(Hikoya)
General-leytenant Zapupirining dafn marosimi. Marhumning uyidan motam musiqasi va qattiq-quruq ovozlar yangrardi. Xabar topgan tomoşatalablar har tomondan yugurib kelişgan. Çiqariş marosimiga oşiqqanlar orasida Probkin va Svistkov ham hoziru nozir. Ikkovi ham xotini bilan birga.
– Mumkin emas! – Mahalliy nozir yordamçisi yoqimli, oçiq çehra bilan tösiqqa yopirilib kelganlarni töxtatişga urinardi. – Mumkin emas! Iltimos, orqaga! Lekin şunday bölsa ham, xonimlar ötişi mumkin… marhamat siz, xonim.
Probkin va Svistkovning xotinlari nozir yordamçisining kutilmagan iltifotidan qizarişib, tösiqdan lip etib ötib olişdi. Erlari esa jonli devor tomonda qolgança piyoda va otliq nazoratçilar ortidan öyçan boqişardi.
– Ötib olişdi! – dedi ketib qolgan ayollarga raşk va nafrat bilan qarab qolgan Probkin. – Baxt çindan ham bu ulamasoçlarga. Erkaklarda heç qaçon bunday imtiyoz bölmaydi. Xöş, biznikidan afzalroq qanday xislati bor ularning? Ayollar, aytiş mumkinki, oddiy, hammaga öxşagan, qolaversa, bidʼatçi, lekin baribir ularni ötkazib yuborişdi. Siz bilan bizni esa garçi beşinçi darajali martabaga ega bölsak-da, ötkazişga loyiq körişmadi.
– Taajjub, öylab köring-a! – dedi nozir yordamçisi Probkinga taʼna bilan qarab. – Sizlarni içkariga olmaganimda hozir boşlanadigan beöxşov turtinişlar orasida qolib ketardingiz. Axir, şunday nazokatingiz bilan sizni bunaqa ahvolda qoldirişni heçam özimga ep körmasdim!
– Marhamat qilib qoldiring! – jahli çiqdi Probkinning. – Aslida ayollar köpçilik orasida birinçi bölib turtinişadi. Erkaklar bir nuqtaga tikilib turaveradi, xonimlar esa qöllarini keng qöyib, bemalol turtib ketaverişadi, nima bölsa bölsinu, başang liboslari ğijimlanmasin. Ğiring deb kör-çi! Ayollar bor joyda omad eşigi hamişa oçiq. Xonimlar va askarlar uçun raqs keçalari ham bepul, ha, bir tiyinga olişmaydi. Hatto tan jazosidan ham osongina ozod qilişadi… Qaysi xizmatlari uçun degan savol tuğiladi. Poşşa qiz römolçasini tuşirib yuborsa, sen engaşib olib ber; u kirib kelsa, darhol örningdan turib, stulingni uzat; çiqib ketsa, kuzatib qöy… Rasm-rusmni qara-ya! Qanday bölmasin, unga yetiş, faraz qilaylik, beşinçi darajali martaba sohibi – menga yoki senga bir umr karnay çaliş bölsa, bas. Oyimqiz esa yarim soatda yuqori martabali inson bilan yölini topib, nikohdan ötib oladi-yu, bir pasda oliy zotli xonimga aylanadi. Bordi-yu, men knyaz yoki graf bölib qolsamu, butun dunyoni böysundirmoqni ixtiyor etsam, Şipka çöqqisini zabt etsamu, vazirlar huzurida bölib tursam, öz panohingda asra, birorta ona suti oğzidan ketmagan Verenka yoki Katenka graf qarşisida paydo bölib, etagini aylantiradi, közini suzadi – mana janobi oliyalari… Sen hozir gubernya kotibi… Bu martabangni, aytiş mumkinki, qon yutib qölga kiritgansan; sening Marya Fominişnang-çi? U nima uçun gubernya kotibasi? Popning qiziligi uçun osongina amaldorning xotini ham bölib oldi. Ajoyib xotin! Sen unga işimizni ber, u sening örningda keldi-ketdi xatlarini yozib ötiradi.
– Ammo tuşkun holatdagilarga xuşkayfiyat bağişlaydi, – gap qistirdi Svistkov.
– Bağoyat muhimlik! Ular amaldorlar qarşisida qovoği uyilganga öxşab turişadi, biroq bu bilan özlarining dilni yayratguvçi oromijonliklarini köz-köz qilişadi. Turgan-bitgani qulaylik. Bizning doiradan birorta qiz yoki xonim generalga ham bemalol bidir-bidir gapira oladi, sen esa amaldor oldida nimanidir aytişga jurʼat ham qilolmaysan… Ha… Sening Marya Fominişnang tortinmasdan biror amaldorning qöltiğidan olgança u bilan bemalol sayr qiladi, sen ham ana şunday amaldorning qöltiğidan tutib kör-çi! Qani, ol, urinib kör! Bizning uyimizda, ostki qavatimizda qanaqadir professor xotini bilan yaşaydi… General, tuşunyapsanmi, lekin Anna birinçi örinda turadi. Şuning uçun har doim xotinining jerkinganini eşitasan: “Ahmoq! Ahmoq! Ahmoq!” Axir, u oddiy qişloq ayoli-ku, meşçanlardan, lekin bunda har holda qonuniylik bor va şunday bölişi kerak ham… Azaldan şunaqa, haq-huquqlari uçun talaşib-tortişişadi, ammo sen noqonuniy tarafini olib kör.
Bir hodisa umrbod esimdan çiqmaydi. Ölişimga ozgina qolgandi, şunda bilsam, ota-onamning duolari tufayli omon qolgan ekanman. Bilasanmi, ötgan yili bizning general taʼtilda yozuv-çizuvlari uçun qişloğiga meni ham özi bilan birga olib ketdi. Bir soat işlab, qolgan vaqtda bekorçi işlar bilan band bölardik. U işlarini bitirib, aylangani örmonga jönardi yoki xizmatkorlar romanslarini tinglardi. Generalimiz söqqaboş. Uy töla noz-neʼmat, xotinlar esa yöq, xizmatkorlarni heç kim boşqarmaganidan xuddi itdek pala-partiş yaşaşadi. Xullas, odamlarning bari tartibsiz, gapga kirmaydigan… va faqat oqsoç Vera Nikitişna hammamizga sözini ötkazadi. Uning özi çoy quyadi, tuşlik buyurtiradi, xizmatkorlarga öşqiradi. Eh döstim, bu yoqimsiz ayol judayam zahar, şaytonning özginasi. Semizligidan doim qizarib yuradi. Kimgadir qiçqira boşlasa, şunaqa çiyillaydiki, Xudo asrasin bunday beöxşov çinqiriqdan. Xullas, baqir-çaqirlaru, haqoratlar jonga tegib ketdi. Vo, ajab! Uning yaqinida yaşaşga heç kim toqat qilolmasdi. Nafaqat xizmatkorlarning, balki mening ham jiğimga tegardi bu makkor. Şunda: “Şoşmay tur, qulay fursat topib, sen töğringda barisini generalga aytib beraman. U xizmat bilan band bölib, köziga çöp solib yurganingni va odamlarni bezdirayotganingni körmaydi-da, qarab tur, men uning közini oçib qöyaman”, – deb öylardim. Oçildi ham, birodar, közlar şunaqa oçildiki, nazarimda özimning közim umrbod yumilmaydigan böldi. Eslasam, hatto hozir ham etim junjikadi.
Bir kuni men koridordan borayotib, tösatdan çinqiriq ovozini eşitib qoldim. Avvaliga çöçqani söyişyapti, deb öyladim, keyin esa diqqat bilan quloq solsam, Vera Nikitişna kim bilandir janjallaşardi:
– Hayvon! Naqadar yaramassan! Ablah!
– Kimni qarğayapti? – deya hayron böldim.
– Eh oşnam, ittifoqo körib qoldim: eşik oçilib ketdi va undan bizning general uçib çiqdi. Qip-qizargan, közlari çaqçaygan, soçlari tözğigan bir holatda. Ayol esa uning orqasidan ham sökinardi: “Yaramas! Iblis!”
– Valdirayver! – derdi darğazab general.
Rosti, men qizişib ketdim. Bizning general esa öz xonasiga yugurib ketdi, men esa göyo heç nimani tuşunmagan ahmoqdek koridorda turaverdim. Kaltafahm, omi, tagipast bir ayol birdaniga bunaqangi haqoratomuz sözlar bilan muomala qilişga jurʼat etdi-ya! Öylaşimça, demak, general u bilan hisob-kitob qilmoqçi bölgan, u esa guvohlar yöqligidan foydalanib, butun zahrini generalga soçyapti. Yö-öq, buni şunday qoldirib bölmaydi, yöqotiş kerak bu alvastini. Qonim qaynab ketdi… Uning xonasiga bordimda, dedim: “Sen, yaramas, qanday qilib amaldor odamga qörqmasdan şunaqa sözlarni gapirding? Nima, uni himoyasiz zaif çol, deb öylayapsanmi?” Özim himoyaga ötdim, bilasanmi, nima qildim, uning yoğ bosgan yuziga ikki marta tarsaki tuşirdim. Ana şunda körsang edi uning qançalar kötarilib ketganini, şunaqa çinqirib baqira boşladiki, özi asrasin bunday ofatdan! Umuman yaxşi iş bölmadi.
Quloğimni bekitdim-da, örmonga jönadim. Taxminan ikki soatlardan söng qarşimga bir bola yugurib keldi: “Xöjayinning oldiga marhamat qiling”. Bordim. Kirdim. Kurkaga öxşab tumşayib ötirardi, qaramadi ham.
– Bu, mening uyimda siz nima örnatmoqçisiz özi?
– Yaʼni, qanaqa? Mabodo, siz Nikitişna töğrisida gapirayotgan bölsangiz, men sizning yoningizni oldim-ku.
– Bu sizning işingiz emas, birovning oilaviy işlariga aralaşyapsan! Tuşunasanmi?! Oilaviy!
Eh, birodar, u taʼzirimni bera boşlaganda şunaqa qizişib ketdiki, ölişimga ozgina qoldi. Gapirib-gapirib, tönğillab-tönğillab, birdaniga tomdan taraşa tuşgandek kulib yubordi. “Bunaqa gapirişni qanday epladingiz? Bunça jurʼatni qayerdan oldingiz? Taajjub! Lekin bularning bari, döstim, oramizda qolişi kerak… Sizning qiziqqonligingizni tuşunaman, biroq xöp desangiz, sizning bundan keyin mening uyimda qolişingiz nojoiz…”
Mana, oşna! Qanday qilib öşa gerdaygan “tovus”ni kaltaklaganim, unga hatto ajablanarli. Ha, şallaqi xotin es-huşini olib qöygan. Oq Burgutning maxfiy maslahatçisi böla turib, oddiy bir ayolning taʼsiriga tuşib qolganini rahbariyatning özi ham bilmaydi-da… Ha, ayollarning kattadan katta qulayliklari! Ammo… sen yaxşisi, şapkani yeç! Generalni olib ketişyapti… Eh, qançadan-qança ordenlar, otaxonlar dunyosi! Xöş, qani, Xudo haqqi, xonimlarni oldinga ötkazib yuborişdi, çindanam, ular ordenlarda biror narsa borligini tuşunişadimi özi?
Musiqa çalina boşladi.
Rus tilidan
Şahzoda HAKIMOVA tarjimasi
Anton ÇEXOV
“Yoşlik” jurnali 2010/11
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

