5 daqiqada öqiladi

550 marta körilgan

Yurak holatlari

Tursun Ali

Oydinniso adabiyotimizga ilk şeʼrlaridanoq yangi nafas, yangi ruh, yangi ifor taratib kirib keldi. Zotan, uning dastlabki maşqlari respublika vaqtli matbuotida bosilganida, birinçi kitobi “Mensizlik” naşr etilganida (2003), nazmimiz baland çöqqilarga kötarilgan, dunyo şeʼriyati bilan böylaşgan edi.
Ustoz Abdulla Oripov “Nekrasov hasrati” şeʼrida:

Puşkin şeʼri hali yangrardi mağrur,
Lermontov çaraqlar nazm osmonida.
Şoir böliş qiyin,
Şoir böliş oğir
Şunday buyuklarning kahkaşonida… –

deganidek, Oydinniso ham şeʼr yozib taniliş qiyin davrda ilk maşqlari bilan köpçilik eʼtiboriga tuşdi. Ijodidagi rang, tasvir va yurak holatlari şeʼrxonni öziga jalb qildi. Uning:

Sen – böğzimga tiqilib qolgan,
yuragimda urgan tutqun qöşiqsan.
Vujudimning ovozsiz yerlariga  –
tomirimga kömib qöyganman seni.
Heç kimga aytmayman bu haqda.
Içimda yangraysan har kuni,
içimda yiğlaysan har kuni… 1

singari noanaʼnaviy satrlari öqirman nazariga tuşdi. Bu bitiklarda u sevgini şunday ifoda etganki, hatto “sevgi” sözini işlatmagan ham.
Şoiraning yaqinda Ğafur Ğulom nomidagi naşriyot-matbaa ijodiy uyida naşr etilgan “Qoralama” kitobining nomidanoq u yangiça şeʼriyatning vakilasi ekani körinib turibdi. “Qoralama”dagi şeʼrlarni tuşunmoq emas, his etmoq, ovozni baralla qöyib emas, unsiz öqimoq lozim. Ana şundagina öquvçi şoiraning köngil degan tubsiz ummoniga şönğiy oladi. Undan dard-iztirobga qorişiq injularni terib çiqadi”, deb yozilgan kitob annotatsiyasida. Haqiqatan ham, şeʼrlardagi falsafiylik, teranlik, joziba öquvçini öylantiradi, muşohadaga çorlaydi:

Yurib ketmoqdaman
taqdir oralab,
Keçib ötmoqdaman
xoh suv, xoh girdob.
Hali oldindadir
Hamma-hammasi,
Hali bu –
Hayotimning qoralamasi…

deya boşlangan kitob muqovasidagi şeʼr öquvçi diqqatini tortadi. Yaşab ötilgan bu umr hali hayotimning qoralamasi – özligimni, öz yölimni izlayapman, haqiqiy hayotim hali oldinda, demoqçi şoira. Çindan, har bir narsaning qoralamasi bölişi mumkin. Kimdir şeʼrlarini avval qoralama qilib, keyin oqqa köçirganini, kimdir tarjimani qoralab, söng qofiyaga solganini körganmiz. Biroq “umrning qoralamasi” öxşatişi adabiy yangilik, şoirona topilma emasmi?
Şoiraning “Onamsiz” turkumini öqirkanmiz, adabiyot odam qismatidan, yaşayotgan hayotidan yaralişiga inonamiz. Turkum ohorli obrazlarga, betakror taşbehlarga, kutilmagan satrlarga boy:

Köksimga boş urib uvlaydi şamol,
Yaproqlar tiz çökib mehr tilaydi.
Tözğir xayol,
Tinim bilmay izğir xayol,
Ona, sizni, faqat sizni izlaydi.

Turkum öquvçida ana şunday ğamginlik uyğotsa-da, pirovardida yoruğlik ila şeʼrxon diliga taskin bağişlaydi. Lirik qahramon bahorga murojaat etarkan:

Bizni taşlab ketmaydi,
onam,
U heç kimni
Ranjitmas sira.
Doim rozi
Közda yoş bilan,
Kular
Garçi yuragi ğurra.
Öyin öylab topdi
U yana
Bolalarin
xursand etmoqqa.
Kelganingda
gullab çiqqani,
U berkindi
Ona tuproqqa!

deya öquvçi ruhiga yoruğlik olib kiradi. Endi ona tuproq bahor kelganida gullab çiqişiga, yaʼni onalarning ölmasligiga işonasan.
“U berkindi ona tuproqqa” satrlariga “qora tuproqqa” deya juzʼiy tuzatiş kiritilsa, tuproq unga ona berkinganidan söng ona tuproqqa aylansa, şeʼr yanada hayotiyroq bölar edi.
“Xirgoyi” turkumi bizni tamoman hayratlantirdi. Öqirkanmiz, har bir şeʼr bir-biriga zanjirday boğlanganiga hamda ruhiy butunlik, inson köngil olami, rangin lahzalar mohir musavvir kabi suvratlanganiga guvoh böldik. Telba tilidan yozilişi ham şeʼrxonni qiziqtiradi, öziga tortadi. Zotan, köp şoirlar hayotda biroz jununvaş va telbanoma taassurot uyğotadi; gap-sözi, yuriş-turişi bilan ajralib turişiga hayotda köp duç kelganmiz. Şoiraning lirik qahramoni telbavor satrlari, kutilmagan şeʼriy fikrlari bilan dilni sehrlaydi. Turkum garçi doston deb atalmagan bölsa-da, biroq mutolaa asnosida ibtidosi va intihosi bor yaxlit asar ekaniga amin bölamiz.
Oydinniso  kutilmagan badiiy kaşfiyotlari, gözal timsollari, xullas, şeʼriy ranglari ila Bahrom Rözimuhammad, Faxriyor, Rauf Subhon, Gözal Begim, Davron Rajab kabi şeʼriyatimizda yangiça izlanişlar qilayotgan ijodkorlar safidan örin olgan. Xususan, mazkur “Xirgoyi” turkumi ham zamonaviy şeʼriyatimizning böy-bastini körsatgan, desak, adaşmaymiz:

Osmonimga bostirib kirdi qiş.
Men – isyonçi darveş.
Qişni haydamadim
peçga öt yoqib,
Issiq joyda asramadim
jonimni.
Kuraşdim
sovuq suv içiga yotib,
Tişim taqillatib
Qörqitdim uni.

Qişning bostirib kelişi lirik qahramon qismatida oğir kunlar boşlanganini, unga nisbatan isyonkor yurakning holatlari obrazlar orqali kuraşçan ruhda ifoda etilgan. Şu örinda xalqimizning «Sovuqni sovuq kesadi» degan naqli esga tuşadi:

Qişga qarşi çiqdim
çarxlab özimni,
Qiş kutardi
uryon jismim çimçilab,
Huzurlandim
löq qilib unga közimni.
Qişni yengdim oxir
Men unga çidab.

Çidam insonning eng kuçli quroli bölsa kerak. Hayotda har qanday oğir kunlarni sabr-bardoş bilan yengib ötiş mumkin.
Şoiraning lirik qahramoni: “Vaqt yölin tösamiz, bergil qöllaring”, “Yiğlamay oqizdim közdan yoşimni”, “Teng körmayman özimga sizni, men uçun tozalik qilasiz”, “Tuğilgan kunim bilan tabriklayman sizni, Odamlar!” deya oladi.
“Menda es yöq, esimda men bor”, “Ökirib yubordi soqov tölqinlar”, “Aqlingizni berib turing, döst”, “Bejon yotar bir tun özimning umrim”, “Meni yutib oldi yutilgan yurak”, “Eşikdan kirayotib oçib qöydim hamma körgan qiyofamni” qabilidagi satrlar, bir qarasangiz, telbanamoday tuyuladi, biroq kamdan-kam şoir öz fikrini şu tarzda aytgan. Ha, ijodkor öquvçini işontirolsa, fikrini his ettirolsa, har qanday gapni adabiyotga olib kirsa böladi.
“Qoralama”ni öqiş asnosida Oydinnisoning jahon şeʼriyatiga xos va sevimli ustozimiz, Özbekiston xalq şoiri Rauf Parfi ijodidagi öz-öziga qarşi çiqiş, yaʼni kontrast usulini puxta örganganini sezamiz. Buni yaxşi maʼnoda şeʼriyatimiz yangilanişiga öz hissasini qöşayotganiga yöyamiz.
Kitobdagi “Hayot daraxti” qissasi ham lirikligi va ohangdorligi bilan bamisoli şeʼrday öqiladi. Ruhiy olamingizga şeʼriy tuyğular quyulib kelayotganday his etasiz. Daraxt ramzga aylangani bois ham asarning badiiyligi yanada ortgan. Öquvçini teran öylaşga çaqiradi. Qissa bölak-bölaklarga bölinib, sarlavhalar qöyilgan, har birida şeʼriy fikr va tuyğular mujassam.
“Qoralama”dagi asarlar mutolaasi asnosida inson umri ham “qoralama” degan teran bir falsafani tuyasiz. Biroq kitobga qoralamalar emas, original şeʼrlar jamlanganiga amin bölasiz.

Tursun ALI

1952-yili tuğilgan.
Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan. “Yurakdagi sözlar”, “Yoruğ kunlar”, “Yolğizim”, “Uyğoq sukunat”, “Sokin xayqiriq”, “Saylanma”, “Quş pati”, “Lahzalar suvrati” kabi şeʼriy töplamlari naşr etilgan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (147)