqiqatlarni aks ettirgani bilan kitobxonni mulohazaga çorlaydi. Bunda şoir avlodlarni huşyorlikka, uyğoqlikka daʼvat qilgan. Darhaqiqat, “Doğ” hikoyasida Mirzo Uluğbek taʼkidlaganidek, “Ustozlar solik, yoşlar salohiyatli bölişi kerak. Butun millat uyğonişi kerak! Bu bedorlik faqat jisman emas, maʼnan bölmoği lozim! Uyğon, ahli Turon!”
Hikoyada professorning şogirdi obrazi ham bekorga keltirilmagan. Bu obraz hozirgi şogirdlar va Ali Quşçidek izdoşlarni soliştiriş imkonini bergan. Darhaqiqat, Muhammad Turkiy deya nomlangan obrazning ismidan ham nozik maʼnoni uqiş mumkin. Muhammad ummati, islom ummati degan gap bor. Bizning ajdodlarimiz Muhammad (s.a.v)ga munosib bölib, iymon-eʼtiqod bilan ilm-maʼrifatni egallaşgan. Zero, tarixga nazar solsak, bobokalonlarimizning diniy va dunyoviy ilmlarni baravar örganişganiga guvoh bölamiz. Şuningdek, ismdan boşqa maʼnoni ham topiş mumkin. Uşbu nom orqali “Turkiylardanman” deb faxrlanib, ammo ularga munosib böla olmayotgan avlodlar timsoli kinoya orqali gavdalantirilgan.
Darhaqiqat, doğ Muhammad Turkiyni ham çetlab ötmaydi. U Samarqandga kelganida peşonasida doğ yöq ekanligi, ammo buyuk murabbiylar bilan suhbatdan söng uning ham manglayida doğ paydo bölişi diqqatga sazovordir. Boisi u ham Turkiyada ilm-ziyo tarqatsa-da, lekin ularda ham zamonasini özgartirib yubora oladigan xususiyat yöq. Bunga esa Mirzo Uluğbek bilan bölgan suhbatdan söng tölaqonli amin böladi va iç-içidan masʼuliyatni his qiladi. Şu bilan birgalikda, allomalar bilan suhbatdan söng Professorning yuzi qorayib, ikki qoşi orasidagi doğ kattalaşib ketgan edi. Doğ kattalaşişi burçning kattalaşişidir.
Hikoya oxirida şunday jumla bor: “Borliqqa şom çökkan, atrofdan azon eşitilar edi”. Bu yerda şom azoni nimadan darak? Qoronğulik tuşişi xavotir tuyğusini ifodalamayaptimikan?! Uşbu örinda yozuvçining özbek adabiyotidagi şoh asar – “Ötkan kunlar”dan ruhlanganini ham körişimiz mumkin. Muallif aynan bunday tasvirni munosib va örinli holda qöllay olgani tahsinga sazovor. Adabiyotşunoslik talablariga köra, oxirgi jumlani bitişda badiiy matn rejasiga rioya qilinişi, sönggi jumla qahramon obrazining qismati bilan boğliq bölişi lozim. Hikoya “Manzil uzoq edi…” degan jumla bilan yakunlangan. Manzil olisligi, buyuk bobokalonlarimiz qoldirgan maʼnaviy merosni örganişga, ularning işlarini davom ettirişga katta kuç va köp vaqt kerakligi, ammo hali umid borligi şu bir misra zamiriga singdirilgan.
Xulosa örnida şuni aytiş lozimki, yozuvçi Xoliyor Safarov hikoyada “Nega bizdan yana Beruniylar, Ibn Sinolar, Uluğbeklar yetişib çiqmayapti?” – degan haqli savolni örtaga taşlagan. Millat ravnaqi özligini anglaganlar, burç va masʼuliyatni his qiladiganlar qölida! Buyuk ajdodlarga munosib voris böliş, ularning işlarini davom ettiriş, ixtiro-yu kaşfiyotlar qiliş – avlodlar oldida turgan vazifa bölib qolmoqda.
Sevinç Muxtorova, ToşDÖTAU 2-kurs talabasi
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


