(Hikoya)
Şavkat qizni ilk bor talabalikning birinçi kuni, uzun yölakda auditoriyaning oçilişini kutib turişgan payt kördi. Şunda nogoh yuragi bir qalqib ketdi.Şoirlar yozganidek, “Şundan buyon tinçi yöqoldi”. Çiroyli qizlarni köp körgan, ammo bu qiz qandaydir bölakça edi. Uni közni qamaştirar darajada gözal deb bölmasdi. Ammo ikkinçi bor qaraşga majbur qiladigan nimasidir bor edi. Buğdoyrang yuzining biçimi, musavvir qilqalami bilan çizilgandek körkam qoşu közlari, bilinar-bilinmas kulgiçlari nihoyatda öziga yaraşgan edi. Boqişlari muloyim, xuddi kulimsirab turganga öxşaydi. Yoqimli siymosidan joziba balqib turardi.
Öşa kuni birinçi dars quloğiga kirmadi. Şivir-şivirlardan qizning ismi Nafisa ekanligini bildi. Nigohi öz-özidan, beixtiyor öşa qiz ötirgan tomonga oğib ketaverdi. Köz qiri bilan, öğrinça kuzatardi.
Şavkat tabiatan tortinçoq, uyatçan va jurʼatsiz edi.
Ayniqsa qizlar bilan muomala-muloqotda qiynalib ketardi. Gaplaşişga töğri kelib qolsa, özini yöqotib talmovsirab qöyardi. Bu feʼlidan köp pand yegan, köp iztirob çekkan.
Bir kuni domla örtaga savol taşladi. Heç kim javob berolmadi. Şavkat javobni bilsa ham odatiça indamay ötiraverdi. Domla tajanglanib savolni takrorladi. Yana heç kimdan sado çiqmadi. Şunda Şavkat içi qizib, beixtiyor qölini kötardi-yu darhol, qörqa-pisa pastga tuşirdi. Domlaning nazari tuşib ulgurgan ekan, unga işora qildi. Şavkat içidan zil ketib, örnidan turdi. Beixtiyor Nasiba ötirgan tomonga köz taşladi, xayajonlandi, peşonasidan sovuq ter çiqdi.Nazarida, qiz unga qiziqsinib qarayotgandek, ayni çoğda nim tabassum bilan dalda berayotgandek tuyuldi.
– Yaxşi, barakallo, ötiring!– dedi domla, u bir amallab javobni tugatgaç. – Bilar ekansiz, faqat…dadilroq gapiravering!
Şavkat kutilmagan maqtovdan suyunib ketdi. Nazarida, öşa kundan eʼtiboran kursdoşlarining oldida obrö-nufuzi bir bahya kötarilgandek tuyuldi. Undan maslahat, yordam sörovçilar ham köpayib qoldi. Faqat hali-hanuz Nasiba bilan yaqinlaşolmaydi. Bunga intiliş uçun unda jurʼat yöq. Gaplaşiş uçun til-zabon yöq. Duç kelib qolişganda şunçaki kursdoş sifatida salom-alikdan nariga ötolmaydi. Munosabatlarida qaçondir bir özgariş bölişini tasavvur qilolmaydi, bu haqda negadir öylamaydi. Qizni faqat dars paytida köra oladi. Dars bölmaydigan yakşanba kuni zerikib qoladi. Darslarni orziqib kutadi. Hamma joy-joyini egallab, domla maʼruzasini boşlaşi hamon nigohining bir çeti bilan qizni kuzata boşlaydi. Uning har bir hatti-harakati, yozayotganda boşini xiyol engaştirişidan tortib kiprik qoqişigaça nazaridan çetda qolmaydi. Qiz tanaffusda ham deyarli taşqariga çiqmas, dugonalari – Muazzam va Nazokat bilan orqa qatorda qaymoqlaşib ötiraverar edi.Birov bilan mundoq ovozini kötarib gaplaşgani yoki xo-xolab kulganini hali eşitmagan Şavkat hayron qolardi:
“Tavba, şaharlik qiz ham şunaqa böladimi?”
Sentyabrning oxirlarida paxta terimiga çiqişdi.Qişloqda paxtaning içida ösib ulğayganlar bilan şaharliklar örtasidagi farq şunday pallada yaqqol sezilib qoldi. Şavkat kabi tetapoya yoşidan paxta terib örganlar uçun bu yumuşning oğirligi bilinmas edi. Nasiba va uning dugonalari şaharlik edi, boyoqişlar bir haftaga bormay rang-röyi siniqib, sölğinqirab qolişdi. Buning ustiga paxtani kam tergani uçun domlalardan dakki eşitişardi. Şavkat ularga yordam bergisi kelar, ammo bunga jurʼat qilolmas edi.Bir kuni dalada tasodifan dugonalar bilan yonma-yon bölib qoldi. Tuşlikda hamma tergan paxtasini etagiga tugib, xirmonga jönayotganda ikkilana-ikkilana ularga yaqinlaşdi va… Muazzamga qarab dedi:
– Paxtalaringni kötarişib qöysam…
– Meniki yengil, ana, Nasibaga yordamlaşa qoling!
Şavkat aslida Nasibaga yordamlaşmoqçi edi, faqat bunga botinolmayotgandi. Muşkulini oson qilgan Muazzamga minnatdor nazar bilan qarab qöydi.
“Demak …bilarkan-da.Qizlar balo, yerning tagida ilon qimirlasa biladi…”
Nasiba paxtasini tugib, tayyor qilib qöygan ekan, Şavkat unga bir qur şoşib köz taşladi-yu engaşib tugunni yelkasiga oldi. Nasiba beixtiyor unga ergaşdi. Xirmon ança uzoqda edi. Şavkat göyo orqasida ham közi bordek, qizning siymosini butun borliği bilan his etib, yengil qadamlari sarxuş kuy ohangidek eşitilib, könglida ğujğon öynayotgan hissiyotlardan entikib borar, xirmonning yana-da uzoqroq bölişini, şu lahzaning sira ado bölmasligini istar edi. Afsuski, xirmonga tezda yetib kelgandek böldi. Yukni yelkasidan avaylab tuşirdi, şunda qizning “Rahmat” degan yoqimli ovozi butun vujudini olov taftidek ilitib ötdi. “Arzimaydi” deya şoşib, jovdirab ortiga burildi. Katta bir dovondan ötgandek hovliqar, munosabatlari endi boşqaça bir özanga tuşadigandek tuyular edi.
Şavkat sirini kursdoşlaridan faqat Asrorga aytgan, şu yigitni köngliga yaqin olib döstlaşgan edi. Asror döstining örtanib yurganini körib öylanib qoldi. Keyin, qölini asta pastga siltab, Nasiba tomonga bir qarab qöydi.
– Menimça, sen keç qolding, endi…foydasi yöq.
– Tuşunmadim, nima demoqçisan özi?
– U…Niğmat bilan yuradi. Nima, bilmasmiding?
– Yöğ-e? Q-qaysi Niğmat? – Şavkat kalovlandi.
– Bizda özi bitta Niğmat bor şekilli.
– Haligi… öqişga maşinasida keladigan oliftami?
– Ha öşa! – dedi Asror. – Eşitişimça, paxtadan qiytişgaç töylari bölarmiş. Ular sinfdoş, bitta maktabda öqişgan ekan. Yigitni yengiltakroq deyişadi, qamalib ham çiqqanmiş. Örtalarida nima bor, nima bölgan – Xudo biladi. Afsus, Nasiba uvol böladigan böldi. Uzumning yaxşisini it yeydi-da.
Şavkat köngli ğaşlanib, Niğmatni köz oldiga keltirdi. Baland böyli, qaddu qomati kelişgan, soçlari jingalak yigit. U bilan kiriş imtihonida yonma-yon ötirişgandi. Öşanda Niğmat “Iltimos, oğayni, sizdan köçirib olay, keyin…xursand qilaman ” deb yalingan, Şavkat “Menga heç narsangiz kerak emas, mana, köçiravering” deya tantilik qilgan edi. Keyinçalik eşagi loydan ötgaç,u ters ögirilib ketdi.
– Töy haqidagi gap…rostmi? – deb söradi Şavkat ovozi qaltirab.
– Rost bölsa kerak, paxtaga ham töyni bahona qilib kelmabdi-ku.
Şavkat tomoğiga nimadir tiqilib qolgandek nafasi qisildi, köz oldi qoronğilaşdi. Nasibani esladi, özini tubsiz jarga qulagandek çorasiz, ojiz his etdi. Yuragi qattiq siqildi.
– Sen köp kuyinaverma, – Asror dalda bergan böldi. – Har kimning peşonasiga yozgani böladi. Xotinning uruği Hirotdan kelmagan. Atrofingga tuzukroq qara, kursimizning özidayam yaxşi qizlar köp. Seni özlariça yoqtirib, bir oğiz sözingga intiq bölib yurganlari ham bor. Ammo sen ulardan xurkib, yaqiniga bormaysan. Men qizlarning özaro ğiybatidan eşitib qoluvdim, Mahsuma ham, Husniya ham seni yoqtirişarkan.
Şavkat döstining sodda, jaydari mulohazasidan hayron böldi..
“O tentak! Nahotki dunyoda köngil degan narsa borligini bilmasang?!”
Oradan kunlar ötdi. Şavkat köngliga qil siğmay gangib yurdi. Közlari beixtiyor terimçilar orasidan Nasibani qidirib qolar, uni uzoqroqdan körsa ham entikar, yuragi tuz sepgandek açişar edi. Asrordan eşitgan noxuş xabar boşiga töqmoq bilan urilgandek taʼsir etgan bölsa-da, köngil tubiga yanada çuqurroq yaşirişga uringan pinhoniy hissiyotini zarraça pasaytirolmadi. Qaytangga, uni yangitdan lovullatdi. Faqat endi qizni tuşkun, ezgin bir kayfiyat bilan qömsar edi.
Şavkat yurak yutib Nasibaning paxtasini xirmonga eltiş uçun oldiga borgan edi, (göyo muloqotning boşqa yöli yöqdek!..) qiz “Qöyavering, özi yengil” deya ray qilmadi. Yigit içidan qirindi ötib, mulzam böldi. Atrofga alanglab qaradi,
“Xayriyat, heç kim körmadi, heç kim sezmadi…”
Şavkat tarvuzi qöltiğidan tuşib, şalvirab, paxtazor çetidagi ğovlab ketgan yovvoyi ötlar içiga özini urdi. Yarim etak tergan paxtasini boşiga yostiq qilgança çuqur egat içiga yonboşlab, öz yoğiga özi qovrilib yotaverdi, tuşlikka ham çiqmadi, oqşomgaça heç kimning köziga körinmadi.
“Suymaganga suykalma!.. Endi yaqiniga yölamayman.Demak, Asrorning gapi töğri. Qizlar boyvaçça, kelişgan yigitlarni yoqtiradi. Men oddiy, kambağal bir qişloqiman, körinişim ham…örtaça, oğir mehnatning orqasidan böyim ham ösmay qolgan. Nasibaga öxşagan qizlar mendaqalarni boşiga ursinmi? Teng tengi bilan…”
Şavkat alam ustida goho şunday mulohazalarga borsa-da, bundan dardu armoni yengillaşmas, çunki endi inon-ixtiyori özida emas edi. Uzzu kun egatning içida, közlardan panada, tergan bir tutam paxtasining ustida çönqayib ötirgança xayol surar, Nasibani öylab ezilar, kuçli soğinçga, beqiyos taşnalikka öxşaş adoqsiz bir içikiş mudom köksini açiştirar, şundoq qöl uzatsa yetgudek joyda turgan qizga erişolmasligi dunyoning eng katta adolatsizligiday tuyular edi.
Şavkat odatiça egatning bir çetida yana Nasibani öylab-qömsab, köngli ozurda bölib, xomuş-diltang ötirgan edi, kurs oqsoqoli Toşpölat yoniga kelib qoldi.
– Ha gödak! Nima böldi?
Harbiy xizmatdan keyin öqişga kirgan, maktabdan töğri uçirma bölganlardan ikki – uçta köylakni ortiqça yirtgan “qariya”lar özidan yoşroqlarni “gödaklar” deb atar, bu iboraga hamma könikib ketgani uçun heç kimga oğir botmas edi.
– Şu…özim… – dedi Şavkat xuddi siri foş bölib qoladigandek xavotirlanib.
– Menga qara-çi! – dedi Toşpölat közlariga tikilib. – Mabodo …birontasini yaxşi körib qolmadingmi?
– E-e qöysangiz-çi! – Şavkat qimtinib, yerga qaradi.
– Yöq-yöq, sen uyalma! Yaxşi körişning uyat joyi yöq. Közlaring aytib turibdi, sen oşiqsan. Xuddi Qodiriy “Ötkan kunlar”da “Bek oşiq” deb yozganidek…
“Nahotki “oşiq”ligim bilinib qolgan bölsa?Unda…yaxşi emas. Yoki Asror aytib qöydimikin? Yöq, uning oğzi mahkam, işonaman unga”
Şavkat bir zum ikkilandi, oqsoqolga butun dardini aytvoray dedi. Könglida izhori dilga kuçli ehtiyoj bor edi. Toşpölatning hazilkaşligini eslab, yana şaştidan tuşdi.
“Xudo körsatmasin, hazil aralaş birovga oğzidan gullab qöysa, bu şarmandalikni qandoq kötaraman? Ozgina umid-ilinj bölganda ham boşqa gap edi.”
– Sen dadilroq bölaver! – dedi Toşpölat davom etib. – Qizlar lapaşanglarni yoqtirmaydi. Mana, qariyalardan örnak ol! Ostonaqul Marziya bilan, Böriboy Oynisa bilan allaqaçon juftlaşib oldi.Xudo xohlasa yaqinda gumburlatib töy qilamiz. Uzoqdagi buğdoydan yaqindagi somon yaxşi. Keyinçalik, soğinişib, qiynalib yurmaymiz. Bordi-keldilar ham önğay böladi. Sen ham temirni qiziğida bos!
Şavkat qölidagi kök körakni tirnoqlari bilan ezğilagança, özi ham ezilib xayolga botgan edi. Toşpölat undan gap çiqmasligiga közi yetgaç, yelkasiga sekin urib qöyib, keyingi paykalga ötib ketdi.
Quyoş ufqda Samarqand noniday qip-qizarib bota boşladi. Talabalar xirmon çetida maşina kutişmoqda. Ular yaşaydigan barak bu yerdan ança olis. Har kuni çang yölda yuk maşinasida borib kelişadi. Manzilga yetgunça boyoqişlar çangga belanib, qoşu kipriklari xuddi sirkdagi masxarabozlarnikiga öxşab oqarişib qoladi.
Şavkat har gal barakka yetişganda maşinadan tuşib, yölning bir çetida töxtar, Nasiba to közdan ğoyib bölgunça ortidan munğayib kuzatib qolar edi. Bu gal ham şunday qildi.Şunda…şunda u mutlaqo kutmagan, ammo bir umr xotirasida muhrlanib qolgan bir möjiza – holat sodir böldi. Nasiba maşinadan tuşgaç, bir-ikki qadam yurdi-yu sekin ortiga qayrilib qaradi, nigohi öziga intiq-intizor bölib, javdirab turgan Şavkatning közlari bilan töqnaşdi. Şunda u bir jilmayib qöydi-yu yana yölida davom etdi. Şugina xolos! Ammo bundan Şavkatning yuragi bir xapriqib ketdi! Bu iltifotdan boşi osmonga yetdi! Özini qöyarga joy topolmay hovliqdi. Bezovta pitirlayotgan yuragi köksiga siğmay duk-duk urardi.Endi nimadir qilişi lozimdek tuyuldi. Yotoqxonaga joniqib keldi.
Qöşni barakka köçma kino kelgan ekan, hamma öşa yoqqa ketibdi. Şavkat kinoga bormadi. Undan-da muhimroq bir işga qöl urgisi keldi.Köksida bir nima qaynab toşmoqda edi. Zaifgina tarillab, kiçkina çiroqçani arang yoritib turgan “dvijok” yoruğida yon daftarini qölga oldi. Yozmoqçi bölgan (hali uning nima ekanini özi ham bilmasdi) narsasiga Boborahim Maşrabning “Agar oşiqligim aytsam, Kuyib jonu jahon örtar” degan maşhur misrasini xatboşi qilib olgaç, asta yoza boşladi:
Şoirmasman bilsang, Nasiba
Ammo bölding özing ilhomçi.
Muhabbatim bir ummon bölsa,
Yozganlarim undan bir tomçi.
Keyingi satrlar ham öz-özidan quyilib kela qoldi.Köp ötmay daftarning yarmini töldirib qöydi.Bundan özi ham hayratlandi.Çunki ilgari mutlaqo şeʼr yozmagandi.
“Şoirlar ilhomni qayerdan olişini endi bildim! Hammasi… özini yozarkan-da!..”
Şavkat keyingi kunlarda ham yozişda davom etdi. Daftar işq izhori bilan tölib-toşdi. Endi ermagi-dardkaşi öşa daftar bölib qoldi.Köngil keçinmalarini qoğozga tuşirgan sayin yengil torta boşladi. Avvalroq şunday qilmaganiga afsuslandi. Yolğiz qolganda işqiy şeʼrini qayta-qayta öqir, öqigan sayin öziga köproq yoqa boşlar, endi uni yaqin bir sirdoşiga körsatgisi, keyinroq Nasibaning öziga yetkazgisi kelar edi. Nazarida, şunday qilsa qandaydir bir möjiza röy beradigandek, Nasiba uni tuşunadigandek, agar tuşunsa, şunday sevgini javobsiz qoldirişi mumkin emasdek tuyular edi.
Şavkat ikkilana-ikkilana daftarni Asrorga körsatdi.
– Faqat, agar maʼqul bölmasa ustimdan kulmaysan! – deya şart qöydi.
Asror bu gapga parvo qilmay, daftarni diqqat bilan öqiy boşladi. Goh qoşlarini çimirib, jiddiy tortar, goh miyiğida sekin kulib qöyar edi. To öqib bölgunça Şavkatning içini it tirnab, betoqat böldi.
– E qoyil! Zörsan-ku! – dedi Asror daftarni uzata turib.
– Sen…jiddiyroq gapir, – dedi Şavkat andak asabiylaşib.
– Axir…yaxşi deyapman-ku, yana nima deyişim kerak!– dedi Asror hayron bölib.
– Bor fikring şumi özi?
– Masalan, menga maʼqul böldi. – Asror döstini xotirjam qilişga urindi. Men ölsam ham bunaqa narsa yozolmasdim. Sen…könglingni yaxşi oçibsan. Şunisi muhim!
Şavkatga döstining sönggi maqtovi yoqib tuşdi. Yayrab ketdi.
“Töğri aytadi. Asosiy maqsadim ham şu – könglimni oçiş edi”
– Xöş, endi buni nima qilmoqçisan?
– Sen…nima maslahat berasan? Mabodo …öziga bersam…noqulay bölmasmikin? Harholda u…
– Töğri, sening holating ança murakkab.Bermasang, buyam bir armon bölib qolişi mumkin.
– Unda…
– Menimça, beraversang böladi. Muhabbat izhor qiliş heç qaçon gunoh sanalmagan.
– Qanday beraman?
– Men berib qöyişim mumkin.
– Mana, olaqol, – Şavkat daftarni avaylab uzatdi, – faqat …öziga bergin, birov bilmasin. Yana kulgiga qolib yurmay. Meni…bilasan-a?!
– Bilaman, bilaman, xotirjam böl.
Oradan bir kun ötdi, xolos.Ikkinçi kuni dalada Niğmatning oq “Volga”si paydo böldi. U töğri uç dugona paxta terayotgan dalaga bordi. Nasiba bilan oşkora öpişib körişdi. Keyin ularga atalgan sovğa-salomlarni topşirdi. Domlalarga ham içiga turli noz-neʼmatlar, turfa içimliklar solingan alohida xalta-paket qoldirdi. Paxtadan qaytişgaç, Nasiba bilan töylari bölarkan. Şunga ellikta taklifnoma berib ketdi. Bu xabar bir zumda tarqaldi.
Şavkat Asrorni bir çetga çaqirib söradi:
– Haligi… daftarni bermabmiding?
– Berib qöyuvdim, nimaydi?
– Şuni… çakki qilibmiz.
– Nega? Axir özing…
– Bunaqa bölişini tuş köribmanmi? Töyi bölayotgan qizga…
– Axir… sen aybdor emassan, tuşungin, buni…hayot deydilar!
– E, baribir …yaxşi iş bölmadi.
Keyingi, kutilmagan voqea Şavkatning pinhoniy, mahzun, istiqbolsiz sevgisiga uzil-kesil, şafqatsiz nuqta qöydi.
Oqşom payti barakka qaytiş uçun odatdagidek maşina kutib, zerikib turişganda Ayniddin degan qörsroq yigit (darslarda almoyi-aljoyi savollari bilan domlalarni köp xunob qilardi) nogoh örtaga çiqdi, qiziq tomoşa körsatmoqçidek qölini kötarib, Şavkatga qarab qoldi.
– Örtoqlar! Oramizda tuppa-tuzuk şoir bor ekanu, bilmay yurgan ekanmiz.
Şavkat xuddi balandlikdan qulagandek yuragi şuv etib ketdi. Nafasi böğziga tiqildi. Köz oldini xira bir tuman qopladi. Köpçilik unga qiziqsinib, ayrimlar oşkora, kinoyaviy kulimsirab qarab turar edi.
– Qani şoir, özlaridan bir eşitaylik endi! – dedi Ayniddin. – Yoki …öşa şoh satrlarni eslariga solib qöyaymi?
Asror turgan joyida serrayib qotib qolgan Şavkatga bir qarab qöygaç, şoşib örtaga intildi, ammo ulgurolmadi. Ayniddin hammaning közi oldida Şavkatga qarab öşa taniş şeʼrni öqib qoldi:
Şoirmasman, bilsang Nasiba,
Ammo bölding özing ilhomçi!
Davrada gur kulgi kötarildi, köpçilik Şavkatga ajabsinib, ayrimlar esa afsus-açiniş bilan qarab qoldi.
Şavkatning içida nimadir uzilib ketgandek böldi, bir lahza köz oldi qoronğilaşdi, arang özini qölga oldi, şeʼrning davomini eşitgisi kelmay, yugurib borib Ayniddinning yuziga şapaloq tortib yubordi. U ham haqini birovda qoldiradiganlardan emasdi, taşlanib qoldi. Ikkovlon jiqqamuşt böldi. Asror örtaga tuşdi, keyin boşqalar… Hammayoq tös-töpolon bölib ketdi…
…Şavkat tun yarmigaça mijja qoqmay, tölğonib çiqdi. Butun vujudini kuçli, çeksiz-adoqsiz bir iztirob-alam ayovsiz kuydirardi. Endi uxlay olişiga közi yetmay, uf tortib, barakdan taşqariladi. Orqasidan yengil şarpa eşitildi.
– Sen yana mendan şubhalanib yurmagin, – dedi Asror yengidan asta tortib. – Men daftarni Nasibaning öziga berganman!
– Unda şeʼrni boşqalar qayerdan biladi? – dedi Şavkat keskin ögirilib.
– Men ham şunga hayronman, – dedi Asror afsuslanib. – Ular daftarni temir sandiqqa solib qöyişmaydi-ku, oçiq qolgan bölsa, birontasi körib öqigandir-da. Qöy endi, şunga ham ota göri qozixonami? Maşoyixlar aytgan – hamma narsaning davosi – vaqt!
– Yöq, sen baribir tuşunmayapsan. Sevgimning barbod bölganiga bir amallab çidarman. Ammo mana bu şarmandalikka qandoq toqat qiliş mumkin? Qandoq? Oriyat ölimdan kuçli! Ustimdan oşkora kulişmasa ham içlarida “Öl-a bu kuningdan!” deyişmaydimi? Döst bor, duşman bor…
– Xöş, bölar iş böldi, endi nima qilmoqçisan?
– Nima qilardim, ketaman, butunlay ketaman.
– Ketişing…şart emas. Burgaga aççiq qilib…
– Endi kursdoşlarning yuziga qandoq qarayman? Paxtadan keyin sizlar töyga borasizlar, men …qayoqqa boraman? Boşimni qaysi toşga uraman? Yöq, yöq, endi bu yerda öqiy olmayman! Ketaman!
– Jinnilik qilma!
– Jiddiy aytyapman, qarorim qatʼiy! – dedi Şavkat keskin ohangda.
Tong saharda Şavkat heç kim bilan xayrlaşmay jönab ketdi.
Şodmon OTABEK
“Yoşlik”2012/4
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


