4 daqiqada öqiladi

274 marta körilgan

Bu dunyoni yaxşilikka yöydim faqat

Azim Suyun

        DIYDOR QIYOMATGA

               QOLMASIN

Nima bölsa bölsin demang dunyoda,

Köngil ğam toşlarin qilmang ziyoda.

Siz bugun otlisiz, bizmiz piyoda,

Diydor qiyomatga qolmasin, keling.

 

Yor, deb atamoqqa jurʼatimiz yöq,

Zarimiz, zörimiz, himmatimiz yöq.

Borimiz – sevgimiz, ğiybatimiz yöq,

Diydor qiyomatga qolmasin, keling.

 

Rangimiz sarğaydi – zarğaldoq rangi,

Holimiz parişon – tuyoqning çangi.

Umr deganlari qönğiroq zangi,

Diydor qiyomatga qolmasin, keling.

 

Siz yor bölmoğini kutgan Azim bu,

Vafo iforgulin tutgan Azim bu.

Sizsiz bu jahonni netgan Azim bu,

Diydor qiyomatga qolmasin, keling.

 

 

         ADO QILAR

Ikki yurak bitta bölgan tun,

Bu tun faqat ikkimizniki.

Derazadan şuʼlalar beun

Yoritadi kulgiçingizni.

Ado qilar meni muhabbat!

Qanday gözal bu olam, hayot,

Bizga qarab jilmayar mamnun.

Devordagi naqşinkor soat

Közlaringiz qiriga maftun.

Ado qilar meni muhabbat!

 

Boşdin ötdi ne-ne savdolar,

Joizmikin eslamoq bugun.

Guldondagi nozu adolar,

Qarang, sizga, faqat siz uçun!

Ado qilar meni muhabbat!

 

Oy tölibdi, oynakdan boqar,

Taraladi ilohiy ohang.

Zulfingizga közmunçoq taqar,

O, otmayoq qöysin bugun tong!

Ado qilar meni muhabbat!

 

Ikki yurak bitta bölgan tun,

Bu tun faqat ikkimizniki!

 

 

        QAYGA KELDIM

Qayga keldim, tört tomon yaşil.

Yam-yaşillik aro çeçaklar –

Qizil, sariq, oq kapalaklar,

Menga aytar unsiz ertaklar

Qayga keldim, tört tomon yaşil.

Közlarimda ohanglar oqar,

Taram-taram şoyi ohanglar.

Şomgi, tonggi oyli ohanglar,

Ohanglar yo afsungar ranglar?

Közlarimda ranglarmi oqar?

 

Qayga keldim, tört tomon yaşil,

Qirqim-qirqim qoyalarmi-o.

Bilib bölmas yaşillik aro,

Yaşil navo, o, yaşil navo!

Qayga keldim, tört tomon yaşil.

 

Bu tuğdona, bu zarang daraxt.

Ular kökdan qoçgan çaqmoqlar,

Qoçib bunda qotgan çaqmoqlar,

Ne dardlarni totgan çaqmoqlar!

Bu tuğdona, bu zarang daraxt.

 

Qayga keldim, dunyo yam-yaşil.

Meni çorlar qay bir jaranglar,

Jaranglarda ilkis ohanglar,

Kamalaklar, kamalak ranglar!

Qayga keldim, dunyo yam-yaşil.

 

MENGA JAVOB BERING

Uçgan öqning aqli bormi?

Kim u nişon? Naqli bormi?

Beşahdki u, şahdi bormi?

Menga javob bering, döstlar!

 

Toğlar neçun qulab tuşgay?

Bir-birini ulab tuşgay,

Çorlab tuşgay, unnab tuşgay,

Menga javob bering, döstlar!

 

Biy sahroda oçin-yupun,

Qöyin boqar çöpon tun-kun,

Çaqmoq urar uni neçun?

Menga javob bering, döstlar!

 

Kunning kelar-ketari bor,

Şodmon, ğamgin yitari bor.

Qayga ketib, yetari bor?

Menga javob bering, döstlar!

 

Sirlar töla – osmon içi,

Sirlar töla – ummon içi,

Osmon, ummon – inson içi,

Neçun?  Javob bering, döstlar!

Özdin söra! Azimdirman,

Azimmanki azmdirman.

Öğlimdirman, qizimdirman!

Bilganim şu azim, döstlar!

 

 

            TUNGI ÖYLAR

Qoldimi umrimning kuzi şafaqlab,

Ajabkim, orzular, hayratlar yupun.

Oğir aravani tortar imillab,

Ötib-ötmayotgan qirçanği bu tun.

 

Köklam oftobida daraxtlar tani

Qiziydi, şoxlari barg yozar quvnoq.

Ğunçalar xandaga oçar labini,

Közim körib turib, körmaydi bundoq.

 

Köpam yöriqlarni buzmadim-ku men,

Bitta farzand bölib sevdim Vatanni.

Yurak ğijimlanar, ey yuragim, sen,

Qabul qilmoqdasan qay zarbi zangni?

 

Goh böm-böş orolda qolgan kimsaman,

Bunda na döst bordir, na bordir raqib.

Bamisli şalaği çiqqan kemaman,

Tölqinlar qirğoqqa otgan irğitib.

 

Nahot öqilib sob işq ertaklari,

Öçgan çöğday köngil sovib bormoqda.

Keraksiz tuyular dil istaklari,

Hatto tanamda goh qon uyimoqda.

 

Izzatmand mehmonman uşbu dunyoda,

Umrimning yöllari şonli-şarafli.

Ey döst! Sening bilan böldim ziyoda,

Qay taraflisan – men öşa tarafli!

 

   YAXŞILIKKA YÖYDIM FAQAT

Maysalar hur ildiziga tuproq böldim,

Bir qatim nur, bir qultum suv, urpoq böldim.

Ular tomçi nigohida nurpok böldim,

Bu dunyoni yaxşilikka yöydim faqat.

 

Odam köproq yaxşilikni anglamaslar,

Dov-daraxtdek muhabbatli çanglamaslar.

Ota-öğil bir-birini tinglamaslar,

Bu dunyoni yaxşilikka yöydim faqat.

Boq, qoyaga tizim-tizim ulanişgan,

Köçkilarda yelkalaşgan-suyanişgan.

Xasta quşlar bir-biriga kuymanişgan,

Bu dunyoni yaxşilikka yöydim faqat.

 

Toğ köksidan otilgan o, buloqlarmi,

Bir-biriga ulaşmasa irmoqlarmi,

Ular daryo bölmasa gar öynoqlarmi?!

Bu dunyoni yaxşilikka yöydim faqat…

 

      NIMA BORDIR?..

Bu dunyoda azaldan azal,

Nima bordir asaldan asal?

Gullar bordir asaldan asal!

 

Bu dunyoda azaldan azal,

Nima bordir gullardan gözal?

Gözallar bor gullardan gözal!

 

Bu dunyoda azaldan azal,

Nima bordir gözaldan gözal?

Xayollar bor gözaldan gözal!

 

Bu dunyoda azaldan azal,

Nima bordir xayoldan gözal?

Hayot bordir xayoldan gözal!

 

Bu dunyoda azaldan azal,

Gullar gözal, asallar asal,

Hayot gözal, xayollar gözal,

Yorim gözal, baridan gözal!

 

        

                     QAYDADIRKIM

Qaydadirkim, bir ğunça gullikka şaylanmoqda,

Bir bulbul oşiqlikka – qullikka şaylanmoqda.

Qaydadirkim, bir ildiz tuproq tubida yotar,

Köklam iforin tuyib, örtanib çayqalmoqda.

 

Qaydadirkim, bir qiyoq ummondan çiqmoq istar,

Tan-joniga ilohiy bir qudrat joylanmoqda.

 

Qaydadirkim, olisda bir qaldirğoç körar tuş,

Bir ölka çorlamoqda, tuş öngga aylanmoqda.

 

Qaydadirkim, bir yigit minar uçqur arğumoq,

Bir qizning nigohida bir umr siylanmoqda.

 

Murodiga yetsinlar, murod qilganlar, Azim,

Kunlar yulduzlanmoqda, bu kunlar oylanmoqda.

 

          MEN KIM, AZIM SUYUNMAN

Men kim, Azim Suyunman, şoirlar dehqoniman,

Dehqonlar içra esa bir siylovli joniman.

 

Donu dunim söz erur, u oq qoğozda unur,

Boşoq kabi tovlanur, el-yurtim xirmoniman.

 

Xirmonim töq mağizli, uyalmaydi oğizli,

Tuğmunçoqday azizli, onamning marjoniman.

 

Sara uruğdan sara, çala uruğdan çala,

Çalalik – çipqon yara, gar çala somoniman.

 

Ğanimlarim bisyordir – quş, çigirtka ayyordir,

Tortib ketar – tayyordir, donsiz tegirmoniman.

 

Dehqonim, don dalangda, unmasin puç-palağda,

Elni qilma alağda, uning dasturxoniman!

Azim SUYUN

“Yoşlik” 2012/2

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Oldingi
Keyingi

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)