4 daqiqada öqiladi

1 330 marta körilgan

Şuhratparastlik vasvasasi

Oygul Asilbek

Qadrdon döstim, bugun senga köpdan buyon özimni öylantirib kelayotgan bir mavzu böyiça yozişni niyat qildim. Tarixdan Gerostrat degan nomni eşitganmisan? Eşitmagan bölsang, men senga uning xabarini beray: Gerostrat miloddan avvalgi IV asrda Kiçik Osiyoda yaşagan, nihoyatda şuhratparastlik vasvasasiga giriftor bölgan kimsa. U nomi tarixda qolişi uçun miloddan avvalgi 356-yili Efes şahridagi maʼbuda Artemida (Diana) şarafiga qurilgan, dunyoning yetti möjizasidan biri sanaladigan ibodatxonani yoqib yuborgan va, ajabki, öz maqsadiga erişgan ham.

Psixologiyada Zigmund Freyd öz nazariyasini tuşuntirişda “Edip kompleksi” degan termindan foydalanadi. Garçand ruhiyatşunoslikka daʼvo qilmasam-da, ruxsat etsang, men ham öz kuzatuvlarimga köra, kişilardagi kör-körona şuhratparastlikka intilişni va bu yölda heç narsadan tap tortmaslikni “Gerostrat kompleksi” deb atasam.

Yaqinda bir kitob qölimga tuşib qoldi: nomi ham, muallifi ham unçalik ahamiyatga ega emas, bunday “qöllanma”lar kitob rastalarini töldirib yotibdi. Qanday qilib mansab poğonalaridan kötariliş, şon-şuhrat qozoniş, jilla qursa, jamoatçilik eʼtiboriga tuşiş haqida yöl-yöriqlar körsatilgan edi. Sinalgan usullardan biri jamiyatda öz sohasida yuqori martabalarga erişgan kişilarni ölja qiliş ekan. Soddaroq aytganda, ularga yuzing-közing demay toş otiş, loy çaplaş… Bunaqa nayranglarga tarixdan istaganingça misol keltiriş mumkin. Masalan, qadimgi Yunoniston va Rimda teatr va sayillarda tomoşa körsatib yuradigan aktyor va masxarabozlar kazo-kazolarning eʼtiboriga tuşiş niyatida, hatto jazolaniş xavfidan ham qörqmay, ularni masxara qilganlar. Yaqin ötmişda ham taniqli olimlar, maşhur yozuvçilar, dongdor rassomlar, umuman olganda, jamiyatda öz mavqeiga ega şaxslarni olakaltak qilib, jamoatçilik eʼtiboriga tuşgan kişilar haqida eşitganmiz. Buni qaraki, Gerostratdan qolgan urf bizning zamonimizda ham kuçaysa kuçaydiki, aslo kamaygani yöq.

Sen menga odatdagidek eʼtiroz bildirib, mevali daraxtga toş otişadi-ku, deyişing mumkin. Biroq gap bu yerda daraxtga toş otib, mevasidan bahramand bölişda emas, balki “Men baquvvat daraxtga munosib boltaman”, deyişdadir. “Gerostrat kompleksi” faqat ayrim kişilargagina xos deb öylasang, qattiq yanglişasan. Şuhratparastlik kasali ozmi-köpmi darajada deyarli hammada uçraydi. Kundalik hayotda bunaqalarni vaqti, örniga qarab goh dovyurak, goh surbet, baʼzan takabbur, izzattalab deb ataymiz. Ustozini izza qiliş bilan maqtanayotgan öquvçi yoki talaba deysanmi, boşliqlarini böralab sökişi bilan göyoki obrö qozongan xodimlarni aytasanmi, internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda çeksiz erkinlikdan esankirab, maşhur şaxslarga toş otayotgan “döstlarimiz”ni eslaysanmi, umuman aytganda, jamiyatdagi axloqiy qoida va meʼyorlarni pisand qilmaydigan barça kimsalarda gerostratona vasvasa oçiqroq, börtibroq namoyon böladi.

Internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda avj olayotgan şov-şuv, mişmiş va oldi-qoçdi gaplardan özing mendan köra köproq xabardorsan. Axborot tarqatişda har bir davrning öziga yaraşa vositalari bölgan, albatta. Dastlab xalq yiğinlar, sayilgohlar, keyinçalik tomoşalar, teatrlarda yangilikdan xabardor bölişgan, poçta, telegraf, telefon, matbuot, radio va televideniye ham insoniyatni axborot bilan taʼminlaşga beminnat xizmat qildi. Qiziği şundaki, axborot oliş va tarqatiş qançalik osonlaşsa, kişilarda “Gerostrat kompleksi”ning urçişiga ham şunçalik imkoniyat yaratilayotir.

Bugun jamiyatda yuqori mavqega ega şaxslarga, şoir-yozuvçilarga, siyosiy arboblarga va butun boşli davlatlarga qilinayotgan böhtonlar, tuhmatlarning aksariyati – şu sözimni eʼtibordan qoçirma: aksariyati – ana şu şuhratparastlik vasvasasining oqibatidir. Sen bularni iğvogarlik, ğarazgöylik, ğalamislik, johillik deya ataşing mumkin. Men esa barini jamlagan holda ilmiy istiloh bilan “Gerostrat kompleksi” deb nomlaşni maʼqul kördim.

Aziz döstim, eʼtiboringni yana bir muhim jihatga qaratmoqçiman: ijtimoiy saytlarda baʼzan yurtimizga, xalqimizga nisbatan tuhmatu böhtonlarga közimiz tuşmoqda. Bunaqa mişmişlarni tarqatayotganlar hayotda omadi çopmaganidan alamzada, tuzuk bir işning boşini tutmagan, nima qilib bölsa ham, eʼtibor qozonay, eʼtirof etilay deydigan kişilar emas, deb kim ayta oladi?! Heç bölmaganda, şunday kimsalardan foydalanilmayapti, deb kim bizni işontira oladi?! Holbuki, men senga tarixini aytgan öşa Gerostrat ham hayotda xöroz uriştirişdan nariga ötmagan ekan.

Xöş, bu kasallikka qanday çora köriş kerak, deb savol berişing tabiiy. “Gerostrat kompleksi” qadimda ham bölgan, bugun ham bor, kelajakda ham davom etadi – ildizi bilan butunlay quritiş mumkin emas. Çunki u ojiz bandalarning qonida yaşaydi. Ammo uning zararini, ziyonini kamaytiriş, taʼsir doirasini ziflaştiriş mumkin. Buning uçun , avvalo, bu xastalikka yöliqqan kimsalarning noğorasiga öynamaslik, ularning tegirmoniga suv quymaslik darkor. Va agar kuçimiz yetsa, ularni insofga çaqirib, qoronğu qalblariga ziyo ulaşişimiz lozim. Albatta, yolğiz şu çoraga suyaniş kutilgan natijani bermaydi. Tabobatda kasallikning sababini aniqlab, keyin muolaja buyuriladi. “Gerostrat kompleksi”ni davolaşda ham, eng avvalo, alamzadalik, şuhratparastlikning ildizlariga bolta uriş kerak, deb öylayman. Uzil-kesil xulosa qiliş uçun esa vaqt, katta tajriba talab qilinadi.

Ehtimol, mening bu kuzatişlarim, tasavvurlarim özimga börtib körinayotgandir, sen uçun esa arzimas gaplardir. Yana, kim biladi deysan… Ruxsat etsang, xatimni sevimli şoirimiz Ğafur Ğulomning şohsatrlari bilan yakunlasam:

Şuhrat qoldirmoqqa Gerostratdek,

Diana maʼbadin yoqmoq şart emas.

Köplar baxti uçun özlikni jamlab,

Şu ulkan binoga bir ğişt qöysak bas.

Oygul ASILBEK qizi

1983-yili tuğilgan. Özbekiston Milliy universitetining falsafa fakultetini tamomlagan. Şeʼrlari “Yoşlar kitobi”, “Oltin köprik” singari bayozlarga kiritilgan. “Şoir xayollari” nomli kitobi naşr etilgan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)