5 daqiqada öqiladi

278 marta körilgan

Nimadan qörqaman?

Aziz Nesin

Kim? Men? Qörqoq? Kim aytdi meni qörqoq deb? Hamma gapiryapti? Mening qörqqanimni kim köribdi, qaçon köribdi? Yolğon! Qörqmayman men, heç kimdan qörqmayman. Nimaga qörqarkanman? Odamning odamdan qörqişi nimasi endi…

Ollohdan? Bu boşqa gap… Ollohdan, turgan gap, qörqaman. Nega? Şuning uçunki, hamma qörqadi… Şunday emasmi? Ammo faqat Ollohdan, boşqa heç kimdan va heç nimadan. Tuşunarlimi? Heç kimdan…

Şundaylar borki, hatto Ollohdan ham qörqmaydi? Ehtimol, bordir, ammo xalq hikmati ham bor: “Ollohdan qörqmagandan qörq”. Şunday emasmi? Allohdan qörqiş kerak. Lekin boşqa heç kimdan! Men hatto qörqiş nimaligini bilmayman. Men insonman, şunday ekan, nega odamlardan qörqişim kerak?..

Nima, nima? Otam bilan onamdan? Ha, bu qaçonlar bölgan edi! Unda men bola edim. Bolalikda hamma ota-onasidan qörqadi. Har bir bola qörqadi. Neça yoşgaça?.. Ha, ota-ona uçun bola – hamişa bola… men, masalan, qirq  olti  yoşgaça, keyin  ota-onalarim bir yöla ikkalalari ham vafot etişdi, Olloh ularni rahmatiga olgan bölsin… Endi ulardan mutlaqo qörqmayman. Nega ham qörqay, axir ular vafot etişgan-ku…

Nima deyapsiz? Öliklardan? Sizni qarang-u! Nimasidan qörqaman öliklarning… ölik odamga nima yomonlik qila olardi? Özi ölik bölsa, ha, mayli… Oçiğini aytganda, men qörqiş nimaligini bilmayman. Mana agar u ölmaganda, unda… axir u ölgan-ku, uning nimasidan qörqaman? Nima?

Xolam vafot etgan kundanmi? Axir u tunda vafot etgan. Yana mendan taşqari uyda heç kim yöq edi. Menga tonggaça uning ovozi eşitilganday bölgan. Uning xonasiga yugurdim. Qarasam, ölibdi… nimayam qilardim? Mehmonxonaga tunaş uçun ketdim… Qörqqanimdan emas, şunçaki  noqulay edi…

Mahallamizdagi bezori boladan? Heç qaçon… Men hatto undan ham qörqmasdim. Men baʼzida balkondan qarardim? Agar u köçada bölsa, men şunçaki çiqmay qöya qolardim. Men u yöqligida öynardim. Xalq hikmatida taʼkidlanadi-ku: “It bilan ğajişgandan köra butazorni aylanib ötgan afzal”.

Siz nima haqida? Öqituvçilar? Mening öqituvçilardan qörqqanligim mutlaqo notöğri. Qörqiş bölmagan – faqat hurmat. Hatto ular meni urişganda ham men ularga hurmatni his qilardim. Tarix öqituvçisi urganda nimaga qoçganman? Albatta, hurmat qilganimdan, qörqqanimdan emas… Öqituvçilarning nimasidan qörqaman?

Imtihondan qörqardim? Ğirt yolğon! Albatta, imtihonlarga bora­yotganda qaltirardim. Ammo qörq­qanimdan emas, hayajondan… Bu esa… Bu hol hojatxonaga qoçib qolganlardan taşqari hammada bölardi…

Kim aytdi meni muvaffaqi­yatsizliklardan qörqadi deb? Xudo­yim, odamlar nimalarni yopiştirişmaydi! Muvaffaqiyatsizliklarning nimasidan qörqaman? Bir safar yurişmasa, keyingi safar yurişadi. Şunday emasmi?

Xotinimdan qörqaman? Axir kim buni öylab topişi mumkin. Erning xotindan qörqişi nimasi? Sizdan sörayapman… Nega qörqadi-a? Axir u ayol, u bilan nazokat ila gaplaşiladi. Uyda tinçlik bölişi uçun, qöşnilar eşitmasligi uçun, bolalar tinçgina uxlaşi uçun… Bölmasa, xotinni nimasidan qörqaman? Hayotda heç kimdan qörqmaganman-u, xotinimdan qörqarmidim? Qöying-e…

Harbiy xizmatda? Yefreyterdan? Ana buni öylab topdingiz. Men hatto kapitandan ham qörqmasdim… Men axir Vatanimga xizmat qilganman,  şunday emasmi? Ha, mayor… Mayor boşqa gap. Mayor xohlasa uradi, xohlasa sökadi… şuning uçun ham u ma­yor…. Har qalay undan ham qörqmaganman. Heç qaçon qörqmaganman va bundan keyin ham qörqmayman.

Qoronğilikdan? Qoronğilikdan nega qörqarkanman? Yoruğmi, qoronğimi – nima farqi bor…

Tunda qabristondan ötişdan… mutlaqo qörqmayman. Men u yerda nimani unutib qoldiribmanki, tunda qabristonda… Men u yerga kunduzi ham bormayman… Qoronğida qörqinçdan kuylayman yoki huştak çalaman? Işoning, qörqişdan emas… men özi kunduz kuni ham kuylayman va huştak çalaman, faqat içimda, uni heç kim eşitmaydi.

Tuşlardan qörqaman? Qança öylab topiş mumkin-a… men tuşimda  qiçqiraman, ammo qörqişdan emas… Uyğonganimda, qiçqirmayman-ku… Tuşimda qiçqirganimni eslolmayman ham. Qörqişning nima aloqasi bor.

Nima, nima? Mirşablardan, qorovullardan qörqaman. Buni qan­day öylaş mumkin. Men hayotda mirşablar, jandarm va boşqalar bor joyga yaqin yölamaganman. Şunday ekan ularning nimasidan qörqaman?

Mastlar va jinnilardan qörqaman? Mutlaqo yolğon.

Yotoqqa kirişdan? Ayollardan qörqaman, murod hosil bölmay qolarmikan, deb…  E, qörqişdan emas… juda  çarçab qolaman… kim özi menga  malomat qilyapti?..

Uyda yolğiz qolişdan, bahsli işdan, hamkasblardan, rahbardan, maşina ostida qolmaslik uçun köçadan, qöşnilardan, majlisdan, ijroçilardan… yöq, qörqmayman. Bu hammasi men haqimda emas. Men hatto katta öğlimga Qörqmas, kiçigiga Qörqut deb ism qöyganman…

Men? Kasalliklardan qörqaman? Yö-öq, men kasalliklardan qörqmayman. Va heç qaçon qörqmaganman. Men, agar xohlasangiz, kasalliklardangina emas, ölimdan ham qörqmayman…. Faylasuf aytgan-ku: tirik ölim nimaligini bilmaydi, ölik bölsa ölganligini bilmaydi… Ölimdan nimagayam qörqaman.

Ertangi kundan qörqaman? Qaçongaça? Ertaga, masalan, çorşanba… men nafaqat çorşanba, payşanbadan ham qörqmayman. Özimning ertangi kunimdan? Ha-a, demak, işsiz qolişdan… ertaga nima bölişini faqat Olloh biladi… qörqib nima qilardim, Olloh buyuk… Ha, özi sizga mendan nima kerak?… Men? Taqiqlardan qörqaman?.. Butunlay aksinça… Hamma taqiqlar bizga yaxşi bölişi uçun öylab topilgan. Va yaşasin ularni öylab topgan odamlar. Men heç qanday taqiqlarga xilof iş qilmayman-ku… Şunday ekan, nimadan qörqaman?

Momaqaldiroqdan qörqaman? Uydan çiqdim, çaqmoqni kördim va qaytib ketdim?.. Ha, ular aldaşadi, hammasi aldaşadi. Men momaqaldiroqdan ham, döldan ham, çaqmoqdan ham qörqmayman.

Guvoh bölişdan qörqaman? Nega endi qörqaman, heç qaçon guvoh bölmagan bölsam. Hayotda heç qaçon… mendan nima haqida söraşsa – körganim ham yöq, eşitganim ham…

Hatto öylab topişibdiki, men göyo eşik qönğiroğidan qörqar­mişman – mirşab yoki tilançi kelib qoldimi, deb… Yoki sudga ça­qiruv qoğozi yoki tölov uçun  hisobvaraq… Ont içaman – hammasi yolğon! Men heç narsadan qörqmayman! Men haqimda nimalarni öylab topişmaydi. Göyo men har xil yöriqnomalardan, qarorlardan, hatto iş haqi olayotib qaydnomaga imzo çekişdan ham  qörqar­mişman…

Yana telefondan qörqadi deyişibdi… telefonning nimasidan qörqaman?.. Nima, göyoki eşitişadi? Mayli, eşitaverişsin. Axir men telefonda siyosat yoki öz-özini boşqariş idoralari haqida heç narsa gapirmayman. Şunday ekan, nimadan qörqaman. Ha-ha.. Men bilan gaplaşayotgan odam nimadir laqillab qöysa? Men darrov telefonni öçiraman. Heç qanday telefondan qörqmayman.

Ha, yana nima? Manovi  kanareykadan qörqaman? Gultuvakdan? Guldondagi guldan? Elektröçirgiçdan?… Yöq, yöq va yana yöq! Meni qörqita olmaysiz, doktor… Heç kimdan va heç nimadan qörqmayman…

Doktor, men sizga rostini aytaman. Men çindan ham, heç nimadan qörqmayman… Faqat… gohi-gohida… özimdan qörqaman.

Bu ötib ketadimi, doktor… Nega endi, doktor, mendan… hammasini bunçalar batafsil suriştirib qoldingiz?..

 

Aziz NESIN

(1915–1995)

Turk hajviy yozuvçisi, dramaturg.

“Bir surgun xotiralari”, “Unutilmas orzular”, “Vijdon işi” kabi romanlari, “Şunday böldi, bunday bölmaydi”  avtobiografik qissasi, “Aziznoma” hajviy şeʼrlar va “Mamlakatlardan birida” hajviy hikoyalar töplamlari maşhur. “Muşt  ketdi”, “Huştak afandim”, “Futbol qiroli” va boşqa asarlari özbek tiliga tarjima qilingan.

Rus tilidan Habib SIDDIQ tarjimasi.

2022/5

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (16)