Haqiqiy şeʼr – öta noyob hodisa. U har kuni, har oy, hatto har yili ham yozilavermaydi. Yozilişi ham mumkin, lekin u baribir köp bölmaydi. Yozilgani nafaqat mavjud adabiy jamiyatda qaror topgan, köpinça murosasozlikka asoslangan umumiy etiket meʼyorlari, qolaversa, tasavvuringiz qirğoqlarini ham buzib ketadi. Binobarin, bunday şeʼrga har doim talab bor, öquvçi uni orziqib kutadi, yutoqib öqiydi, lekin uni bor holiça qabul qiliş oson bölmasligi tayin. Çunki haqiqiy şeʼr har doim adabiyot, şeʼriyat haqidagi siz-u biz könikib bölgan tuşunçalarga, tasavvurga daxl qiladi, ularni buzadi – şu tariqa badiiy tafakkur çegaralarini kengaytiradi.
Bugungi kunda endi adabiyot maydoniga kirib kelayotgan yoş qalamkaşlarning maşqlarini öqiganda, zikr etilgan maʼnoda qandaydir urinişlar bölayotganini, inson fitratida mavjud, biroq ijtimoiy meʼyorlar bilan kişanlab taşlangan erkinlikni qaytarib oliş istagi hissi isyon bölib, boş kötarayotganini körib, töğrisi, quvonasan kişi va ularni sindirib qöymasak edi, degan sassiz xavotir xayolning bir çekkasini ezğilab turadi.
Men Jontemirning ilk şeʼrlarini öqigandayoq şunday xayollarga borgan edim. Uning keyingi paytlarda yozayotgan şeʼrlarini, tengdoşlari ijodi, hatto özidan katta ijodkor aka-yu opalarining jurʼatsizligidan gina qilib yozgan maqolalarini öqib, şularni öyladim. Baʼzan şeʼrlarida ham, maqolalarida ham maromiga yetmay qolgan örinlar bor – ular vaqti kelib, boşqa şeʼr-u maqolalarda tobiga yetar, qurçlanar.
U, odatda, uzoq davom etadigan şogirdlik bosqiçidan ötmaganday, biroq ijtimoiy tarmoqlarda hali siyohi qurimay, hovuri bosilmay turib eʼlon qilinayotgan şeʼrlarida şiddatli, öqqa-çöqqa kirişdan ham toymaydigan şaxs gavdalanadi.
Şeʼrlarida qiliç ramz sifatida köp uçraydi:
…Qinda zanglab keksaygan qiliç…
…Isfahoniy qiliçlarda zang…
…Iymon – qiliç, nafsni çop,
Luqmangni yut halollab!..
Şeʼrlarda öta noziktaʼb, “yangi SÖZ” (özining taʼbiri) axtarayotgan bezovta qalbni ham ilğaş qiyin emas, u börtib körinadi. (Böronlarga böşatib ber // Yurak qaʼringni… Tiz çökdim, yumdalab yurak qaʼrini… …ötmiş kilkir yurak qaʼridan… Yurakni tirnaysan – çöğ tortilgan soz… Çurib tuşdi yurakning çeti… va hk.) U adolat istab, tirikçiligi bilan ovora bölib qolgan, vatan tuşunçasi uyning devorlari, xalq tuşunçasi oilasi; maʼnaviyat, millat, uning taqdiri, or tuşunçalari televizor ekrani qadar toraygan xalqqa yuzlanib, uni ğaflat uyqusidan uyğotmoqçi böladi. Şunday kuyinib yozayotgan paytlar söz – qiliçni taşbih qinidan suğurib oladi, içiga burov solayotgan oğriqni dangal aytgisi keladi. Heç kimni ayab ötirmaydi, ming yillik tabibday mavjud ijtimoiy dardlarga keskin taşxislar qöya boşlaydi:
Menga yoqmas muloyim erlar,
Ayğir qolib, maqtar baytalin.
Pahlavonning kimligin, derlar,
Yuzidagi çandiq aytadi.
Menga yoqmas ehtiyotkor döst,
Taqdirini qörquv qilmiş hal.
Luğatimga kirmagan afsus,
Har qadamim – Haqqa tavakkal!..
Aslida, bu – tabiiy. Hayajonlanayotgan odam keçinmalarini oçiq ifoda qilgisi keladi, munosabati raqibiga tezroq va aniq yetib borişini istaydi.
Dastlab, bunaqa dangallikni eng içkin, öziga qamalib olgan şeʼriyat – italyan germetizmining yetakçi vakillaridan biri Eujenio Montale ijodida körib, hayron qolganman. U bir şeʼrida Gitlerni laʼnatlayotib, germetist şoir ekanini ham esidan çiqarib qöyadi va majozlar bilan hayqiradi. Yoki uruş yillarida Ğ.Ğulom, H.Olimjonning hayqiriqlarini eslang. “Özbegim” bilan “Özbekiston – Vatanim manim”ni yodga oling.
Isyonkor vujud atrofidagi biqiqlik, manfaatparastlik, soxtakorlik, zamzamani yoqtirmaydi, bularning bari unga adolatsizlik bölib tuyuladi:
Köppaklar, ortimdan ergaşmang,
Men yurar yöllarda suyak yöq.
Çoponim bariga tirmaşmang,
Tilim toş, ruhim suv, etim çöğ…
“Toğlarning jimligi”, “yaylovlarga itoat sepilgani” şoir könglini ozurda qiladi:
Özboşimça toğlarga boqing,
Oyoq-qöli kesib olingan…
…Itoat sepilgan yaylovlar
bor ekan, qirilib ketmaysiz!..
Lekin Jontemirni şunçalik hayqiriqlari bilan ham inja hislar musavviri, lirik şoir degisi keladi odamning – heç kimga öxşamagan şoir. Hayqiriqlar uning hali heç kimning xayoliga kelmagan taşbih-u köçimlarni şeʼrlariga olib kirişiga monelik qilmaydi. Öquvçi ulardan zavq tuyadi.
Söfiyona ohanglar-u maʼniga yöğrilgan quyidagi satrlardagi söz oqimining ravonligi, dardning teranligi şeʼriy tafakkurning sönggi yillarda jilğalanib qolgan va nazdimizda torayib ketgan soyiga selday bostirib kiradi va barmoq vazni çegaralaridan oşmay turib ham yalqov tasavvurimiz qirğoqlaridan toshib çiqadi – şu tariqa anʼanaviy şeʼr imkoniyatlarini kengaytiradi:
Yirtilmagan but yaqom yöq,
Ruhdan bölak heç vaqom yöq,
Oşiqlikdan peş maqom yöq,
meni öldir, “Men”ingga qöş.
Uzoq yillar tortib huzur,
Seni keçroq topdim, uzr,
Endi körar kunim qusur,
meni öldir, “Men”ingga qöş.
Uning qalb tuğyonlari şiddati yangiça ohanglarni, ifoda usullarini yetaklab keladi, lekin şu holiça ham xalqona:
balogardon qaydasiz
qariyapti kulgiçim
ha yo hu ha yo hu
dam soling ay ruhimga
böşab qoldi-ku içim
ha yo hu ha yo hu
Hayajonga eş tuğyonlar köp örinlarda barmoq vazni çegaralaridan toshib çiqadi hamda barmoq bilan sarbast qorişmasiga aylanadi, öquvçi endi norozi bölaman deb turgan paytda yangi topildiqlar: turli söz öyinlari va taşbihlar qofiya-yu turoqqa dönadi. Bunday holatda öquvçi şoirning sözlarni ohang yoki tuyğularning öziga xos ifodasi talabi bilan biroz buzib, şevaga xos işlatişini (tufroq, yoşinib, dovuş va hk.) keçirib yuboradi.
Uyğonsang-çi,
Osmon bilan şivirlaşar böyçan daraxtlar,
Ezgin xotiraday yoyilmiş tuman.
Derazani oçgin-u, dilbar –
Yoğmurni tingla!
Masih tomçilarga çayingin töplab,
Bosiriq tuşlaring saboga ulaş.
Afsungar zulmatning şarobin höplab –
Yoğmurni tingla!
Yoinki:
Kuzgi boğ.
Daraxtlar oralab kezib yurar siniq xotira.
U qaçonlardir biz yaratgan şodlik topgan
Xotima…
Xullas, Jontemirning şeʼrlari Şoirdan yangi sözni uzoq kutgan millatga munosib sovğa bölişi tayin. Unikiga öxşaş jazba bor joyda keçinma-yu fikrlarni oşiğiç, bor holiça aytiş iştiyoqi kuçli böladi. Ayniqsa, yoşlikda. Bu – ötib ketadigan holat. Binobarin, Jontemirday olovqalb şoirdan heç bir muharrirning yuragi qalam tekkizişga dov bermaydigan şeʼrlar kutib qolişga haqlimiz.
Faxriyor
1963-yili tuğilgan.
Samarqand davlat universitetining özbek filologiyasi fakultetini tugatgan. “Dardning şakli”, “Ayolğu”, “Geometrik bahor” şeʼriy töplamlari, “Yangilaniş anʼanalari” publitsistik maqolalar töplami naşr etilgan.
2021/6
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


