Murod Muhammad Döst asarlarida xalq oğzaki ijodi, milliy nasr anʼanalari va şu bilan birga dunyo adabiyotidan ham yaxşigina xabardorlik sezilib turadi. Yozuvçi dunyo adabiyotida mavjud anʼana va adabiy usullarni milliy nasrimizga mohirlik bilan payvand qilişga erişgan ijodkorlardan sanaladi. Ijodkor ahli uçun adabiy payvand oson iş emas, aslini saqlab yangisini kerak joydan ulay oliş mahorat va farosatni talab qiladi. Buning uçun yaratganning nasibasi – Isteʼdod bölişi kerak. Yaratgan zot esa bu borada yozuvçini siylagan.
Yozuvçining ulkan hayot haqiqatidan xabar beruvçi “Daşt-u dalalarda” asarini tahlil qilişga, hikoya tagmatnidagi maʼnolarni anglaşga harakat qilamiz. Hikoyada berilgan kutilmagan voqelik va xarakterning namoyon bölişi, holatlar ifodasidagi tiniqlik, mantiqiy izçillik va tasvirdagi betakrorlik adib uslubiy kamolotidan darak beradi.
Hikoyadagi Polvon va Xatça obrazi özining samimiy va betakrorligi bilan kitobxon qalbidan joy olib ulgurgan. Polvon qiyofasida “jonli”, nafasi bor heç kimga öxşamagan xarakter egasi gavdalanadi. U Xatçaga nisbatan sevgisini heç bir örinda oşkor qilmaydi, sözbozlik yöq, ammo iç-içidan ayolini yaxşi köradi. Polvon özi gapiradi, özi sevadi, özi kuyinadi – hammasi tabiiy va işonarli, heç qanday yasamalik, soxtalikni sezmaysiz. Polvonning Xadiçani Xatça deyişi jozibani kuçaytirgan, obraz uçun “tiriklik suvi” singari jon bağişlaydi. Biz ham Polvonga ergaşib Xadiça emas, Xatça deb ataşni maʼqul bildik.
Hikoya “Xadiça ketdi-yu könglidan halovat ham ketdi” degan jumla bilan boşlanadi. Demak, Xatçaning ketişi odatdagiday emas, qandaydir kutilmaganlik maʼnosi yuzaga çiqadi. Ayol uydan şunçaki ketmagan, bölmasa uning ketişi bilan “könglidan halovat ham” ketarmidi. Polvon uçun Xadiçaning borligi nafaqat köngil halovati, balki tirikligi bilan teng. U bölmasa, uyda huzur yöq, orom yöq. Anglanadiki, Xadiça uyning bekasi va Polvon qalbining egasi.
Muallif asar orqali aytmoqçi bölgan fikr zarbini boşlanmadagi ketiş xabari aytilgan bir jumlaga yiğadi. Eʼtibor mana şu jumlani oçiqlaş, izohlaş va şarhlaşga qaratiladi. Polvon uyiga kira olmay qoldi, yuragi izn bermaydi. Sababi “uydagi hamma narsa Xadiçani esga soladi: ostonaga qadami tekkan, devorga yelkasi – çidab ötirişi qiyin böldi”. Xatçaning izi borligi uçun ostonani bosa olmaydi. Uyda ötiriş ham mumkin, ammo uni eslatadigan xotiralar yarasini yangilaydi, azobini orttiradi. Halovatidan ayrilgan Polvonning (ismi jismiga tenglaşgan qahramon – S.T.) yuragi “toriqdi”, odamlar malomat qilsa-da, boğdagi bobosidan qolgan yertölada yaşaşni afzal bildi. Özi bilan iti Qoratoyni ham yertölaga olib kirdi.
Yertöla – mikroolam, olamning modeli. Qahramon nazdida xotini bilan yaşagan uyi uning uçun butun koinot bilan teng. Şaklan kiçik, ammo mazmunan olam bilan barobar. Yertöla – lahadga qiyoslanadi. Xatça uyida yöqligi bois Polvon musofir, ğarib, kimsasiz odamga aylangan. Ayriliqqa özini köndira olişiga közi yetmaydi, ammo çorasiz. Uning bu holati Qoratoyga ham taʼsir qildi, avval yertölada yota olmay keçasi uvlab çiqdi, keyin egasining zabun ahvolini “tuşundi” çoği, indamay qoldi. Polvonni Qoratoy tuşundi, Xadiça tuşunmadi. Qizi Çamanni ham olib ketgani dard vaznini oğirlaştirdi. “Lahad”ga öxşatilgan yertölada ötirib Qoratoyga sözlaydi, boşqa eşitadigan quloq yöq. It gaplariga tuşunmasa ham egasining mungli qaraşiga çiday olmasdan közini yumib yotadi. Polvon aytganidek, “har kim öz yöliga ekan…”.
Muallif Adolat obrazi talqinida folklor ohanglaridan unumli foydalangan. Adolat qahramonni ruhiy-maʼnaviy yangilaniş sari undovçi kuç sifatida yuk taşiydi. Uning ismida ham aytilmagan gaplarga işora bor. Qaldirğoç Alpomişni “mardning yori toy-taloşga qolama” deb mulzam qilgandek, Adolat akasiga “bu kuningizdan ölganingiz behroq edi” deya taʼna qilib oğrinadi. Adolat zimmasiga yuklatilgan vazifani bajargaç, voqealar markazidan çekinadi.
Qirq kundan beri arazlab uyiga ketgan xotinini xayolidan çiqara olmaydi. Xatça yoningda bölsa “ölim yodingga tuşsa ham qörqmaysan”. Baʼzan xotinining “siyoği ham esdan çiqqanday” bölib uni eslaydi. Darrovga şamollab qoladigan ayolning ivirsib yurişini ham köngli tusay boşlaydi. Aslida, xotin xohlab ketgani yöq, töğriroği, haydaldi. Erining qayt deyişini intiq bölib kutdi, töxtab-töxtab kutdi. Ammo Polvon şaştidan tuşmadi. Yetmaganday qizini sudrab çiqişi Xatçaga oğir botdi, xörligi keldi. Nohaqlikdan köngli oğringan ayol uçun endi orqaga yöl yöq edi. Biroz şaştidan tuşgan Polvon Xatçani ança yölgaça kuzatib bordi, endi ğazabi alamga aylandi.
Ayriliq muddati uluğlarimiz uzlatga çekinib, nafsini isloh qiliş uçun ötiradigan çilla vaqti bilan teppa-teng. Lahadda yotgan odam yangi hayotga ötadi, ruhiy jihatdan yangilanadi. Hikoyada Polvonning şerigi Hasanboy xotini bilan oz muddat yaşab ajraşganligi qistirib ötiladi. Bizning Polvon esa unutib yuboradiganlardan emas. Çilladan odam tozalanib, yangilanib çiqqani singari Polvon ayoli, şaʼni haqida qaytadan öylay boşlaydi. Şunçaki mulohazaga berilib ötirmaydi, amaliy harakatga ötadi. Xatçani taloq qilişga “közi qiymaydi”, uning kiyimlarini qirqib taşlaydi, kultepaga kömadi, voz keçadi, ammo undan köngil uza olmaydi. Köngildagi “senga şunçalik köngil qöyib edimmi” sörovidan har qança özini olib qoçsin, naf yöq. Sörov kuçga kirib, Polvon hayotiga qaytadan razm soladi, köngil qatlariga yaşiringan istakni anglagaç, javobini topganday böladi. Javobdan öziyam hayratlanadi. Polvonning hayrati bizga ham “yuqmay” qolmaydi. Mana şu “yuqtira” oliş ham muallif mahoratidan darak beradi.
Salim saqiçning aqlga siğmaydigan tuhmati Polvon köngliga doğ böldi. “Xadiça qasam içdi, qizini, enasini, Xudoning özini guvoh qildi. Lekin Polvon işonmadi”. Bir köngli unga işongisi keldi, ammo şaytonning qöli baland keldi. “Kayfi bor edi, çekayotgan azobi bol tuyuldi – xotiniga işonmadi”. Oxiri nafsini sindirdi, köngliga quloq tutdi. Xatçani olib kelgani yölga çiqdi. Birdan Şörquduq tomonga emas, Salim saqiçning uyiga bordi. Ançadan beri urinib, orani oçolmay yurgandi, endi vaqti bölganligini bildi. Polvonda aybdorlik hissi uyğondi, avval arazlagan bölsa, endi butunlay özgaça holatda edi.
Hikoyada eʼtibor qaratilişi şart bölgan juda muhim nuqta bor. Xalq donişmandligi masalasi. Yozuvçi aynan mana şu nuqtadan turtki vazifasida unumli foydalangan, voqealar şu tobdan kutilmagan ravişda öt oladi. Polvon hayotini hal qiluvçi jarayonlar boşlanadi. Jumladan, hikoyada Nazir maxsum obrazining paydo bölişi. Unga katta missiya yuklangan.
Polvon “men avval old-ortini bir öylab olay…” deya yölini ayirib ololmay turganda maxsum unga qöşimça “motor” sifatida kömakka keladi. Elda juda qiziq odat bor. Elning kayvonilari bu usuldan kerak örinda foydalanadi. Oradan qirq kun ötsa-da, yeçimini topa olmay turgan oilaning taqdiri göyo qil ustida turgandek, na u yoqlik, na bu yoqlik böla olmay arosatda. Şunday paytda oraga elçi solinadi. Murosa yölini tutişning xalqona yöli. Elçi ikki tomon uçun ham xolis odam bölişi lozim. Maxsum Polvonning qişloqdoşi begona emas. Teranroq nazar solinsa, u şörquduqliklar tomonidan tayinlangan vakil. Aslida, Nazir maxsum çindan töyga aytgani keldimi yoki Şörquduqqa ketayotib taloq vakolatini olib ketganimi? Taloq yöl ustida söraladigan masalami? Hikoyadagi voqealar pişib yetilib bormoqda. Nazir maxsum gapni uzoqdan boşlaydi, göyo töyga aytgan kişi bölib. Bunday vaziyatda masalaga dabdurstdan ötib bölmaydi. Polvonning feʼli maʼlum. Kayvoni gapni qaçon va qayerdan boşlaşni biladi. Suhbatdoşini asta-sekin avrab gapni asosiy öq tomirga borib ulaydi. Gap taloq masalasiga ulanganda maxsum Polvonni avrab yölga soladi, taloğini ayttiradi ham. Ammo masala şu bilan yeçim topmaydi-da. Xatçaning javobini berişi bilan hayotda heç vaqosiz, böm-böş qolganday his qiladi özini. Polvon ham elning bolasi-da, maxsumning gaplarida şumlik borligini anglab izidan quvib borib Xatçaga “möljalingiz bormi” deb söraydi. Polvon adaşmagan edi, maxsum orani oçib berişga yollangan ekan. Yeçim öylaganday bölib çiqmadi. Polvonning ğujuri uyğonadi. Xarakter şunday sahnalarda böy körsatadi. “Möljalni xato olgan ekansiz, – dedi Polvon. – Qöyadigan xotinim yöq!”
Salim saqiçning nişonga tekkan iddaolari, bor alamini Xatçadan olgani, Nazar maxsumning beöxşov “elçi”ligi barçasi Polvon hamiyatiga tegadi. Örligi tutib xotinining taloğini ham berib qöyadi, ammo gapini qaytib oladi. Nazar maxsumning tixirligiga: “Közim qiymayapti, Maxsum buva. Aytsammi deyman-u, qurğur köz qiymaydi”, deb javob beradi. Xotinini çinakamiga qizğondi, erlik ğururi boş kötardi. Sir boy bergisi kelmasa-da, közi qiymasligini yaşirmaydi.
Xatçani körib Polvon “özini nomard, noinsof sezdi”. “Obketay deb keluvdim, Xatça, – dedi sekin, ovozini özi ham tanimay.” Polvonning öjarligi sinib, “tentakligi” ketib, xörligi keldi, nimagadir. Xotinida esa hali araz tarqamagan edi. Polvon xokisor odam qiyofasiga kira boşlaganda birdan mudray boşlagan ğujur uyğonib ketadi. Eʼtibor bersa, xotini uni behurmat qila boşlagan ekan, darrov nafsining çegaralarini qörişga ötadi. “Sensirama, Xatça, – dedi u. – Toza tomiring suvga yetgan bölsayam sensiramay gapir!”
Sattorqulning ödağaylaşi, çiranişi, döq-pöpisasiga bepisandlik qilsa-da, “nomus zör çiqdi”, Sattorqul andişani yiğiştirib tahdidga ötadi. Polvon hamiyatiga tegsa-da, sabrni mahkam tutadi. “Yelkalari qisiq – aybdor, qaddi bukik – çorasiz, böyniga muşt tuşarini kutgandek” – xatosini tan olgan holatda edi. Har bir holat qahramon ruhiyatiga aniq çizgilar orqali yoritib berilgan.
“Uyat, uyat, ne kunlarga qöyding, Xatça? Sendan şuni kutib edimmi, Xatça? Körgan birov nima deb öylaydi, enağar Xatça?! Yer bilan bitta qilding-ku!..” Mard bölib xotini ostonasiga boş egib keldi, qaynisidan haqorat eşitdi, kenglik qildi, ammo Xatça unga nisbatan torlik qildi. Içida özini aybdor sanagan Polvon endi Xatçani malomat qiladi. Har qança nafsini sindirmasin: “Nomus zör çiqdi, çidolmadi, taqqa töxtadi”. Polvonning öziga kelayotgan muştni qaytarmoqçi bölgan zarbi Sattorqulni yiqitdi. Qaynisiga yegan muşti oğirlik qilib izidan quvib yetadi. Uç kişilab Polvonni boğlab, şart qöyişadi. “Xatçaning taloğini aytasan!”. Yöqlab borib, qaynisidan kaltak yeb qoniga botib yotganda, joni azoblanganda Polvon tuş körayotganday böladi, huşi özida emas edi göyo.
Polvon kaltaklanişiga qarşilik qilmaydi, qilsa ham bölardi, ammo “etik qönjiga qöl yuborsa, nomardlik böladi” deya tantilik qilib tanasini kaltakka qöyib beradi, dod-faryod qilmaydi, vaziyatni va holatni his qiladi, hatto qamçi zarbidan joni oğrisa-da, oğriqni sezmaydi. Yotgan joyida qamçini “mayda örim” ekan deya baholaşiga hayron bölmaysiz, işonasiz. Har bir holat, har bir lahza muallif eʼtiboridan çetda qolmaydi. Muallif bunday öta nozik holat tasviri bilan çeklanib qolmay qahramon ruhiyatining eng tiğiz lahzalarini aniq çizişga harakat qiladi. Qamçining zarbidan tanasi tilka-pora böladi, urgiçlar çarçab, uni qoniga botirib “taloq aytiş”ga majbur qilsa-da, taslim bölmaydi. Tepkilar ostida etikning nağali yeyilgani, “quşning tiliday yupqa” bölib qolganligini, qamçining “vizillab” ovoz çiqarişini bilib, eşitib özini qöyib beradi. Polvon xuddi tuş körayotgandek, özini çetdan turib tomoşa qiladi. Bunday azobga çidaşiga uni nima majbur qildi? Polvonday ğururi baland yigitning kaltakka ixtiyoriy taslim bölişiga majburlagan kuç nima?
Yozuvçi qahramon tiynatidagi yetakçi jihatlarni bir nuqtaga yiğadi, çinakam xarakter köz oldingizda namoyon böladi. Siz göyo uni avvaldan taniysiz, bilasiz. Heç qanday gumonlarsiz uning xatti-harakatlarini tabiiy ravişda qabul qilasiz. Muallif heç bir örinda köpsözlik qilib uni taʼriflamaydi, jonli sahnalarda tabiiy harakatlari bilan körsatib beradi. Qiziği, heç bir örinda Polvon xotinini sevişini, usiz yaşay olmasligini iddao qilmaydi, minnat qilmaydi, könglidagini tilga çiqarib maqtanmaydi, içida yaxşi köradi. Taşiga çiqarsa, qiymati arzonlaşib ketadi. Muallif özbek oilasining “içkarisi”ni mana şunday çizadi. Oilaning siri ham, qudrati ham kiçik hikoya bağriga sizdirib yuborilgan.
Polvon tanasi zirqirasa-da, köngli xotirjam. Muallif uning şu holatini öziga xos çizgilarda oçib beradi. “Yelkasidan çiqqan ter köz yoşiday issiq… Qip-qizil, köz yoşiday jizillatadi, sarğiş çakmonni bağir tusiga böyab boryapti…”. Terning köz yoşiday issiqligini aniq his qilasiz. Holat va tasvirdagi har bir söz qahramon portretini oçiqlaşga xizmat qiladi. Sahargaça qoniga belanib yotgan Polvon asta-sekin öziga keladi. Çanqab ketib “balçiqni siqimlab oğziga solib şimidi.” Ahvol şunçalar oğirmidi yoki muallif qahramon holatini çuqurroq oçib beriş uçun köproq haq berib yuborganmi degan iştiboh yöq emas.
Adabiyotşuoslikda badiiy mahorat deb atalgiç bir tuşunça bor. Bu tuşunçani asoslab beriş uçun juda köp nazariy maʼlumot talab etiladi. Bir söz bilan aytganda, yozuvçi hikoya orqali mahoratning yetuk namunasini körsatib bergan. Aynan hikoyaning buriliş nuqtalarida muallifning yuksak sanʼatkorligi va professional ijodkorligi namoyon böladi. Polvon joni har qança oğrib, oyoq ostida yotsa-da, mana şu holidan – “Könglida ğalati bir ğurur uyğondi”. Jism azobda, köngilda halovat bor. Qarama-qarşilik, zidlik Polvon siyratidagi yaşirin sifatlarni yanayam ravşanlaştirişga xizmat qiladi.
Polvonning mayli, joni oğrisin, ammo Xatçani birovga bermaydi. Xatça Polvonning abgor ahvolini körmagani yaxşi böldi, bu yerda bölmaganligi qöl keldi. Özini uning oldida heç qaçon bunday kaltakka qöyib bermasdi. “Közlarini yumarkan, çuqur tin oldi, iljaydi: etiklar qoçdi, qoçdi!..” Eʼtibor bering urayotganlar emas, etiklar qoçdi. Ketdi emas qoçdi, qoçdi. Iljayişi ulardan qutulganligi uçunmi… yoki ular aytgan şartni bajarmaganligi uçunmi, sabab köngli buyurganini ado qila olganligida emasmikin… Şu tobda tanasi oğrib, azoblanişi ortsa-da, nima uçundir köngli borgan sari xotirjam tortdi. Topgan yeçimidan özining köngli ösdi.
Polvon özidan-özining köngli tölib turganda Xatçaning ahvoli qanday edi degan savol tuğiladi. Hikoya markazida Polvon tursa-da, vaziyatga köra personajlar örni almaşib turadi. Murod Muhammad Döst Xatçani biz kutmagan holda taqdim etadi. Polvondagi kutilmaganlik kayfiyati Xatçada ham namoyon böladi. Yozuvçi ustalik bilan ruhiy tiğiz sahnalarni ketma-ketlikda berib boradi.
Poda yotar joyiga tezak terişni bahona qilib çiqqan Xatça avvaliga uni tanimadi. Keyin kaltak sababini ham, ahvolini ham söramadi. Közlari qizargan ayol qörqqanini tiliga çiqaradi: “Taloğimni aytdingizmi?” Xatçaning ovozida qörquvdan köra xavotir kuçliroq edi. Bu taloğini kutgan ayolning emas, balki aytib qöygan bölmasin-da, degan hadik va umidsizlikning ovozi edi bu. Ovozdagi ayni şunday ohangni his qiliş qiyin emas. Bu ham muallif mahoratining hosilasidir. Polvon esa aytsam qörqqanidan aytib qöydi degan taʼna-malomatdan qoçgan kişi bölib: “Çidaysan endi, Xatça…” Nima bu yupatişmi, qörqitişmi, iddaomi… Nazarimizda, Polvonning ötinçi kinoyaga öxşaydi, ammo bu örinda qorişiqlik bor, yaʼni ötinç va kinoya bilan birikib ketgan. Polvonning holatidan kelib çiqsak, “çidaysan endi, Xatça…” deganida “iltimos, çidagin men bilan yaşaşga, köngin şunga” degan ohanglar ham yaşiringanday…
Polvon könglida gumon hali-hamon kölankasini solib turardi, ammo Xatça “iffatga yor, şubhaga zomin edi”. Tasvirni şarhlaşga ojizligimizdan, mutolaani davom ettiramiz. “Biror narsa de, şubhalaring bekor de, Xatça, könglimni qabartma, belimni bukma, gavharni toşga urmaylik, Xatça!..” Undagi kin, adovat, araz – hammasi biratöla yöqlikka ketgan, “faqat yuraklarning ola-tasir urgani seziladi, göyo butun daşt-u dalalar ularning dupuriga tölgan…” Yuqorida Polvonga yertölada dunyo torlik qilgan bölsa, endi uning yuragi daşt-dalalar singari kengayib dunyo qadar kattalaşib ketadi. Dunyoning kengligi yurakka köçib ötdi.
Hikoya boşida berilgan “senga şunçalik köngil qöyib edimmi” savolining javobi topilgan edi. Ha, şunçalar köngil qöygan ekanki, özi bilmaydi, avval heç bir örinda oşkor qilmagan. Polvon va Xatça maʼlum bir vaqtdan beri birga yaşaydi, ammo köngil “sardaftari kovlanmagan”. Yozuvçi ular hayotining bir kunini xotiralar qamrovida oçib beradi. Köngil beklik qilgan kun hikoyaning asos mohiyatini belgilaydi. Ortiqça tafsilot yöq, barçasi öz örnida, ifoda va tasvir mutanosibligi öquvçining tuyğulariga ham taʼsir qiladi, qahramon holatidagi kötarinkilik sizga ham yuqadi. Hikoyani öqir ekansiz, voqealar xuddi kino körayotganday köz oldingizdan bir-bir ötaveradi, havodagi qamçining “vizillagan” ovozi quloğingiz ostidan ötganday…
Murod Muhammad Döst hikoyada özbek oilasining içki qörğoni sirlaridan hikoya qiladi, borini aytadi, yolğoni yöq. Hikoyadagi inson tuyğulari muhabbat haqida aytilmagan qöşiq singari qadimiy va qadrli. Polvon va Xatça munosabatlarida özbek oilasining öta şaxsiy va heç qayerda aytilmaydigan munosbatlari jonli lavhalarda oçib berilgan. Yozuvçining suratini öta ehtirosli va jimjimador taʼriflar bilan emas, kiçik bir oila timsolida körsatadi. Xatça könglida keçgan keçinmalar oçiq berilmaydi, balki Polvon qalbidagi holatlarga, hikoya markaziga olib çiqilgan. Ayolni şunday holatda tasvirlaş ham yozuvçining estetik munosabatidan kelib çiqadi.
Hikoyada Polvon xarakteri öziga xos milliy böyoqlarda yorqin va jonli ravişda oçib berilgan. Polvon xotinini sevişini u ketgandan keyingina anglaydi. Örligi bois sevgisini tan olişga ğururi yöl qöymaydigan töpori yigit tanlovi sizni hayratlantiradi. Daşt-u dala kengligi singari Polvonning muhabbati ham toza, pokiza tuyğularga boy. Muhabbat haqida aytilmagan qöşiqning xirgoyisini tinglaganday bölasiz.
Sanobar Tölaganova,
Adabiyotşunos
2023/9
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


