8 daqiqada öqiladi

940 marta körilgan

Şohrux Abdurasulov. Siyrat va qismat bitiklari

yoxud Şukur Xolmirzayev esselariga bir nazar

Zamonamizning ulkan adibi, Özbekiston xalq yozuvçisi Şukur Xolmirzayev epik turga mansub barça janrlarda, xossatan, hikoya, qissa va romançilikda öziga xos maktab yaratgani heç kimga sir emas. Şuningdek, ijodkor nasriy bayonga asoslangan yana bir adabiy sanʼatning qonun-qoidalari, raviş-özagini şu qadar puxta özlaştirganki, ularni öqib hayratu tavajjuhga beriliş, taniş-notaniş insonlarning suratiyu siyrati, botiniy olamiga teran nazar taşlaş mumkin. U ham bölsa, yozuvçi xotiralari, körgan-keçirganlarining badiiy ifodasi, gözal solnomasi bölmiş – esselardir. Bu janr Şukur Xolmirzayev ijodining naqadar keng va kölamdor, boy va mazmundor, ohorli va jozibali ekanini töla-tökis isbotladi.

“Adabiyotda bölsin, hayotda bölsin umrim yö­lida iz qoldirgan Şaxslar haqida bir-bir esse yozib qoldirişni ilgaritdan öylab yurardim” – deb yozadi adib bir maqolasida. Bu niyat, bu orzumand ilinj asta-sekin yozuvçi tasavvurida moddiylaşib, qoğoz sahifalariga köça boşladi. Şu taxlit “Taqdir başorati”, “Bir oqşom suhbati yoki döstim Rözi Çoriyev”, “Toğlarga qor tuşdi”, “Şaydolik”, “Binafşa hidlang, amaki!”, “Bu kişim – ustoz, men – şogird” kabi ajoyib esselar, tiniq xotiralar dunyoga keldi. Uşbu esselarda tasvirlanayotgan insonlarning yorqin xarakteri, şaxs va ijodkor sifatidagi timsoli, heç kimga öxşamas qiyofasi öquvçi köz önggida yaqqol namoyon böladi. Mutolaa davomida kitobxon qahramonlarning şirin va aççiq kunlariga hamdard bölib, özi sezmagan holda sahifalar qaʼriga singadi, qandaydir kö­rinmas hissiyot, ehtimol, mudroq sezimlar uyğonib, mavhum taassurot real obrazlar qarşisida ojiz qoladi. Abdulla Qahhor, Şuhrat, Matyoqub Qöşjonov, Şukur Burhonov, Rözi Çoriyev, Odil Yoqubov, Ölmas Umarbekov kabi zabardast sanʼatkorlar qayta jonlanib, yonginamizda nafas olayotgan zamondoş, yaqin bir ham­suh­batga aylanadi.

Adib Şukur Xolmirzayevning yozişdan bölak qis­mati, özga bir sohaga jiddiyroq iddaosi böl­magani rost. Lekin teatr sahnasi, aktyorlik kasbiga rosmana mehr qöygani, hatto, teatr institutiga kirib, bip-binoyidek aktyor bölişiga bir bahya qolgani ham haqiqat. Kim bilsin, balki vujudi dardga töla ijodkor uçun qoğoz va qalamning özi kamlik qilar? Unga istagança kulib, yiğlab, terga botib, ruhidagi alamnok hislarni tökib solişi uçun keng va katta sahnalar kerakdir? Balki, Şukur Xolmirzayev ham qoğozga tuşmagan hasratini sahnada tökib solgandir? Ne bölganda ham uning professional aktyorlardan hayiqmay, “Hamlet” spektaklida boş qahramonni ijro etgani bir umr hayrat va taajjub bilan yodga olinadigan hodisa bölib qoldi. Hatto maşhur aktyor Şukur Burhonov azbaroyi kasbiga sadoqati sabab Xolmirzayevni ham aktyor bölişga undagani, “Öqişingni teatr institutiga köçir!..” – deya takror-takror qistovga olgani bugun zör entikiş va tabassum bilan esga olinadi. Biroq bir qalbga ikki muhabbat siğmaydi. Şukur Xolmirzayev ham aktyorlikka iştiyoqi qançalik baland bölmasin, yozuvçilikni vijdon burçi, hayotiy eʼtiqod darajasida uluğladi. Şunday bölsa-da, adib taqdirining bir bölagiga aylanib ulgurgan teatrni, ijodini mutlaqo boşqa özanga burib yuborişga qodir şaxs – Şukur Burhonovni aslo unutmadi va vaqti kelib ustazoda sanʼatkorga bağişlab “Taqdir başorati” degan kattagina esse yozdi.

Esse qamrov jihatidan nihoyatda keng. Unda aktyorning teatrga ilk qadamidan boşlab to şuhrat çöqqisini zabt etgunigaça bölgan maşaqqatli yöli aks ettirilgan. Yozuvçi tasvirida keltirilgan “ğö­labir, jingalak soç, közlari sermaʼno, ha­ra­kat­lari söziga mos” bu oddiy yigit qanday qilib kulgusi olamni tutadigan, yiğisi yurakni ezadigan, hayqiriği toğlarni qulatadigan öşa afsonaviy Şukur Burhonga aylandi ekan? Havaskorlar tögaragiga qatnab, taqlidçilik, “masxarabozlik” qilib yurgan öspirin akademik teatrning yetuk aktyori böliş uçun qanday evrilişlarni boşdan keçirdi ekan? Şu va şunga öxşaş savollarning barçasiga essedan javob topiş mumkin. Muallif aktyor hayoti va ijodining rang-barang qatlamlarini bir nuqtaga zargarona terib, nafis va betakror ranglar vositasida özbek teatri darğalaridan birining surati, şaklu şamoyilini mohirona çizib beradi. Yozuvçi uslubiga xos şirador tasvir va harakatçan dialoglar esse jozibasini oşiriş bilan birgalikda tasvirlanayotgan muhit va manzaraning yanada aniq, yorqin va taʼsirçan bölişini taʼminlaydi.

Şukur Xolmirzayevga hayotda ham, ijodda ham yaqin maslakdoş bölgan döstlaridan yana biri Özbekiston xalq rassomi Rözi Çoriyev edi. “Soqoli köksiga tuşgan, soçi gardaniga yetgan, baqirib-çaqirib, baʼzan pala-partiş, baʼzan çuqur xayolçanlik bilan, gohi birdan pörtanadek ğalayon qilib gapiruvçi, hatto közlari tez-tez yoşlanuvçi” bu jununvaş rassom butun vujudi bilan ijodga şönğişi, ilhom otliğ duldul taşrif buyurgan kezlari har işga etak silkib, ustaxona qöynidan çiqmasligi, tabiatan xonanişin, yolğizlikka moyilligi va yana qator fazilatlari ila rosmana Şukur akaning hamrozi, sirdoşi edi. Adib “Bir oqşom suhbati yoki döstim Rözi Çoriyev” nomli essesida rassom bilan boğliq quvnoq gurunglar, dilkaş lahzalar, sanʼat, adabiyot haqidagi qizğin musohabayu munozaralarni yodga oladi.

“Ijod!… Uni mendan ajratib bölmaydi!.. Ijod – bu men! Mening hayotim, qiziqişim. Dardim…” Ana şu oddiy, jaydari falsafa hayotning turfa tajallisini suratlarga muhrlagan ijodkor uçun doimo hamroh böldi. Undagi kuçli iştiyoq, iztirob, dardmandlik kayfiyati Şukur Xolmirzayevni ham bezovta qildi, alal-oqibat qalb-qalbga payvand bölib, qoğozga rangsiz-tussiz, böyoqsiz, faqat sözlardan iborat çiroyli polotno çizildi. Ha, bu yozuvçining polotnosi edi! Aslida rassom va adibning iş quroli bir xil: qoğoz va qalam. Faqat biri mavjud voqelikni şundoqqina köz oldingizga keltirib qöysa, ikkinçisi yaratgan manzarani körmoq uçun tasavvur va taxayyul kerak! Har ikkisi ham mohir sanʼatkor, abadiyatga daxldor asarlarni inkişof etuvçi, köz ilğamas, nazar yetmas gözallikni şaklu şamoyilga solib, sanʼat muhibiga taqdim etuvçi çinakam nazarkarda şaxslar!..

“Uni suyganimdan, uning xatti-harakatlaridan zavqlanganimdan, uning fildek mehnatkaşligiga tan berganimdan, u bilan faxrlanganimdan şavqim kepketaveradi”, – deya Rözi Çoriyevning ham insoniy, ham ijodiy fazilatlariga nihoyatda sodda va aniq tavsif beradi Şukur Xolmirzayev. Adib dilkaş suhbatdoşi bilan köp ijodiy izdihomlarda birga bölgani, ruhiyati, feʼlu tabiati, qöyingki, bor insoniy xislatlaridan çuqur xabardorligi esseni öqigan kitobxonga şundoqqina ayon böladi.

Adibning “Binafşa hidlang, amaki!” nomli salmoqli essesi atoqli adib Ölmas Umarbekov xotirasiga bağişlangan bölsa-da, muallif bir yozuvçini eslaş bahona 60-yillar adabiyoti va sanʼatiga katta kuç bölib kirib kelgan Uçqun Nazarov, Abdulla Oripov, Ötkir Hoşimov, Turğun Azizov va boşqa ijodkorlar bilan boğliq fayzli xotiralar, ijod va hayot yöllaridagi goho şodon, goho ğamgin kunlarni birin-ketin, xuddi tasmaga bitilgan kinoasardek öquvçi köz öngida namoyon etadi.

Muallif xayolot tizginini erkin böşatadi, har bir qahramonining içki olami, botinida yaşirin öy-xayollarni ğoyat nozik idrok ila taftiş etadi, öquvçi nigohini ijod va ilhomning sirli, jozib dunyosiga oşno etadi.

Şubhasiz, Şukur Xolmirzayev qalamga olgan har bir sanʼatkor alohida şaxs. Binobarin, ularning suratiyu siyratiga nazar taşlaş, ham inson, ham ijodkor sifatidagi qiyofasini tasvirlaş va şu orqali xalqimizning asl isteʼdodlarini keng ommaga tanitiş adibdan katta mahorat va salohiyat talab etadi. Şukur Xolmirzayevda ana şu fazilatlarning bari mujassam. U körgan-keçirganlari, hayotiy kuzatuvlari, yon-atrofidagi taniş-notaniş insonlarning bir-biriga öxşamas xarakterini şundayin aniq tasvirlaydiki, essedagi voqelik jonlanib, real dunyo manzaralari bor detallari ila mukammal bir kölamda jonlana boşlaydi. Taniqli adabiyotşunos olim, kuyunçak munaqqid Matyoqub Qöşjonov haqidagi “Bu kişim – ustoz, men – şogird” nomli esse fikrimizning yorqin dalilidir.

Ustozlik – uluğ martaba, ustozga loyiq şogird bölmoq, ustozning yaxşi fazilatlaridan ulgu olmoq – çinakam saodat, bir umrlik şarafdir. Maşoyixlarning “Pirsiz yurma…” degan soddagina iborasi zamirida qatlam-qatlam maʼno bor asli. Şundanmi, köplab zafaru muvaffaqiyatlarning asl sababi ustozlar nomi bilan boğlanadi, “palon domlaning maktabini körgan” – deya ehtirom qilinadi. Şukur Xolmirzayev ana şunday piru ustodlaridan biri, adabiy tahlil sanʼatining benazir bilimdoni – Matyoqub Qöşjonov dunyosiga kirib borarkan, domlaning inson va ijodkor, ustoz va munaqqid sifatidagi siymosini katta epik mahorat, jöşqin publitsistik ruh bilan qalamga oladi, natijada özi aytmoqçi, “hayotiy haqiqatlar”dan “badiiy haqiqat” çiqariş yölidan ketib, sof “esse” emas, “esse-qissa” yozib qöyadi”. Ha, esse rostdan ham qissadek yoqimli, ajib bir kayfiyatda öqiladi. Unda mazmunli syujet, tadrijiy voqea, yorqin personajlar borki, kitobxon mutolaa qilayotgan asarining janri, qonun-qoidalarini batamom unutadi va heç şaksiz adib mahoratiga tahsin öqiydi. Matyoqub aka bilan ilk tanişuv, adabiy tögarakdagi muhokamalar, birinçi eʼtirof zavqi, ijod va hayot atrofidagi gurunglar, bahsu munozaralar, talqin, tahlil va tanqid sanʼatining nozik qirralari, munaqqid masʼuliyati va vijdon bedorligi, yozmoqlik dardi va uning ijtimoiylaşuvi, alqissa, bir umr maʼnaviy jasorat körsatib yaşagan, yaxşi asarni farzandidek ardoqlab, yomonroğini hafsala bilan tergab, töğri yölga boşlagan şaxs fenomeni ayni şu salmoqli essening boş mavzusini taşkil etadi.

Adib Şukur Xolmirzayev esse janrida barakali ijod qildi. Hatto, aytiş joizki, uning esselari badiiy saviyasi va estetik jozibasi bilan romanu qissalaridan kam emas. Şu bois adib esseistikani xuş körardi, rosmana tasavvuru xotiralar bisotiga şönğib, eng toza va şaffof esdaliklarni öquvçiga ilinardi. Şukur akaning özi aytmoqçi, “Esse – erkin janr, bundan taşqari, u agar taʼbir joiz bölsa, “razmersiz janr” ki, kiyim tanlaganda, böyinggayu eningga ölçab ötirganday siqilmaysan”. Ha, esseistika – qandaydir ijodiy qolipu mezonlardan butunlay holilaniş, erkin va ançayin keng doirada fikrlaş, muayyan şaxs siyratining eng mayda hujayralarini örganiş va qaysidir maʼnoda özgalar qismatidagi bitikni öz taqdiriga aylantira biliş demakdir. Inson atalmiş mardumning köngil dunyosiga kirib bormoq, öy-xayolida çarx urayotgan fikru öylarni sezmoq, sezganda ham ğoyat nozik va inja mahorat ila sezmoq va bu taassurotu tavajjuhlardan özgalarni-da xabardor etmoq, özgalarni-da hayratlantirmoq – bunisi jiddiy mahorat va favqulodda sanʼat mahsuli. Boisi inson siyrati öta sirli va jumboqli. Uni heç kim öziçalik yaxşi bilolmaydi, tuşunolmaydi. Ijodkorlar-ku, inçunun. Bunday tabiat egalari özlari haqida oğiz juftlab, “izhori dil” qilmasa, könglida keçgan tuyğuni tökib solmasa, unça-munça qalamkaş essenamo bitiklar yozmoği dargumon. Şukur Xolmirzayev ana şu “izhori dillar” ning haqiqiy muhibi va oşuftasi bölgani bois abadiyatga daxl qilguvçi, ğoyat mazmundor va gözal esselar meros qoldirdi.

Şohrux ABDURASULOV – 1991-yilda Toşkent viloyatining Bekobod tumanida tuğilgan. Özbekiston Davlat sanʼat va madaniyat instituti magistranti. Sanʼatning turli yö­na­liş­lariga oid ilmiy-publitsistik maqolalari bilan respublika matbuotida iştirok etib keladi. “Adabiyot. Sahna. Inssenirovka” nomli adabiy-tanqidiy risolasi çop etilgan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (147)