Men ikkilanib turardim: ota-onalar majlisiga borsammi yo bormasammi? Aytadigan gapim yöq, agar bölganda ham, oğzimni oçolmayman, çunki odamlar orasida gapirolmayman.
Şubhalarni yengib maktabga kelganimda esa majlis boşlanib bölgandi. Ota-onalar va öqituvçilar majlislar xonasida qizğin gaplaşişardi.
Men eşikni qiya oçdim va yonboş bilan lip etib xonaga kirib oldim.
Soçlariga oq oralagan ayol örnidan turdi, boşini men tomonga burib muştini siqib baqirdi:
– Keçikyapsizlar, janoblar, keçikyapsizlar!
Quloğimgaça qizarib ketdim va tuşunarsiz gap aylantirdim:
– Bari transport sababli… Taksi topib bölmaydi… Avtobus yöq…
– Bu rahbariyatni qiziqtirmaydi…
Qiziq, u qaysi rahbariyat haqida gapiryapti?.. Tramvaynikimi, avtobusnikimi?
– Rahbariyatning ota-onalarga eng katta eʼtirozi, – iddao qildi ayol, – bu öquvçilarning keç qolişi. Darslar töqqizda boşlanadi.
Onalardan biri ötirgan joyidan luqma taşladi:
– Qizlarga neylon paypoq kiyişni taqiqlaş kerak. Faqat qizlarga emas, ayollarga ham neylon paypoq kiyişni taqiqlaş kerak…
– Men hurmatli xonimning fikrlariga qöşilaman, – özim uçun kutilmaganda bidirladim men va neylonni taqiqlaşni talab qilgan ayolning oyoqlariga qaradim. Bu ayolnikidan xunuk oyoqni heç qaçon körmaganman: u obkaşday qiyşiqligidan taşqari töpiği tizzasidan ham yöğon, börtgan köktomirlari qalin paypoq ustidan ham körinib turardi.
– Hamma öquvçi qizlarimiz qalin qora paypoq kiyişlari kerak, – ilib ketdim men uning oyoqlaridan köz uzmay.
Nima uçun paypoqlar haqidagi gapga suqildim, bilmayman. Maktabga kelişda, nima haqdadir gapiriş niyatim yöq edi.
Bir janob, ota-onalardan bölsa kerak, örnidan irğib turdi:
– Bizda gaplaşib olişimiz kerak bölgan muhimroq narsalar bor! – hayqirdi u. – Paypoq – mayda narsa! Hammasidan avval biz xorijiy tillarni öqitiş masalasini hal qilişimiz kerak. Menimça, hamma fanlarni nemis tilida öqitiş kerak. Men köp yillar Germaniyada yaşaganman. U yerda bolalar hamma fanlarni nemis tilida örganişadi.
Keç qolganim uçun aybimni hamon his qilib, uni yuviş niyatida yana gapga aralaşdim:
– Men Germaniyada bölmaganman, ammo xuddi şunday fikrdaman: maşğulotlar nemis tilida olib borilişi kerak. Nima uçun, deb sörarsiz?.. Çunki dunyodagi butun taraqqiyot, texnika rivoji – nemislar tufayli. Agar nemis bolalari hamma fanlarni nemis tilida örganişmaganda…
– Janoblar, – dedi közoynakli odam, – bu bizning majlisimiz doirasidan taşqaridagi masala. Öqitişni qaysi tilda olib boriş – vazirlikning işi. Bizning maktabimizda, özingiz bilasiz, nemis tili öqitiladi. Biz bu yerga maktab va ota-onalar munosabatlarini muhokama qiliş uçun töplanganmiz.
– Nemis tili haftasiga neça soat? – söradi nemis tili haqida gapirgan odam.
– Har sinfda har xil, – javob berdi közoynakli kişi.– Birinçi sinfda olti, yettinçida sakkiz soat…
– Oz! – qiçqirdi nemis tili haqida gapirgan odam.
– Oz! – hayqirdim men ham.
Xonadagi yoşi uluğroq odam dedi:
– Avvalo maktabda futbol öynaşni taqiqlaş kerak. Boşmoq yetkazib bölmaydi. Har oyda yangisini sotib olişga töğri keladi…
– Bizning qizlar futbol öynaşmaydi, – javob berdi moş-guruç soçli ayol.
– Öğil bolalar öynaşadi-ku! – özinikini maʼqulladi qariya.
– Öğil bolalarning bizga daxli yöq: bu yer – qizlar maktabi.
– Qizlar maktabi?.. Demak, bu yerda kiçkina qiz nevaram öqir ekan-da. Men öylabmanki… Qanday bölsa ham, qizlarmi, öğil bolalarmi – futbolni taqiqlaş kerak. Bolalarimiz tobora qadimiy anʼanalarimizni unutib borişyapti.
– Boş ofat şundaki, bolalar dars qoldirişadi, – dedi öqituvçi. – Ota-onalar şunga alohida eʼtibor berişlari kerak.
Yonimda ötirgan kişi sekin söradi:
– Badiiy keça qaçon boşlanadi?
– Bilmadim, – dedim men. – Direktordan sörang.
– Direktor kim özi?
– Bilmadim… Anavi uçalasi ham direktorga öxşab turibdi… Öşalardan biri…
Kişi ulardan eng salobatlisiga murojaat qildi:
– Janob direktor, badiiy keça qaçon boşlanadi?
– Qayerda janob direktor? – qayta söradi u va atrofga alanglab qaradi.
– Janob direktor betob, u majlisga kelmadi, – aniqlik kiritdi közoynakli ayol.
“Qöşnim” unga murojaat qildi:
– Badiiy keça qaçon boşlanadi?
– Qanaqa keça? – taajjublandi ayol.
U xijolat bölib joyiga ötirdi.
– Ha-a, vijdonsiz… Uyga boriboq körsatib qöyaman unga. Axir şunaqa qiz adabini berib qöyişga munosib emasmi? – menga murojaat qildi u quvvatlaşimni istab.
– Bilmadim, özi nima gap?.. Heç narsa deyolmayman, – javob berdim men.
– Qizim maktabda badiiy keça bölişini aytib, mening kelişimni sörovdi. Çiqişim bor, degandi. Xotinim homiladorligi uçun kelolmadi, men qizim qanday raqsga tuşişini köraman deb arang keluvdim.
Qizlarning qalin qora paypoq kiyişlarini talab qilgan onaxon vaqtni behuda ötkazmadi, öng va çap yonida ötirganlar bilan qalin paypoq böyiça tarğibot yuritib hamfikrlari safini kengaytirdi.
Hamma fanlar nemis tilida öqitilişini söragan otaxon esa qöşnilariga Germaniyadagi hayoti haqida hikoya qildi.
– Keçirasiz, – deya menga murojaat qildi çap tomonimdagi yigit. – bu yerda nima haqida gap ketayotganini heç tuşunolmayapman.
Men unga bu majlisda bahslaşayotganlarning fikrlari haqida qisqaça gapirib berdim.
– Mana bu qariya bolalarga futbol öynaşni taqiqlaş va ularni anʼanalarimiz ruhida tarbiyalaşni talab qilyapti. Öqituvçi bölsa öquvçilarning tez-tez keç kelişlari va dars qoldirişlaridan şikoyat qilyapti. Anavi ayol esa…
– Bu yerdan qanday qilib çiqib ketsam ekan… – dedi u. – Men adaşib kelib qolibman. Kasaba uyuşmasi majlisiga borişim kerak edi… örtoqlar notöğri tuşuntirişibdi. Agar söz söraganda qölga tuşib qolarkanman.
Moş-guruç soçli ayol örnidan turdi va tinçlikni saqlaşni söradi:
– Janoblar, bizda kambağal oilalarning bolalari öqiydi, olti yuz yetmiş nafar qizlarning yarmiga yaqini darsliklar sotib oliş imkoniyatiga ega emas. Biz heç yöği yuz öquvçiga maktabda tuşlikni taʼminlaşni xohlaymiz. Biz sizlarning yordamingizga köz tikmoqdamiz.
Şunda bir ayol örnidan turdi va tez-tez gapira ketdi:
– Xudoning har kuni yordam! Qizimiz har kuni nimagadir pul söraydi. “Agar bermasangiz, maktabga bormayman. Dugonalarim oldida uyat” deb turib oladi. Bu pullar qayoqqa ketadi, deb sörasam böladimi?.. Axir har kuni yordam beriş mumkin emas-da!.. Kelinglar, har oyda beriladigan pul miqdorini belgilab olaylik, şunda hamma kimga qança tölaş kerakligini biladi.
– Juda töğri… Mutlaqo adolatli! – maʼqulladim men.
Moş-guruç soçli ayol qizarib ketdi va muhtojlarga yordam uçun yiğilgan pullarning hisobotini söragan ayoldan bolasining ismi-şarifini söradi.
– Gyultan Yaşoba.
– Hmm… – dedi moş-guruç soçli ayol. – 3-“B”, Gyultan Yaşoba… Xö-öş… qizingiz taʼtildan keyin maktabga bir hafta qatnagan. Keyin kelmay qöydi. Biz bu haqda sizga xat yozib maʼlum qilganmiz.
– Demak, men yolğon gapiribman-da, a?.. Qizim har gal mendan kimgadir yordam uçun pul oladi. – Keyin esa yonidagi ayolga murojaat qildi:
– Uyga ham kelmaydi. Qayerlarda yurarkan u? Biz uning otasi bilan ajraşganmiz. U otasi bilan yaşaydi.
Majlisda öttiz kişiça qatnaşar va ularning har biri öz fikrini himoya qilişga intilib qöşnisiga baqirardi.
Moş-guruç soçli ayol:
– Janoblar, bunaqa şovqin-suronda heç narsani tuşunib bölmaydi! Marhamat, kim gapirmoqçi, faqat navbat bilan, hamma baravar emas!
Qator qöllar kötarildi, hamma söz sörardi. Birinçi bölib sözlaş huquqini keksa kişi oldi.
– Hurmatli öqituvçi xonimlar va öqituvçi janoblar, – deb boşladi u va özining futbolning zarari, uning öquvçilar xulqi, odobiga salbiy taʼsiri haqidagi ğoyalarini bayon qilişga kirişdi. – Futbolni birinçi bölib yazidlar qatl etilgan jafokaş Husaynning boşini tepib öynaşgan, şuning uçun töp tepib öynaş – katta gunoh…
Uning gapi şunçalar çözilib ketdiki, maʼlum vaqt ötgaç ota-onalar baravariga qiçqirişdi:
– Tugating endi, biz ham gapirişni xohlaymiz!
Yana bir hurmatli janob örnidan turdi, gapirgani uning navbati kelgandi. U boy-badavlat kişi sifatida bolalarga maktabga ikki kişilik ovqat berib yuborişni taklif qildi.
– Şu bilan biz ovqati bölmagan kambağal oilalarning bolalarini qöllab-quvvatlagan bölamiz, – dedi u. Keyin qimmatçilik haqida eslab, endi heç yerdan yaxşi göşt topib bölmasligidan, gohida kömir böyiça qiyinçiliklarni boşdan keçirişga töğri kelişidan hasrat qildi.
Biz uni jim bölişga majburlay olmadik. Uni majburlab joyiga ötqazişganda ham jaği tinmasdi.
Mengaça navbat yetib kelmasligini tuşunib, odamlarning tinçlanişini kutib ötirmasdan şartta örnimdan turdim:
– Hurmatli xonimlar va janoblar! – deb boşladim.
U yoğiga nima deb davom ettirişni bilmay, özimga eʼtiborni jalb etiş uçun Xöja Nasriddin hayotidan bir latifa aytmoqçi böldim. Ammo uning oxiri yodimdan kötarilib qolibdi, bir nafas tin oldim-da şunday tugatdim:
– Ha, bu voqeaning yakunini özlaringiz yaxşi bilasizlar…
Töxtaliş mumkin emas edi. Boşqa odamga söz berib yuborişardi bölmasa. Şu bois mantiq böyiça ötiş haqida boş qotirib ötirmay davom etdim:
– Agar bolalarimiz sinfda ikkinçi yilga qolayotgan bölsa, bunga ota-onalar aybdor.
Gap şundaki, ançadan buyon rahbariyat bilan murosam unça yaxşi emas, öqituvçilar ham buni bilişadi, ular qizimni ikkinçi yilga qoldirişvormasa deb qörqardim.
– Ota-onalar öz farzandlari bilan şuğullanişmaydi. Şunaqa otalar ham borki, bolasi neçançi sinfda öqişini ham bilmaydi.
Men oçilib ketdim, töxtatişning iloji yöq edi. Öqituvçilar menga qarsak çalişdi.
Oxirida moş-guruç soçli ayol dedi:
– Keç böldi, maʼruzangiz davomini yanagi majlisga qoldirişga töğri keladi.
– Hali heç narsani gapirişga ulgurmadim…
Maktabdan qaytayotganimda öqituvçilar men bilan xayrlaşarkan, minnatdorçilik bildirib qolişdi.
Uyda xotin taşlanib qoldi:
– Qayerlarda yuribsan?
– Maktabda, ota-onalar majlisida böldim. Sözga ham çiqdim, çiqişim öqituvçilarga juda yoqdi. Bilasanmi, ota-onalar öz bolalari bilan mutlaqo qiziqişmaydi. Mana ularning bolalari har sinfda ikki yildan öqişadi, beparvo ota-onalar esa butun aybni öqituvçilarga ağdarişadi.
– Ota, – birdan xonaga kirib keldi qizim, – öqituvçilarim mendan yana nega otang maktabga kelmadi, deb söraşdi. Sen nega majlisga bormading?
– Yana bolaning oldida ham aldaysan-a,– yalt etib qaradi xotinim.– Qayerlardadir yarim keçagaça sudralasan… Ota-onalar majlisidaydim deysan-a yana…
– Men bordim, qizim, sözga ham çiqdim.
– Men ham bordim, dada…
– Ha, men sening ixtisoslaşgan maktabingda böldim.
– Nima deyapsan, ota? Men ixtisoslaşgan maktabdamas, Boyazid litseyining sönggi sinfida öqiyman.
– Nima? – taajjublandi onasi. – Men seni Xorxon ixtisoslaşgan maktabiga berganman-ku!
– Meni u yerdan ança avval haydaşgan, ona…
– Eh, sen yaramas, – taşlandim men. – Qayerda öqiyapsan, qanday öqiyapsan, nega otang bilan onangni xabardor qilmaysan?!. Qanaqa çiqib qoldi bu bolalar-a?..
Aziz NESIN
(1915–1995)
Turk hajviy yozuvçisi, dramaturg.
“Bir surgun xotiralari”, “Unutilmas orzular”, “Vijdon işi” kabi romanlari, “Şunday böldi, bunday bölmaydi” avtobiografik qissasi, “Aziznoma” hajviy şeʼrlar va “Mamlakatlardan birida” hajviy hikoyalar töplamlari maşhur. “Muşt ketdi”, “Huştak afandim”, “Futbol qiroli” va boşqa asarlari özbek tiliga tarjima qilingan.
Rusçadan Habib SIDDIQ tarjimasi
2021/5
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


