(Hikoya)
Keçki taomdan keyin Maʼsuma qaynonasining gapiriş uçun oğiz juftlaganini sezib, sergaklandi. Öğli Farrux televizordan köz uzmas edi.
– Bolam, şu danğir-dunğuringni birpas öçirib turgin, maslahatlaşiladigan gap bor, – dedi kampir nevarasiga qarab.
Farrux istar-istamas turib televizorni öçirdi. Söng «Nima deysiz?» degandek kampirga közini löq qildi.
– Sen ham endi kiçkina bola emassan, Xudo xohlasa yozga çiqib ön törtga kirasan, – kampir gapni uzoqdan boşladi. – Otangning uydan çiqib ketganiga mana olti yil bölyapti. На хат бор, на хабар. Onangning gulday umri ötib boryapti.Uning ham yaşaşdan umidi bor. Sen bola buni tuşunişing kerak.
– Xöş, men nima qilişim kerak? Farrux zarda bilan gapirdi.
– Onang bilan kasalxonada birga işlaydigan Farhod amaking onangga uylanib, senga otalik qilmoqçi. Şunga sen nima deysan?
– Menga boşqa ota kerak emas. Mening öz otam bor. Farrux jazavaga tuşib baqirdi.
– Lekin otang bizni unutdi. Onang boyoqiş kutaverib rangi somon böldi. Sabr-toqatning ham çeki-çegarasi bor, bolam. Eskiçasiga olgandayam, er xotindan maʼlum muddatgaça xabar olmay qöysa, nikoh bekor qilinadi.
– Otam boşqa yurtga öynagani ketgani yöq, işlab pul topiş uçun ketgan. U baribir qaytib keladi, men bunga işonaman. Balki…
– Men közim tirikligida oilamiz tökis-tugal bölganini körsam, kelajaklaringdan könglim töq bölib ketsam deyman-da, bolam. Kampir yoşli közlarini römolining uçi bilan artdi. – Erkak oilaning ustuni. Ayolning boşida bir panohi-suyançiği bölişi kerak.
– Agar bu işni mensiz hal qilib qöygan bölsanglar – özinglar bilasizlar. Ammo men rozi emasman!
Farrux zarda bilan eşikni yopib çiqib ketdi.
Maʼsuma qaynonasiga xijolatomuz qarab qoldi.
– Baribir haliyam bola ekan-da, kampir afsus bilan boş çayqadi. – Men uni es tortib qolgan bölsa kerak, deb öylovdim.
– Hozir u ötiş davrida, oyi, – Maʼsuma qaynonasiga dalda berdi. – Bunaqa vaqtda hamma ösmirlar öjar, injiq bölib qoladi.
– Ilgari yigitlar juda tez yetilardi. Bobur ön ikki yoşida taxtga ötirgan.
– Ilgari zamon boşqa edi, hozir boşqa, oyi.
– Lekin xom sut emgan bandasining feʼl-atvori haliyam öşa-öşa, heç narsa özgarmagan! Mayli, endi ortiqça safsataning hojati yöq, böladigan işdan gaplaşaylik. Nima qilmoqçisan endi? Men senga rozilik berganman, yana özing bilasan.
– Farrux bunaqa qiliq çiqarib tursa, menga heç narsa tatimaydi, oyi.
– Bir kunmas bir kun tuşunib qolar. Yaxşi gap bilan yölga solib olasizlar. Baribir könikadi, könikmay qayerga borardi.
– Bilmasam, oyi. Boşim qotib qoldi. Nima qilişga ham hayronman. Farhod mendan javob kutyapti, ertaga unga nima deyman? Boşqasiga uylanavering desam «Menga sizdan boşqasi kerak emas» deyapti.
– Senga astoydil köngil qöygan bölsa, özi işonçli, imon-eʼtiqodli bölsa, bunaqa erkakni qöldan çiqarma, bolam.
Maʼsuma indamay boşini quyi soldi. Qaynonasi öqimişli, tuşungan ayol. Ellik yil muallimlik qilib nafaqaga çiqqan.Erining umri qisqa ekan, omonatini juda erta topşirgan.Kelinini öz farzandiday yaxşi köradi, şu bois u bilan har qanday mavzuda oçiq-oydin gaplaşadi. Yolğiz öğlining oilasiga befarqligidan siqilib yuradi. Bedarak ketganining oltinçi yilida özi kelinini munosibroq joydan tengi çiqsa uzatişni köngliga tugib qöydi. Niyatini yaşirib ham ötirmadi. Kelini oldiniga bu gapga raʼy qilmay yurdi. Lekin hayotning yozilmagan qonuniyatlari, yöriqlari bölar ekan. Hayot bir joyda töxtab qolmas ekan. Hayot davom etar ekan.
Farhod Maʼsuma işlaydigan viloyat şifoxonasida közga köringan jarroh.Uning qöli yengilligi, ayrim insofsiz hamkasblari kabi taʼmagir emasligi haqidagi gap-sözlar el-yurtga ovoza bölgan. Birkam dunyo deganlaridek, şunday mohir döxtirning oilaviy hayoti kemtik. Xotini ikki yil muqaddam jigar xastaligidan vafot etgan. Peşonasiga zurriyot ham bitmagan. Farhod kasalxonada ne-ne onasi öpmagan yoş qizlar turib Maʼsumani yoqtirib qoldi. Ularning kasalxonadagi tungi navbatçiligi tasodifmi yoki boşqa sababdanmi, köpinça ayni bir vaqtga töğri kelib qolardi. Bu kunni har ikkisi orziqib kutişardi. Tundagi tongotar suhbatlar beiz ketmadi. Maʼsuma kun sayin Farhodga boğlanib, axiyri unga köngil qöyganini özi ham sezmay qoldi. Ayni çoğda bu munosabatlarning nima bilan tugaşini tasavvur qilolmas, köz oldiga bedarak ketgan betayin eri, öjar öğli kelar edi. Şu bois Farhodning turmuş quriş haqidagi taklifiga dabdurustdan qanday javob qilişni bilmay talmovsirab qoldi.
– Agar öğlingizni öylayotgan bölsangiz, buyoğidan xotirjam böling, – degandi öşanda Farhod. – Uni öz öğlimdek köraman, biz bilan yaşayveradi.
– Gap faqat… öğlimda emas, Maʼsuma könglidagi iştibohni aytgisi kelmay ikkilandi.
– Xöş, gap nimada ekan bölmasa? – Farhod Maʼsumaning kaftini baquvvat qöllariga olib, yuziga mehr bilan tikildi. – Oçiqroq aytavering. Men…tuşunişga harakat qilaman.
– Hali u yoqda otasi…– Maʼsuma «Tirikmi-ölikmi?» degan gapni aytişga istihola qildi.
– E-ha, tuşunarli, – Farhodning quyuq, tutaş qoşlari beixtiyor asabiy çimirildi. – Yana qança kutmoqçisiz? Bir umrmi? Insonning umri ölçovli-ku. Ayniqsa yoşlik. Agar eringizdan biron xat-xabar bölganda edi, kutişingizdan maʼno bölardi. Axir sizning ham yaşaşga, baxtli bölişga haqqingiz bor-ku.
– Men…yana bir öylab köray. Bu umr savdosi, şoşmaylik.
– Öylang, yaxşilab öylang. – Farhod jahl ustida andak kesatibroq gapirdi.
– Mayli, qaynonam bilan maslahatlaşib köraman. Tuşungan ayol, biron yölini körsatar…
Kelinining Farhod bilan munosabatlaridan xabardor bölgan qaynona öşa kuni özi bu haqda gap oçib qoldi. Ammo öğli Farruxning kutilmaganda iddao qilib, tönini teskari kiyib olganini körgan Maʼsuma ikkilanib qoldi. Bir neça kungaça Farhodga nima deb javob qilişni bilmay, undan özini olib qoçib yurdi. Farhod esa Maʼsumanining xatti-harakatini tuşunolmay xunob bölardi.Ular yozgi taʼtilda töy qilişmoqçi edi.
Bir kuni Maʼsuma işdan kelsa, öğli… otasi bilan çaqçaqlaşib ötiribdi. Maʼsumaning yuragi hayajondanmi, hayratdanmi, bir hapriqib ketdi, özini arang qölga olib, sekingina, til uçida «Keling» dedi-yu içkaridagi xonasiga kirib ketdi. Nima gapligini keyin qaynonasidan eşitdi. Maʼlum bölişiça, eri tuhmat bilan qamalib qolgan emiş. Xat-pat yozişning iloji bölmaganmiş. Ança-munça pul işlab kelibdi. Öğlining ulğayib qolganini körib suyunibdi. Unga maşina olib berarmiş. Endi hayotini yangidan boşlarmiş…
Maʼsuma öylanib qoldi. Qiziq, eri hayotini…kim bilan boşlar ekan? Nahotki yaraşmoqçi bölsa? Darvoqe, ular uriş-janjal qilib, qöydi-çiqdi bölişgani yöq-ku! Domlani çaqirib qayta nikoh öqitişsa tamom-vassalom, yana heç nima bölmagandek eru xotin-qöş hökiz bölib yaşayverişadi. Şoşma, özi şuni xohlaydimi? Domla qiroat bilan «Falonçi falonçi qizi, siz falonçi falonçi öğlini tan mahramlikka qabul qilasizmi “deya söroqlasa, dadil « Ha» deya oladimi?
U bölişi mumkin bölgan şunday manzarani köz oldiga keltirarkan, beixtiyor seskanib ketdi. Könglida eriga nisbatan heç qanday yaqinlik, iliqlik tuymadi. «Mehr közda» deganlari şu ekan-da» deb öyladi.
Oradan kunlar ötdi. Mansur özini uyda emin-erkin tutar, öğli bilan tobora apoq-çapoq bölib, inoqlaşib borardi. Ota-bola goh kinoga, goh futbolga tuşişar, baʼzan qayoqqadir ğoyib bölib qolişar edi. Ota mehriga taşna bölib yurgan Farrux öqişidan çalğib, vaqtida darsini qilolmas, baʼzan maktabga ham bormas edi.
Maʼsuma taşvişlanib qaynonasiga şikoyat qildi. U hamon eri bilan oçiqroq gaplaşişdan özini olib qoçib yurardi.
– Endi könglingni kengroq qilaver, bolam, – dedi qaynona salmoq bilan. – Ota-bola soğinib qolişgan ekan, mayli, mehri qonib, bir-biriga töyib olişsin.Nima bölgandayam öz otasi. Darvoqe, ering ham ança özgarib, mulla muşukday muloyim tortib qolibdi. Burniga suv kirgandan keyin özgarmay qayoqqa borardi. Keça u bilan oçiqroq gaplaşdim. «Endi maqsading nima?» desam, «Agar Maʼsuma meni keçirsa, keçirolsa yaraşardim. Issiq joyimni sovutib nima qilaman?» deyapti. Şunga…sen nima deysan?
Maʼsuma falakning gardişi endi bunaqasiga aylanib ketişini yetti uxlab tuşida körmagan edi. Hayotining xuş-noxuş kunlarida asosiy suyançiği bölib qolgan qaynonasidan maslahat söradi:
– Özingiz… nima deysiz, oyijon?
– Eh, bolam-a, men nima ham derdim. Hayotda röşnolik körişingni, keç bölsa ham, baxting oçilişini istayman-da. Bu yoğini endi özing hal qilişing kerak.
Maʼsuma şu lahza özini özi tuşunolmay hayron böldi. Nahotki ikkilanayotgan bölsa? Axir bunday bölişi mumkin emas-ku. Farhod bilan gapni bir joyga qöyişgan-ku. Xöş, unda nega töyni tezlatgisi kelmayapti? Nega? Ha, endi tuşungandek böldi. U öğli Farruxni, uning kelajagini öylayapti. Ilgari, hali otasi kelmasdan turmuşga çiqişiga rozi bölmagan bola endi daydi otasini topib olgandan keyin rozi bölarmidi? Aslo rozi bölmasa kerak. Şunday ekan, bolani norozi qilib baxtli böla olarmikin? Qolaversa, Farhod har qança işonçli, yaxşi inson bölmasin, begona bolaga öz otasidek otalik qila olarmikin? Ammo-lekin vaʼdalari katta. Işonsa bölarmikin? Bu birkam dunyoda har lahza körib turibdi, muhimi – töygaça emas, töydan keyingisi muhim. Keyin nima böladi, bunisini Xudo biladi. Umr savdosida tavakkalçilik ketmaydi. Demak, hozirça şoşmay turgani, köngliga quloq tutgani maʼqul. Balki rostdan ham erini keçirib, yaraşib qöya qolgani durustmikin? Nima bölganda ham köz oçib körgani. Oyisi aytganidek, burniga suv kirgani rost bölsa, balki yaxşi yaşab ketişar. Eridan köngli qolgan bölsa nima böpti, köngil nimalarni qömsamaydi. Bir şoir aytgan ekan: «Talpinma köp, devona köngil». Qolaversa, ayol kişi könikuvçan böladi. Bu yoğiga endi özi uçun emas, yolğiz bolasi uçun yaşaydi. Bolaga yomon bölsa ham öz otasi kerak.
Navbatçilikda Farhod bilan bölgan suhbatdan köngli tölmadi. Töyning muddati haqida gap oçilganda Maʼsuma «Yana biroz şoşmay turaylik» dedi-yu baloga qoldi. Farhod tölib-toshib turgan çoği, birdan tutaqib ketdi:
– Xöş, yana nimani kutamiz? Nimani? Nega kutamiz? Yana qaçongaça kutamiz? Men ham odamlarga öxşab, odamdek yaşaşni istayman. Ammo siz nimani istaysiz – tuşunmayman. Agar niyatingiz boşqa bölsa, uni ayting.
– Iltimos, menga bunaqa…baqirmang. Hali…xotiningiz emasman!
– Keçirasiz, sal qizişdim. Ammo siz ham meni tuşunişingiz kerak-da. Umrimiz ötib boryapti, yaşaşga ulguriş kerak.
– Şoşgan yigit…xotinga yolçimaydi. – Maʼsuma hazil bilan vaziyatni yumşatmoqçi böldi. Ammo Farhodning köngliga şu tobda hazil siğmasdi.
– Darvoqe, xöjayiningiz kepti deb eşitdim, tabriklayman. Balki… özgariş sababi…
– Birinçidan, kinoyangiz örinsiz, ikkinçidan, men özgarganim yöq, özgarmayman ham.
– Rostdanmi?
– Men yolğon gapirolmayman.
Farhod Maʼsumaning yelkasidan avaylab tutib, ohista bağriga bosdi. Ular şu köyi ança turib qolişdi…
Ertasi kuni oqşom çökkanda Maʼsuma uyda öğlining otasi bilan ulfatçilik qilib ötirganini körib, qörqib ketdi. Birinçi marta eriga baqirdi:
– Bu nimasi? Bolani ham özingizga öxşagan alkaş qilmoqçimisiz?
– Köp vahima qilaverma. Farrux …xiqq… f-faqat p-pivo içyapti. – Şirakayf Mansurning tili zörğa aylanardi.
– Baribir emasmi? Tezda yöqoting bu savilni!
– B-buni öğil bola içadi. Sen…nimaniyam bilarding?!
Şovqin-suronni eşitgan qaynona içkaridan halloslab çiqib keldi.
– Nima töpolon? Tinçlikmi özi?
– Buni qarang, oyi! – Maʼsuma xontaxta tagida qalaşib yotgan şişalarga jirkanib qaradi. – Kuppa-kunduz kuni bolani yöldan uryapti. Nima uçun ota-bola tez-tez yöqolib qolişadi desam, gap bu yoqda ekan-da…
– Mansur! – kampir öğliga jahl bilan xitob qildi. – Aqling joyidami özi? Bu nima qilganing?
– E-e, siz unga q-quloq solmang, xotin kişi j-javrayveradi. Hammasi bir gör, u yoqdagisi ham ş-şunaqa…ozgina içib qöysam, jazavaga tuşardi, bunisiyam…
Bu gapni eşitgan Maʼsuma yalt etib qaynonasiga qaradi.
– Gapini eşitdingizmi, oyi?! Eşitdingizmi deyapman!
– Bu mast odamning gapi, bolam. Öziça valdirayveradi-da. Sen parvo qilma.
– Mastlik – rostlik, oyi. Mana endi hamma narsa maʼlum böldi…
Tunda Maʼsuma uzoq vaqtgaça uyqusi kelmay şipga tikilib yotdi. Garçi eridan köngli qolgan bölsa-da, uning boşqa oilasi borligi tösatdan oşkor bölgaç, özini haqoratlangan, tahqirlangan kabi his etdi. Endi Farhodning taklifini paysalga soliş örinsizligini öyladi. Bir mahal, közi endi ilinay deganda xonaning eşigi sekin ğiyqillab oçilganini payqadi. Ğira-şirada köz qirini taşlab, erining oyoq uçida kirib kelayotganini payqadi. Şoşa-pişa özini uxlayotganga solib, közlarini çirt yumib oldi.
Eri karavoti yoniga kelib, turib qolganini pişillab nafas olayotganidan sezib turardi. «Ajabo, maqsadi nima ekan? Yonimga kirib yotmoqçimi yoki kunduzgi qilmişi uçun keçirim söramoqçimi?»
Oradan bir piyola çoy içgulik fursat ötgaç, Mansur qanday kirib kelgan bölsa, yana şunday sözsiz-sassiz çiqib ketdi.
Maʼsuma işxonasida Farhod bilan jiddiyroq gaplaşib oliş uçun qulay fursat kutib yurdi. Ammo bir neça bor xonasiga borganda uning Mahfuza ismli gözal hamşira bilan xo-xolaşib turganini körib, hafsalasi pir böldi. Bu hol bir neça bor takrorlangaç, yigitni birinçi bor raşk qildi, köngli ğaş tortdi.
Uyda u yana bir kutilmagan, ğaroyib yangilikdan ogoh böldi. Eşikdan kirişi hamon Farrux böyniga osilib yiğladi:
– Oyijon, meni keçiring. Men sizni tuşunmay, köp vaqtdan buyon xafa qilib yurdim. Endi hammasi boşqaça böladi. Hayotimiz ham boşqaça böladi. Biz endi boşqaça yaşaymiz. Axir odamlar bir-birini aldamay, yolğon gapirmay, töğri, halol yaşasa ham böladi-ku. Töğrimi?
– Axir nima gap özi? Mundoq tuşuntiribroq gapirsang-çi?.
– Mana, körib qöying, otamning rostdan ham öşa yoqlarda boşqa oilasi, boşqa bolalari bor ekan. – Farrux stolda yotgan konvertni oçib körsatdi. Unda Mansurning ikki qölida ikkita gödakni kötargan holda, soçlari sap-sariq yoş xotin bilan tuşgan surati bor edi.
Siri uzil-kesil, aşyoviy dalillar bilan oşkor bölgaç, Mansur uyda köp turolmadi. Ertasigayoq jomadonini kötarib, jönab ketdi.
Maʼsumani işxonada uydagidan ham köra kutilmagan, antiqa «xuşxabar» kutib turardi. Qabulxonada işlaydigan, köpdan buyon Farhodni tuzoğiga ilintirolmay doğda qolib yurgan Ruqiya ismli beva ayol yölakda Maʼsumani körişi hamon yoniga imlab çaqirib, quloğiga şivirladi:
– Eşitdingizmi? Farhod Mahfuzaga uylanarkan. Töy kuni ham belgilanibdi.
Maʼsumaning köz oldi qoronğulaşib ketdi, yiqilib ketmaslik uçun beixtiyor devorga suyanib qoldi…
Şodmon OTABEK Andijon viloyatining Şirmonbuloq qişloğida tuğilgan. Hozirgi Mirzo Uluğbek nomidagi Milliy universitetni bitirgan. Adibning «Mirzakalon Ismoiliy», «Yaproqdagi nur», «Odamiylik sinovlari», «Eng baxtli kun», «Qorböron», «Şaxmat abadiydir», «Şirmonbuloq oqşomlari», «Töqilmagan latifalar yoxud Dörmon hangomalari», «Dörmon hangomalari», «Mirzakalon Ismoiliy saboqlari» kabi kitoblar çop etilgan.
“Yoşlik”2013/5
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


