10 daqiqada öqiladi

2 241 marta körilgan

“Ötgan kunlar”da xon va xonlik haqida

Abdulla Qodiriyning “Ötgan kunlar”ida qalamga olingan davrni “tariximizning eng qora, kirlik kunlari” deya taʼriflagani maʼlum-u maşhur. Hukmga şoşgan odam romanda tasvirlangan “keyingi xon zamonlari”ning bunday taʼriflanişida adibning “zamonasozlik” qilgani yoxud “şöro mafkurasi taʼsi­rini” körsa, ehtimol. Holbuki, bunda na zamonasozlik, na şöro mafkurasi taʼsiri bor – Abdulla Qodiriy mansub taraqqiyparvar ziyolilar avlodi mazkur zamonga şunday munosabatda bölgan. Jumladan, Çölponning “Söng davrda yöqsil Şarqning tarixi bir bet bölsin, oq satrni körmadi” degani, “El va yurtni saqlar uçun söng xonlar tuzukkina çora, tadbir qilmagan”idan yozğirgani ham Abdulla Qodiriy taʼrifini quvvatlab tuşadi. Yana bir muhim jihati, adibning özi tasvirlaşga çoğlangan davr hayotiga oid turfa materiallarni qunt bilan örganganini ham nazardan qoçirmaslik kerak. Sirasi, Abdulla Qodiriy “keyingi xon zamonlari”ga oid materiallarni butun ijodiy faoliyati davomida töplab-örgandi desak, mubolağa bölmaydi: yigit yoşida “Ötgan kunlar” munosabati bilan, söng “Mehrobdan çayon” tufayli, nihoyat, röyobga çiqmay qolgan “Amir Umarxon kanizi” romaniga tayyorgarlik davomida. Aytmoqçimizki, uning yuqoridagiça munosabatida zamonasozlik yo köpçilik fikriga ergaşişdan köra anglanganlik jihati ustuvordir.

“Ötgan kunlar”da Otabek tilidan “idora usuli”ning eskirgani haqida aytiladi, xonlikning nosoz­ligi beklar va amaldorlarning nopokligi-yu manfaatparastligida, deya talqin qilinadi. Roman voqealarida Xudoyorxon iştiroki haminqadar: “birinçi xonlik davri”da uning Musulmonqul qölida qöğirçoq bölgani taʼkidlanadi, tarixiy haqiqatga sodiq qolinadi. Buni adib öquvçiga xonni ilk bor taqdim etganidayoq – holat tasvirining özida taʼkidlab körsatadi.Holat esa şundayki, “marmardan yasalğan taxt ustida… ön sakkiz yoşlar çamaliq … xon ölturar”, sal naridagi kursida esa “Musulmonqul ölturar va hozirğina hudayçi tarafidan öziga topşirilğan ariza va maktublardan oçib öqur edi”. Yaʼni şohona liboslarga burkangan Xudoyorxon taxtda şunçaki savlat bölib ötiradi-da, davlat işlari bilan Musulmonqul şuğullanadi. Ariza va maktublar “padari arusi şahanşoh”ga murojaat bilan boşlanişi ham şuni tasdiqlaydi. Yana bir detal – Musulmonqulning “öqub turğan ariza”ni ahamiyatsiz deb hisoblagani uçun xonga aytib-netmasdanoq “qoğozni ikkiga yirtib oyoği ostiğa taşlaşi” yoş xonga biyligi qay darajadaligini namoyon etadi. Xudoyorxonning qayin otasi Ötabboy quşbegining “xiyonati” haqida aytgan gapiga munosabati ham şunga muvofiq: “Öz saltanatiga raxna solişdan iborat bölğan bu xabarlardan Xudoyorxonning mutaassir bölğanliği belgusiz, ul bu gapni eşitmasdan ilgari qanday bölsa, hozirda ham şu holda özgarişsiz edi. Musulmonqulning yonib turğan, ötdek tutoqib sözlağan gapini sukut bilan keçirmaslik uçungina bölsa kerak quruq va şirasiz qilib:

– Hammadan ham Ötabboyni aytingiz, ablah bir odam ekan, – dedi, – meni siylamağanda ham sizni rioya qilsa kerak edi”. Albatta, köp ötmay Musulmonqulning hokimiyatdan çetlaştirili­şi xonning bu tarz befarq ötirişida “arqonni uzun taşlaş” hiylasi bor edi deyişga ham izn beradi. Biroq, mabodo şunday bölganida ham, qayin otasida şubha uyğonmasin uçun u özini har doimgidek – “qöğirçoq” maqomida tutişi kerak bölar edi. Otabek xon huzurida mahkamaga tortilganida ham taşabbus butkul Musulmonqul qölida böladi, Xudoyor esa “taxt ustiga qöndirilğan jonlik haykal” maqomida. Bu haykalga faqat mahkama nihoyasida – Musulmonqul endigina özining jon duşmani bilib turgan mah­kumiga “oqsoq­lanib, öz qöli bilan zarrin tön kiy­guzar ekan” jon kiradi: “Xudoyorxon ham yirtqiç qayin otasining çangalidan qutilğanini tab­rik qilğandek Otabekka kulib boqdi”.

Yuzaki qaraganda A.Qodiriy xonlikdagi zulm va yovuzliklar manşaini Musulmonqul bilangina boğlab talqin qilayotgandek körinsa-da, aslida, adib masalaga ança teran nazar soladi. Töğri, adib “Musulmonqulning aholi ustiga bölğan jabr-u zulmi haddan taşqari ketgani”ni aytadi, şu bilan uning zulmi ortidan manfaat köruv­çilar borligini ham nazardan qoçirmaydi. Masalan, Musulmonqul “arzimagan sabablar bilan qora çopon beklarni osdirib, kesdirib” turişini aytiş bilan birga “atrof şahar va qişloq beklari ham qipçoq­lardan” ekanini taʼkidlab ötadi. Yaʼni Musulmonqulning zulmi yakka şaxs emas, butun bir uruğ – qipçoqlar manfaatiga xizmat qiladi. Uning “öz kayfiça oyda emas, haftada solib turğan soliqlari” ham öşa qora çopon beklar örnini egallagan Musulmonqul “odamlari” çöntagini qappaytiradi. Qisqasi, taniş manzara: hokimiyat uçun hamişa tödalar – uruğlar, firqalar, sinflar, klanlar kuraşadi va qaysisining toleyi kulib, hokimi­yat jilovini qölga olsayoq, ariqni özi tomon buradi… Eng qiziği, har qanday mustabid kabi zolim Musulmonqul ham “ulamo orqaliq öz zulmini maşruʼ bir tuska qöyğan, özi uçun zararlik unsurlarni yöqotişda şu ulamolardan “ululamirga boğiyliq” degan fatvoni olişni unutmağan edi”. Xullasi kalom, ziyrak öquvçi keyingi tarixni muşohada qilib körsayoq, şubhasiz, barça davrlar siyosatida talay öxşaşliklar topadi. Tabiiyki, şunda u yo adibni bir başoratgöy, xalq taʼbiriça, “yetişib qolgan” odam ekan deb tanişi va unga tasannolar aytişi, yoki, agar falsafaga oşnoroq bölsa, siyosat deganining şakli özgaraverar ekan-u, mohiyati qiyomatgaça özgarişsiz qolaverar ekan-da, degan töxtamga kelişi muqarrar. Faqat, noumid şayton deydilar, odam bolasi hamişa tole kulişini kutib navbatda turganlarga umidvor qarayveradi – xuddi iş boşiga şu kelsayoq, olam guliston böladiganday. Xudoyorxonning mahkama çoğidagi holatini eslang: allaqanday sirli, qayin otasining qilmişlarini yoqlamayotgandek, biroq u ham çorasiz-da… Qipçoq tödasi yeb, özi quruq qolayotganidan zada bölgan töda, tabiiy, yoş xonda özining qismatdoşini va najotini köradi, uning qabatiga kiradi – hammasi yana boşidan boşlanadi. Yaʼni qoniqmagan manfaatlar birlaşdi-da, qipçoq tödasi manfaatlari bilan töqnaşdi, şugina xolos. Darvoqe, “Musulmonqulğa yaqinlaşa olmağan, yaʼni uning xizmat va marhamatidan çetda qolğan “nimça” ulamolar ham yöq emas edilar”ki, xon ularni “qayin otasi bilan kuraşda öziga birinçi istinodgoh qilib” oldi. Istiqboldagi “inʼom va ehsonlar, beriladigan mansablar” ilinji kuçli emasmi, Musulmonqulga tarafdor ulamolar uning siyosatini “şariʼatqa qan­ça mutobiq körsatib kelgan bölsalar”, keyingi toifa “öşança xilofi şarʼiy ekanligining isbotiga kirişdilar”. Adib bunda ham umumiy bir qonuniyat köradi: podşoh faqat qiliçigagina tayana olmaydi, hukmronligi bardavom bölişi uçun raiyat ongida özining ustida aynan şu odam hukm yurgizişga haqli va munosib, u yuritayotgan siyosat adl-u insofga tayanadi va umummanfaatlariga mos degan fikr örinlaşmoği kerak. Mohiyatga boqqan öquvçi Xudoyorxon taxt uçun kuraşda qöllagan taktika bilan zamonaviy saylovoldi kampaniyalari yoxud hokimiyat bilan ziyoli qatlam munosabatlari orasidagi köplab muştarak nuqtalarni köra oladi.

Qipçoq qirğini ham mohiyatan manfaatlar töqnaşuvining oqibatidan boşqa emas. Şu maʼnoda Otabekning otasiga bergan “Yirtqiçlarning bu qirğindan qanday muddaolari hosil bölarkin?” degan savoli yarim ritorik tabiatga ega. Negaki, uning zamirida “bu iş heç bir foydasiz-ku, bekor qon tökilgani qoladi, xolos!” qabilidagi iş­onç-eʼtiroz yotadi. Aksinça, “köb umrini şu yurtning tinçliği va fuqaroning osoyişi uçun sarf qilgan” Yusufbek hoji qirğinning asl manşaini yaxşi biladi: “bittasi mingboşi bölmoq­çi, ikkinçisi Normuhammad örniğa minmakçi, uçinçisi yana bir şaharni öziga qaram qilmoqçi. Xon ersa Musulmonqulğa bölğan adovatini qipçoqni qirib alamdan çiqmoqçi”. Albatta, Yusufbek hojidek odam­ning gapiga katta qimmat beriladi, biroq buni aynan, yaʼni xon Musulmonquldan alamini olmoq uçungina qipçoq­qa qatliom buyurdi, deb tuşuniş xato bölur edi. Zero, qirğin zamirida uning ham jiddiy manfaati bor. Xudoyorxonning Toşkent beklariga yuborilgan yorliği “Biz Turkiston mamlakatining xoni öz qalamravimiz va saltanatimiz uçun qipçoq toifasini muzir deb bildik” deb boşlangani ham şunga dalolat qiladi. Xöş, qipçoq toifasi nimasi bilan Xudoyorxon salta­natiga “muzir” – zararli edi? Gap şundaki, muallif avvalroq aytganidek, Musulmonqul davrida “atrof şahar va qişloq beklari ham qipçoq­lardan” bölib ulgurgan, yaʼni hokimiyatni “uning odamlari” egallagan edi. Xudoyorxon nazdida bu odamlar valineʼmatlari Musulmonqulga iç-içlari­da sadoqat saqlaydilar, hukmdorga esa faqat öziga sadoqatli – yonida özi kötargan, özi qöygan odamlar, zamonaviy til bilan aytsak, “öz komandasi” bölgani maʼqul. Şu jihatdan qipçoq qirğini – ehtimoldagi ğanimlarining barini birakayiga oradan köta­riş imkoni Xudoyor­xon uçun ham ayni muddao edi. Buni Niyoz quşbegining şu mudhiş iş rejalaştirilgan majlisda aytgan mana bu gapi ham tasdiqlaydi: “Men xonni Toşkanddan jönatiş oldida uning xoli vaqtini topib, bu fikrimni bir daraja arz qilib ötkan edim, bu fikrim xonga juda maʼqul tuşkan bölsa kerak, sözimni eʼtibor bilan tinglab turdi va javobida: “Yaxşi. Öyla­şib, tadbirlari bilan menga fikringizni yozing, men ham öylab körarman”, dedi. Menga qolsa bu töğrida bizdan xabar kutib xonning uyqusi ham kelmay yotqandir: bizga faqat işning önaqayini topib xondan tasdiq etdirişgina qolgan”. Quşbegi tilidan jonlantirilayotgan holat şundayki, Xudoyorxon yoş bölsa-da içidagini sirtiga çiqarmaslikka harakat qilgan, şunga qaramay suhbatdoşi “xon köngan hisob” degan aniq işonçda qolgan. Sababi köpni körgan Niyoz quşbegi xon sirtiga çiqarmagan istakni teran his qiladi, çunki hokimiyat tabiatini, uni öz qölida saqlaş va kuçaytiriş şartlarini juda yaxşi biladi. Xudoyorxon yoş bölgani bilan xon saroyidagi oşkor-u pinxon kuraşlar qozonida obdon qaynagan, şu bois quşbegining taklifiga munosabatini oşkor etmasdan, yana arqonni uzun taşlaydi-da, quyidan taşabbus qilinişini kutadi. Ertami-keç bunday taşabbusning kötarilişiga esa imoni komil, çunki vaziyatga töğri baho bera oladi, Musulmonqul davrida “katta oxur”dan uzoqlab qolganlar­ning endi unga yaqinlaşiş payida bölişlari muqarrar ekaniga işonadi. Zero, ular­ning köpçiligi Niyoz quşbegi kabi “hali biz sahroyi qipçoq elidan uzil-kesil qutilğa­nimiz yöq… Musulmonqul bölmasa, boşqa Alimqul­ning boş kötarişi aniq” deb öylaşlarini yaxşi biladi. Haqiqatan ham, quşbegi qora çopon oğaynilar haqida qayğurayotgandek esa-da, aslida, bu gaplari zamirida manfaati şaxsiya yotadi. Niyoz quşbegi Musulmonqulni ağdariş işiga faol boş qöşgan-u, töntariş natijalari könglidagidek bölmagan: “Normuhammadning raʼyini deb, hamma ixtiyor öz qölimizda bölgani holda, Ötabboyni mingboşi belgulab yuborduq… Bu ham özimizning eng katta xatolarimizdin. Men öşa kundan beri öz-özimdan böği­lib yuriyman: Musulmonqul­ning iti bölmasa, özimizdan mingboşi bölarliq odam qurib qoluvdimi, deyman. Yöq, oğalar, temirni qiziğida suqib qoliş kerak!” Köramizki, quşbegini mingboşi mas­nadiga minolmagani örtaydi, hali ham bölsa “qipçoqlar zulmi”ga qarşi kuraşni bayroq qilib maqsadiga erişmoqçi. Aytmoqçimizki, ongi hokimiyat uçun, amal-man­sab uçun ayovsiz kuraşlar keçuvçi saroy muhitida şakllangan Xudoyorxon voqealar ayni şu tarz keçişini bilgan, şu sababli ham Niyoz quşbegi taklifiga munosabat bildirişga şoşmagan. Fursat yetib, öşa taklifni bemalol amalga oşiriş imkoni tuğilganida Niyoz quşbegidan foydalangan. Tabiiyki, bu örinda Niyoz quşbegi deganimiz umumlaşma maʼno kasb etib, “niyozquşbegilar” maʼnosini anglatadi.

Yusufbek hoji ham töntariş natijalaridan qoniqmagan, “ulul­amir bölğan kişi” Niyoz quşbegi kabi “manfaatparastlarning xarob fikrlari­ga quloq berib” yurganiga afsuslanadi; özining ham “Musulmonqul balosidan uni najotka çiqarğuçilar­ning bittasi” bölgani holda, ululamirning u bilan kengaşişni unutganiga ökinadi. Yusufbek hojining ökinişiga qaraganda, u xonga kengaş beruvçilar insof-u diyonatli kişilar bölsayoq, olam guliston bölişiga işonadigan. Yaʼni sodir etilgan xunrezlikda u niyozquşbegilarni ayblaydi, aslo xonning özini emas (darvoqe, xonning özini yuqoridagiça tutişi yusufbekhojilar uçun). Albatta, uzoq yillik xizmatlari davomida köngliga iştiboh ingan damlar ham bölgandir, biroq hojining öz nazdida ululamirni ezgulik tomonida körgani va şu ezgulikka xizmat qilgani ham şubhasiz. Romandagi Yusufbek hoji liniyasining kulminatsion nuqtasi – mehmonxonadagi suhbat asnosida mehmonlariga xiz­matlari qadrlanmaganidan şikoyatlanarkan, “Yunus Muhammad oxund uning sözini böldi:

– Ey hoji, – dedi, – hamma fasod ulul­amirda, agar ululamir durust odam bölsa, uç-törtta muttahamning yomonliği heç qayerğa bormas va bunça gunohsiz beçoraning qoni örinsiz tökilmas edi”. Oxundning “ey hoji” deya taʼkidlab, xonadon sohibining gapini bölib,“hamma fasod ululamirda” deyişi qatʼiy hukm kabi yangraydi. Albatta, bu qadar qatʼiyat bejiz emas, oxund aytmişiga hujjat – hadis keltiradiki, maʼnosi “agar bir qavmning işi noahl odamga topşirilğan bölsa, öşal qavmning qiyomatini yaqin bil”. Javoban Yusufbek hojining sidqidildan “Saddaqta yo rasululloh” degan xitobiyu beixtiyor hadisni takrorlaşi, buning ortidanoq “voy bölsin biz badbaxt­larning holiga” deyişida ululamir haqidagi fikri tugallik kasb etganiga dalolat bordek körinadi bizga. Jumladan, hojining “şu kungaça bölmağanlarğa bölişmoqçi bölib umrimning nihoyatiga yetib qoldim” degan eʼtirofidagi “bölmağanlar” öz içiga “ululamir”ni ham olişiga heç bir şubha qolmaydi.

Xulosa qilsak, “Ötgan kunlar” romanidagi Xudoyorxon obrazi, asar syujetidagi ijtimoiy-tarixiy çiziq voqealari A.Qodiriyning hukmdor, hokimiyat haqidagi badiiy konsepsiyasini ifoda etadi. Uşbu konsepsiyaga köra, birinçidan, turli davrlardagi hoki­miyat tizimining mavjudligi va amal qilişida umumiy qonuniyatlar kuzatiladi; ikkinçidan, şaxsiy, guruhiy hamda umummanfaatlari nisbati va özaro munosabatlarining töğri belgilanişi tizimning barqarorligini taʼminlaydi; uçinçidan, “adolatli xon” (podşoh) haqidagi orzu ham, “xon hazratlari jamiyat hayotdagi nohaqlik-u adolatsiz­liklardan bexabar, uni atrofidagi maslahatçilar çalğitadi”qabilidagi qaraşlar ham çöpçakdan boşqa emasdir.

Dilmurod QURONOV,

filologiya fanlari

doktori, professor

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar (2)

  1. nizomiddin örmonov

    Gap yöq!!!!
    Zör maqola çiqibdi!!!
    Kosa tagida nim kosa……..

  2. Ğiyosiddin Önarov Tahririyat

    Şunday

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (147)