Muhammad Boqirning “Maqomoti Xoja Naqşband” risolasi anʼanaga köra, olamlar parvardigori Allohga hamd bilan boşlanadi. Allohning roziligini tilab, Alloh bandalariga yaxşilik va ezgulik soğinib yozilgan asarlarda hamd bölişi naqadar gözal!
Tajalliy nuri
“Maqomot” muallifi Allohga hamd aytar ekan, “tajalliy nurlari bilan oriflar qalbining çiroğini nurlantirdi”, degan iborani ham işlatadi. Luğatda “tajalliy” sözi köriniş, jilvalaniş maʼnolarini bildiradi, islomiy istilohda esa, odatga köra, tajalliy deganda Alloh zotining odamda, yo narsa, yo hodisada jilva qilişi nazarda tutiladi.
Ajdodlarimizning tasavvuriga binoan, yoruğlik hodisasi bugungi ilm-fan tasdiqlagani kabi, quyoşdan kelayotgan nurlarning turli jismlarda akslanişi deb tuşunilmagan. Aksinça, har bir jismning tabiatida nur bor va şu nurning jilva qilişi natijasida biz – odamlar öşa jismni köramiz va u haqida maʼlum tasavvurga ega bölamiz, degan tuşunça hukmron bölgan.
Keyingi zamonlar ilm-fanining aniqlaşiça, özidan közga körinmas nur çiqaradigan ayrim unsurlarni istisno qilganda, boşqa jamiki modda va unsurlar hamda ularning birikişidan hosil bölgan jismlarning bari quyoşning yoki boşqa biron sunʼiy yoruğlik manbaining nurini özidan aks ettiradi yoki nurni maʼlum darajada yutib qoladi. Biz uşbu akslanayotgan yoki yutilib qolayotgan nurning nisbatiga muvofiq ravişda öşa jismlarni köramiz. Ular haqida tasavvurga ega bölamiz.
Islomiy dunyoqaraş köriş hodisasini bunday tuşunişga qarşi emas, aksinça, uni töldirib, kengaytirib turadi. Çunki islom falsafasi olamda quyoş va boşqa yoruğlik manbalari bilan bir qatorda Allohning nuri ham jilva qilib turadi, deb tuşuntiradi. Bu nur “jismlarning içidan taralayotgan nur”dan farqli ölaroq, butun olamga maʼno bağişlab turişi alohida qayd qilinadi. Lekin bu nurni köriş, uning jilvasidan bahramand böliş har kimga ham nasib etavermaydi. Uni faqat oriflar – qalbi Alloh maʼrifati bilan çaroğon bölgan zotlargina körişi mumkin.
Va yana şunisi ham ahamiyatliki, özgalarga din va dunyo hayotini tuşuntirib berayotgan oriflar qalbidagi çiroğ – maʼrifat çiroği bölib, uning nurlanişi Allohning tajalliysi – orif qalbida Alloh muhabbatining uyğonişi bilan boğliq va Allohga muhabbat kuçaygani sari orif qalbi atrofga taratayotgan yoruğlik ham köpayib-kuçayib boradi.
Va buning aksi ham töğridir. Orif qalbi xiralaşsa, unda Alloh muhabbati örnini dunyo moliga qiziqiş egallay boşlasa, tajalliy nurlari ham sönib, kamayib boradi.
Orif qalbidagi jilva, nur bu – qalbning özidan taralayotgan nur emasdir, aks holda bu nur dunyodagi narsalarning taratayotgan nuriga öxşab qolardi. Yöq, orif qalbidagi nur, bu – Alloh tajalliysi.
Avvaldan berilgan javob
Inson bu dunyoda boqiy emas.
Hammamiz kelganmiz, demak, bir kuni ketişimiz ham bor gap.
Kelişimizning asl sababi Alloh edi va ketganda boradigan joyimiz ham Allohning huzuridir.
Kelişning sababi özimizga boğliq bölmagani kabi, ketişning ixtiyori ham özimizda emas.
Keliş va ketiş orasi – umr deb atalgan bosqiç. Unda hammamiz – xohlasak ham, xohlamasak ham – ketişga tayyorgarlik köramiz.
Odamning tabiati şundayki, avvalboşdan ketişning şartligini, majburiyligini aqli bilan anglab tursa ham, qalbi bilan qabul qilmaydi. Yillar ötgani sari öz hayotida yuz berayotgan hodisalarni aql tarozusiga solib körgaç, dunyoga kelişi besabab va behikmat emasligini ğayrişuuriy, ğayriixtiyoriy anglaydi. Öz hayotini tafakkurdan ötkarib, qilgan yaxşi va yomon amallari borasida xulosalar çiqaradi. Xatolari köp bölsa, qanday yaşaşim kerak edi, deb öziga savollar beradi. Töğri yaşamoqqa yöl qidiradi.
Holbuki, bu savolga javob bundan neça asrlar burun oçiq-ravşan aytib qöyilgan edi.
“Maqomot” muallifi ayni şu holatni eʼtiborga olib: “Oçiq va ravon yölga yöllovçi sayyidimiz Muhammadga, uning pokdomon ahli oilasiga, pokiza döstlariga, ularga ergaşganlarga va avliyolardan, söfiylardan, möminlardan hamda barça karomat ahlidan bölib, ularga tobelik qilganlarning hammasiga salavot va salomlar bölsin!” – deydi.
Allohga hamd aytilgaç, salavot va salom aytişni payğambarimiz Muhammad Mustafo sallolohu alayhi vasallamdan boşlaş har bir musulmon farzandi uçun, könglida imoni bor odam uçun şartdir.
Valiy – Allohning dösti demakdir
Şu örinda salavot-u salom aytişning muallif sanagan tartibi haqida ham yozib ötsak. Payğambarimiz sallollohu alayhi vasallamdan söng u zotning ahli oilasiga, pokiza döstlariga – sahobayi kiromlarga, ularga ergaşganlarga salavot-u salom yöllaş musulmon kişi uçun odob namunasi sanaladi.
“Maqomot” muallifi şu joiz sanoqni ado etgaç, avliyolar, söfiylar va möminlar va karomat ahli hamda ularga tobe bölganlarga salom aytadi.
Avliyolar Allohning dösti, Alloh suygan insonlar sanaladi. Oddiy odamlar orasida avliyo sözining möjizaviy qudratga, kaşf-u karomatga ega inson, degan maʼnosi köproq tarqalgan. Biroq avliyo deganda, avvalo, Allohning dösti degan tuşunçani anglaş töğriroq böladi. Avliyoning boşqa sifatlari uning Allohga döstligidan keyin keladigan, şu döstlik samarasi, şuning natijasida hosil bölgan sifatlardir. Buyuk vatandoşimiz, din va dunyo ilmlarining bilimdoni Hakim Termiziy payğambarlikning avvali valiylikdir, deganda şuni nazarda tutgan edi.
Allohga döst bölmagan odam nabiy yo rasul bölişi imkonsizdir.
Bu iboraning asl mazmunini tuşunişda xato sodir bölmasligi uçun Alloh öziga döst bölmagan odamni payğambar etib tanlamaydi, degan qoidani doim esda tutiş lozim. Avval döst tutadi, keyin döstiga nabiylik, rasullik – payğambarlik maqomini beradi, deb tuşuniş töğriroqdir. Alloh odamlar orasidan birovini avval payğambar etib saylab, keyin uni öziga döst qilib oladi, deb tuşuniş mantiqqa xilof.
Yuqoridagi sanoqqa eʼtibor berilsa, hamma avliyo ham söfiy yoki mömin bölmas ekan, degan bir maʼnoni ham anglaş mumkin. Haqiqatda, avliyosifat kişilar, özida valiylik belgilarini körsatgan odamlar boşqa dinlarda ham bölgan va ajabmaski, hozirda ham bor.
Alloh boşqa dindagi odamlarga nega bu maqomni berişi töğrisida söz oçişimiz mumkin, biroq bu borada hukm çiqarişga haqli emasmiz. Çunki inson Alloh qilgan va qilayotgan işlarning hikmatini bilişdan ojiz.
Biz boşqa dindagilarga yo dinida sobit bölmaganlarga bu maqom berilişini Allohning sinovi, imtihoni deb tuşunişimiz töğriroq böladi. Yanayam, Alloh bilgiç!
Avliyolarning köp sifatlaridan ahamiyatlisi, yanayam aniqroq aytadigan bölsak, xalq nazarida ahamiyatliroği, ularning Allohga döst va hayotda oddiy odamlar körmagan va bilmagan narsalarni ham ğayrişuuriy köriş va biliş, karomat sodir eta oliş qudratiga ega ekanligidir.
Holbuki, asl avliyolarning özi köpinça bu xislatini oşkor etmaslikka urinadi.
Karomatini oşkor körsatiş juda zarur bölgan holatlardagina mumkindir.
Söfiyona istilohlardan xabari oz bölgan kişilar uçun tuşuntirib ötamiz: payğambarlar Allohning dösti, habibi ham elçisidir, ular elçilik orqali xalqqa bildirişi lozim bölgan Allohning sözi va buyruqlariga vahiy deyiladi. Vahiyni payğambarlarga Jabroil alayhissalom yetkazadi. Payğambarlarga Allohdan möjiza körsatiş qudrati berilgan. Möjiza bugungi oddiy tasavvurdagi kabi aql işonişi qiyin bölgan narsa yoki hodisagina emasdir. Aksinça, möjiza sababsiz yuzaga çiqadigan voqelikdir. Alloh taoloning irodasi bilan hazrati Muso isroil ahlini firʼavn zulmidan qutqarib olib kelayotganda dengizning yorilib, qoçqinlarga yöl berişi, keyin yopilib, Firʼavn askarlarini halok qilişi şunday möjiza edi. Bu möjizaning dunyoviy – fizikaviy sababi yöq va bölişi ham mumkin emas, ilohiy sababi esa Allohning öz payğambariga yordam körsatiş maqsadida şunga izn bergani.
Avliyolar Allohning dösti, xudo suygan bandalar, ular payğambarlarning gaplarini tasdiqlovçi, Allohning dinini yer yuzida yoyuvçilardir. Masalan, hazrati Zangi ota Daşti Qipçoq çöllarini kezib, xudosiz kofirlarni islomga daʼvat etardi, Daşti Qipçoqda hukm surgan şoh va sarkarda Özbekxon va uning aʼyonlari, xalqi şu zotning şarofati bilan islomga kirgan.
Alloh öz döstlariga – avliyoullohga – zimmasidagi vazifani bajarişda yordam bölsin deb karomat sifatini beradi. Karomatda möjizaga öxşaş jihatlar bor, biroq u tom maʼnodagi möjiza emas. Ayrim avliyolar oqayotgan daryoni töxtatgani, suvni teskari oqizgani, muridlarga ğoyibdan yordam bergani kabi rivoyatlar köp naql qilingan. Bularni xalq möjiza sifatida qabul qiladi. Biroq avliyoning möjizasini öz qudrati bilan sodir etdi, deb tuşunilmaydi. Avliyo körsatadigan möjiza ham Allohning izni bilan yuz beradi. Lekin ularning miqyosi, darajasi, kölami payğambarlar körsatadigan möjizadan har doim kiçik va quvvatsiz böladi. Payğambarlarning möjizasi bir qavmga körsatilsa ham, mohiyati jamiki ummatga, inson zotiga taalluqli böladi. Avliyolarning möjizasi esa öşa qavmning özi bilan çeklanadi. U ummatning hayotiga daxl qilmaydi.
Avliyolarning tariqati – yölini boşqa bir istiloh bilan suluk, şu yölga kirgan kişini solik deydilar. Ayrim soliklar riyozatni öziga kasb qilib olgani uçun dunyo havasidan keçib, darveşlik qilib yuradi. Bunday amali solih soliklarga Alloh tarafidan ilhom beriladi, ular ilhom orqali ğaybdan xabardor bölişi mumkin. Darveşlarning ilhomi bugun avom xalq tuşunadigan şoir, yozuvçi va boşqa sanʼatkorlar köp takrorlaydigan ilhom emasdir, garçi, bularda öxşaşlik taraflar bölsa ham. Bunday darveşlar ilhom orqali ğayb sirlarining ayrimlarini bilişi, ayrim hollarda hatto karomat körsata olişi ham mumkin. Lekin darveşlarning karomati oz, ilhomi köp bölişiga eʼtibor qiliş darkor.
Payğambarda vahiy, karomat va ilhom jo-bajo böladi. Avliyoda karomat va ilhom böladi. Yuqorida aytganimizday, ayrim soliklarda ilhom bilan birga karomat sifatlari ham kuzatilişi mumkin, öşanda bunday soliklar ğuluvga ketmasligi uçun pirning etagidan mahkam uşlaydi. Çunki inson zoti ojiz maxluq. Ilhom tufayli yetişgan darajasidan ğururlanişi, avval atrofdagilarni, keyin ustozlarni, keyin hatto payğambarlarni tan olmay qöyişi mumkin. Şu boisdan deyarli barça tariqatlarda murid tutiş uçun pirning ruxsati şart etib qöyilgan. Solik yöl boşida ekan, pirning nazaridan mutlaqo çetga çiqişi mumkin emas.
Naql qilinişiça, Xojayi Buzurg Bahouddin Naqşband hali oddiy solik ekanida bir kuni piri murşidi Amir Kulolnikiga borayotgan edi. Yölda u zotga Xizr alayhissalom yöliqadi, biroq Xojayi Buzurg Xizr alayhissalomning suhbatidan qoçadi. Keyin Amir Kulol nega bunday qilding, deb söraganida: “Men sizning suhbatingizga kelayotuvdim”, – deb javob bergan ekanlar. Tariqatda ustozning maqomi şunçalik uluğdir.
Baʼzi manbalarda, xususan, Sadriddin Salim Buxoriyning “Dilda yor” kitobida “Ğiyos ul-luğot”ga tayanib taʼkidlanişiça, “Laduniy ilm uçga bölinadi: vahiy, ilhom va farosat (intuitsiya). Vahiy payğambarlarga, ilhom avliyolarga, farosat orqali biliş esa söfiylarga Allohning izni (ruxsati) bilan beriladi”.
Bizningça, ilmi holning botini bölgan bu tuşunçalarni bunday tasniflaş töğri emas. Xossatan, payğambarlarda vahiy ham, karomat ham, ilhom va farosat ham jamuljam, avliyolarda esa vahiydan bölak hammasi mavjud. Farosat esa çin möminlarning xislati bölib, uni faqat söfiylarga xoslab qöyiş töğri bölmasligini oddiy mantiq ham isbotlaydi. Binobarin, ilmi laduniyning bir bölagi bölgan ilhom söfiylarga xosdir, deganimiz haqiqatga yaqinroqdir. Farosat esa jami möminga tegişlidir.
Qolaversa, falon eski kitobda şunday yozilgan, deb turib oliş ham yaxşi odat emas. Hatto, bu kitob “Ğiyos ul-luğot” kabi mötabar manba bölsa ham. Dalillarni mantiq ipiga tizib, fikrlab köriş kifoya.
Söfiylik va söfiylar
Söfiylar degan kalima – söz maʼnosida juda köp gapiriş va yoziş mumkin. Çunki ilm-fanda söfiy atamasini turli maʼnoda tuşuniş va tuşuntiriş hollari uçraydi. Jumladan, zamonamizning buyuk allomalaridan biri, marhum şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari “Tasavvuf haqida tasavvur” kitobida tasavvufning taʼriflarini qiyosiy örganib çiqib, ularning hammasi ruhiy tarbiya bilan boğliqligini qayd etgan va tasavvuf – ruhiy tarbiyadir, deb tayin etgan edi.
Bizning fikrimizça, mavjud taʼriflarning hammasiga birday taalluqli mazmun şuki, bandani ötkinçi hayotda boqiy Yaratguvçiga yaqinlaştiradi deb hisoblangan biron yöl – tariqatga kirgan yo ergaşgan kişi söfiy deyiladi.
Şuningdek, bugungi zamon kişisi tariqatlar qatorida islom diniga töla muvofiq keladiganlaridan tortib, nafaqat islomga, umuman, har qanday kitobiy dinga zid keladiganlari ham borligini bilib qöyişi zarur. Lekin mötabar islomiy manbalarda aksariyat hollarda söfiy deyilganda, islomga muvofiq tariqatlarga ergaşadigan kişilar tuşuniladi. Xususan, bizning yurtimizda köproq kubroviya, yassaviya, naqşbandiya va qisman mavlaviyya tariqatlariga ergaşgan va şu tariqatlarda belgilab qöyilgan tartib-qoidalarga qatʼiy amal qilgan kişilar tuşunilgan.
Bulardan oldingi islomiy tariqatlarga ergaşganlarga nisbatan ham söfiy kalimasi işlatiladi.
Özini tariqatdaman, deb daʼvo qilsa-da, biroq islomni butunlay yoki qisman inkor qiladigan yoki uning ayrim qonun-qoidalarini tan olmaydigan yoki qisman tan oladigan kişini biz söfiy deb aytişimiz, unga nisbatan bu atamani işlatişimiz töğri bölmaydi.
Tasavvuf tarixini maxsus örgangan ayrim mutasavvif allomalar özini tasavvufdaman deb daʼvo qiluvçi, aslida esa islomdan uzoq, yo judayam uzoqlaşib ketgan, hatto uning asosiy ruknlarini inkor etiş darajasigaça borgan tariqatlarni sanab ötganlar. Ularning aksariyati tasavvuf tariqatlarini ön ikki guruhga bölib, şundan faqat sunniya – ahli sunna val jamoa eʼtiqodiga har taraflama töğri keladiganlarinigina çin tariqat deb ataydilar, qolgan ön bittasi esa islomdan çekingani bittama-bitta isbotlanadi. Bunga dalillar keltiriladi. Jumladan, çiroyli erkak va ayollarga tikilişni halol sanaş, bulardagi chiroyni Allohning tajalliysi deb tuşunişga asoslangan hululiya; samo va raqs paytida trans holatiga tuşgan vaqtda şariatga eʼtibor bermaslikni ayb sanamaydigan holiya; valiylik darajasiga yetgan kişilar uçun şariatga böysuniş şart emas, deb hisoblovçi avliyoiya; banda Allohning huzuriga erişsa, namoz, röza, zakot va boşqa ibodatlar uning zimmasidan soqit böladi, deb sanaydigan habibiya; odam özini gunohdan qaytarişga qodir emas, musulmonlarning mol va joni boşqalarga halol, deb hisoblaydigan ibohiya; Qurʼon öqiş va şarʼiy ilmlar örganiş örniga turli faylasuflarning, şoirlarning kitobini öqib, şulardan haqiqatni topyapmiz, Qurʼon bizga haqiqiy ilmga yetişda parda – tösiq bölib qolyapti, deb biladigan ilhomiya kabi tariqatlarga ergaşganlarning bari adaşganlar qavmidandir. Buni ularning eʼtiqodiga asos bölgan tuşunçalar ham körsatib turibdi.
Şuningdek, pirining ilmi yetişmagani yoki könglida dunyo havasi ğolib kelgani uçun soddadil musulmonlarni aldab, riyokorlik vositasiga aylanib ketgan tariqatlar ham tarixda bölgan. Xayriyatki, ularning köpi uzoq yaşamagan. Biroq şundaylarning kasriga omma orasida tasavvuf borasida notöğri fikr şakllanişiga zamin paydo bölgan. Va yana şuningdek, tariqatining özi töğri yönalişda bölsa ham, şayxining könglida dunyo havasi ustunlik qilgan qavmlar ham uçraydi. Bunday şayxning riyosi sababli unga bilmay ergaşgan muridlar ham gunohkor bölib qoladi. Soxta şayx va zohidlar masalasi har doim dolzarb bölib kelganidan ham bilişimiz mumkinki, bu faqat bugungi kunninggina oğriqli dardi emas.
Karomat ahli
Yana asosiy mavzumizga qaytsak.
Bizning tuşunçamizdagi söfiy islomga qatʼiy amal qilgan, pirining silsiladagi ildizi hazrati payğambarimiz Muhammad Mustafo sallollohu alayhi vasallamga borib boğlanuvçi tariqat yölidan boradigan kişilar hisoblanadi. Aniqroği, şunday tuşuniş özini söfiyman deb yurgan turli tabaqadagi köpsonli kişilar orasidan haqiqiy söfiylarni ajratib olişning imkonini beradi.
Men söfiyman, deyiş bilan kişi söfiy bölib qolmaydi. Men tariqatning piri murşidiman, degan odamning etagidan tutib, uning aytganlarini qilib yurganlarni ham dafʼatan söfiy deb bölmaydi. Tasavvufga oid ikki-uç kitobni öqib, şulardan özining fahmi yetgança xulosa çiqargan kişi ham söfiy bölib qolmaydi.
Özini söfiyman deb aytgan odamning yuriş-turişiga, qilayotgan amallariga, pirining sulukda qançalik sobit va solih ekaniga, öqigan kitoblarining asl tasavvufga qançalik aloqador ekaniga va hokazo köp jihatlarga qaraladi. Şularning barida söfiylik şartlariga javob berişi topilsa, söfiy deb aytiş mumkin. Aks holda, bunday kişini, nari borsa, mutasavvif – tasavvufga aloqador kişi, deb qöya qoliş lozim.
Çin söfiy bölişning birinçi şarti tariqatni davom ettirayotgan pirga murid tuşmoqlik va tariqatning içki tartib-qoidalarini bajarmoqlik hisoblanadi.
Şuningdek, yuqorida atay taʼkidlab ötganimizdek, tariqatlar sirasida islomga butunlay yoki qisman töğri kelmaydiganlari ham borki, bunday tariqat yöliga kirgan kişini ham söfiy deb aytiş noörin. Garçi, bunda ayb söfiylikka daʼvogar kişidan köra, unga pirlik daʼvo qilgan va izdoşlarini şu yölga boşlagan kişida köproq bölsa ham.
Hayotda baʼzan söfiylikni daʼvo qilib yurgan kişilarni köp uçratamiz. Şunday holatda ularning ustozi – piri murşidining holiga nazar qiliş lozim böladi. Agar, pir tasavvufni dunyo molini qölga kiritiş uçun vosita qilib olgan riyokor ekanini bilsak, bunday tariqatdan ham, uning rahnamosi-yu muridlaridan ham urra qoçiş darkor. Yo, buning aksi – dunyodan yuz ögirgan va özini piri murşid deb eʼlon qilgan odamni körsak va uning harakatlarida dunyo şuhratini topişga intiliş borligini topsak, bunday odamdan ham, uning sulukidan ham çetlaniş lozim.
Yana “Maqomot”ga qaytadigan bölsak, möminlar ham sanalgaç, “karomat ahlidan bölib, ularga tobelik qilganlarning hammasi” tilga olinadi.
Bizning sözlarga köproq eʼtibor qaratayotganimiz ayrim öquvçilarga malol kelayotgan bölsa, uzr söraymiz, lekin bugungi zamonda köpçilik yurtdoşlarimiz bu kalimalarning maʼnosini yaxşi tuşunmasligini eʼtiborga olib, şunday qilişga majbur bölmoqdamiz. Eski zamonlarda bitilgan matnlarni tuşuniş uçun sözlarning bugungi kunda qanday maʼno taşişini bilişdan taşqari, öşa zamonlarda şu maʼnolarning ahamiyati qay darajada bölganini ham eʼtiborga oliş lozim. Xususan, “Maqomot” yozilgan zamonlarda şu risolani öqişi taxmin qilingan auditoriyaning talabi birinçi örinda tutilganini esda tutiş kerak.
Aslini olganda, hozir ham har qanday muallif öz asarini muayyan öquvçilar guruhi yo tabaqasini, ularning bilim va dunyoqaraş darajasini közda tutib yozişi maʼlum. Mening yozganlarimni faqat kelajak avlod tuşunadi va haqqoniy bahosini beradi, deb daʼvo qiliş, agar kibrga beriliş bölmasa, kamida, soddalikdir. Tuşuniş jarayoni bir qadar çözilişi mumkin, xolos. Çunki baʼzida auditoriya yangi asarni qabul qilişga maʼnan tayyor bölmasligi mumkin. Lekin, baribir, jamiyat aʼzolari orasida yangilikni qabul qilişga tayyor yupqagina qatlam mavjud bölişi tabiiy. Şu qatlam mavjud bölmaganda edi, öşa yangi asarning tuğilişi imkonsiz bölardi.
Dunyoni ehtiyoj boşqaradi, degan ijtimoiy qoida allaqaçon öz isbotini topgan.
Tariqatimizning tuzilişi
Şu örinda tariqatga kirgan qavm içidagi içki bölinişlar haqida ham yozib ötsak. Çunki, yuqorida ham bir neça marta taʼkidlab ötganimizdek, tariqatlar, baʼzi dunyoviy ilm sohiblari qayd etgani kabi, faqat diniy-falsafiy oqimgina emasdir.
Yanayam aniqroği, tarixda tasavvufning falsafiy asoslarini işlab çiqişga urinişlar bölgan. Biroq falsafaga tayangan tasavvufda islom dinidan toyiliş holatlari köp uçraydi. Çunki örta asrlar falsafasi öz taraqqiyotiga zamin etib qadimgi yunon mutafakkirlarining qaraşlarini olgan. Tabiiyki, bu qaraşlarning asosida Qurʼon va Sunnatga asoslangan islom ğoyalari emas, dunyoni materialistik tuşunişga uriniş jarayonida tuğilgan metafizika yotar edi. Metafizika deganda qadimgi yunonlar borliq olamdan taşqaridagi hodisalarni tuşungan. Sözning luğaviy va istilohiy maʼnolari yunonçadan tarjima qilinganda fizikadan, yaʼni borliq olamdan taşqaridagi hodisalar deganidir. Qolaversa, unda köpxudolik izlari ham uçraydi. Yana şuningdek, tasavvuf falsafasini keyingi zamon Ğarb olimlari mistika – ğayritabiiy kuçlarga işoniş deb ham tuşuntiradilar. Şu boisdan, falsafiy tasavvuf haqida gapirganda juda ehtiyot böliş darkor. Yanayam yaxşisi, yurtimizdagi tasavvuf haqida gapirganda buni eʼtiborga olmaslik töğri iş böladi. Arab va fors diyorlarida paydo bölgan tasavvuf tariqatlaridan farqli ölaroq, yurtimizdagi tariqatlarning bari Qurʼon va Sunnatga töla mosligi bilan ajralib turadi. Bizning yurtlarda tasavvuf falsafasi unçalik rivoj topmagan. Aksinça, tasavvufning amaliy tomoni – kişini Allohga yaqinlaştiradigan zikr va riyozatga, ruhiy tarbiyaga köproq eʼtibor qaratilgan.
Tasavvufni örganişda falsafani asos qilib oladigan olimlarimizdagi xatoliklarning aksariyati mana şu nozik jihatni eʼtiborda tutmaslik oqibatidir. Şuningdek, yurtimizda yaratilgan adabiy-badiiy asarlarni örganişda islomdan taşqariga çiqadigan falsafiy ğoyalar qidiriş ham natijasiz bir işdir, deb taʼkidlaş örinli bölar edi.
Tasavvuf istilohini işlatganda bir narsaga juda qattiq eʼtibor qiliş zarur: dunyoda tasavvuf degan yagona hodisa yöq, ruhiy tarbiyani birinçi öringa qöygan tariqatlar – oqimlar bor, xolos. har qaysi tariqat tasavvuf deganda öziga mos tuşunçani birinçi darajaga kötaradi, özigagina xos ruhiy tarbiya usullarini işlab çiqadi.
Tasavvufni faqat kitoblardan, köp hollarda esa falsafa qoidalari asosida örganişga harakat qiladigan “olimlar” nazdidagina tasavvuf yagona hodisadir. bu esa yangliş tuşunça bölib, biz hali bu masalaga köp qaytamiz.
Söfiylar qavmining içki tuzilişi
Tariqat boşida piri murşid turadi. Murşid deyilganda tariqat asosçisidan yoki öz piridan irşod xati olgan rahnamo tuşuniladi. Irşod sözi ruşd sözidan yasalgan bölib, u töğri yöl topiş, töğri yölga tuşiş, yetiliş, yetuklik kabi maʼnolarni, islomiy nuqtayi nazarda esa, Allohning töğri yöliga tuşiş maʼnosini bildiradi. Pir öz xalifasi – yordamçisining bilimi va qobiliyati, salohiyati, eʼtiqodining mustahkamligiga işonç hosil qilgaç, unga oğzaki yo yozma tartibda irşod beradi, yaʼni uning töğri yölda ekanini guvohlar yonida tasdiqlaydi, muridlariga özidan keyin şu xalifasiga böysunişni tavsiya qiladi.
Pirga xalifalik qilmagan bölsa ham, uning yonida tarbiya olgan, keyin boşqa yerga ketib, öşa yerda halqa töplagan, qavm aʼzolarini töğri yölga daʼvat qilib turadigan yetuk söfiylarga ham pir tomonidan irşod xati berilişi mumkin. Irşod berişga haqli pir – piri murşid, tariqat boşliği sanaladi.
Şuningdek, biron tariqatga mansub, biroq öz piridan uzoqda istiqomat qiladigan qavmning öz rahnamosi bölişi mumkin, qavm aʼzolari şu boşliğini ham odatga binoan özlariga pir deb qabul etişadi. Lekin hamma pirlar ham piri murşid böla olmaydi. Baʼzida, tariqat aʼzolari orasida juda yuksak obrö-eʼtiborga ega bölgan kişilarga nisbatan uluğlaş maʼnosida piri murşid atamasi qöllanişi mumkin. Biroq bu pir rasman irşod olmagan bölsa, mazkur unvon faqat unvon bölibgina qolaveradi. Bunday pirga bayʼat berilmaydi.
Yana bir holat şuki, baʼzida tariqat yöliga tuşgan kişi, uni sulukka kirgan kişi – solik ham deyiladi, irşodni bevosita emas, bilvosita ham olişi mumkin. Yaʼni, ustoz pir bilan bevosita uçraşmasdan, yaqinlik ruhoniy jihatdan sodir bölsa, deylik tuş köriş yo boşqa biron yösinda muloqot sodir bölsa, ustoz-şogirdlik maʼnaviy jihatdan yuz berdi, pirning ustozligi uvaysiydir deb tuşuniladi. Xojayi Buzurg Bahouddin Naqşband hazratlarining Xoja Abduxoliq Ğijduvoniy hazratlaridan saboq olişi tuş köriş vositasida bölgan. Vaqti yetganida, biz uşbu hodisa rivoyatini batafsil tahlil va tavsif etamiz, şarhlaymiz.
Kiçik xulosa
Mazkur kitob, garçi, unda Bahouddin Naqşband hazratlarining hayot yöli imkoni boriça batafsil yoritib berilgan bölsa ham, biz bugun tuşunadigan maʼnodagi ilmiy-ommabop biografiya emas. Çunki unda ilmiy asoslangan, manbasi aniq körsatilgan maʼlumotlardan köra, eşitilgan, kitoblardan öqib olingan maʼlumotlar köproq keltiriladi. Xususan, kitob örta asrlar yozma adabiyotiga xos yösinda biroz mubolağali tasvir usulida bitilgan. Unda rivoyatnamo gaplar köp. Tafsilotlarning ham hammasiga birday işoniş qiyin. Bölib ötgan voqealar tasvirida oşirib-toşirib yoziş uçragani uçun bugungi öquvçilarning aksariyati uni töliq haqiqat sifatida qabul qilolmaydi. Biroq unda haqiqat moyasi mavjudligini tan olişimiz lozim. Çunki öşa zamonda kitoblar şu yösinda bitilgan. Muallifdan bugungiday yozişni talab qilişga haqqimiz yöq. Qolaversa, bugungi öquvçi mubolağa deb tuşunadigan köpgina örinlar, tafsilotlar va xulosalar, aslida, Hazrati Xojaning hayoti bilan boğliq ekani eʼtiborga olinsa, unda bugungi öquvçi kutadigan real voqelik emas, aynan real voqelikda ğaroyibot deb tuşuniladigan karomat tasvir etilganini doimo yodda tutişimiz lozim. Karomat esa juda köp hollarda ratsional aql qabul qiladigan mantiqqa muvofiq kelmaydi.
Şu boisdan biz kitobni öqiş jarayonida undagi haqiqatni rivoyatdan ajratib olişga örganişimiz zarur. Bizning ayni bitiklarimiz ham ayni şu maqsadni közlab qoğozga tuşirildi.
Musulmon NAMOZ
1962-yili tuğilgan.
Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ning özbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. Uning bir qator adabiy-tanqidiy maqolalari va “Yulduzlar şamoli”, “Bahouddin Naqşband” kabi kitoblari çop etilgan.
2023/1
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


