11 daqiqada öqiladi

284 marta körilgan

Bitiklarim yuragimning manzarasi

Baxtiyor Genjamurod

Tört-beş yoşimdagi gödaklik paytlarim… Bobom Genjamurod Nahan Quraş (Nahan Quraş u kişining laqabi – çögirmadan ham katta telpak degani) çordona qurib, meni oldiga olib ötirardi. Uning öğli Allambergan – mening otam “Alpomiş”, “Qoblan”, “Edigey”, “Qirq qiz”, “Çoriyor” dostonlaridan tölğov yoki termalar, katta-kiçik şeʼriy parçalarni yoddan kuylardi. Bobom juda kuçli, savlatli odam edi. Lekin u şunça ğayratli, kuçli bölgani bilan, taʼsirçan, köngli böş – yoş boladek yuragi beğubor çol edi. Öşa  dostonlardagi yurakni tebratadigan misralar köp bölgani tufayli bobom öz ruhida uyğongan tölğonişlarini zavqu şavqqa töla sözlar bilan izhor etib ötirardi.

Uning köz yoşlari soqol-möylovlaridan şörğalab böynimga tomçilaydi. Mening ham yuragimda allaqanday sezgilar boş kötara boşlaydi… Nafasimni içimga yutib ötiraman. Bobomning köz yoşlarining qaynoq harorati hamon böynimdan ketgani yöq… Balki adabiyotga ixlos öşa paytlardan, öşa sezimlardan boşlangan bölişi ham mumkin.

Dastlabki şeʼrlarim naşr etilib, ilk kitobim şeʼriyat muxlislariga havola etilganda faqat özimgagina maʼlum qadrli narsalarni yöqotib, heç kimga nomaʼlum yana bir aziz narsalarni topib olgandek holatlar boşimdan keçgan. Ular quvonç va şodlikdan boşqaçaroq sezgilar edi… Ul tuyğularni qanday nomlaş kerakligini hozirgaça ham bilmayman.

Ilk kitobim “Oftobning umri” deb nomlanadi. 1987-yil Nukusda naşr etildi. Söng “Saraton”, “Öq qadalgan oy” şeʼriy töplamlarim birin-ketin bosmadan çiqdi. Bundan taşqari jahon şoirlari şeʼrlarini qoraqalpoq tiliga tarjima qilib “Jahon lirikasidan” nomi bilan 1992-yilda naşr etganman. Lin Bo, Du Fu, Xitomaro, Sayjo, Atiko, Mikelandjelo, Robert Byorns, Valter Skott, Puşkin, Tyutçev, Blok, Yesenin  va boşqa jahon şoirlari şeʼrlarini tarjima qilganman.

Ayniqsa, 2006-yilda Toşkentda Alişer Navoiy nomidagi Milliy kutubxona naşriyotida “Ökuzdaryo bitiklari” nomi bilan özbek tilida naşr etilgan şeʼrlar va dostonlar kitobim menga katta quvonç keltirgan. Çunki mana şu kitobim qölyozmasini tayyorlaş asnosi taniqli özbek şoirlari bilan işlaş jarayoni men uçun katta adabiy muhit yaratib berdi. Kitobdagi barça şeʼr va dostonlarni şoir Rustam Musurmon tarjima qildi. Atoqli şoir Azim Suyun “Made xon yohud Çin ipagidagi bitik” dostonimni öqib, “Ha, Vatan haqida şunday yoziladi!” deya menga maktub yozdi. Bu maktub Toşkentdagi va Qoraqalpoğistondagi gazetalarda eʼlon qilindi. Azim oğaning doston haqida bildirgan haroratli sözlari mening könglimni kötardi.

Özbekiston xalq rassomi Javlon Umarbekov “Ukuzdaryo bitiklari” kitobim muqovasi uçun özining “Ikki qörğon” asarini hadya etdi. Kitob naşri arafasida tarjimonim Rustam Musurmonning “Siz tarixni qanday rangda tasavvur etasiz?” degan savoliga: “Qoramtir, kulrang tusda” deb javob bergandim. Rustam asarlarning ruhidan kelib çiqib surat tanladi. Ikkimiz Javlon oğadan suratni muqovada bosiş uçun ruxsat oldik.

Özbekiston Qahramoni, xalq şoiri Abdulla Oripov kitobimni öqib, iliq fikrlar bildirdi. Toşkentdagi barça şoir döstlarim, ustozlarim meni qöllab-quvvatladilar. Ularning har biri menga oğa-inidek tuğişgan bölib qoldi.

…Ustoz deganda köz oldimga birdan kitoblar keladi. Öninçi sinfda öqib yurgan kezlarimda uyimiz yonidagi tepadan pastga sirğanib, qölimni sindirib olganman. Qiş faslida qor köp yoqqanida tepalikning yuqorisidan har kuni suv sepaverib, söqmoqni oynadek yaltiragan muzga aylantirganmiz. Öşa sirpançiq yölakdan pastga qarab katta tezlik bilan quşdek uçib tuşayotganimda noqulay yiqildim. Natijada çap qölim “vaqtinça tanaffusga çiqib qoldi”. Kasalxonada yotganimda maktabimiz kutubxonaçisi Sapargul opa Jonatan Sviftning “Gulliverning sayohatlari” kitobini olib keldi. Bu kitobni öqiş lazzatiga şunçalik berilib ketganimdan davolovçi vraçlarning aççiq-çuçuk tanbehlarini eşitişimga töğri keldi. Kasalxonadan çiqqanimdan söng maktab kutubxonasining bösağasini tözdirgan öquvçilardan biriga aylanganman. Undan keyin – tuman kutubxonasi,  madaniyat uyi kutubxonalarini ham birin-ketin işğol etganman. Insonning turmuş tarzidagi barça hodisalarning ildizlari bolalikdagi köngil kayfiyatlariga, hayratlariga borib taqaladi. Ijodkorlikni ham şunday deb öylayman.

Uluğ inson – Ustozning ham turmuşimga, ham ijodimga körsatgan taʼsirini, ayniqsa, boşimda bulutlar aylangan paytlardagi ğamxörligini butun umrim davomida unutişim aslo mumkin emas…

Yaşil bulut yorilib oltin nur tuşdi –

Tilla piyolali malaklar ekan.

Tamşanib qirq qultum obihayot içdim,

Bu neʼmat osmondan, falakdan ekan.

 

Tasbehli hazrat Pir – nurli, asoli,

Körsatdi – olisda oq bulutli toğ…

Tört tarafim – Quyoş, qibla misoli,

Qayta tuğilganga öxşadim şu çoğ…

Uzundan-uzun şeʼrlar yozişga, töğrisi, köplab kitoblar çiqarişga unçalik qiziqmaganman. Qiziqqan bölsam-da, özimni hayotda “oğir qözğaladiganlardan” deb hisoblayman. Kitoblarimni naşr etiş masalasida heç qaçon şoşilmaganman. Bugungi kunda yettita kitobim, şu jumladan ikkita özbekça kitobim öquvçilar qöliga yetib bordi. Ularning umumiy nusxasi – ön olti ming.

…Jurnalistlarning baʼzan “Farzandlaringiz içida şoirlikka qiziqqanlari ham bormi?” degan savoli meni öylaşga majburlaydi. Agar adabiyot tarixiga bir nazar solsangiz, bu savolga javob topiş qiyin bölardi. Juda olislab ketmay qöya turaylik: Puşkin, Tolstoy, Dostoyevskiy, Blok, Yesenin, Maxtumquli, Abay, Ajiniyoz, Berdaq, Çölpon, Fitrat… Xöş, bu uluğ söz sanʼatkorlarining qay birining farzandi ota izidan yurib qalam bilan döstlaşgan ekan, degan savol bir mahallar meni ham qiziqtirgan edi. Balki bordir… Lekin savolimga javob topa olmaganman. Dehqonning farzandi dehqon, çöponniki – çöpon, yuristniki – yurist, junalistniki – jurnalist, generalning bolasi – general bölgan holatlar köplab uçraydi, xuddi uzukka köz qöygandek. Biroq şoirning bolasi şoir bölganini körmaganman.

Qizim Nargiza va öğlim Yoqubbek jurnalistik taʼlim olgan. Yoqubbek xalqaro Erazmus Mundus hamkorlik taşkilotidan TOSCA loyihasini yutib olgani uçun hozirgi paytda Polşadagi Adam Mitskeviç universitetida bir yillik ilmiy stajirovkada.

…Jahon adabiyotining ulkan bir bölimini turkiy adabiyot taşkil etadi. Şuning içida özbek va qoraqalpoq adabiyoti ham bor. U özining yaşaşi uçun zarur bölgan eleksirni qadimgi davrlardan olib turibdi. Örta Osiyo tabiati uçun Xudo tarafidan berilgan tört fasl – yoz, kuz, qiş, bahor yot emas. Qiş fasli bölmaydigan elatlar bir muçasi hali töliq rivojlanmagan odamga öxşab ketadi.

Bizning Vatanimizda yuqorida aytilgan törtta faslning barçasi yaşaydi. Şuning uçun turli-tuman adabiy yönalişlarning heç birini ögay deb hisoblamasligimiz kerag-ov. Ilgarigi davrlarda adabiyotdan “yomonlik” izlovçilar juda köplab uçrar edi, bunday illatlar bugungi kunda ham topiladi. Ularni qanday bartaraf etamiz?..

…Jahon adabiy jarayonida mavjud bölgan har xil adabiy oqimlar va yönalişlardan qörqiş – bu söz qadrini töğri baholay bilmaslikdan kelib çiqadi. Insonning ruhiy dunyosidagi özgaça holatni tasvirlaş zaruriyati boşqaça ifoda yaratadigan şoirlarni dunyoga keltiradi. Buning nimasi yomon?.. Lekin sanʼatning barça turlarida, şuningdek, şeʼriyatda ham “yolğonçilar” bor: “yolğon modernçi”lar bor. Ularning jonli sezim va tuyğularga butunlay qoni yot, muzdek “qurbaqa qurullaşlari”, albatta, öquvçilarda yomon taassurot qoldiradi. Haqiqiy modern va yolğon modernning orasida osmon bilan yerça farq bor…

Yurtboşimiz Islom Karimov “Adabiyotga eʼtibor – maʼnaviyatga, kelajakka eʼtibor” risolasida şunday degan edi: “Mening fikrimça, yozuvçilik – bu oddiy kasb emas, Xudo bergan isteʼdoddir. Bu – qismat, peşonaga yozilgan taqdir. Bu kasbga heç qayerda öqitib, örgatib bölmaydi. Yozuvçilikning maktabi ham,  dorilfununi ham bitta. U ham bölsa, bir umr hayotning içida böliş, öz xalqi bilan hamdardu hamnafas bölib yaşaş, haqiqat va adolatga sadoqat bilan xizmat qilişdir”.

Yozuvçi qismati va masʼuliyati haqida aytilgan naqadar jonli va hayotiy, hayotning özi kabi haqiqiy fikrlar. Bu gaplar bizni ijodga ruhlantiradi. Şu sözlarni öqirkanman, bir paytlar Orolni köriş uçun Amudaryo orqali rezina qayiqda eşkak eşib safarga çiqqanim esimga tuşadi. Uzoq davom etgan bu safarning natijasida “Ökuzdaryo bitiklari” nomli turkum şeʼrlarim dunyoga kelgan. Demoqçimanki, har bir asar haqiqiy bölişi uçun hayotni çuqur örganiş zarur. Berdaq boboning öy-xayollari, dardu armoni qanday bölganini his etiş uçun Nukus – Törtköl katta yöli yoqalab Şippiq qalʼasigaça yayov yöl yurib, ajdodlar ruhini ziyorat etganman. “Berdaq faryodi”, “Bu yurtning botirlari qayda?” singari şeʼrlarim şunday yozilgan.

Adabiyotimizni rivojlantirişga davlat darajasida eʼtibor qaratilgan. Bizning vazifamiz endi belni mahkam boğlab ijod qilişdan iborat. Qoraqalpoqça aytganda, qobirğalarimizning orasidan yurak, jigar va öpkamiz körinib turişi darkor… “Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasi va “Şarq yulduzi”, “Yoşlik”, “Jahon adabiyoti”, “Amudaryo” jurnallari adabiyotimizning rivojlanişiga katta hissa qöşmoqda…

Yozuvçi-şoirlarimiz dunyo mamlakatlariga ijodiy safarlarga çiqib, ulardagi söz zargarlari bilan jonli muloqot örnatsa, özga ellar xalqlarining ham qalbiga quloq tutsa – ularning yaşaş şaroiti, madaniy hayoti bilan tanişsa, albatta, adabiyotimiz yanada yuqori çöqqilarga kötarilişida imkoniyatlardan biri bölur edi…

…Butun umrim  davomida rejalarim bilan tayinli murosaga kelolmay yaşamoqdaman. Baʼzida rejalarim menga böysunmaydi, goho men rejalarimning tizginidan çiqib ketaman…

Bu yil barçaga omad yor bölsin!

                                                                    ADIB HAQIDA:

 

Baxtiyor Genjamurod 1959-yilning 11 mayida Qoraqalpoğiston Respublikasi Taxtaköpir tumanida tuğilgan. 1985-yilda Nukus Davlat universitetini bitirgan. Qoraqalpoq tilida: “Oftobning umri”, “Saraton”, “Öq qadalgan ot” şeʼriy töplamlari, “Lirika” tarjima kitobi naşr etilgan. “Ökuzdaryo bitiklari” şeʼrlar, va şu nomdagi dostonlar kitobi, “Madexon yoxud Çin ipagidagi bitik”, “Qar-Oq-Alp-Oq” dostonlari Toşkentda özbek tilida naşr etilgan. 2002-yilda “Şuhrat” medali bilan mukofotlangan.

Şeʼrlari rus, koreys, turk, nemis, fransuz, qozoq tillariga tarjima qilingan. Hozirda Nukus Davlat universitetida faoliyat körsatmoqda.

 

                       VATAN

Yalang oyoğimga sançilsa tikan,

Tan oğrib, qon köpçib, ingranadi jon.

Özni sendan özga sanamadim men,

Tanimsan, qonimsan, jonimsan, Vatan!

 

Tan – közga köringan savlatim mening,

Qonim-çi, jonimga, ruhimga makon.

Maqtaşga söz yetmas vasfingni sening,

Tanam içindagi tanimsan, Vatan!

 

Million yil sahroda guldek oçilgan,

Sir, Surxon, Zarafşon, Ökuzdaryosan.

Yuragimdan vujud içra sançilgan

Qonim içindagi qonimsan, Vatan!

 

Jon – Alloh neʼmati: biz uçun iqbol,

Erkin ruh – insonni yuksaltirgan şon.

Xalqimning kamoli, baxti Istiqlol,

Jonim içindagi jonimsan, Vatan!

                    BIY OĞA

Tangrim bizga ortiq dunyo bermadi,

Ming bora bisyor işq berdi, biy oğa.

Soğinç şamşirini Laylim sermadi,

Töralik töningni bugun kiy, oğa.

 

Oh, yurak-bağrimni tilmoqda olmos, –

Bu Xudoydan bizga kelgan siy, oğa.

“Kel…” deb çaqirar yor, bormasam bölmas,

Közimga tor böldi Nukus – uy, oğa…

 

Alloh neʼmatidir sevgi-muhabbat,

Bizga visol yölin körsat, biy oğa.

Öçsin yo örlasin yurakdagi öt,

Bözadan töldirib yana quy, oğa…

 

                DÖST UÇUN

Sevimli oyim qizlar, meni ayamang!

Döstlikni muhabbatdan baland qöyaman.

Yordan jafo kördim, vafo körmadim,

Ayting, bu doğni men qanday yuvaman?

 

Sevimli gul bekalar, meni ayamang,

Döstlikni işqingizdan baland qöyaman.

Zindonband etdingiz menga may quyib,

Alpomişdek çohga tuşib kuyaman…

 

Sevimli xonimlar, meni ayamang,

Döstlikni bösangizdan baland qöyaman.

Yor deb özni fido etmasman endi,

Döstga jonim qurbon – jonim “söyaman”…

 

        MING MANZILDAN UZOQ

“Ming manzildan uzo-o-oq…” Makrit boğidan

Tuşimga kiradi har tun bir uzum…

Uzumning suvini – mayni soğindim,

Qalbimda oq kaptar uçmoqda. U – kim?..

 

Qarşi çölidan oq bulutlar kelar

Qora tovga – gulsiz, uryon toşlarga.

Ökuzdaryoda tong… göyo sel yoğar,

U – tilla uzukning közyoşlarimi?

 

Çap qölimda qadah, öng qölda şarob,

Öz-özimga qadah sözi aytarman.

Oq bulutdan oppoq kaptarni sörab

Mast bölib tunlardan tongga qaytarman.

          ODAM ATO VA MOMO

             HAVO QISSASI

Tangrim eng birinçi Sözni yaratdi…

Söng çeksiz olamni, sayyora – Yerni,

Dunyoga ilohiy nurni taratdi.

Yerga tirikçilik berdi.

 

Qirq yil ğam buyurdi –

Yoğdirdi qorni,

Qirq yil baxt yoğdirdi –

Sel böldi jahon.

Qayğu va şodlikning tuproğin qordi,

Vujudni yaratdi, ato etdi jon.

 

Tangrim unga “Odam” deya ot qöydi…

Yerga podşohlikning huquqin berdi.

 

Çöllarning, suvlarning podşosi – Odam!

Töqaylar, toğlarning podşosi – Odam!

Baliqlar, quşlarning podşosi – Odam!

Maxluqlar, jonzotlar podşosi  – Odam!

 

Yuragi negadir intizor edi,

Negadir kimnidir soğinar edi…

 

Alloh – bilguvçidir, bildi bu sirni,

Odamni ilohiy uyquga soldi.

Uning manglayiga yozdi Taqdirni,

Bir juft qobirğasin sindirib oldi…

 

Jigari, yuragidan kesib Odamning,

Bötaka, buyragidan kesib Odamning,

Tomiri, öpkasidan kesib Odamning,

Aqli va esidan kesib Odamning,

 

Nur-la yelimladi juft qobirğani…

Jon ham ato etdi Tangri taolo.

Xudoning mehriga ming bora şukur!

 

Silkinib uyqudan uyğondi Odam,

Oyparini kördi, soçi yoyilgan:

“Bu olam çiroyin, husnu jilvasin

 

Barçasin mujassam etgan özinda,

Tungi yulduzlarning sirli şuʼlasin –

Barin jam aylagan maston közinda.

Bu kim?.. – bila olmay lol qoldi Odam.

Yuragi, jigari va öpkasiga

Sançildi işq otli uç oltin igna… –

Suyib yaşaş! Kuyib yaşaş! Keçirib yaşaş!

 

Yetti qat osmondan keldi bir sado:

“Bul – Havo Ona!

Ul – Havo Ona!

Gul – Havo Ona!..”

 

“Qoşimga kel!..” dedi Havoga Odam,

Tovuşi toğlardan oşib yangradi.

Biroq dunyoga u podşoh bölsa ham

Havoni qoşiga keltirolmadi.

 

“Kerak bölsam senga, özing kel buyon!” –

Dedi  gözal Havo suzilib közi…

Bilmay köndi Odam.

Öşandan buyon

Er yalinib borar ayolga özi…

Ajab, buyuk Tangri karomat etdi,

Odamdan yaratdi Havoning özin.

Neça minglab yillar, asrlar ötdi…

Doim qiz yigitni, erkakni xotin

Öz izmiga soldi, ötkazdi sözin.

 

Goh minglab çaqirim yursak ham yiroq,

Qöl telefonlardan beradi buyruq.

Yuragimda ğazab öt olsa, biroq

“Sen Odam emassan!” deb uraman döq.

 

– Sen Odam emassan! Ha, ha, Havosan!

Keçir, kislorodsan – toza havosan…

Oyimsan, quyoşimsan, yulduzimsan sen,

Hayotimsan, dardimga özing davosan…

 

Mening yuragimsan – sen yagonasan…

Sen Odam emassan! Havo Onasan!

 

Erkakning oldida erkak tiz bukmas,

Jonlarim, siz uçun boşim egaman.

Bu yoruğ dunyoda siz Odam emas,

Havo bölganingiz uçun sevaman!

Qoraqalpoqçadan

Rustam MUSURMON tarjimasi

 

“Yoşlik”2012/2

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)