Inson umri orzular, umidlar, qayğu va iztiroblar majmuidir. Bugun öşa olis yillarimni eslar ekanman, köz oldimda tuproq köçalaru saharmardonda poda haydab yurgan sarpoyçan bolalar gavdalanadi. Öşa sodda va beğubor bolalarning biri, şubhasiz, men edim. Garçi bizning bolalik davrimiz baxtu saodatga yöğrilgan zamonlarda keçmagan bölsa-da, öşa begidir va bearmon kunlarni soğinaman.
Hamon esimda, öşanda uruşdan keyingi oğir va mahzun kunlar… Bizning Jöraboy qişloğimizga har hafta, xurjunini töldirib eşagida, poçtaçi bobo kelardi. U kişi uyma-uy yurib, gazeta-jurnal, xat tarqatib çiqardi. Tabiiyki, bunday paytlarda mening ham qölimga bir-ikki gazeta yoki jurnal tuşib qolardi. Ana şu “tuşib qoliş” keyinçalik meni öqişga, hatto baʼzi bir narsalarni yozişga undadi. Vaqt ötgan sari öşa paytda çop etiladigan “Qizil Özbekiston”, “Lenin yöli” (hozirgi “Zarafşon”), “Kommunizm bayroği” (hozirgi “Payariq hayoti”) gazetalarini qoldirmay öqib boradigan böldim.
Öquvçilik yillarimda “Kuntuğmuş”, “Orzigul”, “Avazxon”, “Hasanxon” singari dostonlarni qiziqib öqib çiqdim. Olis qiş keçalari doston qahramonlari bilan özimça muloqot qilganlarim hamon esimda.
Uyimizda kutubxona yöq edi. Adabiyot darsliklaridan Oybek, Ğafur Ğulom, Hamid Olimjon, Uyğun şeʼrlari, Abdulla Qahhor hikoyalaridan namunalar öqib, rasmlarini körib ijodga havas paydo bölgan haynohoy. Elliginçi yillar boşlarida “Kitobdan-kitobga” deb nomlangan, kiçik hajmli kitobçalar paydo bölgan edi. Ularda taniqli adiblarning asarlaridan parçalar berila boşlandi. Mana şu kitoblarning aksariyatini qoldirmasdan öqib çiqdim. Eslaganlarim: “Yoş gvardiya”, “Polk öğli”, “Oderda bahor”, “Gazandalar uyasining tugatilişi” va şunga öxşaş asarlar edi. Bu asarlarning deyarli barçasi uruş, harbiy-vatanparvarlik mavzuida edi.
Bu borada şuni afsus va ökinç bilan aytişim mumkinki, biz bolalik paytlarimizda öqişga çanqoq edik, ammo öqiydigan kitob ham, borini sotib oladigan imkoniyat ham yöq edi. Ne ajab, endilikda kitob köp, imkoniyatlar katta, biroq öqiydigan mard kam.
Köbay Pirimqulov degan matematika öqituvçimiz bölardi. Ğayratli, bilimli odam edi rahmatli. Tuman, viloyat gazetalarida turli xil xabar va maqolalari tez-tez çiqib turardi. Ularga doim havas qilardim. Kunlardan bir kun men ham urinib körsam-çi, degan fikrga keldim. Söngra nimalarnidir yozib öqituvçimga körsatdim. U kişi menga yoziş borasida qimmatli maslahatlarini berdilar. Şu-şu menda yoziş istagi paydo böldi.
Oradan köp ötmay viloyat gazetasida “Beğamlik oqibati” deb nomlangan ilk maqolam çop etildi. (“Yoşlik”da eslaşiça, Abdusaid Köçimov “Uyimizda stol-stul yöq, yotib dars qilamiz”, deb oila devoriy gazetasida otasini tanqid qilgan ekan. Men esa özim öqiyotgan maktabda yozgi taʼmirlaş işlari sust ketayotganini tanqid qilibman). Maqola çop etilgaç, maktab direktorimiz biroz xafa böldi. Ammo tanqid besamar ketmadi. Maktabimizda taʼmirlaş işlari tezlaşib ketdi.
Örta maktabni kumuş medal bilan tamomladim. SamDU filologiya fakultetiga imtihonsiz qabul qilişdi. Men endilikda haqiqiy ijod va adabiyot maydoniga kirib kelgan edim. Biz talabalar bu dargohda Vohid Abdullayev, Botirxon Valixöjayev, Orif Ikromov, Nuritdin Şukurov, Hamdam Berdiyorov, Xudoyberdi Doniyorov, Saydulla Mirzayev, Rahmonqul Orzibekov kabi allomalardan dars oldik, öqişga, yozişga iştiyoqimiz oşdi. Talabalik yillarimda viloyat gazetasida ikki hikoyam, şeʼrlarim, masallarim bosildi. Ilk adabiy-tanqidiy maqolam 1957-yili “Özbekiston madaniyati” gazetasida çop etildi. Unda şoir Pölat Möminning “Sovğa” degan kattagina kitobi tahlil etilgan edi. Ammo bundan ilgari ham mazkur gazetaga bir neça adabiy maqolalar, taqrizlar yuborgan edim. Biroq ular çop etilmadi.
Talabalik yillarimda adabiy tögaraklar, ijodiy uçraşuvlar menga katta saboq berdi. Ayniqsa, talabalar iştirokidagi yiğin, uçraşuvlar nihoyatda qiziqarli keçardi. Men rus adabiyotiga qiziqqanim bois rus tilida bölib ötadigan uçraşuvlarni ötkazib yubormasdim. Esimda, odatdagi ilmiy konferensiyalardan biri yozuvçi Çexov ijodiga bağişlandi. Öşanda men hali yoş talaba bölişimga qaramay örnimdan turib maʼruzaçiga savol berdim: “Çexov bir hikoyasini “Qayğu” (“Gore”) deb, boşqa birini “Hasrat” (“Toska”) deb ataydi. Bu tuşkunlikning, har xil nomlanişning sababi nima?” Savolim taniqli adabiyotşunos, Timofeyevday maşhur olimlarga ustozlik qilgan Ya. Zundeloviçga maʼqul keldi şekilli, örnidan turib, “Bu yigit töğri savol berdi, Çexov har bir sözga alohida vazifa yuklaydigan teran adib”, deya tuşuntirib ketdi.
1958-yili «Literaturnaya gazeta»ning bir guruh ijodkorlari, jumladan, Aleksandr Yaşin, Vladimir Salouxin kabi adiblar Samarqandda, SamDU majlislar zalida ijodiy uçraşuv qilişdi. Tavakkal qilib, domlalar daldasi bilan sözga çiqdim. Ayni paytdagi ijodiy jarayon haqidagi fikr-mulohazalarimni, takliflarimni aytdim. Buni qarangki, uçraşuvdagi uşbu mulohazalar biroz muddat ötib gazetada çop etildi.
Zamonaviy adiblardan Sergey Antonovni sevib öqirdim. Öziyam öşa paytlarda “Maşinalar yöllardan ötib boradi” kitobiga kirgan olti hikoyasi uçun Davlat mukofotiga sazovor bölgan edi-da. Yana, olimlikka daʼvo qilmagani holda, “Hikoyada detal” nomli kattagina ilmiy kitob ham yozgan edi. Keyinçalik ilmiy iş yozişimga şu adibdan örganganlarim hamda “Detal. Syujet. Qahramon” va boşqa kitoblar muallifi, öz vaqtida M. Gorkiy bilan yozişmalar qilgan leningradlik taniqli olim YE. Dobinning maslahatlari katta yordam berdi.
Ilk kitobim 1974-yili “Sanʼatning sehrli kaliti” nomi bilan çop etildi. Kitob yozuvçi A. Qahhorning mahoratiga bağişlangan bölib, naşr etilişiga adabiyotşunos olim Pirmat Şermuhamedov katta yordam bergan edi. Albatta, keyinçalik “Milliy madaniyatlar rivojida tanqidçilikning roli”, “BAM haqida hikoya”, “Daʼvatkor söz”, “Sollanib oqayotgan daryo”, “Tolibnoma”, “Ziyobaxş umr sahifalari” (bu ikkisi hamkorlikda), “Dorilfununlar taqdirimda”, singari kitoblarim birin-ketin naşr etildi. Yangi kitob – «Maʼnaviyat mulkiga sayohat» çiqiş arafasida “Ğaybulloh as-Salom zamondoşlari xotirasida”, “Yaxşidan qolgan boğ”, «Asil Raşidov safdoşlari, zamondoşlari nigohida» kabi kitoblarga töplovçi, naşrga tayyorlovçi va bir neça asarlarga taqrizçi böldim. Gazeta va jurnallarda, badiiy-ilmiy töplamlarda bosilgan taqriz, maqola, oçerklarim soni 500-600 çoğli bölsa kerak.
Albatta, naşr etilgan kitoblarimning hammasidan ham könglim tölmaydi. Misol uçun, “BAM haqida hikoya” magistral qurilişida qisqa muddat bölganim uçun yuzakiroq yozilgan. Çunki öşa paytlarda Markazning ğoyasi va taşabbusi bilan yaxşi hisob-kitob qilinmay boşlangan “asr qurilişi” şusiz ham şalvirab qolgan sobiq mamlakat xazinasini öpirib ketgani, özini oqlamagani keyinçalik maʼlum böldi.
“Sollanib oqayotgan daryo”ni fanimiz, taʼlimimizga katta hissa qöşgan, önlab şogirdlar yetiştirgan, köplab kitoblar yozgan fidoyi olim Ğaybulla as-Salomning öksik köngliga dalda, taskin beriş niyatida yuragimdan çiqarib yozganman. Bu köpçilikka maʼqul böldi, maktublar ham oldim.
Ustoz bilan hamkorligimiz samarasi, yangi davrning yangi avlodiga bağişlab yozilgan “Tolibnoma” asarimiz haqida ham köp iliq gaplar aytildi, yozildi, taqdimotlar böldi. Ayniqsa, Qarşi pedagogika kollejining oliy toifali öqituvçisi, publitsist Böritoş Nosirova maxsus maqola-taqrizida, jumladan, şunday yozibdi: “Sizlar birgalikda yozgan “Tolibnoma” kitobingizni Qarşi universiteti kutubxonasidan olib qayta-qayta öqiganman. Köçirtirib öquvçilarimizga ham öqitganman, ayrim joylari yod bölib ketgan. Uşbu kitob insonlarni tarbiyalaşda “Murabbiynoma” maʼnosida ham qabul qilinişi mumkin. Hozirgi kunda kelajagi buyuk davlat uçun komil inson tarbiyasi dolzarb bir muammo bölib turgan paytda “Yoşlar – bizning kelajagimiz” iborasi ostida yotgan çuqur mazmunning masʼuliyatini turmuşdan, hayotdan olingan oddiy va ibratli voqea-hodisalar misolida tuşuntirib aytgan. Uşbu kitob ravon tilda yozilgan, maroq bilan öqiladi. Lekin, ming afsuslar bölsinkim, bunday kerakli, zaruriy qöllanma sotuvda yöq. Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi buyurtmasi bilan yozilgan bunday kerakli kitob köp nusxada bosilsa bölmaydimi? Kitob rastalari maza-matrasiz, qoni qaynoq yoşlarni ur-yiqit, öldir-kuydirlarga undovçi, rasmlar bilan bezatilgan çet el romanlari, allaqanday behayo hislar uyğotuvçi beparda nasihatlaru behayo rasmlar solingan kitoblarga liq töla. Essiz, qimmatbaho qoğozlar!”
Kamina nokamtarlik qilayapti deb öylamasligingiz uçun aytayki, kitobimizning asosiy qismini rahmatli ustoz yozganlar, maqtov ham köproq ularga tegişli.
“Dorilfununlar taqdirimda” kitobimni ikkinçi jahon uruşi jangohlarida halok bölgan, nomi Mustaqillik maydonidagi “Xotira” kitobida naqşlangan otam Umirqul Haydar öğli va uning sadoqatli, vafodor yori, butun umrini yurt xizmatiga, farzandlari tarbiyasiga baxşida etgan onam Oysuluv Boli qizining porloq xotiralariga bağişlaganman. Kitobda Vohid Abdullayev, Saʼdi Sirojiddinov, Abdulla Qahhor, Çingiz Aytmatov, Asqad Muxtor, Odil Yoqubov, Pirimqul Qodirov, Ozod Şarafiddinov, Matyoqub Qöşjonov, Solih Qosimov, Begali Qosimov, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Oqil Salimov, Ötkir Hoşimov, Muhammad Yusuf, Maşrab Boboyev, Aʼzam Öktam, Umarali Normatov, Xayriddin Sultonov, Ahmadjon Meliboyev, Ğulom Ğafurov asarlarining badiiy jozibasi, öziga xos xususiyatlari haqidagi kuzatuvlarim, tahlillarimni qoğozga tuşirişga, boşqalar fikrlarini takrorlamaslikka harakat qilganman.
2004-yili Moskvadagi “Voskreseniye” naşriyotida çop etilgan sal kam yetti yuz sahifalik “Çingiz Aytmatovning najot kemasi” (“Kovçeg Çingiza Aytmatova”) kitobidan “Sayyoraviy tafakkur adibi” nomli yigirma sakkiz betlik maqolam joy olgani kamina uçun kutilmagan yangilik, şodiyona böldi. Bu maqola haqida adabiyotşunoslar Ozod Şarafiddinov, Baxtiyor Nazarov, Sanjar Sodiqlarning iliq fikrlari xursandçiligimga xursandçilik qöşdi.
Darhaqiqat, kitobsiz, adabiyotsiz hayotimni tasavvur qilolmayman. Töğri, adabiyotsiz, kitobsiz ham yaxşi yaşayotganlar, amaliga, boyligiga mahliyo bölib, davri-davron surayotganlar bordir. Ammo men uçun bunday hayot çeklangan, zerikarli, maʼnisiz bölib qolardi.
Adabiyot insonni odob-axloqli, iymon-eʼtiqodli, madaniyatli qilib tarbiyalaydi. Yaxşilik qilişga, yomonlikdan qaytişga undaydi. Abdulla Qodiriy “Ötgan kunlar”ni boşdan oyoq yod olgan kişiga tön kiydirganini eşitganmiz. Uruş jangohlarida qon keçib yurgan yigitlar yorlari, maʼşuqalariga yozgan xatlariga K. Simonovning “Meni kutgil” şeʼrini qöşib yuborişar ekan. Danğillama hovli-joyi, qöşa-qöşa maşinasi, qörasida mol-qöylari bölgani holda kitobi, kitob javoni yöq ayrim kişilar haqida faylasuf olimimiz, akademik Vohid Zohidov afsus-nadomat bilan yozganlarini eslaylik.
Asl kitobxonlar, kitobsevarlar, kitoböqirlar köp. Aslida adabiyot ana şu fidoiylari bilan barhayot va rivojlaniş yölidadir. Sönggi yillarda bizning milliy adabiyotimiz ham öziga xos tarzda rivojlandi. Misol uçun, keyingi ön yilliklarda şeʼriyatimizda modern yönalişi takomillaşib bormoqda. Töğri, şaxsan men modern adabiyoti namunalaridan yaxşi xabardor emasman. Ammo bu haqda ustoz Ozod Şarafiddinovning bir qator maqolalarini öqiganman. Bu haqida baʼzi tanqidçilarimiz qarama-qarşi qutbda fikr bildirişlaridan ham xabardorman. Biroq şunisi aniqki, men öqiydigan asar – modernizmmi, realizmmi, eng avvalo, haqqoniy, tabiiy, samimiy bölsa böldi. Nazarimda, modern adabiyoti bizda bora-bora keng ildiz otadi – globallaşuv davri, madaniyatlar, adabiyotlar hamkorligi şuni taqozo etadi. Faqat bizning modern asarlarimiz ğarbdan nusxa köçirmasligi, milliy mentalitetni, şarqona axloq, hayo, maʼnaviyatni öziga singdirişi kerak.
Prozada yangi, yorqin asarlar paydo bölayotibdi. Şeʼriyatga yoş isteʼdodlar şaxdam qadamlar bilan yonib, yorib kirib kelişayotibdi. Ular Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Rauf Parfi, Halima Xudoyberdiyeva, Omon Matjon, Muhammad Yusuflar baland kötarib qöygan nazm plankasi bilan böylaşib ijod qilişayotibdi. Orada bir qadar susayib qolgan dramaturgiyada ham jonlaniş sezilayotibdi. Publitsistikamiz köproq eniga, kamroq böyiga ösdi, ösayotibdi. Bir qator ötkir maqolalar, baquvvat kitoblar, yaxşi hujjatli filmlar, fotosuratlar yaratildi, sakkiz yuzdan ortiq gazeta, jurnallar va boşqa naşrlar, yangi naşriyotlar, tele-radiokanallar, axborot agentliklari paydo böldi. Ammo bu ham hali kam.
Öylaşimça, badiiy publitsistika, kino-fotopublitsistika ayniqsa jadal taraqqiy etadi, voqea bölarli asarlar yuzaga keladi. Negaki, keyingi paytlarda öquvçilarda hujjatli badiiy-publitsistik asarlarga qiziqiş, işonç ortib borayotgani kuzatilmoqda.
Taniqli munaqqid Ibrohim Ğafurov “Hayo – xaloskor” kitobida, badiiy töqimaning ahamiyatini kamsitmagan holda, şunday yozadi: “Yozuvçi heç narsani töqib çiqarmasligi kerak, deb öylayman. Töqib çiqarilgan narsalar yolğonga oşno narsalardir. Adabiyotning obrösi tuşib ketganiga sabab keyingi vaqtlarda töqimalarga zör berilganida böldi. Bugungi hayotga, bugungi odamlarga badiiy sözning unçalik keragi bölmay qoldi. Hozirgi hayot va insonning ayni özi haqida yoziş va qudrati kelsa, u haqda taʼlim berişgina özini oqlaydi”. Buni töqimani tamom inkor etgan keskin fikr deb tuşunmaslik, köproq mansuralarga, maqolanavislik janrlariga daxldor mulohaza deb qabul qilmoq joiz.
Darhaqiqat, bugun bizning dunyo bilan bemalol böylaşa oladigan adabiyotimiz, sanʼatimiz, kino asarlarimiz bor. Heç ikkilanmasdan Nobel mukofotiga tavsiya qiliş mumkin bölgan daho ijodkorlarimiz bor. Agar adolat qilinganda, mukofot berişda oçiq va pinhoniy ayirmaçilik, siyosiy öyinlarga yöl qöyilmaganda, fan, adabiyot sohasidagi eng yuksak asarlar uçun Qodiriy, Oybek, Ğafur Ğulom, Abdulla Qahhor kabi ulkan yozuvçilarimiz, Habib Abdullayev, Ibrohim Hamroboyev singari maşhur olimlarimizning asarlari öz vaqtida şunday eʼtirofga munosib edi.
Meni adabiyotga, sanʼatga hamnafas qilgan taqdirdan minnatdorman. Mana, butun umrim ilmu maʼrifat içida keçyapti. Bu şarafli yölda menga oilam ham yaqin kömakçi, hamqadam, hammaslak. Turmuş örtoğim Oylarxon-filolog. Qomusimiz ilk naşrining töqqiz jildida bölim mudiri degan nomi bor. Hozir nafaqada. “Siz işlang, yozing, kiyim-keçak, bozor-öçar qilişni bizga qöyib bering”, deydi. Yozuvçi Nusrat Rahmat bir davrada, öziga xos quvnoqlik bilan: “Qirq yildan beri işdan qaytsam, eşikni faqat bir ayol oçadi. Eşigini uç-tört ayol oçgan qadrdonlarimga havasim keladi”, deya hazil qilgandi. Uning haziliga hazil bilan javob berdim:
– Sizniki holva ekan, döstim. Bizning eşikni ellik yildan beri şu birgina ayol oçadi. Çimildiqda tanişganmiz, kuydim-yondim deb oila qurgan ne-ne juftlar ajraşib ketdi. Xudoga şukr, biz bir-birimizga toqat qilib yaşab kelayotibmiz. Farzand, nevaralar oltin töylaringizni ötkazamiz deb turişibdi.
Ikki farzandimiz bor. Qizimiz Gulçehra – dosent, Kimyo-texnologiya institutida kafedra mudiri. “Erkin Vohidov şeʼriyatida antiteza” mavzuida nomzodlik işini yoqlagan. Kuyovimiz Hayitmurod – huquqşunos. Öğlim Vohidjon ham oliy maʼlumotli. Rus, ingliz, yapon tillarini yaxşi biladi. Bir yil Yaponiyada öqib, işlab keldi, hozir “ABU MATBUOT – KONSALT” naşriyotini boşqarmoqda. Yaponçadan Kavabata, Akutagava hikoyalarini, rus tilidan Zoşçenko hikoyalarini tarjima qilgan. Kelinimiz Zulfiya – jurnalist. “Yoşlar” teleradiokanali muharriri. Nevaralarim ham barçasi oliy öquv yurti talabalari, litsey, maktab öqituvçilari.
ADIB HAQIDA
Adabiyotşunos, munaqqid, maqolanavis, pedagog Saydi Umirov 1938-yili 10 fevralda Samarqand viloyati Payariq tumanida tavallud topgan. 1960-yilda SamDU filologiya fakultetini tugatib, “Fan va turmuş” jurnalida faoliyat boşlagan. 1965-1967-yillarda ÖzFA Til va adabiyot instituti aspiranturasida tahsil oldi va “Abdulla Qahhor prozasida xarakter va şaroit tasvirida badiiy detalning örni” mavzuida dissertatsiya yoqladi.
Saydi Umirov qirq ikki yildan beri ÖzMU, ÖzDJTU jurnalistika fakultetlarida dotsent, dekan muovini, dekan, kafedra mudiri lavozimlarida işlab kelmoqda. Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, “Oltin qalam” sovrindori.
Saydi Umirov matbuot, radio, televideniyeda, töplamlarda eʼlon qilingan 600 dan ortiq maqola, taqriz, oçerk, suhbat, eşittiriş, körsatuvlar, “Milliy adabiyotlar rivojida tanqidçilikning roli”, “Sanʼatning sehrli kaliti”, “Daʼvatkor söz”, “Sollanib oqayotgan daryo”, “Dorilfunlar taqdirimda”, “Tolibnoma”, “Ziyobaxş umr sahifalari” (keyingi ikkisi hammualliflikda) kitoblari bilan jamoatçilikka yaxşi taniş. “Maʼnaviyat mulkiga sayohat” kitobi çop etiliş arafasida. Maqolalari Qozoğiston, Germaniya, Rossiya singari davlatlarda naşr etilgan.
“Yoşlik” jurnali, 2011-yil 6-son
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


