Mahallamizda hamma bir-birini taniydi. Agarda biror begona yoki yangi köçib kelgan kişi uçrab qolsa, Tölğon momo albatta sörab-suriştirişga tuşadi. Uning tabiati şunaqa: mahalladagi barçani bilişi ustiga kimningdir biror noxuş odatini sezib qoldimi, yuzing-közing demaydi, şartta gapirib taşlaydi. Töğrisöz va dangalçiligidan heç kim gina-kudrat qilmaydi. Yaqinda qöşnimiz Nodira opaning onasi qişloqdan mehmon bölib kelgandi. Qişloğimizdagi urfga köra, mehmon hurmatiga bir lagan çuçvara tugdim-da, qöşninikiga ötdim. Mehmon törda, Tölğon momo yonda, birgalikda hangomani qizitgandan-qizitib, gurunglaşib ötirişardi. Salom berib, hol-ahvol söraşib bölişim bilan eşikdan katak-katak kattagina sumka kötargan kelinçak kirib keldi. Salomdan söng u:
– Mehmon xola, u-bu narsa xarid qiling, nabiralaringiz xursand böladi, – deb sumkasidan ança-munça buyum va kiyimlar çiqarib, ularni maqtay boşladi. Kim paypoqqa, kim jemperga va yana kimdir kaltaçalarga xaridor bölib, kelinçak ança-munça savdo qilib qöydi. Oradan biroz vaqt ötgaç, Tölğon momo savdosini qilib bölgan kelinçakka yuzlandi:
– Tanimadim, qizim, qöşni mahalladanmisiz? – dedi.
– Yö-ö-öq, xola, yaqinda töy qilgan Iqbol opaning keliniman, – dedi narigi köchaning uy raqamini aytib. – Dökoni bor-ku…
– Böldi-böldi… Iqboloyning keliniman, deng. Bilasizmi, kelin, öttiz beş yil böldi qaynonamning bu olamdan ötganiga. Ammo haligaça “maydaqand”ning asli nomini aytolmayman, – dedi dasturxondagi şakarli idişga işora qilib. Sotuvçi kelinçak gap nimadaligini, Tölğon momoning qaynonasi ismi Şakaroy bölganini darhol tuşundi va qizargan yuzlarini yaşirişga urindi. Davradagi boşqalar ham öylanib qolişdi. Momo iboli özbek ayollarining azaliy urf-odatlariga işora etgandi. Ötmişda momo va onalarimiz kelinlik paytlaridan boşlaboq hurmat-izzat ifodasi sifatida eri, qaynota, qaynona, qaynoğa, qayni, qayinbeka va erining boşqa yaqinlari ismini aytmagan. Eriga avvaliga “özi”, özlari” kabi sözlar bilan murojaat etsa, keyinçalik farzandli bölgaç, “dadasi”, xöjayin” deb yoki tönğiçi öğil bola bölsa, uning ismi bilan murojaat etgan. Töğri, hozir ham köpgina kelin va kelinçaklar bu udumga qisman rioya etişib, erini “xöjayin”, dadasi” deb murojaat qilişadi va bu erkakka bölgan hurmatni bildiradi. Lekin baʼzilarining “Falonçi aka” deb çaqirişi juda ğalati eşitiladi. Axir, aka boşqa, er boşqa-ku?! Tölğon momo şuning uçun tölib gapiradi-da!
Kelinlarning qaynota, qaynona, qaynoğa va boşqalar ismini atamasliklari ham, eng avvalo, ularga bölgan hurmat-ehtirom ifodasidir.
Yaqinda bir voqeaning guvohi böldim. Tahririyatimizga yoş kelin va uning qayinbekasi kirib kelişdi. Kelin mahallaga doir bir şikoyat bilan kelgandi.
– Familiyangiz kim? – deb söradim undan, qölimdagi arizaga ham qaramay.
– Siz ayting, opa! – dedi u qayinbekasiga yuz burib.
Qayinbekasi mamnuniyat bilan jilmayganiça, otalarining ism-familiyasi aytdi. Negadir bu holatdan könglimda allaqanday iliqlik paydo böldi. Ular bilan yaxşigina suhbatlaşib, tegişli maslahatlarimni berib jönatdim.
Töğri, barça kelinlarning öz eri va uning yaqinlari örtasidagi munosabati qatʼiy tarzda şu qoida asosida bölişi kerak, demoqçi emasman. Harholda, şunga yaqin muomala va munosabatlardan özaro hurmat-eʼtibor yuksaladi, şaddodroq kelinlarni qöying, baʼzi yoşlarimiz orasidagi betgaçoparlik, andişasizlik kabi illatlar örnida yaxşi xulq-odoblar şakllanadi, deb öylayman.
Bu kabi yaxşi udum va odatlarimiz juda köp. Ularni qöllaş bilan maʼnaviy boyligimiz ortadi. Bu boylikni bobolar va momolardan olamiz. Oramizda Tölğon momo singari uluğlarimiz bor ekan, bilmaganimizni bilamiz, örganmaganimizni örganamiz. Bugungi katta avlod örta, kiçik va kenja avlodlar uçun beqiyos mazmunli dorilfunundir. Bu dorilfunundan nafaqat qadimiy urf-odat va qadriyatlarimizni, balki milliy maʼnaviyatimizni, turmuş tarzimizni, insoniylik, mehr-oqibat, halollik, oxiratni öylab yaşaş, yaxşilik, mehr-şafqat singari ezgu fazilatlarni örganişimiz mumkin. Ularni bezavol saqlaş, boyitiş va yillar oşa sayqallaş barçamiz uçun ham qarz, ham farz.
Tozagul ALLANAZAROVA
1976-yili tuğilgan.
“Mirzaçöl ovozi” gazetasi boş muharriri.
Ijodiy işlari vaqtli matbuotda muntazam eʼlon qilib kelinadi.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


