13 daqiqada öqiladi

184 marta körilgan

“Nahot iztirobda doim tafakkur?!”

Abdulla Oripov

(Yoş qalbning istak va iztiroblari xususida öylar)

Badiiy tafakkur olamidagi yangilanişlar kölami, köpinça, navqiron adabiy avlodning mavjud milliy-ijtimoiy voqelikka qay darajada yangiça nazar bilan yondaşişiga boğliq böladi. Biroq zamon qiyofasini xolis va işonarli gavdalantiriş, uni barça murakkabliklari bilan anglab yetiş oson keçadigan ijodiy jarayon emas. Ayniqsa, tinib ulgurmagan – harakatdagi zamon va tarixning tub mohiyatini aniqlab olgunça ijodkor maşaqqatli iztiroblarni boşdan keçiradi. Turli-tuman maʼnaviy-içki ikkilanişlar, şubha va gumonsiraşlar girdobida qiynaladi. Juda köp öy va keçinmalarni, fikr va tuşunçalarni qalb közidan qayta-qayta ötkazişga töğri keladi. Aytiş mumkinki, söz dunyosiga endigina qadam ranjida qilgan barça isteʼdodli qalamkaşlar öz maqsadlariga azobli va sirli söqmoqlardan yurib erişadilar. Darvoqe, öz haqiqatini qiynalib-qiynalib topiş isteʼdodning boş belgisidir. Zero, çinakam isteʼdodgina hayot haqida uzundan-uzoq va azobli öylar suradi. Tayyor hukm va xulosalardan ongli ravişda voz keçib, dunyomizga tegişli ming yillik maʼlum haqiqatlarni ham özi uçun va biz uçun boşqatdan kaşf etadi. Ha, çinakam isteʼdod nafaqat nomaʼlum, balki maʼlum narsalarni ham qaytadan, betakror bir usullarda kaşf etadi. Bu – isteʼdodning tabiati. Insonni va dunyoni tinimsiz tuşunişga intiliş orqali ijodkor özligini – öz haqiqatini izlab topadi… Özbek şoirlarining 60-yillar avlodi ham keyinçalik milliy estetik fikr taraqqiyotida alohida bosqiç sifatida tan olingan öziga xos badiiy haqiqatlarini ana şunday behalovat izlanişlar oqimida şakllantirganlar…

Har bir adabiy avlodning nafaqat sof badiiy yangiliklari, balki jamiyat maʼnaviyatiga, mavjud ijtimoiy munosabatlarga yangiça yondaşuvlari ham tösatdan paydo bölmaydi, albatta. Uşbu qaraş va xulosalar öziga xos tuğiliş va rivojlaniş bosqiçlariga ega böladi. Xuddi mana şu jarayonni izçil tekşiriş tufayli muayyan avlod maʼnaviy-poetik faoliyatining tadrijiyligini, umuman, badiiy ijod sirlarini oçiş birmunça yengillaşadi.

Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Rauf Parfi, Çölpon Ergaş, Omon Matjon, Jamol Kamol, Muhammad Ali kabi zabardast şoirlarimiz ilk lirikasiga nazar taşlar ekanmiz, öşa tadrijiylikning betakror bir körinişlarda namoyon bölganini kuzatamiz. Yoş şoirlar ming bir qiyinçilik bilan öz zamonlarining çin yuzini kaşf etib boradilar. Oldingi adabiy avlodlardan farqli ravişda, ular gunohkor zamona vijdonidagi ulkan doğlarni navqiron bir kuyunçaklik va jasorat bilan dunyoga maʼlum qiladilar. Lekin ğamzada ustozlarni va barça zamondoşlarni hayratga solgan, butun milliy maʼnaviyatimizda jiddiy buriliş yasagan favqulodda poetik-axloqiy yeçimga, adabiy inkorga yoş şoirlar birdaniga kelmagandilar. Zotan, bunday xulosalarga, odatda, tösatdan erişiş amrimahol. Agar 60-yillar şoirlar avlodining dastlabki qalam tajribalarini sinçkovlik bilan közdan keçirsak, bu jarayon yoniq maʼnaviy iztiroblar içra röy berganiga işonç hosil qilamiz.

Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Rauf Parfining nafaqat 70-80-yillardagi, hatto 60-yillardagi şeʼriy isyonlari ham dafʼatan paydo bölmagan. Ijtimoiy olamdagi singari, sanʼat olamida ham tub özgarişlar evolyutsion tarzda keçadi. Biroq badiiy olam tadrijiy takomilga köproq moyildir. Jamiyatda sunʼiy surʼatda bölsa ham, inqilobiy sakraşlar amalga oşirilaveradi. Badiiy tafakkurda esa tösatdan inqilobiy buriliş yoki töntarişlar yasaşni aql bovar qilmaydi. Sanʼatning tabiati nogahoniy inqiloblarni kötarmaydi. Badiiy fikr olamida özgarişlar, xuddi ona tabiatda fasllar almaşganiday, bir yösinda röy beradi. Ijtimoiy-falsafiy va ilmiy ğoyalardan, xulosalardan köra badiiy tafakkur abadiyatini, sanʼat haqiqatlarining barhayotligini xuddi ana şu öziga xoslik belgilaydi. Bu örinda uşbu avlodning 60-yillarning boşlarida bitilgan maşhur va alamli xitoblaridan atigi bittasini eslaylik:

Sen beşik emassan, dorsan, tabiat,

Sen ona emassan, jallodsan, dunyo.

(Abdulla Oripov. Yillar armoni. 1964-yil) 

Har bir söziga çöng dard, dillarni örtaydigan oğriq singigan bu misralar yoş qalbning şunçaki faryodi emas. Zero, çin va sami­miy lirikada ötkinçi, “şunçaki” heç narsa bölmaydi. Va oddiy­gina qilib, “men”ning qalb holati çuqur ifodalangan, deyiş bilan ham, uşbu baytning mağzini çaqiş, barça fikriy-hissiy qirralarini qamrab oliş qiyin. Çunki mazkur misralarda mual­lifning ijtimoiy, siyosiy, adabiy qaraşlari, hayotiy mavqeyi, xul­las, estetik dunyoqaraşi yorqin aks etgan. Bunday kölamdor va tag­dor şeʼriy hukmlar esa dunyoning omonsiz yuzi bilan har kuni yuzma-yuz kela biladigan mardona qalbning uzluksiz tajribalari zamiridagina tuğiladi. Şunday şafqatsiz yeçimga keliş, tabiiy­ki, yoş şoir uçun osonmas. Demak, şungaça nimalardir bölişi ke­rak… Aldanişlar, azoblar, iztiroblar, alamlar, armonlar… Axir, dunyoni butu­niça sevişdan uni laʼnatlaşga ötiş maʼnaviyatdagi inqilobiy özgarişdan darak beradi. Lekin ana şu ötiş va özgariş jarayon­lariga, ularning estetik tahliliga, ilmiy-nazariy tajribada, negadir, yetarli darajada eʼtibor qaratilmaydi.

Muayyan bir ijodkor yoki adabiy hodisaga munosabat bildir­ganda, odatda, eng yorqin poetik ğoya va obrazlardan kelib çiqib fikr yuritiladi. Bu, umuman, töğri, albatta. Biroq öşa badiiy obraz va poetik xulosalarning tuğiliş, şakllaniş tafsilotlarini köpinça diqqat-eʼtibordan soqit qiliş estetik tafakkur olamidagi rang-baranglik va betakrorlikni köngildagiday yoritişga imkon bermaydi. Aslida, har bir isteʼdodli şoirning mengzarsizligi, benazirligi uning gözal taşbih va söz yöllarida, ölmas obraz va ğoyalarida qançalik namoyon bölsa, öşa poetik ifoda va haqiqatlarni kaşf etiş, öylab topiş, izlaş-izlaniş jarayonida ham ijodiy öziga xoslik qirralari şunçalar börtib körinadi. 60-yillar şoirlar avlodining ilk adabiy tajribalari uşbu qanoatni yanada mustahkamlaydi.

Yarim asr – oltmiş yil burun qoğozga tuşgan va abadiyatga yuz tutgan beğubor yoşlik hayajonlariga köngil közi bilan qarasangiz, avlodning maʼnaviy tarjimayi holini yaqqol ifodalaydigan taʼsirçan qalb manzaralarini uçratasiz. Ösmirona va murğak xayollardan, ğoyat şirin va romantik orzulardan aççiq va taxir hayotiy taassurotlarga, yoniq armonlarga ötiş lahzalari sizni entiktiradi. Avlodning sirli va mungli qalb tarixçasini hassoslik bilan öqirkansiz, bir narsaga çin dildan işonasiz − dunyoga sevgi töla yurakdan “Sen ona emassan, jallodsan, dunyo!” nidosi otilib çiqqunça u qançadan-qança iztiroblarda yonişi kerak ekan. Yoş lirik “men” dunyoni tuşuna borib, “Nahotki, dunyoda şunça ğam bordir?!..” taajjubiga kelgunça, uşbu şafqatsiz va javobsiz söroqqa yetişgunga qadar ozmunça yoşlik hayratlari bilan xayrlaşişi şart, deysizmi?!

Qaydasan, men seni unutgim kelmas,

Umr yöllarimning totli damlari?

(Abdulla Oripov. Yillar armoni)

Yoki yangi lirik qahramonning 60-yillar örtalaridayoq öz avloddoşlari va umuman, zamondoşlari oldida köndalang qöygan faustona öyçan, falsafiy hamda fojiaviy savolini esga olaylik:

Qonlar oqmoqdadir, sönmoqdadur nur,

Turibsan-ku davr bilan betma-bet,

Nahot iztirobda doim tafakkur?!

(Rauf Parfi. Sabr daraxti)

Rauf Parfining lirik “men”i singari, Abdulla Oripovning yoş lirik qahramoni ham mana şunday ziddiyatli keçinmalar va tazodli tuyğular girdobida qiynaladi. Şafqatsiz ijtimoiy voqelikning murakkab savollariga javob izlaydi:

Nahotki dunyoda haqsizlik mangu,

Nahotki odamzod qilingandir oq?!

Nahot öşa Freyd haq bölsa, yohu,

Nahot qotil bölsa, ösib çaqaloq?!

(Abdulla Oripov. Yillar armoni)

Bu dardçil va behad iztirobli nido şoir köngilning, ehtimol, eng sönggi hayratidir. Avlodning dunyo haqidagi romantik va zangori tasavvurlari özgarib, mana şu sönggi hayratga oşno tutiniş, yaʼni yoş qalamkaşlar qalbidagi beğubor işonç va orzularning çil-çil siniş holatlari, yoşlik xayollari bilan armonli xayrlaşiş lahzalari öşa davrdagi qator badiiy namunalarda yorqin iz qoldirgan. Öşa yillarda bir qadar şikasta ruh bilan yöğrilgan, ğoyat samimiy uslubda bitilgan hasratnişin misralar bu kun ham dillarni titratadi:

Har narsa sof edi, har narsa porloq,

Göyo gözallikdan iborat olam.

Ölimni öylardim yurakdan, biroq

Birovdan ötganda zarraça alam.

(Rauf Parfi. Sabr daraxti)

Eʼtirof etiş kerak, “Har narsa sof edi, har narsa porloq, Göyo gözallikdan iborat olam” bilan osonlikça vidolaşiş oğir, judayam qiyin. Ayniqsa, buyuk isteʼdodlar qalbida bu abadiy ayriliq tuzalmas, jarohatli izlar qoldiradi. Har narsasi sof va porloq, xuddi gözallikdan yaralganday tuyilgan dunyo soğinçi ularni birzum hol-joniga qöymaydi. Yoş va erka köngil umrining onaday mehribon, onaday aziz, qadrdon yillari sari tinimsiz talpinaveradi:

 

Enagamiz tunda oy-u kunduzi quyoş,

Quyundayin çarx urardik doim tözonda,

Çang neligin bilmas edik öşa mahali.

Onamizni öylar edik inson deganda,

Ammo ona tanholigin bilmasdik hali…

(Abdulla Oripov. Yillar armoni).

Insonning va dunyoning yovuz mohiyatini, beşafqatligini tuşuna borib, xususan, bu keng va çeksiz oçunning isteʼdodlarni siğdirmasligini, sofdil va bokira qalblarga ögayligini çuqur anglagan sayin himoyasiz va yolğiz “men” panoh izlab, umrining “ötgan kunlari”ga çekinadi. Va “Asta varaqlayman ötgan kunlarni, Gözal kitobimdir qadah lolagun. Kelar bolalikning aziz unlari, Aziz jöralarim, qaydasiz bugun?” deya qisqagina hayotining bearmon va beğubor, betaşviş çoğlarini ğamgin söroqlaydi…

Dunyoning Ona emasligini, olamning nopok va norasoligini, insonning nurdan yaralgan emasligini biliş, ular haqidagi murğak tasavvurlar bari sarob ekaniga könikiş çinakam şoir uçun mislsiz fojiadir. Va bu fojiaviy, alamli keçinmalar faqat oliy soflikka va musaffolikka moslangan, faqat beğuborlik va poklik andazalaridagina yaşay oladigan taʼsirçan köngillarda, ayniqsa, uzoq vaqt aks sado beradi:

Köz oldimda şu qadarli pok edi olam,

Göyo nurdan yaralgandi inson degan zot.

Ha, onamni öylar edim inson degan dam,

Yöq, maymundan tarqamagan derdim odamzot.

Uşbu aytilganlardan ayon böladiki, adabiyotdagi muhim özgarişning boş sababi inson hamda hayot haqidagi mavjud işonç va tasavvurlarning özgarişiga borib taqaladi. Darvoqe, 60-yillar şoirlar avlodi, xususan, Abdulla Oripovning adabiy taqdiri mazkur estetik haqiqatni yana bir karra tasdiqlaydi.

Asrimiz örtalaridan eʼtiboran badiiy tafakkurimizda röy bera boşlagan jiddiy buriliş, oradan ança-munça vaqt ötganiga qaramay, hamon estetik fikrni qattiq öylantirib va öziga jalb qilib keladi. Özbek adabiyotida dastlab öşa paytda köriniş bergan muhim özgarişlarning badiiy maʼno va mundarijasi, asosan, nimalardan iborat edi? Abdulla Oripov va avloddoşlari şeʼriyatimizga dadil olib kirgan yangiliklarning estetik mohiyatini qaysi xususiyatlar belgilaydi?

Aytiş kerakki, uşbu muammolarni adabiiy tanqid faqat şu keça-kunduzda kötarib çiqayotgani yöq. Munaqqid va adabiyotşunoslarimiz mazkur masalalarga vaqti-vaqti bilan munosabat bildirib kelgan va ularni muayyan zamon zamirida – konkret davr kontekstida yeçişga harakat qilganlar. Aytaylik, ustoz adabiyotşunos olim, professor Ozod Şarafiddinov hali 70-yillarda Abdulla Oripov lirikasi misolida “Uning isteʼdodining öziga xos tomonlari nimada? Uning şeʼriyati qaysi sifatlari bilan kitobxonlarning eʼtibori va muhabbatini qozondi?” (Ozod Şarafiddinov. Hayot bilan hamnafas) kabi asosli savollarni qöygan va ularga javob izlagandi: “Avvalo, şuni aytiş kerakki, Abdulla Oripov yangi özbek şeʼriyatini yaratgani yöq. U şeʼr tuzilişini isloh qilmadi, aksinça, hamma şeʼri anʼanaviy vaznlar asosida tuğilgan. U poetik tafakkurning yangi qonuniyatlarini kaşf etgani yöq. Qolaversa, u ham boşqa yuzlab şoirlar kuylagan narsalar haqida – Vatan, muhabbat, mehnat va inson töğrisida yozadi. Lekin şunga qaramay, uning lirikasi hozirgi özbek şeʼriyatida yangi sahifani taşkil qiladi, çunki u öz mohiyatiga köra novatorona lirikadir. Bu örinda qarama-qarşilik yöq, negaki adabiyotdagi çinakam novatorlik heç qaçon özidan avvalgi adabiy tajribani quruqdan-quruq inkor etişni taqozo qilmaydi. Xuddi, şuningdek, çinakam novatorlik heç qaçon mohir qofiyabozlikdan yoxud şeʼriy ritmikadagi ustakorlikdan taşkil topmaydi” (Ozod Şarafiddinov. Hayot bilan hamnafas). Haqiqatan ham, 60-yillarda özbek şeʼriyatiga öktam va şaxdam qadamlar bilan taşrif buyurgan avlodning badiiy öziga xosligini qanday ilmiy izohlaş kerak? Xususan, Abdulla Oripov lirikasining yorqin va betakror estetik qirralari köproq nimalarda aks etadi?

Adabiyotşunosligimiz uçun hozir ham dolzarb bölgan şu kabi savollarga javob berişni ulkan sanʼatkor va mutafakkir Eduardas Mejelaytisning quyidagi ğoyat teran mulohazalarini eslatişdan boşlamoqçimiz: “Söz sanʼatida “optimizmning tasdiği uçun ikkita yöl bor. Birinçi yöl voqelikni optimistik anglaş va talqin qilişdan iboratdir. Bu eng oson va eng sodda yöldir. Ikkinçisi esa, bu dramatik va hattoki fojiaviy keçinmalar, ğalaba va mağlubiyatlar tasviri orqali optimistik xulosaga olib boradigan yöl hisoblanadi. Ayni ğoyaviy niyatni, maqsadni közlagan ikki xil, hatto bir-biriga qarama-qarşi yöllar. Voqelikni dramatik va fojiaviy keçinmalar vositasida aks ettiriş – demak, oğriq, iztiroblar, ğam-ğussa orqali, kuraş-u şubhalar, umuman, insonga xos va judayam insoniy his-tuyğular orqali inʼikos etişdirki, bu − şoirga ham, har qanday odamga ham yaqin, mahram tuyilişi turgan gap… Şunday poeziyani, nazarimda, kitobxon tuşunadi va qabul qiladi”[1].

Yuqoridagi fikr-mulohazalardan ayon bölyaptiki, bu yerda gap badiiy ijodda hayotni aks ettirişning ikkita xilma-xil yöli, bir-biriga zid prinsiplari töğrisida ketayotir. Agar söz sanʼatining mohiyatini va taqdirini belgilaşda uşbu estetik prinsiplarning neçoğli beqiyos rol öynaşini inobatga olsak, mazkur masalaning qançalar muhim ahamiyat kasb etişini tasavvur qiliş qiyin emas. Darhaqiqat, yetmiş yillik sobiq şöro adabiyotining badiiy-ğoyaviy va poetik-falsafiy inqirozining, öz davrining, asosan, yolğon adabiy hujjatiga va soxta solnomasiga aylanib qolişining boş sabablaridan biri ham pirovard-natijada ijodiy-estetik prinsiplarining nohayotiyligiga − notöğri tanlanişiga borib taqaladi. Xususan, 30–50-yillar sobiq ittifoq xalqlari adabiyotida, E. Mejelaytis taʼkidlab ötgan birinçi yölning − “voqelikni optimistik anglaş va talqin qiliş” yöriğining daxlsiz hukmronlik qilişi (Ikkinçi jahon uruşi davri adabiyoti bundan mustasno) naqadar aççiq va köngilsiz oqibatlarga olib kelgani ilmiy jamoatçilikka yaxşi maʼlum. Konfliktsizlik “nazariyasi” va vulgar sotsiologizm “taʼlimoti” bilan “qurollangan” öşa talqin va inʼikos prinsipi adabiyotning real hayotdan hamda insondan yiroqlaşişiga, umuman, badiiy tafakkurning evrilişiga sabab böldi[2]. Xullas, 20-yillardan eʼtiboran tomir yoya boşlagan voqelikni davlat va mafkura manfaatlariga mos ravişda optimistik inʼikos etiş prinsiplari sobiq ittifoq xalqlari adabiyotida uzoq vaqt yetakçi mavqeni saqlab keldi. Töğri, uşbu talqin yöriği stalinizm davridagi 30–50-yillardagi yakkahokimligini keyinçalik boy bergan esa-da, biroq yovuz imperiya qulagunça, mustabid jamiyat kunpayakun bölgunça − 90-yillarning boşlariga qadar uning söz sanʼatidagi nafasi va soyasi aniq sezilib turdi.

Ijtimoiy voqelikni dramatik va tragik keçinmalar orqali tasvirlaş, yaʼni E. Mejelaytis aytgan ikkinçi va asosiy inʼikos prinsipi sobiq sovet adabiyotida 60-yillardan eʼtiboran kurtak yoza boşlaydi. Nafaqat özbek va qardoş xalqlar adabiyotida, hatto rus adabiyotining özida ham hayotni aks ettirişda yangi badiiy inʼikos prinsipiga ötilişi 60-yillarga taalluqli hodisadir. Va tabiiyki, özbek adabiyotida, jumladan, özbek şeʼriyatida ham “voqelikni optimistik talqin qiliş” tajribasi, uşbu nohayotiy va ğayribadiiy “anʼana”ning hokim adabiy mavqeyi xuddi şu davrga kelib barham topadi hamda badiiy tafakkurda yangi estetik talqin usuli tuğilişiga yöl oçiladi.

Şeʼriyatimizda oltmiş yilça muqaddam röy bergan tub buriliş xususida söz ketganda mana şu yangilaniş mayllarining yuzaga çiqişida ustoz sanʼatkorlarimizning katta xizmatlari borligini ham eslaş joizdir. Ularning jonkuyarligi, fidokorona mehnati va adabiy jasorati kelgusi nasllar uçun betimsol namunadir. Ayniqsa, Oybek, Şayxzoda, Mirtemir kabi ustod şoirlarning armon va hasratlar bilan yöğrilgan sönggi lirikasi milliy badiiy tafakkur özgarişi va uyğonişida hayotbaxş adabiy-maʼnaviy omillardan biri sifatida namoyon böladi. Zulfiya, Asqad Muxtor, Şuhrat, Şukrullo va boşqa atoqli şoirlarimizning 60–70-yillar şeʼriyati, xususan, umummilliy poetik yangilaniş bobidagi izlanişlari, öziga xos badiiy tajribalari tahsinga sazovordir.

Şeʼriyatimiz ustodlarining fidoyi zahmatlarini va nasllarga namuna bölgulik badiiy xizmatlarini zarraça kamaytirmagan holda, şuni alohida taʼkidlaş kerakki, poetik tafakkurimizda 60-yillarda vujudga kelgan ulkan kötariliş va uning taqdiri bevosita öşa paytda şeʼriyat olamiga kirib kelgan navqiron qalamkaşlarning dastlabki ijodiy qadamlari, ilk adabiy töplamlari bilan çambarças boğliq edi. Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Çölpon Ergaş, Omon Matjon, Rauf Parfilar mansub qudratli avlod şeʼr dunyosiga navqiron bir şiddat, faqat yoşlikka, yoş şoirlargagina xos yangi nafas va yangiça nazar bilan qadam ranjida qildilar. Avlodning öz söziga va poetik toleyiga çin dildan işonçi ularning birinçi töplamlari nomida ham ajib bir tarzda aks etgan edi: “Tong nafasi” (Erkin Vohidov), “Mitti yulduz” (Abdulla Oripov), “Karvon yöli” (Rauf Parfi), “Tong yulduzi” (Çölpon Ergaş), “Oçiq derazalar” (Omon Matjon)… Uşbu ramziy imo-işorali va tagmaʼnoli sarlavhalarda yoş şoirlarning poetik kayfiyati, estetik niyat va maqsadlari nozik did hamda mahorat bilan ifodalangandi.

Yaşar Qosim,

filologiya fanlari doktori, professor.

Ozarboyjon Fanlar akademiyasining boş ilmiy xodimi.

 

1955-yili tuğilgan.
Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)­ning Özbek filologiy­asi fakultetini tamomlagan.

 Olim ÖzFA Özbek tili, ada­biyoti va folklori institutida özbek şeʼriyati böyiça ilmiy izlaniş olib borgan.

Bir muddat “Yoşlik” jurna­lida “Adabiy tanqid böli­mi”ni boşqargan. Uning “Meni şeʼr boğiga yetakla­gan kim?”, “Ezgulikka ulangan soğinç”, “Olis iztirob tafti” kabi maqolalari ada­biyot ixlosmandlariga yaxşi taniş.

2024/4

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (147)