9 daqiqada öqiladi

202 marta körilgan

Ruslan Nurudinov: Oğir atletikaçining dösti ham, raqibi ham – ştanga

Ruslan Nurudinov

Braziliyaning Rio-de-Janeyro şahrida bölib ötgan XXXI yozgi Olimpiada öyinlari çempioni Ruslan Nurudinov bilan suhbat

– Andijonda köplab sport turlari böyiça maktablar şakllangan. Nega aynan oğir atletika yönalişini tanlagansiz?
– Töğrisini aytsam, boşqa ilojim bölmagan.
– Iye, kimdir majburlab toş kötartirganmi sizga?
– Yöq, unday emas. Ikkita akam bor. Ular oğir atletika bilan şuğullanişardi. Hayotda özing havas qiladigan, ergaşadigan kişilar böladi-ku. Albatta, otam men uçun doimo namuna bölgan. Lekin sport borasida akalarimning ortidan ketganman. Akalarim şuğullanayotgan zalga birinçi marta beş-olti yoşlarimda borganman. Ularning oğir-oğir toş kötarişlarini körib, meni hayrat çulğab olgan. Ön ikki-ön uç yoşlardagi akam 70-90 kg toşni bemalol kötarardi. Bu toş közimga juda katta körinardi, nahotki odam şunça oğirlikni kötara olsa, deb hayron qolardim. Ana şu paytda men ham oğir atletikaçi bölaman degan maqsadni dilimga tugib qöyganman.
– Sport bilan şuğullanayotgan dastlabki paytlarda boşqa sport turiga ötib ketiş fikri bölganmi? Balki sizni oğir atletikadan qaytarişgan hamdir?
– Birinçi bölib murabbiyim qaytarganlar. Hayron bölmang, sababi bor. Ikki yildan keyin kelasan, deganlar. Sakkiz yoşimdan maşğulotlarga qatnay boşlaganman. Ilk paytlarda “kaltak” deb ataladigan, toşsiz ştangani kötarib maşq qilganman. Çunki haqiqiy ştanga bilan işlaş bu yoşda mumkin emas. Asta-sekin texnikani örgandim, ikki kilo-ikki kilo toş qöşib kötara boşladim. Oradan ikki yil ötgaç, çinakam ştanga bilan şuğullanişga ötdim.
Otam va akalarim qarşi bölişmagan. Ona baribir ona-da, ming xil yöl bilan fikrimni özgartirişga urinardi. “Böying ösmay qoladi”, “Öqişing qolib ketyapti”, “Örtoqlaring bilan borib futbol öynasang-çi”, “Köçaga çiqib, aylanib kel”, “Bolaliging ham ötib ketyapti”… Xullas, şunaqa. Lekin Toşkentga öqişga kelganimdan keyin mening eng katta suyançim, eng katta qöllovçim onam böldilar. “Şu yölni tanlading, endi çekinma, dadil böl”, deb qayta-qayta taʼkidladilar. Hozir ham şu gapni quloğimga bot-bot quyib turadilar.
Boşqa sport turiga ötiş fikri esa mutlaqo bölmagan. Agar oğir atletikada omadim çopmaganida, men uçun sport yöli tugardi.
– Ştangaçi qanday xususiyatga ega bölişi kerak deb hisoblaysiz?
– Kuç va tezlik uyğunligi, muşaklarning yaxşi rivojlanişi jismoniy ustunlik beradi. Ştangaçi öz muşaklarini yaxşi bilişi kerak. Muşaklar oq va qizil böladi. Qizili – çöziluvçan, oqi – qotuvçan.
– Qaysi biri yaxşi? Oqimi, qizilimi?
– Ikkalasiga ham mos şuğullaniş usulini topsa böladi.
– Sizning muşaklaringiz qaysi turga mansub?
– Qiziliga. Bunday muşak tez ösmaydi, rivojlanişdan erta töxtaydi. Lekin tez çözilib, tez öz holatiga qayta oladi.

– Sportçilarning xarakteri tez namoyon böladi. Masalan, boksçining qiziqqon, xotirjam yoki ayyorligini ringda yaqqol köriş mumkin. Oğir atletikaçining xarakteri esa köpda sezilavermaydi.
– Töğri. Çunki toş odamni xotirjam qilib qöyadi. Şuğullanganingiz sari fikringiz jamlanib boradi. Jahlga qança erk bersangiz, toş şunça böysunmaydi.
– Köplab sport turlarida sportçilar raqiblarining imkoniyatlarini oldindan yaxşilab örganadi. Ularning kuçli va zaif jihatlariga qarab tayyorgarlik köradi. Siz ham şunday yöl tutasizmi?
– Albatta, raqibga eʼtibor beriladi. Lekin oğir atletikaçi uçun asosiy raqib – ştanga. Toş bir paytning özida döst ham. Musobaqa paytida raqibga qarab toşga buyurtma beriladi. Lekin ştangani kötara olmasang, eng zaif raqibni ham yenga olmaysan. Şu bois maşğulotlar paytida asosiy diqqatni ştangaga qaratamiz.
– Neça kilogramli toşga buyurtma beriş, raqibning harakatiga munosib javob qaytariş uçun ham puxta strategiya kerak. Bunday holatlarda qanday qaror qabul qilasiz yoki murabbiy nimani buyursa, şuni bajarasizmi?
– Kelişgan holda harakat qilamiz. Masalan, sahnaga çiqqunimça şuğullanib turaman. Öz navbatim kelgunça asta-sekin oğirlik qöşib, toş kötarib turaman. Ikki-uç daqiqa qolganda dam olaman. Badan qizib turadi, belni sovitib qöymaslik uçun soçiqqa öralib turaman. Murabbiyim kelib, “Ruslan, raqibing 180 kilo kötardi, 182 kilo kötara olasanmi?” deydi. Men ahvolim yaxşi bölsa, “183 kilo buyurtma bera qolaylik, özimni yaxşi his qilyapman”, deyman. Şunday işlaymiz. Ştangaçilar sahnaga çiqqunça xato tayyorgarlik körib yoki yangliş kilogramga buyurtma berib yutqazib qöygan holatlar juda köp.
– 2012-yilgi London Olimpiadasidagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin tez orada özingizni körsata oldingiz. Olimpiadadan keyin oğir tuşkunlikni boşdan keçirganingiz aniq. Jismoniy-ruhiy tiklanişga nimalar kömak berdi?
– Töğrisi, beş-olti oyça tuşkun yurdim. Lekin bu ruhiy tuşkunlik emasdi. Öz içimga qamalib oldim-da, qayerda adaşdim, nima kamçiligim bor, qanday işlaşim kerak, degan savollarga javob izladim. Murabbiy sizni şuğullantiradi, yöl-yöriq körsatadi, kerak bölsa, qaçon hojatga borişingniyam nazorat qiladi. Lekin köp vaqt özing bilan özing qolasan. Özingga özing işlov bermasang, ştangadan qörqib tursang, heç narsaga erişmaysan. Murabbiying qança urinmasin, biror natijaga erişiş qiyin.
“Nimaga yutqazdim?” deb özimga qayta-qayta savol berdim. Çunki men musobaqaga tayyor edim. Maşğulotlarda natijalarim dast kötariş – 199 kilo, siltab kötariş – 235 kilo edi. Olimpiadada 184 kilo ga 221 kilo böldi. Farqni qarang! Bu keraksiz hayajon, ortiqça işonçning oqibati edi.
– Musobaqalarga alohida ruhiy tayyorgarlik körasizmi? Bu borada ham kimdir murabbiylik qiladimi? Maqolalar, suhbatlardan öqib bilganmiz, qaysidir sportçi musobaqadan oldin meditatsiyaga kiradi, kimdir qandaydir irimlar qiladi. Sizda bu jarayon qanday keçadi?
– Har qanday musobaqaga faqat pok niyat va ixlos bilan boraman. Xudodan sörayman, iltijo qilaman. Özimni jamlaşga harakat qilaman. Deylik, maydonga çiqyapman, tezda böşaşim kerak, boş har qanday öy-fikrdan xoli turişi zarur. Faqat bitta savol köndalang bölişi lozim: qanday kötaraman? Toşni kötarib, pastga taşlamagunça na murabbiyni, na yaqinlarimni, na tomoşabinni – heç kimni körmayman.
– Rio-2016 Olimpiadasida barçamizni xursand qilib, eng yuqori poğonaga kötarila oldingiz. Bunga nimalar asos böldi?
– Bu safar ruhiy tayyorgarligim yuqori edi. Oldingi xatolardan kerakli saboq çiqargandim. Londonga “Men çempionman! Çempion bölişim aniq!” degan kayfiyatda ketgan bölsam, bu gal imkoniyatlarimga işonsam-da, “Ruslan, katta ketma! Işon, lekin işonçingni oşkor qilma. Oldin natijaga eriş, keyin özingni bemalol qöysang bölaveradi”, deb özimga özim tez-tez eslatib turdim. Boşqalar: “Ruslan, bu körsatkiç bilan sen albatta ğolib bölasan!” desa ham, “Töxtanglar. Oldin boray, özimni körsatay, keyin, mayli, gapiringlar”, deya javob qildim. Hatto murabbiyning qanoati ham menga xotirjamlik bermadi. Musobaqadan oldingi maşğulotlarda 200 kiloga 240 kilo körsatkiçga erişdim. Olimpiadada esa 190 kiloga 237 kilo kötardim. Natijalar baribir farq qildi. Maşğulotda 240 kiloni juda oson kötara olgandim.
– Ğolib bölgandan keyingi his-hayajonlar haqida ham gapirsangiz…
– Toşni taşlagaç, içimdan ulkan bir quvonç kötarilib keldi. “Xayriyat, eng katta imtihondan ötdim”, degan fikrdan yayradim. Çunki sportçi uçun eng yuksak musobaqa Olimpiada sanaladi. Jahon çempionatlari ham Olimpiya çöqqisi sari bir bosqiç. Sahnada turarkanman, qarşimdagi, yon-atrofimdagi birorta odamni körmadim. Sahnadan tuşgaç, sal hayajonim bosildi. Lekin töp bölib turgan, ğalabamni nişonlayotgan delegatsiyamiz aʼzolarini körgaç, meni çeksiz quvonç yana çulğab oldi.
– Sportçilarning muntazam amal qiladigan kun tartibi, hayot tarzi böladi. Sizda qanday? Kuningiz qanday ötadi? Qanday dam olasiz? Qanaqa ovqatlanasiz?
– Biz yil böyi maşğulotda bölamiz, qatʼiy kun tartibiga amal qilamiz. Ertalab 7: 30 da turib, keç soat 11 da uxlaymiz. Kunga qarab bir, ikki yoki uç mahal maşğulot ötkazamiz. Kunduz soat bir yarim-ikkidan soat törtgaça dam oliş soati. Çunki ikkinçi maşğulotga kuç yiğib oliş kerak. Ovqatlaniş vaqtlari ham qatʼiy. Oşxonada hamma bir paytda ovqatlanadi.
Milliy taomlarimizni xuş köraman. Bir kun – oş, bir kun – norin, bir kun – somsa. Şörvani ham yoqtiraman. Uzoq davlatlarga musobaqalarga borganda, iloji yöq, sabr qilaman. Oğir atletikaçi kaloriyali ovqatlar yeyişi kerak. Muşaklarni qotiradigan yoki unga salbiy taʼsir körsatadigan yeguliklar mumkin emas. Yaxşiyamki, özbek taomlari orasida bundaylari yöq (kuladi).
– Badiiy asarlar ham öqib turasizmi? Kimning yozganlari sizga köproq maʼqul bölgan? Sönggi öqigan kitobingiz qaysi?
– Tarixiy kitoblarni köp öqiyman. Ular menga ilhom beradi, dunyoqaraşimni kengaytiradi. Qayerga borsam, öşa yerning tarixini yaxşiroq örganişga harakat qilaman. Tarix kitoblarida uruşlar haqida ham yoziladi. Uruşni yomon köraman. Tinç yurtda tuğilib, tinçliksevar odamlar orasida ulğayganim uçun eng qadrli neʼmat tinçlik-osoyiştalik ekani kitob öqiyotganimda ham xayolimdan ketmaydi.
Sönggi marta öqigan badiiy kitobim – Puşkinning “Pugaçyov tarixi” asari. Özi, bu şoir ijodini juda sevib mutolaa qilaman. Deyarli hamma asarini öqiganman, desam ham böladi.
– Bugun siz katta muvaffaqiyatlarga erişgan, maşhur sportçisiz. Oldingizda turgan bundan-da kattaroq rejalar haqida gapirsangiz.
– Ikki karra yoki uç karra Olimpiya çempioni böliş heç kimga ortiqçalik qilmaydi. Kelgusi Olimpiadada ham ğalaba qozonişni niyat qilganman. Garçi özbek oğir atletikasi tarixida birinçi jahon çempioni, birinçi Olimpiya çempioni degan şarafga erişgan bölsam-da, bu natijalar meni qanoatlantirmaydi. Osiyo öyinlari çempionligini ham qölga kiritsam, töla medallar şodasiga ega bölaman. Kuni kelib, jahon darajasidagi afsonaviy oğir atletikaçiga aylanarman. Maqsadim şu: imkoniyatlardan samarali foydalanib, yangi-yangi yutuqlarga erişiş.
– Istaysizmi-yöqmi, vaqti kelib professional sportni tark etasiz. Undan keyin nima bilan şuğullanişni heç öylab körganmisiz?
– Yöq, öylab körmaganman. Öylaganingiz – öşa tomonga qadam taşlaganingiz. Bir paytlar zal oçişni rejalaştirgandim. Bu fikrdan hozirça voz keçganman. Sportçi asosiy maqsaddan uzoqlaşmasligi kerak. Heç nimaga çalğimasligi zarur. Baʼzilar: “Davring keldi, bor, biznes qil, pul top!” deb öziça maslahat beradi. Men bunday gap-sözlarga mutlaqo quloq tutmayman. Töğri, oilamga yordam beryapman, akalarimning biznesini qöllab-quvvatlab turibman. Lekin özim faqat sport bilan maşğulman. Menga sportdan topganim yetadi. Ortiği kerak emas.
– Bugun oğir atletika bilan şuğullanuvçilar sezilarli köpaydi. Bunga siz va siz kabi sportçilarning erişayotgan muvaffaqiyatlari ham katta taʼsir körsatadi. Oğir atletikaga kirib kelayotgan yoşlar, ösmirlarga qanday tavsiyalar berasiz?
– Oğir atletika bilan şuğullanuvçilar soni köpayganiga, avvalo, davlatimizning yuksak eʼtibori sabab. Men sportga qadam qöygan davrdagi şart-şaroit bilan hozirgisi örtasida juda katta farq bor. Bugungi yoşlar hamma imkoniyatga ega. Sport zallariga eng zamonaviy jihozlar örnatilgan. Ştangalarimiz deyarli har yili yangilanadi. Eskirişga ham ulgurmaydi. Toşkentda xalqaro çempionatlar ötkazilyapti. Musobaqadan keyin yangi toşlar tarqatiladi. Çekka-çekka qişloqlardagi zallarda ham oğir atletika jihozlari yoşlar uçun muhayyo. Endi ana şu şaroitdan, imkoniyatdan unumli foydalaniş kerak. Turli bahonalar, erinçoqlik, öz isteʼdodiga masʼuliyatsizlik yaramaydi. Iştiyoq, qiziqiş bölmasa, sportga qadam qöymagan maʼqul.
– Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 24 yilligi arafasida Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev bir guruh sportçilarga davlatimizning yuksak mukofotlarini şaxsan topşirdilar. Ular safida siz ham bor edingiz…
– Oğir atletikaçilar tabiatan hayajonsiz böladi, tez taʼsirlanib ketavermaydi. Prezidentimiz gapirayotgan paytda iç-içimdan ruhlanib, ilhomlanib ötirdim. Bu uçraşuvdan juda katta taassurot oldim, kuçimga kuç, işonçimga işonç qöşildi.
Sportga Birinçi Prezidentimiz katta eʼtibor qaratgan edilar. Bugun bu ğamxörlik yanada ortdi. Körsatilayotgan eʼtibor, bildirilayotgan işonç uçun Yurtboşimiz Şavkat Mirziyoyevga çuqur minnatdorlik bildiraman. Işonçlarini albatta oqlayman. Yangi-yangi ğalabalar bilan sportimiz rivojiga hissa qöşaman.
– Samimiy suhbatingiz uçun rahmat.

Orif Tolib suhbatlaşdi.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (73)

Şeʼr ham, şoir ham millat uçun oyna

XX asr özbek şeʼriyatidagi mavzularning turfaligi, taşbehlarning ohorli ekannida ustoz şoirlarning çuqur bilim va saviyasi körinib turadi. Bu şeʼriyat tarixiy voqealarga, uluğ şaxslarga murojaat etdi, şuning barobarida…