5 daqiqada öqiladi

369 marta körilgan

Zomindan yozuvçilikkaça…

Bahodir Abdurazzoq

Zomin. Öriklisoy. Yozning ayni çillasi. Lekin bu soydagi öriklar hali ğöra. Şarqiragan muzday soy. Suv böyida, sal naridagi aylana örindiqlarda tört-beş qiz-öğil qaldirğoç valfajrini qilib ötiradi. Kimgadir Muhammad Yusuf iliq gapirgan, Yöldoş Sulaymon bir nosir qizning asariga yuqori baho bergan, keçqurungi maşvaratda Abdulla Oripov uşbu seminar-maşğulotlar Jizzax yoş ijodkorlari, umuman, Jizzax adabiy muhitiga ijobiy taʼsir körsatayotgani, bu ular ijodida yaqqol aks etayotganini sözlagan. Kimdir Iqbol Mirzoning, biri Halima Xudoyberdiyevaning nazariga tuşgan. Bir  hajvçi yigit Ahmadjon Meliboyevning etagidan mahkam tutgan, Surxon toğlaridan kelgan şoira qiz şaxsan Sirojiddin Sayyidga şeʼr daftarini tutib eʼtiroflar eşitmoqçi.
Ötgan vaqt mobaynida Ona yer neça marta emrandi, soğingan döstlarini bağriga oldi. Iliqnafas, mehribon ustozlar…
Zomin toğlarida bulbullar köpaygan.
Bulbullar, qumrilar, kabutarlar, zarğaldoq, qarqunoq, qulquntoy, kökkaptar…
Azim Suyun, Omon Matjon, Zebo Mirzo, Baxtiyor Genjamurod, Qöçqor Norqobil, Salim Aşur, Rustam Musurmon, Umida Abduazimova, Şarifa Salimova, Mahmud Toir, viloyat yozuvçilar uyuşmalari rahbarlari, ular özlari bilan olib kelgan yoş ijodkorlar.
Albatta, bu bor-yöği seminar, yaʼnikim ijodiy anjuman, demak, ustozlar ot tödasiga, poygasiga öz toyçoğini soliş kayfiyatida emas, ring yoki gilam ustiga öz şogirdini çiqarişdek yakkama-yakka bellaşuv tarafdorlari ham emas. Çunki şogird – köngil rozini kuylovçi bir ijodkor, xolos. Demak, undan Özbekiston bayroğini baland kötariş talab qilinmaydi, kökrakka şoda-şoda medal ham taqilmaydi.
U  avaylab, söz saralab, ne bir xavotir, ne bir hayajonda sardaftar töldirgan – ustozlarga maʼqul kelib, bir iliq söz eşitarmikan…
Matbuot, televideniye, ayniqsa, adabiy naşrlar mazkur adabiy muloqotlarni ançaga dovur yoritişadi, qatnaşçilar suhbatga tortiladi, jurnal muqovalari seminar iştirokçisining xuşvaqt fotosuratlari bilan bezanadi.
Seminarda yillar davomida yuzlab yoşlar qatnaşgan. Ular orasida adabiyotning çinakam fidoyilari ham yetişib çiqqanini qayd etiş zarur.
Bir muddat çegara hududlar osoyiştaligini saqlaş maqsadida tadbir Baxmal tumaniga köçirilganidan ham xabaringiz bor.
Ammo ğalvir suvdan kötarilganda nima qoladi?
Böladigan gap ham şu, aslida.
Nazarimda, önlab yigit-qizlar Zomin seminari kaşfiyoti sifatida öşa kunlarni eslaydilar. Kimdir şogird, kim – ustoz, u kunlarni şirin xayollar bilan xotirlaydi.
Şularning içida Bahodir Abdurazzoq iliq taassurot uyğotgan. U qatnaşçilarning nisbatan yoşi kattaroği, şu boisdandir, haydovçi yonidagi örindiqda ketmoqda, ora-sira tuyqus hayqirib şeʼr öqib qolişga ham özini haqli sanar edi.
U menga oqsoqolmi, ustozmi deya yukingan bölsa, bor-yöği birgina pandu nasihatni quloğiga quyib oldi: “Madomiki nasr bilan şuğullanar ekansiz, şeʼrni yiğiştirib, kuçni qora mehnatga bering.Siz bilan öşanda gaplaşsa böladi!”
Bu fikr Bahodirga qay tariqa taʼsir qilgani menga nomaʼlum, ammo şundan keyin jiddiy yozuvçiga aylanib qolganiga özim guvohman.
Bahodir Abdurazzoq 1974-yili Qaşqadaryo viloyatining Muborak tumanida tuğilgan. Hozirgi Özbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetida öqigan. Qator nasriy va nazmiy asarlari çop etilgan. U özini köproq yozuvçi sifatida tanitdi. Adaşmasam, “Yoşlik” jurnalining 2010-yilgi 6-sonida Bahodirning “U” deb nomlangan qissasi eʼlon qilingandi. Zomin seminaridan söng u bilan tez-tez muloqot qiladigan böldik. Bahodir orqali qaşqadaryolik yana yaxşi bir yozuvçi Jumaqul Qurbonov bilan tanişdik. Har ikkisi ham adabiyotning buguni va ertasi bilan yaşaydigan ijodkorlar. Kunlarning birida Bahodir bir qissa yozdim, dahşat, unça-munça geniyman deganlari ham ip eşolmaydi, deb kimlargadir  işora qildi. Köraylik, opkeling, dedim. Opkelgani “U” degan qissa edi. Çindan ham, baquvvat, voqea bölgulik asar edi. Taqqoslaş uçun bir gap aytay: agar şu qissadagi joy va kişi nomlari, mentaliteti piça özgartirilib, buyuk Amerika adibi Jek Londonning yangi tarjima asari deb öquvçilar hukmiga havola etilsa edi, qoyil, bexabar ekanmiz, Jek Londonning biz bilmagan bunday uluğ asari bor ekan, deya albatta eʼtirof etgan bölardik. Ammo uni muboraklik allaqanday Bahodir degan tanilmagan yigitça yozgani, boz ustiga, adabiyotda tez taniliş, tez obrö orttiriş daʼvosini qilmayotgani uçun serviqor olimlarimiz jim turişdi. “Yoşlik” jurnalining öşa soni 6162 dona çop etilgan ekan. Muhtaram ustozlarning közlari tuşmagan bölişi mumkin emas. Baʼzan ijodkor tez tanilişi uçun kimningdir qölidan tutgan bölişi yoxud baʼzi adabiyot “keskirlari”ning did-farosatiga maʼqul kelişi şart bölar edi.
Bahodir özi şaxs sifatida qolipga tuşmaydi. Buning ustiga, yozgani ham adibning “nostandart” ekanini ifoda etib turardi.
Adabiy muhit özi şunaqa: maqtalişi mumkin bölgan, u maqtalsa, birovga malol kelmaydigan şaxslar bor. Bahodir Abdurazzoq 2011-yili juda zör ikki hikoya, 2014-yili “Tözon” degan öta ğaroyib qissa eʼlon qilsa ham, Adabiyot pinagini buzmadi… Bu qadar sovuqqon bölmasa hazrati Adabiyot…
“U” ham, “Tözon” ham juda katta şiddat bilan yozilgan asarlar. “U” – qullik, sadoqat, halollik, jömardlik, qon suruvçi betizgin axloq, mahkumlik haqidagi gözal hamda yorqin asar. Qoronğilik, zimiston, ilojsizliklar aro, vaqtlar, çigalliklar aro yoruğlik olamiga çiqmoq, yoruğlik esa aslida yigit-qizni taʼqib qilib kelgan ulkan tuzoq… ekan… Öqigaç, juda ğaroyib taassurotlarga berilib ketasiz.
“Tözon”ni öqiganda ham xuddi şunday töymay qolasiz…
Har ikkala asarda ulkan timsollar mavjud.
Ularni ilğay biliş, yozuvçi közda tutgan nuqtayi nazarga osongina yetib oliş muşkul.
Bahodirday yozuvçilar har kuni tuğilavermaydi, har qanday adabiyot peşonasiga şunday ijodkor bitgan bölsa, albatta, u adabiyot baxtlidir.
Esimda, öşanda Zomin seminari edi, Bahodir oq sport maykasida ertangi kun adabiyotini öylar edi, hayqirgisi kelar edi, prozani ağdar-töntar qilaman, derdi, hali körasiz, ön yil-yigirma yil ötsin… derdi… Va öşa vaqt ham ötdi…
Adabiyot esa… Yerning tölğoğiday oğir bir jarayon… Şunçaki yaralmaydi. Ehtimol, u tuğilar.
Yoş ijodkorlarning şu paytgaça bölib ötgan Zomin seminarlari hamda yana qutluğ qadamlar bilan yaqinlaşayotgan navbatdagi anjuman haqida öylaganda, köngildan şu öylar keçdi. Va bu yilgi seminar ham Bahodirday isteʼdodli yoş yozuvçilarni kaşf etişiga umid boğladim.

Sobir ÖNAR
 
1964-yili tuğilgan. Özbekiston Milliy universitetida tahsil olgan.
 “Orzuga töla qişloq”, “Ovloq adirlar bağrida”, “Çaşma”, “Çambilbelning oydalasi”, “Bibisora”, “Farişta”  kabi qissa, hikoya va hangomalar töplamlari çop etilgan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (147)