Hozir yurtimizda kitob naşri bilan boğliq unça katta muammo yöq, deb öylayman. Buning isboti kitob dökonlaridagi peştaxtalarda turibdi. Qança va nimani öqişimizni ham heç kim çeklayotgani yöq. Baribir heç kim özigaça yaratilgan kitoblarni öqib tugatişga erişmagan. Qaysi davrda yaşamaylik, kitobning köpligi zarar qilmaydi. Lekin naşrga arzigulik kitob muammosi tugamadi. Çunki azaldan yaxşi kitob, yaxşi asarga ehtiyoj bölgan va bölaveradi. Yer yuzida bir hovuç ezgulikka xizmat qiluvçi, tafakkurga turtki böladigan, sanʼatga daxldor kitob va uning yaratuvçilari qolsa ham, şuning özi insoniyatning baxti. Biz aytmoqçi bölgan baxt yana öşa bir hovuç isteʼdodlar qölida. Negaki, inson deganlari, qurğur, teng taqsimlanmagan. Şuning uçun yaxşi kitob, yaxşi asar har kuni bosilavermaydi. Saralab öqişga, maʼnaviy böşliğimizni töldirişga, qolaversa, vaqtimizni tejaşga örganmoğimiz şart. Ayrim “isteʼdod”larning “yaratiq”lari qançalik jimjimador, qançalik katta bölmasin, vaqt öğrisidan boşqa narsa emas. Ayniqsa, bugungi şiddatli taraqqiyot zamonida.
Uzoqqa bormaylik, ötgan bir yil davomida turli naşriyotlar tomonidan bosilgan kitoblar şunçalik köpki, bahona qilişga uyalasan kişi. Ular orasida, yuqorida aytilganidek, haligidaylari ham yetarliça, ammo arziguliklari ham. Ança ilgari “Akademnaşr”da bosilgan Nazar Eşonqulning “MENdan “MEN”gaça” nomli kitobi boşqalar uçun bilmadim, lekin men uçun aynan maʼnaviy ehtiyojni qondira oladigan arzigulik kitob böldi.
“MENdan “MEN”gaça”dagi mulohazalarning ayrimlarini oldinroq gazeta, jurnal sahifalarida, kitoblardagi söngsözlarda öqigan esam-da, yaxlitlangani xursand qildi. Mutolaa jarayonida u kişining nafaqat bugungi adabiyotimizdagi katta isteʼdod sohibi, balki köpçilik munaqqidlardan-da zukkoroq ekanligiga amin böldim. Mazkur kitobda yozuvçining adabiy-tanqidiy, ijtimoiy-falsafiy, ilmiy fikrlari va suhbatlari jamlangan. Bularning barçasi yillar ötib emas, ayni hozir anglaşilişi zarur, öylab körilişi şart, har bir özini tanişga intilayotgan va tanişga qiynalayotgan kitobxon uçun ham, ijodkor uçun ham zarar qilmaydigan mulohazalar, nazarimda.
Kitobning nomlanişidan ramziylik qidirmagan maʼqul. Çunki kitob Nazar akaning özi haqida, “MEN”i haqida. Şu nomda u köpçilik anglamayotgan özlik töğrisida muşohada qiladi. “MEN”ini topolmagan har qanday ijodkor özgaga söz aytişga qodir emas, deb hisoblaydi. Fikrlarini şunçaki emas, ana şunday maqomga erişgan salaflar va bugungi sanʼatdoşlarining asarlari, fikrlari bilan isbotlaydi. “MENni izlab…” bobida hali özi ham izlaniş bosqiçida ekanligi, şu paytgaça bitganlaridan köngli qonmayotganini kamtarlik bilan aytayotgandek göyo. Şuning uçun asarlari xususida “yaratdim” emas, “harakat qildim” jumlasini qöllaydi. Ijodkor özi yaratganlaridan töla qoniqmasa, demak, bu taşnalik kelasi buyuklikning doyasi. Ayrim yoş “ijodkor”larning bitta maqtalgan misrasiga taltayişini yonmasdan söniş deb bilardim. Zero, Nazar aka töğri taʼkidlaganidek, “voqelikni tasvirlaş emas, voqelikni yaratiş qobiliyatdir”.
Birinçi bobning dastlabki qismida adabiy “men”, “şaxs” tuşunçalari xususida bahs yuritiladi. Nazar akaning fikriça, adabiy “men” şakllanmaguniça çinakam adabiyot şakllanmaydi. Şu nuqtai nazardan yaqin ötmiş adabiyotimizga xos şaxssizlik natijasi ölaroq paydo bölgan asarlar, davr adabiyoti tahlil qilinadi. Bugunning ijodkorini, eng avvalo, şaxs bölişga undaladi, bugungi va kelajak adabiyotimiz uçun zarur narsa aniq körsatiladi. “Şaxs özi va tevarak-atrof haqida aniq xulosaga kelgan va şu xulosa asosida eʼtiqodi şakllanib bölgan kimsadir. Bugungi adabiyotimizga ana şu “men” kerak!.. “Men”siz adabiyot quruq ğoyaviy, mafkuraviy libosdan boşqa narsa emas. Adabiy “men”da milliy şaxsning qiyofasi yaratiladi”.
Mustaqillikdan keyingi yillarda adabiyotimizda adabiy “men” tomonidan, serob bölmasa-da, yaxşi asarlar yaratildi. Men ularni sanamoqçi emasman. Bular orasida, şubhasiz, Nazar akaning yaratiqlari ham turibdi. Ular adabiy jamoatçilik tomonidan, kam bölsa-da, eʼtirof etildi, ilmiy işlarga yangi mavzu berdi. Goh Ğarbga taqlid, goh tajriba deb ham talqin qilindi. Qanday talqin qilinganidan qatʼi nazar, yangi adabiyot, yangi milliy adabiy qiyofalar paydo böla boşladi. Eng muhimi, adabiyotimizda insonni töğri tahlil qilişga, özlikka yuz burildi. Tanqidçiligimiz oldida turgan galdagi vazifa esa bunday asarlarni yangiça qaraş bilan örganişdir. Ana şunda tanqidçilik ham öz yölini topişiga işoniş mumkin. Ehtimol, şuning uçundir, töğri taʼkidlanayotgani kabi, tanqidçiligimizda hozirça jimlik hukmron. Ijodkor endi voqelikni şunçaki suratga olib, tavsiflaşdan voz keçişni istayotgan ekan, insonning öz “men”i orqali kaşf etişga intilayotgan ekan, tanqidçilik ham sanʼatni qolipli örganişdan, badiiyatni atamalarga moslaştirişdan, asardagi insonni harakati yoki tabiatiga qarab yaxşi-yomonga ajratişdek eski rusumda tikilgan tönidan voz keçişi zarur. Umuman, bugun munaqqid uçun ham Nazar aka aytayotgan “men” kerak. Aks holda, qöpol bölsa ham, tanqidçilikning jimligi soqovlikka aylanişi mumkin.
Sözni nozik tuşunuvçi, haqiqiy sanʼat asaridagi voqelikni, hodisotni, insonni gözallik deb biluvçi ustozlarimizdan biri Qozoqboy Yöldoş yangilanayotgan adabiyotni köngil işi va ijodkorni esa öz könglining taftişçisi hisoblaydi. Bu bilan ijodkor öz köngli-yu dardi bilan ovora tentirab yurgan, keraksiz maşğulot orqasidan umrini ermakka ötkazayotgan bir kimsa emas, balki öz köngli vositasida dunyoni anglaşga intilayotgan şaxs, sanʼatkor, Nazar aka aytayotgani kabi, adabiy “men” haqida gapiradi. Şu örinda munaqqid va ijodkor fikri birlaşayotgandek, nazarimda. Haqiqatan, özini anglab yetmagan “ijodkor”ning aytayotgan sözi ham, harakati ham sözbozlig-u “ötin yoriş”dan boşqa narsa emas.
Nazar aka yangi söz, yangi adabiyot, yangi qiyofalar tarafdori. Şuning uçun ham bu qismdagi fikrlarini şunday yakunlaydi: “Faqat mustahkam “men”gina millat va Vatan uçun bugun va ertaga ham öqiladigan, kuylanadigan, şaraflanadigan söz yarata oladi, köz oldidagi voqelikni ijodkor olami bilan boğlay biladi. Yuzakilikka örgangan tasavvurlarni yorib ötib, özining eʼtiqod, gözallik dunyosini yaratadi. Dard va iztirobdan, insonga bölgan şafqatdan yuzaga kelgan bu ijod dunyosi yangi adabiyotga, yangilanajak adabiyotga xos dunyodir. Yangi dunyoda “men”lar yangilangan sayin söz ham, adabiyot ham, odamlar ham yangilanib boradi”.
Umuman, fikr özi nima? Fikrning inson va jamiyat hayotidagi örni neçoğli? Fikrsizlik natijasi-çi? Bularning barçasiga javob oliş uçun falsafa darsliklarini titişdan köra, Nazar akaning fikrlarini öqiş maʼqulroq tuyildi menga. Mabodo bobning bu qismidagi fikrlarini Nazar aka falsafa luğatida berilgan fikrning uzundan-uzoq taʼrifi bilan boşlaganda, men uçun bu bitik unça qiziq bölmasdi. Ammo muallifning bunday taʼriflarga köp ham ehtiyoji yöq. Fikr töğrisida özining sobit, öziga xos qaraşlari bor. Yöqsa, bu haqda bahs oçmasdi. “Fikr va qalb Yaratgan içimizga solgan ruhning özini namoyon qilişidir. Qalb his etiş va muhabbat orqali namoyon böladi, fikr bilim va bilişga intiliş orqali”, – deydi muallif. Demak, fikrning asosi bilim va unga intiliş ekan, bugun biliş deganda köpçiligimiz nimani tuşunayotganimizni ham aniqlaştirib oliş zarur. Tan olib aytiş kerak, yaqin 15–20 yillik avlod ançagina bilimli yoki bilişga intiladi. Men bular orasiga ayrim bilişni ham, boşqasini ham istamayotganlarini qöşmadim. Ammo afsuski, bilimlilarining hammasi ham fikrlaydigan emas. Ularning bilimi şunçaki axborot yiğindisidan iborat. Söragan narsangizni yili, joyi, hatto qiyofasigaça yoddan aytib bera oladi. Tilimizdagi neologizm bilan aytilsa, tayyor fleşka. Öşa narsa töğrisidagi şaxsiy fikri söralganda esa, köpçiligida javob, nari borsa, yana birinçi aytilganining özi. Men hozirgi avlod duşmani emasman, ular orasida özimning farzandlarim ham bor. Ulardagi imkoniyatlarga havasim keladi. Agar şu avlodning yiğayotgan axborotlari haqida töğri fikrlaş yanayam köproq örgatilsa, hozirgi erişgan yutuqlarimiz va taraqqiyotimiz ikki baravar tezlaşişiga şubha yöq. Çunki bunga eʼtibor siyosat darajasida. Butunlay fikrsizlikdan yoki bir xil fikrdan Xudo asrasin! Bugun ham fikrsizlik inson boşiga qanday balolarni yoğdirayotganini atrofimizda körib turibmiz. “Fikr yöq joyda olomonçilik va johillik köpçiydi”.
Fikrsizlik, bir xil fikrli jamiyatda yaratilgan yaqin ötmiş adabiyoti haqida gapirar ekan, Nazar aka ular qimmatini va adabiyotimizdagi örnini, garçi soliştirib bölmasa-da, Navoiy tafakkuri hamda bu tafakkur hosilasi bilan qarşilantiradi: “Navoiy öz idroki bilan nimaga erişgan bölsa, millatimiz ham Navoiy qiyofasida öşa darajaga yetişdi. Ammo keyinçalik erişilgan çöqqilar unutildi, taşlab ketildi. Buning öz obyektiv va subyektiv sabablari bor. Lekin bizning umummilliy qalbimiz va fikrimiz öşa payti Navoiy darajasida aynan uning qiyofasi orqali yuksalgani bor gap. Bugun agar öşa çöqqiga çiqilsa, bizdan qudratli va maʼrifatli, idrokli va fikrli millat bölmasdi”.
Navoiy tafakkuri va tasavvuri esa, eng avvalo, Navoiy şaxsi va öz davrining buyuk kaşfiyoti edi. Bu tafakkurdan millat bugun ham bahramand bölmoqda, bundan keyin ham şunday davom etişiga şubha yöq. Navoiy dahosiga şubha qila olgan kimsa yoki millat topilganiça yöq. Nazar aka aytmoqçi gap şuki, bugunning ijodkori Navoiy fikriga qöşimça qilolmagani taqdirda, jilla qursin, undan ulgi olmoği, zamoniga moslamoği, agar eplolmasa, jamiyatni çalğitmagani maʼqul.
Nazar akaning kitob, kitob öqiş sanʼati, umuman, mutolaa xususida aytayotgan mulohazalari ham bugun özini nafaqat ziyoli, balki inson deb hisoblaydigan har birimiz uçun qimmatli. Kitobga qançalik taʼrif berilmasin, u öqilmas ekan, bu taʼriflar özimizni aldaş, quruq gap bölib qolaveradi. Asqad Muxtorning “Tundaliklar”idagi bir fikr öqiganimdan beri tinçlik bermaydi: “Kitobning sotib olingani emas, öqilgani boylik!” Haqiqatan, töğri. Ammo duç kelgan kitob ming marta qayta öqilsa ham, heç narsa bermasligi mumkin. Nazar aka şu xususda gapiradi. Öqilişi zarur, haqiqiy sanʼat durdonalari bölgan kitoblar bilan örtoqlaşadi. Bu röyxat xalq oğzaki ijodidan tortib jahon adabiyotining nodir asarlariga qadar.
Kitobning inson hayoti, millat maʼnaviyatida tutgan örni haqida gapirarkan, şunday yozadi: “…Kitob lazzatida boşqa bir jihat mavjud. Ozodlik beradigan va umuman heç narsa bermaydigan kitoblar bor. Kitob öqiş ham sanʼat. Yaxşi va yomon kitob, rost va yolğon kitob böladi. Mutolaa sanʼatining eng birinçi şarti qaysi kitobni öqişni bilişdir”. Xöş, kitobni tanlab öqiş nimadan boşlanadi yoki bunga kim örgatadi? Ziyolilardan taşqari, bugungi kitobxonni oldi-qoçdi kitoblarga oğdirayotgan sabab nimada? Nazarimda, buning bir neçta bevosita va bilvosita sabablari bor. Kitobni tanlay biliş xususiy bölişidan taşqari, örgatiş, könikma hosil qiliş bilan ham amalga oşadi, menimça.
Biz taʼlimni ham, tarbiyani ham qöşqöllab taʼlim muassasalariga topşirganimizga ança bölganini tan olişimiz kerak. Köpçiligimiz özlaştirişi pasaygan, tarbiyasi özgarayotgan farzandimiz uçun muallimni ayblaşni xuş köramiz. Vazifasini bajarolmayotganidan şikoyat qilamiz. Aslida, özimizniki bölgan farzandimiz uçun butun boşli kunning qança qismini ajratayotganimiz haqida öylab kördikmi? Biz unça-munça odam taniydigan, kitob tanlay oladigan, öziga yaraşa saviyasi bor odamlar oxirgi marta qaçon yaxşi bir kitobni kötarib kelib, kerakli joyini öqib berib namuna böldik? Şu örinda Tohir Malikning “Odamiylik mulki” kitobidagi quyidagi mulohazalarni töliq keltiriş örinli böladi: “Birodarlarimizdan biri maqtandi: “Sinfdoşlarimiz bilan döstligimizni heç buzmaymiz. Har kuni işdan keyin falonçi örtoğimiznikida uçraşamiz, çoy-poy içib, şaxmat-narda öynab, televizor tomoşa qilib, keçqurun baʼzan ön bir-ön ikkigaça ötiramiz…” Albatta, döstlikni uzmaslik kerak, biroq oila bağriga barvaqt boriş undan aʼloroq. Har kuni uyiga keç borsa, bolalari bu vaqtda uxlab qolgan böladi. Tarbiya bilan qaçon şuğullanadi? Nazarimizda, bu birodarlarimiz döstlikni mustahkamlaş haqida notöğri tuşunçaga egalar, oila, farzand tarbiyasi, degan tuşunçadan esa butunlay mahrumlar”.
Köpçiligimiz hozirgi şiddatli davrda, yuqorida aytilgani kabi, döstlikni qöya turaylik, ota-onadan xabar olişga vaqt topolmaymiz. Ana şu joyda Nazar aka aytmoqçi baʼzi anʼanalardan bilib turib voz keçayotganimiz ham maʼlum bölib qoladi. Tarixda galma-galdan xonadonlarda bedilxonlik, navoiyxonlik, maşrabxonlik qilingani hozir ertakka aylandi.
Bolaligimda katta momomning saksondan oşgan dugonasi biznikiga tez-tez mehmonga kelardi. Olib kelgan narsasi – bitta törxaltada uç-törtta kitob va ikkita issiq non. Keç tuşgaç, olib kelgan kitoblaridan birini qölimga tutqazib: “Öqing, eşon, eşitaylik”, – derdi. Kitob öqişni menga topşirganidan xursand bölib, qiroat bilan öqirdim. Bu kitoblar “Ibrohim Adham qissasi”, “Göröğli” turkumidagi dostonlar, “Alpomiş” bölardi. Kitoblar öqib bölingaç, kampir uyiga ketar, oradan bir oylar ötib yana kelar edi. Ayrim kitoblarni ikki qaytadan öqib berganman. Kampir Mustaqillikdan bir yil oldin vafot etdi. Endi öylab körsam, bizni ana öşa kitoblar boğlab turar ekan, qarindoşligi ham kitob bilan ekan. Kampir men uçun anʼananing tirik timsoli bölib qolgan. Birinçi marta kitob öqişni öşa kampir örgatgan edi. Şu anʼanani bugun men davom ettirolmayotganimni tan olaman. Lekin boşqaça yöl tutilgan bizda. Ikkala farzandimga topşiriq berib, hafta oxirida sörayman. Yettita şeʼrni yoddan aytib berişlari kerak. Alohida daftar tutilgan, belgilab boriladi. Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Rauf Parfi, Usmon Azim, Muhammad Yusuf, Şavkat Rahmon, Iqbol Mirzo, Salim Aşur, Faxriyor… Yodlagan şeʼrlarining mohiyatini hali yaxşi tuşunmasliklari menga ayon, lekin qaçondir foydasi bölişiga işonç bor.
Bir muddat taʼlimda işlaganimda şu usulni öquvçilarimda qöllab kördim. Işonsangiz, töqson foizi mendan nafratlandi. Birinçi marta topşiriqni eşitib, hayron bölişdi, göyo şeʼr yodlaş dunyodagi eng muşkul işdan-da muşkulday. Men orqali kitobdan nafratlanib qolişlaridan qörqdim. Ularniyam tuşunsa bölar, aniq fanlarni örganişni maqsad qilişgan. Menimça esa, istagan fanni örganayotgan odam uçun şeʼr öqiş zararli emas edi. Xullas, quyma bölmagani uçun suqma yordam bermadi.
Biz qöllariga farzandlarimizni işonib topşirayotgan muallimlarning köpçiligi kitob öqiş va tanlaşni örgatiş, estetik zavqni uyğotişni köp ham eplayotganlari yöq. Taʼlimdan taşqari yana köplab kerakli-keraksiz vazifalar bilan maşğul. Köpçiligi test, repetitorlik bilan band. Hozir hatto vaqti kelganda ovqatlanib olişga zörğa fursat topilayotgan bir paytda ularning kitob öqişlariga işoniş qiyin. Bevosita vazifasi adabiyotni, kitobni tarğib qiliş, nimani öqiş-u, nimani öqimaslikka undaydiganlari, heç bölmaganda, dasturdagi asarlardan taşqari ham darsda ön daqiqa vaqt ajratib, özlari öqib borayotgan kitoblaridan sözlab berganlarida edi, biror yangi şeʼrni özlari zavqlanib aytib berganlarida edi…
Yaqinda televizorda özbek teatr sanʼatining gigantlaridan biri – Bahodir Yöldoşev bilan qilingan suhbat qayta namoyiş etildi. Suhbatda Bahodir Yöldoşev kitob haqida gapirib: “Yoşlar özlaridan kattalarga taqlid qilib ulğayadi. Biz kitob öqib örnak bölsak, yoşlarning öqimayotgani haqidagi gaplarga çek qöyilişi mumkin. Baʼzi kitoblar sizga özini öqitmaydi. Bunday kitoblar darajasiga özimizni moslaşimiz, qayta-qayta öqişimiz kerak. Şunda ular bizga bağrini oçadi”, – dedi. Qançalik haq gaplar.
Nazar aka bu haqda söz oçib, özining qançalik kitobxon ekanligi bilan maqtanayotgani yöq. Ogohlantiryapti, özlikni anglaşga undayapti, xolos. Qolgani özimizga havola. U şunday yozadi: “Insonning qalbi haqidagi har qanday kitob öqilişga muhtoj, şubhasiz, u inson haqidagi bilimdir. Mazkur bilimdan bebahra yaşaş INSON öz ismini bilmay yaşaşi bilan barobar; bu bilimdan bebahra yaşaş yovuzlik bilan yonma-yon yaşaşdir. Yonida yovuzlik yaşayotgan inson esa bir kuni uning qurboni yoki ijroçisi bölişi tayin. Yaxşi kitob insonga va uning qalbiga şifo beradi”.
Nazar aka aytmoqçi, bir ayolning aldanib qoliş tarixi, zoniyaning boşidan keçirganlari, öğri yoki mafiyaning sarguzaştlari tasvirlangan “asar”lar şaxs darajasiga kötarilolmayotgan, “men”ini anglab yetmagan, fikrsizlikka yuz tutgan, qadriyatlarni toptayotgan, kitobdan yiroq, ijodni biznes libosida körayotgan sözbozlarning bozori çaqqonligi saviyaning pasayib borayotganidan taşqari, yuqorida keltirilayotgan sabablar bilan ham boğliqmasmikin?
Uşbu kitobdagi “Olamlar birlaşgan makon” boş sarlavhasida tilga olingan anʼana va qadriyatlar, ijod zavqi, taraqqiyot va maʼnaviyat töqnaşuvi, Devid Zelserning “Alomat” qissasi tahlili, adabiyot va uning vazifasi, adabiyotşunoslik, jahon adabiyotining buyuk daholari – Dante, Navoiy va Şekspir ijodining qiyosiy tahlili, mifologik tafakkur, Ğarb modernizmi haqidagi qaraşlar bobning uç asosiy ustuni – “adabiy men”, yuksak fikr, kitobga munosabat mavzulari bilan birlaşadi. Bu mavzularda Nazar aka “Men”dan sayohat boşlab, “men”ni izlaydi. Fikrlar orasidan asta-sekin muallifning maʼnaviy qiyofasi oydinlaşib kela boşlaydi: Ğarb-u Şarq adabiyoti bilimdoni, munaqqid, faylasuf, özini va insonni anglayotgan, anglagan ijodkor.
Nazar akaning munaqqidligi haqida ikki oğiz gap: tahlil va talqinlar badiiy asar kabi ravon öqiladi; dalillar matndan taşqarida emas; tilni qiynaydigan atamalar-u tuşunarsiz jumlalar atrofida aylaniş yöq; mulohazalarda adabiyot ilmidan xabari bölmaganlar tuşunişi uçun ham imkon qoldirilgan. Bu sifatlarni özlaştiriş lozim.
“Men” bilan yuzma-yuz” bobida Nazar aka bilan turli yillarda qilingan suhbatlar jamlangan. Umuman, ijodkor bilan qilingan suhbatlar keyinçalik uning kitobida töplangani yaxşi. Şunda ijodkor olami kitobxonda yaxlit taassurot qoldiradi. Yillarning qaraşlarga taʼsiri aniq körinadi. Bundan taşqari, ijodkor bilan töqnaşayotgan suhbatdoş saviyasi ham bilinadi. Suhbatlarni öqirkansiz, berilgan javoblarda yozuvçi atrofidagi özgarişlarga tayyor, qaraşlarida, eʼtiqodida sobit ekanini sezasiz. Töğri, ayrim suhbatlarda berilgan savollar Nazar Eşonqul darajasidan ança past. Masalan, “Yozuvçilik kasbmi yoki?..”, “Bolaligingiz haqida sörasam”, “Nega yozuvçi bölgansiz?” kabi. Bu savollarga ham yozuvçi samimiyat bilan javob beradi.
Ayrim suhbatlar tadqiqot himoyasi oldidan qilingan. Şu sababli savollar zaruriyat yuzasidan berilganday taassurot uyğotadi. Lekin kitobdan uçta ham hajman katta, ham mazmunan baland suhbat örin olgan. Bular Xolli Norboyning “Ijod ilohiyotga daxldorlikdir”, Nodir Jonuzoqning özgaça uslubdagi “Isteʼdod – Yaratganning nigohi”, Uluğbek Hamdamning “Yangi avlod ovozi” suhbatlaridir. Suhbatdoşlar özi adabiy jarayon içida bölgani uçun, söz mohiyatini yaxşi anglagani sabab yozuvçi dunyosini tölaroq oçişga erişganlar. Suhbatlarda yangi davr adabiyotining özani, nafasi, bu adabiyotdagi iqlim, ijodkor şaxsi, söz qudrati professional nuqtai nazardan tahlil qilingan.
Kitobning uçinçi – “Men”ga çizgilar” bobini kiçik mustaqil esse-tadqiqotlar deyiş mumkin. Bobda öttiz nafar yirik söz sehrgari ijodiga nazar taşlanadi. Yarmidan köpi Ğarb adabiyoti vakillari. Bu ijodkorlarning ayrimlari ijodi bizning adabiyotşunosligimizda hali töliq örganilmagan. Şu jihatdan ham qimmatli. Nazar aka bu ijodkorlarni yaxşi biladi, ruhiyatiga yaqin. Ular insoniyat tafakkurida özgariş yasaşga, inson mohiyatini kaşf qilişga yaqinlaşgan isteʼdodlar. Nazar aka haqiqiy isteʼdodga baho beradi. Ularni öz “men”ini anglagan ijodkorlar deb biladi.
“Öz eʼtiqodi, qatʼiyati, sözga sodiqligi bilan özidan keyingi avlodga örnak böladigan yozuvçi – millatning, uning madaniyatining baxti”. Bu fikrni bugun Nazar Eşonqulning öziga nisbatan qöllaganda ham xato bölmasdi, fikrimça. Bu va bundan oldin öqiganim – Nazar akaning asarlari, aslida, mening bahomga muhtoj emas. Akutagavaning Bodler haqidagi maşhur iborasi sözdan hayratning hosilasi bölsa, Nazar akaning hozirgaça yaratib qöyganlari ham menga öxşagan muxlislarini hali köp bor hayratga soladi. Men bor-yöği nimani anglagan bölsam, ojiz aqlim doirasida, boriça aytdim, xolos.
Zuhriddin QUDRATOV
1977-yili tuğilgan. Özbekiston Milliy universiteti Özbek filologiyasi fakultetining bakalavr, magistratura, aspirantura bosqiçlarida tahsil olgan.
“Maʼnaviyat” naşriyoti boş muharriri.
2024/12
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


