Uçköprik Farğona viloyatining Qöqon şahriga yondoş tumanlaridan. Şaharga yaqin qişloqlarda Qöqon şevasining taʼsiri seziladi. Boşqa joylarda Farğona viloyatining Bağdod, Buvayda, Özbekiston, Beşariq, Furqat tumanlari lahjasiga yaqin şevada sözlaşiladi. Quyida eʼtiboringizga havola etilayotgan möjaz luğat köproq ana şu hududga xos sözlardan iborat. Bu hudud odamlari uquvsizlik, lanjlik, manfaatparastlik kabi illatlarni juda yomon köradi, çoği, tanbeh maʼnosidagi sözlar köp.
Bu sözlarning ayrimlari nafaqat Farğonada, balki boşqa viloyatlarimizda ham işlatilişi mumkin.
Böriq – makka yoki jöxori poyasining mol-qöy yeganidan söng qolgan bargsiz qismi.
Yoz kunlari tandirni böriq yoqib ham oqartiriş mumkin.
Dimiqtirmoq – boşini suvga tiqib, suv yuttirmoq, şu yöl bilan qiynamoq. Aka, anavini qarang, dimiqtiraman deyapti.
Yemgiş – til-jağli, özining gapini maʼqullab turaveradigan odam.
E-e, ğirt yemgiş ekansiz-ku! Körganni eşitgan yengibdi, deb şuni aytişsa kerak-da!
Jippanğ – töla, labigaça töldirilgan, tökilay-tökilay deb turgan.
Paqirni jippanğ qilib qöygan ekansan, çömiç solgan edim, suvi tökildi.
Kesmaldak – bargsiz, quruq tut novdasi.
Kesmaldaklarni bostirmaning tomiga bosib qöydik.
Laşim – yirik-mayda aralaş, yoppasiga.
Limonni laşim beş ming sömdan sotdik.
Katta – boboga şunday murojaat qilinadi. “Katta ota” iborasining qisqartmasi bölsa kerak. Biroq bu söz hozir isteʼmoldan çiqib ketyapti. Uning örniga “opoqi”, “opoqdada”, “bobo” sözlari işlatilyapti.
Kattam bir umr dehqonçilik qilib ötgan.
Nuşqut – nişxurd, yem-xaşak, öt qoldiği.
Yangiqörğondan olib kelgan qöyim juda yaxşi çiqdi, umuman nuşqut çiqarmaydi.
Ozitqi – adaştirib, yöldan ozdiruvçi maxluq, ajina.
“Bemahalda yurma, ozitqi ozdirib ketadi”, deb tayinladi enam.
Otaqari – kattalarning gapiga aralaşib, aql beradigan bolaga nisbatan işlatiladi.
“Tuşunmagan narsangga otaqarilik qilma, bolam”, – dedi enam.
Palğari – uzum navdasini yerga kömib, boşqa joyga ötqaziş. Yerga kömilgan qism kelajakda tomirga aylanadi va tok kuçli oziqlanadi.
Bugun ön tup uzumni palğari qildim.
Poldir – dovdir, qöpol harakat bilan yon-atrofidagi narsalarni ağdar-töntar qilib yuradigan odamga nisbatan işlatiladi.
Bunça poldiraysan? Sendaqa poldirni körmaganman, bir çekkada turgan obdastani ağdarib ketganingni qara!
Polpis – kir-çir, öziga eʼtiborsiz yuradigan odam.
Polpisga öxşaysan-a! Kiygan kiyiming – bir ahvol, yağiri çiqib yotibdi!
Pönka – qarğani şu nom bilan ham ataşadi.
Hozir pönkalar yozda ham uçib ketmayapti.
Sumalanmoq – lapaşanglik, lanjlik qilmoq. Menimça, bu söz “sumalak” sözi bilan özakdoş. Sumalak juda sekin pişadi, suyuq böladi. Odatda, lavangtabiat odamlar atalaga ham öxşatiladi.
Bunça sumalanasan, tezroq yursang-çi!
Söltamat – biror işni eplamay, doim böşaşib yuradigan odam.
Söltamatlanma, qadamingdan öt çaqnasin, öt!
Uçeliş – “T” şaklidagi uç yöl tutaşmasi, bir tomoni berk çorraha.
Uçelişda örtoğim Umidjonni körib qoldim.
Qapiştirmoq – futbol öyinida töpni raqibga qarata qattiq zarb bilan yönaltirmoq. Köpinça katta yoşlilar kiçiklarni qapiştirib, qörqitadi. Şu orqali oson aldab ötib, gol urişga harakat qiladi.
“Jonli devorga turmayman, qapiştiradi”, dedi u akasiga.
Qiyratmoq – şöxlik qilib qiynamoq.
Gulçehraning öğli juda şöx bölibdi, onasini kuni böyi qiyratadi.
Ğijirqum – ariq ostida yiğilib qoladigan mayda qum. Bu söz örnida “şilqum” sözi ham işlatiladi.
Sotib olsang, ortib qoladi. Bu yerni suvagani Qilovlidan ğijirqum olib kelsang ham yetadi.
Höpitmoq – çömilmoq.
Bugun Mingbuloqqa höpitgani boramiz.
Orif Tolib
tayyorladi.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


