HAYVONOT BOĞIDA
Senga nima böldi, hayvonot mulki,
Közlar közgusida mahzunliging bor?!
Men kutgan şijöat, men kutgan kulgi
Bolalik davrimda qoldimi zinhor?
Börida börilik, şerda şerlik yöq,
Kanada itlari itlikdan keçgan.
Möğul otlarida ul ayğirlik yöq,
Şamol jayronlarin xayolot quçgan.
Sahro kemalari – tuyalar xomuş,
Panjara ortidan köpiklar soçmas.
Buğular aslini qilgan faromuş,
Şöxlik davronidan sahifa oçmas.
Şişa hovuzçada billurdek baliq,
Suv yutsa, içidan körinib turar.
Unda yöq baliqqa xos bölgan qiliq,
Sunʼiy tölqinlarda urinib turar.
Möjaz ötloğida tuyaquş: yohu,
Inson afʼolidan kuyaman, deydi.
Yuk kötar desangiz, quşman deydi u,
Kökka uç desangiz, tuyaman, deydi.
Inson zalolatin jismida saqlab,
Quvlikni unutgan maymun şikasta:
Darvinning momosi qadriga yiğlab,
Arğimçoq ustida çaqadi pista.
Ayiqda polvonlik qaçonlar ölmiş,
Örmon saltanatin unutmiş arslon.
Yölbarsda özlikdan yöl-yöli qolmiş,
Faqat terisiga qoplanmiş qoplon.
Yodida qolmagan filning filligi,
Koridan Hindiston xijolatdadir.
Örmon jonzotlarin xilma-xilligi
Bir ohang ostida – itoatdadir.
Men odam naslidan bir muxbir bölib,
Bolalik davrimdan daraklar kutdim.
Bu boğ sokinligi ajib sir bölib,
Könglim quloğini borliqqa tutdim.
Ovoz erkinligi qafasda ham bor,
Jonzot naʼrasiga tösiq-çetan yöq.
Bor gapki, har narsa unda bekam bor,
Bor gapki, ularda ozod vatan yöq.
Jamlandi lahzada yillar saboği,
Tarix tegirmoni ajib sanʼatdir:
Ogoh dil nazdida hayvonot boği
Ahlin ruhi ölgan bir mamlakatdir.
Faqat bir quvonç bor, ibrat va sabot,
Qiynalsa ham manzil yotligi uçun.
Metin qafaslarda turfa maxluqot
Yaşaydi odamzod şodligi uçun.
USTOZ BÖLMASA
Ustoz Vohid Abdullayev xotirasiga
Jahon obodligi ustoz bilandir,
Dilda qaror bölmas, ustoz bölmasa.
Kamolot, kuşufot ustoz bilandir,
Işda baror bölmas, ustoz bölmasa.
Yöqdan olim böldi otamiz Odam,
Haqdan taʼlim oldi Sarvari olam,
Sabab olaminda bul kuni bekam
Ilmu anvor bölmas, ustoz bölmasa.
Har yöl, har sohaning bir piri bölur,
Ehtirom dil ahlin tadbiri bölur,
Har işda ustozning bir siri bölur,
Kaşfi asror bölmas, ustoz bölmasa.
Hikmat köp ilmu fan kasbu korida,
Dehqon ketmonida, dorboz dorida,
Oşpazning bir siri – garmdorida,
Şogird huşyor bölmas, ustoz bölmasa.
Ustoz qadrin bilur har qalbi salim,
Hayot darslaridan bergandir taʼlim,
Dillar ardoğida aziz muallim,
Kimsa sardor bölmas, ustoz bölmasa.
Maʼrifat, iqtisod, sanʼat turlari,
Osmon eşiklari, yer unsurlari,
Ustoz-la oçilgay Qurʼon sirlari,
Hadis oşkor bölmas, ustoz bölmasa.
Puştli, ustozlidir har bir siniqçi,
Beustoz muhandis – oddiy çiziqçi,
Ustozsiz oçilmas hatto qiziqçi,
Suxan tagdor bölmas, ustoz bölmasa.
Özi ösgan daraxt meva bermagay,
Surçi öz töyida surnay çalmagay,
Sartaroş öz soçin özi qirmagay,
Usta sarkor bölmas, ustoz bölmasa.
Ustoz körgan zotlar işga omildir,
Zakovat ahliga bu söz şomildir,
Ustozning avlosi piri komildir,
Dilda bahor bölmas, ustoz bölmasa.
Mirzo, har köngilda niyat bor bölsin,
Vatan obod, el ham baxtiyor bölsin,
Pokdil ustozlarga Tangri yor bölsin,
Hayot gulzor bölmas, ustoz bölmasa.
TOŞKENT
Yetti iqlim aro yurt köp, şahar köp,
Tarix sirgohida bir dona Toşkent.
Yomon har joyda ham qilmişin topar,
Yaxşiga mehribon bir ona Toşkent!
Qadim Turon aro nasiblar tegib,
Dillarga yaxşilik uruğin ekib,
Döstlarga döstona boşini egib,
Yovga boş kötargan mardona Toşkent!
Yerning oy, quyoşi, ğarbu şarqi bor,
Bağringda yuz öttiz millat xalqi bor,
Har özbek farzandin senda haqqi bor,
Heç kimga emassan begona, Toşkent.
Vatan ilmu irfon bilan oboddir,
Iymon, adlu insof elga qanotdir,
Qalbi ozod xalqning yurti ozoddir,
Yurtga ziyo bergan nurxona – Toşkent!
Zamin mehringga mos sarvat körguzar,
Inson insonga xos şafqat körguzar,
Har kim öz holiça himmat körguzar,
Şohning muruvvati – şohona, Toşkent!
Har kim öz ildizin bir yon köçirmas,
Har joyda mevali daraxt kökarmas,
Şoir erkaligin har yurt kötarmas,
Yoşlik hislarimga hamxona Toşkent.
Ğariblik ezganda baʼzan dilimni,
Yelkamda his etdim döstlik qölingni,
Ustoz mehri bilan tutdim yölimni,
Mehribon döst işi – döstona, Toşkent!
Ilmu maʼrifatda qay yurt boş bölur,
Darsi Abulqosim, Kökaldoş bölur,
Köhakiylar bizga zamindoş bölur,
Не-не азизларга хилхона Тошкент!
Hazrati Imomdan ravşan karomat,
Sohibqiron kezgan köhna Banokat,
Saloru Çiğatoy, Kaykovus, Binkat –
Tarix ummonida durdona, Toşkent!
Bu kun jahon alqab, bölgay purhavas,
Köhna Şoş – vatanga mehvar har nafas,
Senga yelkadoşdir, hamdam, hamnafas,
Surxonu Samarqand, Farğona, Toşkent!
TÖRTLIKLAR
* * *
Ha, men sokin yuradirman yerga qarab,
Balki, hikmat teradirman yerga qarab.
Dunyo içra nigohimni ğofil demang,
Men osmonni köradirman yerga qarab.
* * *
Bir sözim bor, aytay senga yöli bilan:
El bölmagin elbölmasning eli bilan.
Dunyo bilan muhoraba aylasang ham,
Katta yölda tortişmagin löli bilan.
* * *
Qaytiş ham turfadir, hayot jumboqdir,
Yaxşilikka qaytmoq – olğa yurmoqdir.
Zulmat, jaholatda ilgari ketmoq
Tobora orqaga qadam urmoqdir.
* * *
Ular şarob içdi, biz içdik ziyo,
Ular dunyo yedi, biz totdik maʼno.
Guruhlar qasrlar qurganda gurros,
Bizlar qabrimizni bezadik bir oz…
* * *
Döst, mayli, tuhmat qil, haqorat qilgin,
Tangrim, sen sabrga işorat qilgin.
Qalbimga urilgan har bir ozorni
Biror gunohimga kaforat qilgin.
* * *
Demang: Falon degan banda xor ötdi,
Yöq, unda qança baxt, iftixor ötdi.
Faqat yondoş turib, sirdoş bilmadi:
Uning ğarib köngli döstga zor ötdi.
* * *
Biri kam kelganlar biri kam ketdi,
Olam sarvatlari dam-badam ketdi.
Heç narsang yöq edi – boringni berding,
Sendan nima ketdi? – Sendan ğam ketdi!
* * *
Odamzod har holu maqomga kelur,
Qör teksa, tilsizlar kalomga kelur.
Seni xörlaganlar tazarruʼ aylab,
Bir kuni qabringga salomga kelur.
* * *
Ketmagil, gar ketsang, farzona ketgil,
Majnundek bölib çin afsona, ketgil.
Nur bölib yaşagil, Haq huzuriga
Bir kun ketar bölsang, mardona ketgil.
* * *
Eldoşlar ming bölsa, turli taraflik,
Köngillar bir bölsa – bir xil hadaflik.
Dunyoda qalbimni yiğlatgan, ey ğam,
Sodiq yor topmadim sendan şaraflik.
* * *
Dardingni öz dilin tiğlagan bilur,
Dardu ğamin pinhon saqlagan bilur.
Holingni dunyoda kulganlar bilmas,
Keça zulmatida yiğlagan bilur.
* * *
Yer bilan samoning senga farqi yöq,
Past bilan aʼloning senga farqi yöq.
Ayt bizga: oşiqlik qanday balodir?
Dard bilan davoning senga farqi yöq!
* * *
Xohi piyoda böl, xohi otda böl,
Sözing sodda bölsin, özing sodda böl.
Mudom xayratda böl: ketganingdan söng
Duoyi xayr içra doim yodda böl.
* * *
Ayriliq azobin naydan bilursan,
Bir visol quvonçin töydan bilursan.
Mudom öz qalbingdan bexabar bölsang,
Özgalar qalbini qaydan bilursan?!
* * *
Yöl yana öşadir, ul bahor qani?
Yerlar, qirlar öşa, lolazor qani?
Qalb öşa, dil öşa – umidlar qayda?
Umringga nur bergan işqi yor qani?
* * *
Asliy döstu yorlar kelsin biz tomon,
Ğamginlar, bemorlar kelsin biz tomon.
Davlati borlarni törga ötqazing,
Faqat qalbi borlar kelsin biz tomon!
* * *
Umringni köp qisqa körsa ham falak,
Nur deya, gul deya vujuding halak.
Seni öldirsalar, tanangda qon yöq,
Qoningni kim içdi, jonim, kapalak?..
* * *
Avval közni asra, şul ehtiyotdir,
Har bir imolari maxfiy hayotdir.
Yöq, yöq, közni asra, olamlar Rabbi
Közlar xiyonatin bilguvçi Zotdir.
* * *
Asl ğavvos bölsang, durni körgaysan,
Sof bölsang, ketar çoğ hurni körgaysan.
Hamma yoq zulmat deb şikoyat qilma,
Özingda nur bölsa, nurni körgaysan…
Mirzo KENJABEK
“Yoşlik” jurnali, 2014-yil 5-son
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

