Baʼzida til kambağallaşib boryapti, degan gap quloqqa çalinib qoladi. Şunday paytlarda, nahotki, butun bir xalqni xalq, millatni millat qilib turgan ona tilimiz kambağallaşayotgan bölsa, degan havotir iç-içingni kemira boşlaydi. Tarix qismati yöqlikka yuz tutgan tillar, xalq va elatlar taqdiri haqida qançadan-qança oğriqli qissa va rivoyatlar söylamagan bizga…
Keyingi paytlarda Andijonga borib qolsam, bundan nari borsa öttiz-qirq yilgina ilgari hamqişloqlarim lafzida bölgan köpgina söz va iboralar bugun ularning tilidan tuşib qolayotganini seza boşlayman!.. Birgina men tuğilgan kiçkina qişloqda xotirdan sitilayotgan sözlar şunça bölsa, bu kölamni butun mamlakat miqyosiga çaqsak, zalvorligina kitob bölar ekan-da, deb qöyaman.
Aslini olganda, til emas, kundalik tilimiz kambağallaşib boryapti, desak töğriroq bölar. Özbek tiliga davlat tili maqomi berilib, uluğlanib turgan paytda uni boyitmasak, eʼtiborsizlik çangi qoplagan durday sözlarimizni yarqiratib işlatmasak, uyat bölar, deb öylayman. Gapni köp çözmasdan ana şunday söz va iboralarimizdan ayrimlarini keltira qolay…
Baliş – dumli qöy.
Biça – opa.
Buvak – çaqaloq.
Bögallatib – kosa yoki idişga öta töldirib, oğzi-burnidan toşirib quyiş yoxud soliş.
Dudama – ikkiyuzlamaçi, turlanaveradigan kimsa, xameleon.
Döltaqözi – lallaygan, lavoq.
Döxti qursin – afti, başarasi qursin.
Jiji – buvak, çaqaloq
Joni port – kimningdir könglini oliş, bir iş yoki narsaning taşvişida yöl, çora izlab doim bezovtalanib turgan odamning holati.
Itirinji – uydagi tartibsizlik, besaranjomlik.
Iyagida qarigan – özini katta odamlarday tutib sözlovçi bolakay, keksaqori.
Koski – oğzi şalaq, sökonğir kimsa.
Kökayim kesildi – sözim öldi, kamsitildim.
Kötak arava – asosan otga qöşiladigan tört ğildirakli arava. Kötak – rusça “kotok” sözining buzilgani.
Kötaram – sillasi qurib, ketini kötarolmay yotib qoliş, kasallik.
Lagan – rahbarlar nima desa, maʼqullab turadigan yaltoqi odam. Laganbardor.
Lovaq – lavoq, böşang, xom semiz.
Mallaş – oq sariqdan kelgan bola.
Minqi – dimoğida, pinğqilanib, tuşunarsizroq gapiradigan odam.
Modalib – taqalib, qadalib, tirğalib turib oliş.
Oraşon – suyuq ovqatning şaraqlatib qaynatilişi
Panğvoş – aqli ğovlagan, miyasi pöla, qovoqboş.
Pozmon – aftodahol, xafahol, tuşkun, parişonhol.
Rov – jadal, birrov, ostonadan hatlab-hatlamay körib ötiş.
Sariğ maşak – sariğdan kelgan, jahli burnining uçida turadigan, sal narsaga aççiğlanadigan odam.
Somtirab – tentirab, dovdirab, yölidan adaşib.
Sorvozori – öz şaxsini martabali qilib, işing tuşsa yoki iş buyursang, özini toroziga solib turuvçi kimsa.
Tavirka qilib – arzimaydigan gapni ham gap deb, martaba qilib kötarib yuriş.
Tasrayib – bezrayib, baqrayib turib oliş.
Tutantiriq – kul ostidagi oxirgi çöğ ustiga taşlab, puflab olov çiqariş uçun maxsus ingiçkalab yorib çiqilgan payraha ötin, quruq xas-xaşak yoki qoğoz.
Tutimsaq – öziça, turli ajabtovur yumuşlarni öylab topib, kuymalanib yuradigan bola.
Ummay-jummay – ğayrat bilan, şijoat bilan harakat qiliş.
Upçik – çaqaloqlar sörğiçi.
Şixti qursin – afti qursin.
Şöqatoy – şöx, tinib-tinçimaydigan, tutimsaq bola.
Eşma – bölar-bölmasga eşilib, nozlanaveradigan qiz yoki ayol.
Quyqi – ğamingni yegan, kuyingan odam bölib sening gapingni unga, uning gapini senga çaqimçilab yuruvçi ayol.
Çinoqçi – paxta mavsumida terimçilar ortidan yurib, hosilning çanoqda qoldirmay toza terilişini nazorat qilib boruvçi şaxs.
Çökar – qattiq poyali ösimliklarning sinib yoki örib olinganidan keyin şudgorda qolgan, oyoqqa sançilişi mumkin bölgan qismi.
Ğirtmak – gapi bilan böyi yoşiga mos tuşmaydigan, katta odamday aqllilanib sözlaydigan bola.
Abdunabi BOYQÖZIYEV
1954-yili tuğilgan. Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ni tamomlagan. “Ğuboringni yozgayman”, “Seni izlab keldim”,
“Judoliğ daşti”,
“Közlari daryoyim!..”, “Dilxiroj tuyğular”,
“Beş navo”, “Çöli
iroğim” nomli kitoblari çop etilgan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


