3 daqiqada öqiladi

825 marta körilgan

Hazrat Navoiyga ehtirom

Alişer Navoiy

Buyuk mutafakkir Alişer Navoiy tavallud kuni munosabati bilan, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasida “Hazrat Navoiyga ehtirom”, “Xazoyin-ul maoniy” va “Sokrovişnitsa мысли” kitoblarining taqdimot marosimi bölib ötdi.

Alişer Navoiy

 Yozuvçilar uyuşmasi raisining örinbosari, Özbekiston xalq şoiri Iqbol Mirzo tadbirni oçib, Istiqlol şarofati bilan, barça qadriyatlarimiz qatori Alişer Navoiy merosini örganişning keng ufqlarini oçilgani, ul zotning ijodini asliça, mohiyatini tuşunib örganiş imkoniyati yuzaga kelganini taʼkidladi. Xususan, 1991-yilda Alişer Navoiy tavalludining 550-yilligi tantanali nişonlandi. Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston Respublikasi Davlat mukofoti taʼsis etildi. Toşkentda Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston Milliy boği barpo etildi va bu boğ örtasida şoirning salobatli haykali qad kötardi. Şoirning 20 jildli mukammal asarlar töplami naşr etildi. Mamlakatimizda Alişer Navoiy xotirasi yuksak darajada eʼzozlanadi. Bir viloyat, şahar, oliy öquv yurti (Samarqand davlat universiteti), Toşkentdagi Milliy kutubxona, Özbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti, Adabiyot muzeyi, Toşkentdagi Katta akademik opera va balet teatri, Sanʼat saroyi, Toşkentdagi metro bekati, önlab köçalar va jamoa xöjaliklari uning nomi bilan atalgan. Alişer Navoiy hayoti va ijodiga bağişlab haykaltaroşlar, rassomlar va bastakorlar asarlar yaratişgan. Har yili Alişer Navoiy tuğilgan kun — 9 fevralda ilmiy-anʼnaviy konferensiya ötkazilib, Alişer Navoiy merosini örganiş sohasida qilingan yillik işlarga yakun yasaladi.

Özbekiston xalq şoiri Omon Matçon hazrat Navoiy ğazaliga boğlagan maşhur “Avvalgilarga öxşamas” muxammasini öqib berdi.

Alişer Navoiy

Özbekiston xalq şoiri Usmon Azim, Yozuvçilar uyuşmasi tomonidan Alişer Navoiy asarlarining ön tört tilga tarjimasi ustida olib borilayotgan işlardan ruhlanib, uluğ mutafakkir asarlarining milliy maʼnaviyatimiz rivojidagi buyuk ahamiyati xususida sözladi.

Yozuvçilar uyuşmasi qoşidagi Adabiy tanqid kengaşi raisi, adabiyotşunos olim Suvon Melining Alişer Navoiy ijodini tarğib qiliş borasidagi dolzarb fikr-mulohazalari tadbir iştirokçilari tomonidan qizğin qöllab-quvvatlandi.

Şu örinda, Yozuvçilar uyuşmasi tomonidan ötgan yili çop ettirilgan Alişer Navoiy asarlari va ular tarğibotiga bağişlangan kitoblar xususida qisqaça maʼlumot keltiriş joiz:

“Hazrat Navoiyga ehtirom” (Navoiyga bağişlangan şeʼrlar va muxammaslar töplami) özbek tilida;

Alişer Navoiy

Uşbu kitob hozirgi zamon adabiyoti rivojiga munosib hissa qöşgan ustoz şoirlar, ayni paytda şeʼriyatimizning bugungi faol va peşqadam vakillari, şuningdek, yoş ijodkorlarning hazrat Navoiyga bağişlangan şeʼru dostonlari, muxammaslaridan tarkib topdi.

“Xazoyin–ul maoniy” Navoiyning nomli tanlangan ğazallar töplami özbek tilida;

Alişer Navoiy

Buyuk mutafakkir Alişer Navoiy tavalludining 575-yiligi munosabati bilan Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi va “Ijod” jamoat fondi şoirning “Xazoyin ul-maoniy” (tanlargan ğazallar, ruboiylar va masnaviy) kitobini jahonning ön tört tilida naşr etiş loyihasini amalga oşirişga kirişdi. “Hazoyin-ul maoniy” şu loyiha doirasidagi birinçi kitobdir.

“Sokrovişnitsa мысли” Navoiyning nomli tanlangan ğazallar töplami rus tilida;

Hazrat Navoiy asarlarini jahonning ön tört tilida naşr etiş loyihasiga asosan amalga oşirilgan uşbu naşrga Özbekiston xalq yozuvçisi Muhammad Ali kiriş sözi yozgan. Tuzuvçi — filologiya fanlari nomzodi K.I.Pançenko.

Taniqli şoir, Özbekiston Jurnalistlar ijodiy uyuşmasi raisi Saʼdulla Hakim, xorijlik adibning quyidagi fikrlarini esga oldi: “Bugungi Ğarb hazrat Navoiydek ijodkorga juda muhtoj. Çunki, insoniyat tarixida heç bir şoir inson qadr-qimmati, yurt tinçligi va ravnaqini hazrat Navoiyçalik uluğlay olmagan”. Şu maʼnoda, “Hazrat Navoiyga ehtirom” kitobi bugungi avlodlarning buyuk Navoiy dahosiga bölgan yuksak ehtiromi ramzi, deyiş mumkin.

Ayni kunlarda uluğ şoir va mutafakkir Alişer Navoiy tavalludining 576-yilligini keng nişonlaş maqsadida Yozuvçilar uyuşmasi aʼzolari iştirokida oliy va örta maxsus taʼlim muassasalari, umumiy örta taʼlim maktablari, harbiy qismlar, taşkilotlar, mahallalarda taniqli yozuvçi va şoirlar iştirokida uluğ ajdodimizning boy maʼnaviy va ijodiy merosini har tomonlama çuqur örganiş va keng tarğib etişga bağişlangan badiiy-maʼrifiy keçalar ötkazilmoqda.

Axborot xizmati

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (36)