8 daqiqada öqiladi

305 marta körilgan

Arralangan giloslar

Odil Yoqubov

yoxud ustozning köz yoşlari

Ming töqqiz yuz oltmiş sakkizinçi yilning aprel oyi edi. Öş viloyat gazetasida xizmat qilardim. Odatdagi iş kunlarining birida muharririmiz kaminani yöqlatib qoldi. Xonaga kirsam, divanda Odil aka ötirardi. Unga qadar ustozning qator hikoyalarini öqigan, Toşkentda bir neça marta körgan bölişimga qaramay, şaxsan taniş emasdim. Halimjon aka Hamidjonov men haqimda mehmonga qisqaça maʼlumot bergaç, muddaoga köçdi:
– Odiljon “Literaturnaya gazeta”ning topşiririği bilan kelibdi. Şahar bilan taniştirib, kömaklaşing. Maşina xizmatlaringda böladi.
Taşqariga çiqqanimizdan keyin, Odil aka: – Narimonov nomli maktab yaqinmi? – deb sörab qoldi.
– Şahardan biroz taşqarida, Qorasuv tumaniga qaraydi.
– Ana şu maktabning öqituvçilaridan ikki-uçtasi “xöjalar bilan qoraçalar” örtasidagi kelişmovçiliklar haqida, quda-andaçilik töğrisida gazetaga muammoli maqola yozişibdi. Şuni tekşirib, masalaga aniqlik kiritişim kerak.
Ustoz bilan maslahatga maxsi kiydirib, dastlab tuman xalq taʼlimi bölimining mudiri bilan birgalikda Odil aka maqola mualliflari bilan uçraşib, masalaga nuqta qöyib, tomonlarni murosaga keltirdi. Uçinçi kuni maşhur geolog olim Ibrohim Hamroboyevning kindik qoni tökilgan Özgan şahrini tomoşa qildik.
Xalqimizning uluğ yozuvçisi Odil Yoqubov bilan dastlabki tanişuvim şunday keçgan edi. Ustoz bilan ikkinçi muloqotimiz u kişi Ğafur Ğulom nomidagi naşriyotda nasr bölimini boşqarayotgan paytda yuz berdi. Tarjima bölimining mudiri Hasan Törabekov:
– Sizni ustoz yöqlayapti, menimça, “Singan qiliç” böyiça baʼzi mulohazalari borga öxşaydi, – deb qoldi.
Odil aka bilan yölakda uçraşdik.
– Tursunboy, bormisan, yur, xonaga kiraylik. Tölaganning kitobini rusça variantda öqiganman, tarjima qilayotganingni eşitib quvondim. Bu – masalaning bir tomoni. Asar yaxşi, ammo Qöqon xonligi haqida Qosimbekovdan ança avval yozilgan kitoblardagi eski gaplarni Tölagan ham qaytarib, ayrim örinlarni suyultirib yuborgan. Ayniqsa “qoraçoponlar”ga oşiqça böyoq va urğu bergan. Bu esa masalaning muhim tomoni. Şuni hisobga ol. Muallif bilan uçraşib, qisqaradigan qismlari böyiça undan yozma tilxat olib Hasanga topşirib qöy. Omad tilayman.
Ustozning xonasidan çiqib, Hasan aka bilan kitobdagi takror va oşiqça örinlarni aniqlab oldik. Oradan köp ötmay T.Qosimbekovning tilxatini Hasan akaga topşirib, tarjimani Dörmonda davom ettirdim.
Bir yil ötib, “Singan qiliç” romani katta nusxada çop etildi. Asarga aks-sado yaxşi böldi. Taniqli olimlar Haydarbek Bobobekov va Muxtor Jörayevlar ijobiy taqrizlar yozişdi. Özbekiston xalq şoiri Xurşid Davron “Singan qiliç”ni öqib… deb nomlangan şeʼr bağişladi. Tarjimaning bosilişi munosabati bilan (Puşkin boğida) hozirgi Abdulla Qodiriy nomidagi boğning çoyxonasida şinam dasturxon yozdim. Öşa kuni oqşom Odil akaning uyida qönoqda böldim. Şu tarzda ustoz bilan suhbatlarimiz qovuşib, bordi-keldi odat tusiga kirdi.
Bu orada meni “Çölpon” naşriyotiga xizmatga çaqirib qolişdi. Sözida sobit taniqli adib döstimiz Zohir Aʼlam xizmat örnini kaminaga böşatib berdi. Odil aka Yozuvçilar uyuşmasini boşqarayotgan kezlar edi. Kunlarning birida ustozning huzuriga bordim. Qabulxonada pataki-paytava bölayotganlar köp bölişiga qaramay, kotiba mening kirişimga izn berdi.
– Kel-kel, bormisan, – deb Odil aka ötirişga taklif qildi va hol-ahvolimni söradi. – Xabarim bor. Keçikib bölsa ham Toşkentga kelganing yaxşi böpti. Endi adabiy davraning markazidasan. Ayrim döstlaringni ham sinovdan ötkazib olasan. Xizmatda xolis böl, turli toifa-guruhlardan olisroq yur. Tarafkaşlik ham öta zararli illat. Hay, mayli, propiska masalasi nima böldi?
– Mahmudjon Sattorov degan olim döstimiz kömaklaşdi…
– Madaniyat institutidagi yigitmi?
– Ha, öşa oğaynimiz.
– U diyonatli olimlarimizdan. Uyuşma bilan boğliq muammolar bölsa, tortinma. Aytganday, ertaga ulkan inson Ibrohim Hamroboyevning tuğilgan kuni, soat oltilarda kelsang, qutlab qaytamiz.
Odil akaning huzuridan xuddi parvozga şaylangan quşday xursand çiqdim. Söngra döstim Safar Barnoyev bilan tuşlikka otlandik.
1990-yilning saratonida Öş va Özganda yuz bergan fojiali kunlarda viloyat hokimining örinbosari, marhum Sanobar Vahobova, jurnalist Yoqubjon Xöjamberdiyev bilan birgalikda şahar aeroportida Çingiz Aytmatov, Odil Yoqubov va Pirimqul Qodirovlarni kutib oldik. Kun tartibida belgilanganidek, dastlab viloyat kasalxonasida davolanayotgan yaradorlarning ahvoli bilan tanişdik. Keyin Modi qişloği bilan Öş şahrini boğlab turgan, qabohatli kunlarda jiddiy zarar körgan Furqat mahallasidagi xonadonlarni közdan keçirdik. Asablar tarang. Ortiqça gap köngilga siğmaydi. Odil aka ham köz yoşlarini tiyolmadi. Hovlidagi gullar payhon qilingan, idiş-tovoqlar sindirilgan, gilamlar boltalab taşlangan. Iyun, avji pişiqçilik bölganligi bois kallakesarlar ğarq pişgan giloslarning mevali şoxlarini arralab, mevasini örtaga qöyib yegan, Qurʼoni Karimning varaqlariga qöllarini artgan. Şu mahal Xudo rahmat qilgur Pirimqul Qodirov:
– Odil, bu nimasi? Daraxtga narvonni suyab gilosni terib yesa bölmasmidi? – deb qoldi.
Odil aka odatdagiday keskin, lönda javob qaytardi.
– Pirimqul, mentalitet deganlari şu böladi.
Çingiz aka sökindi. Sanobar Vahobova yiğlardi. Öşa oqşom Öş televideniyesi orqali Ç. Aytmatov tomonidan oloylik qotillarga nisbatan aytilgan keskin sözlar hamon köpçilikning yodida. Islom Karimovning uddaburonligi va taşabbusi tufayli, Çingiz oğa yetakçilik qilgan ustozlarning amaliy kömagi bilan qonli fojialarga barham berildi.
1994-yilning aprelida turkistonlik şoir Ernazar Rözmatovning yubileyi munosabati bilan yölga otlandik. Odil aka har galgiday guruhimiz boşliği. Çimkentdan Turkiston şahriga qadar katta trassaning ikki tarafi qalin ihotazor. Biroq yam-yaşil daraxtlarning orasidagi baʼzi qurib qolganlari teng yarmisidan arralangan atlasga şolçadan yamoq solingandek beöxşov körinardi.
– Şuni tagidan arralab, ötin qilsa barakali bölardi, – dedim.
Odil aka miyiğida kulib:
– Tursunboy ukam, bu mentalitet. Arrakaş özini ortiqça taşvişga qöyib ötirarmidi?..
Şu mahal Öşning Furqat mahallasidagi giloslar xayolimdan ötdi. Qisqasi, Odil aka, Nosir Fozilov oğalarim yetakçiligidagi navbatdagi safarimiz ham mazmunli böldi. Ustozning jalolobodlik kitobxonlari bilan munosabatlari havas qilgulik edi. 1998-yilning bahorida tadbirkor döstimiz Qodirjon mahalliy yigit-qizlarning kelajagini öylab, universitet qurib, mazkur oliydargohning oçilişiga Odil Yoqubov boşçiligida bir neça kişi mehmonga borgandik. Rasmiy tadbirlardan söng, Arslonbobda dam oldik. Bu gözal göşada ikki uluğ inson – Odil aka bilan kosmonavt Solijon Şaripovning uçraşuvlari bayramga aylanib ketdi. S.Şaripov ustozning “Uluğbek xazinasi” asarini rus tilidagi tarjimasini asliyat bilan qiyoslab öqib çiqqani uçun suhbat öta zavqli böldi. Atoqli adib öz navbatida fazogirga yaxşi fikr va mulohazalari uçun rahmat aytib, omadlar tiladi.
1997-yilning 14 aprelida Bişkekdagi T.Sotilğanov nomidagi teatrda taniqli qozoq şoiri Muxtor Şoxonov bilan Çingiz Aytmatov hamkorlikda yozgan dramaning körigiga borişimizga töğri keldi. Odil aka bilan T.Qayipbergenov bir hafta avval jönab ketişdi. Asar premyerasiga bir kun qolganda Yoqubjon Xöjamberdiyev ikkimiz yetib bordik. Ustozlar Çingiz oğaning dala hovlisida ekan. Odil akaning şaşti pastroq edi.
– Valineʼmatlarim, bormisizlar? – dedi bizni bağriga bosarkan.
– Zerikmadinglarmi? – söradi Yoqubjon.
– Yöq, faqat bu atrofdagi dökonlarda bizning valyutaga şarob sotmas ekan-da, – dedi Tölepbergen aka öpkalab.
– Qirğizça rusumga köra, Çingiz oğaga aytmadinglarmi? – dedim.
– Tortindik…
Ikki elning ulkan adiblari arzimagan narsani Çingiz Aytmatovdan söray olmaganligi özbekona iymanişdan bölsa kerak. Ustozlarning könglini ovlaş niyatida dasturxonni butladik.
1997-yilning oxirlarida ijodkor ukalarim Nabijon Boqiy va Yoqubjon Xöjamberdiyevlar Çingiz oğa bilan M.Şoxonovning qalamiga mansub “Çöqqida qolgan ovçining ohu-zori” deb nomlangan keng kölamli publitsistik asarning tarjimasini poyoniga yetkazgaç, “Şarq” naşriyoti mazkur kitobga muharrirlikni kaminaga topşirdi. Muxtor döstimizning iltimosiga binoan unga kirgan şeʼrlarni asliyatga çoğiştirib çiqişimga töğri keldi. Uşbu asar 1998-yilda naşr etilib, tez orada tugab ketdi.
Odil aka tuğma tabiatiga köra, gapning indallosini aytiş böyiça feʼli-amoliga bir umr sobit qoldi. Biroq baçkana hazillarni unça xuş körmagan bölişiga qaramay, vaqti kelganda ustoz Said Ahmadni ham, Nosir Fozilovni ham kutilmagan lutflar bilan mot qilganligining guvohi bölganman. Qardoş Qirğizistonning poytaxti Bişkekda röy bergan quyidagi voqea fikrimning isbotidir. Qirğiz adiblarining anjumanidan söng, respublika davlat kutubxonasining oçilişi munosabati bilan ötgan yiğindan keyin, davra suhbatida Sotqin Sassiqboyev degan örtamiyona publitsist H.H.Niyoziy töğrisida quyuşqonga siğmagan fikrni aytib qoldi. Mening ğaşim kelib, mezbonga javob qaytarmoqçi bölganimni sezib qolgan Odil aka yelkamga qölini qöyib, öziga xos ohangda:
– Tursunboy, xafa bölma, bu döstimizning ismi-jismiga monand Sotqin, familiyasi Sassiqboyev bölgaç, undan şirin gap çiqarmidi… – dedi.
Ustozning topib aytgan gapidan izza bölgan mezbon uzr-maʼzur söray boşladi. Qirğiz adabiyotining Suyunboy Eraliyev bilan Sovranboy Jasuyevday oqsoqollari esa Sotqindan “ösolning qadoği neça pul böldi?” deb sörab, davraga zavq-şavq ulaşdi.
1998-yilning 26 mayida Çingiz Aytmatovning 70 yoşga tölganligi har jihatdan yuksak darajada nişonlandi. 29 mayda ortimizga qaytib, yöl-yölakay qadim Avliyootani, hozirgi Taroz şahrini tomoşa qildik. Çimkentni ortda qoldirib, Ğiştköprikda bir yarim soatça turib qoldik. Maşinadan tuşib turnaqator navbatda turganlarga quloqqoqti qildim. Toşkentga kirişimiz uçun har birimiz ming sömdan postda turgan azamatlarga berişimiz şart ekan. Bölgan gapni Odil akaga aytdim. Ustozning qoşlari çimirildi:
– Qani yur-çi, boşliğiga kiraylik-çi…
Qabulxonadagi mallasoç qiz:
– Boşliq zarur işlar bilan band, – dedi.
Odil aka kotibani rus tilida nordon sözlar bilan siylab, röparadagi haşamatli xonaga kirib bordi. Boşliq orom-kursida qahva içib ötirgan ekan. Ustoz özini taniştirib, nima sababdan uning huzuriga kirganligimizni aytib, çaparastasiga tuzlay ketdi. U söraşmoqçi bölib qöl uzatganida, Odil aka siltab taşladi. Taşqariga çiqqaç butunlay boşqaça manzaraning guvohi böldik. Qöşimça yölaklar oçilib, yölovçilar emin-erkin çegaradan ötişardi…

* * *
Yoşing bir joyga yetgan sari oqibatli döstingni, dilga yaqin suhbatdoşingni qömsab qolar ekansan. Oxirgi ön yillar davomida Odil aka Qozoqboy Yöldoşev ikkimizni yöqlab, “Hoy qirğiz ukam, ertaga Qozoqboy birodaring bilan kelinglar, yangalaring xamir soladi” deb telefon qilişi odatga aylangandi. Beixtiyor xayolga tolaman. Odil Yoqubovday ulkan adibga biror nafim tegmagan bölsa… Şunday uluğ insonning nazariga tuşganimning sabablarini izlayman… Savolimga javob topmay, kaminadan tez-tez hol-ahvol sörab turadigan Nosir oğa Fozilov, Tohir Malik, Erkin Malik, Omon Muxtor, Anvar Obidjon, Yöldoş Solijonov, Sobirjon Otajonov kabi oqibatli qadrdonlarimni, önlab şogirdlarimni eslab, şukrona qilaman. Odil akaday tuğma, benazir adib yana adabiyotimizning peşonasiga bitarmikin, deb Tangridan tilayman.

Tursunboy ADAŞBOYEV

“Yoşlik” junrali 2012-yil, 11-12 son

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)