…Fursat daryosi şiddat bilan oqib ötayapti. Uni na-da oniy soniyaga töxtatmoq, na-da surʼatini susaytirmoq nainki bir inson yoinki guruh, balki butun bani başar ixtiyorida emas. Fursat daryosi tinim bilmay, abadul-abad oqaveradi, oqaveradi. Bizgaça ham şunday bölib kelgan, bizdan söng ham şunday bölib qolajak. Balki şu sababdandir vaqtni “Oliy hakam” deydilar.
Darhaqiqat, şunday. Illo, faqat Vaqtgina adolat mezoni sifatida olis-yaqin keçmişga, keça va bugungi voqea-hodisotlarga özining xolis bahosini beradi.
Göyo hammasi tuşunarli, göyo hammasi ayon. Hayot öz temir qonuniyatlari ila, tamaddun bosqiçlarini birma-bir ötib ilgarilab borayapti. Ammo ayni damda Tiriklik atalmiş Möjizaning voqelikda namoyon bölişining inson aqlini şoşirib qöyadigan, yuraklarda hayrat va hayajon, ehtirom pörtanalarini uyğotadigan yana bir öziga xosligi bor. Bu vaqtning nisbiyligidir.
Kimyo fanida oddiy qonuniyat bor. Yaʼni şaklan bir xil bölgan uglerod unsurlarining u yoki bu tartibda joylaşişiga qarab goh oddiy grafit yoinki kömir paydo böladi, gohida esa yaraqlagan olmos.
Hamma gap – mohiyatda. Aynan şu sababli ham inson umri taqvim yillari sanoqlari bilan emas, mazmun-mağzi bilan ölçanadi. Aynan şu sababli ham moziy voqeliklari baholanganida asrlar soni miqdorini emas, öşa voqeliklarning Insoniyatga, muayyan el-yurt, millatga nima bera olganligini mezon sifatida oladilar.
Ona Vatanimiz Özbekiston Istiqlolga erişganiga endigina yigirma yil bölayapti. Oqsoç tarix uçun yigirma yil nima degan gap – kiprik qoqqunçalik fursat, xolos. Ammo bu yillar içida erişilgan olamşumul yutuqlarni, muvaffaqiyatlarni bir köz oldingizga keltirib köring-a! Maʼnaviyatimizdagi bemisl ijobiy özgarişlar-çi!
Barmoq bukib Mustaqillik davrida qölga kiritilgan yutuqlarning faqat ayrimlarini sanab ötişning öziyoq Özbekiston qisqa davr içida yuz, ehtimolki yuz ellik yillik taraqqiyotga erişganidan şohidlik berib turibdi.
Mana şu emasmi Vaqtning nisbiyligi. Biz uçun oddiy köringan fursat mohiyatida qançalar ijodkorlik, imkoniyat va tom maʼnoda möjizalar yaşirinib yotganligiga Vatanimizning bor-yöği yigirma yillik Mustaqilligi davri hosilalarini körib-bilib turib yana bir bor iqror bölamiz.
Albatta, erişilgan ulkan muvaffaqiyatlarning hammasi kökdan çalpakdek yoğilmadi yoki ularni birovlar çetdan kelib, bizga tayyor luqma şaklida hozirlab berişmadi. Aslo! Bu yutuqlarning hammasi Yurtboşimiz rahnamoligida ona xalqimiz tomonidan, demak, sizu biz tomondan, halol mehnat, izlanuvçanlik, peşona teri evaziga amalga oşirildi. Biz mana şu uluğ yaratuvçanlik jarayoniga guvoh bölganimizdan, unda bevosita iştirok etganimizdan har qança faxrlansak, ğururlansak arziydi. Ne tongki, biz mohiyatan mağzi töq şiddatkor davrda yaşamoqdamiz. Şuning özi ham Insonga ato etilgan eng uluğ saodatlardan biri ekanligiga şubhamiz yöq.
Ortiqça manmanlikdan Yaratganning özi asrasin, lekin özbek xalqidek mehnatkaş, mömin, zakiy, salohiyatli xalq bu dunyoda boşqa topilmasa kerak. Yurtboşimiz ham bu haqda faxr bilan şunday degan edi: “Agar mendan, dunyodagi eng sodda, eng oqköngil millat kim, deb sörasa, özbek millati, özbek xalqi deb aytgan bölar edim”.
Özbek xalqi keyingi yuz yilliklar mobaynida ne-ne kulfatlarni boşidan ötkazmadi, ne-ne istilolarga uçramadi, ne-ne tazyiqlarga duçor bölmadi. Ammo bu xalq sira boşini egmadi, kişanlarni parçalab taşladi.
Insoniyat tarixi uruşlar tarixidir, deyişadi. Bu gapda jon bor albatta. Ammo ayni paytda insoniyat tarixi maxfiy uruşlarga tayyorgarliklar, fitnalar tarixi hamdir.
Maʼlumki, Movarounnahr örta asrlarda içki nizolar, ziddiyatlar girdobida edi. Buyuk sohibqiron Amir Temur vafotidan keyin ulkan saltanat parçalanib ketdi, mayda va tarqoq davlatçalar paydo böldi. Natijada bir-biriga doimiy adovatda bölgan Qöqon va Xiva xonligi, Buxoro amirligi yuzaga keldi. Bu davlatlar yetakçilari xalqni, uning farovonligini öylaşdan köra, köproq öz hududlarini kengaytiriş haqida boş qotira boşladilar. Milliy nizo, uruğçilik, tala-tala avj oldi. Bir millat vakili özining millatdoşiga qarşi bolta va yoy kötarib bordi. Natijada har uççala davlat ham kuçsizlandi. Şunday bir şaroitda podşolarning, amaldorlarning ayş-işratga, boylikka mukkasidan ketişi, yöqsillarning yanada kafangado bölişi xalqning sabr-kosasini töldirdi.
Rossiya imperiyasi töğridan-töğri kuçsizlangan, tarqoq Örta Osiyo davlatlarini bosib oliş harakatiga tuşib qoldi. Buning uçun esa ularni bir-birlariga qarşi gij-gijlaşga, oraga nifoq uruğini soçişga tuşdi…
Moziyni nima uçun esga olmoqdamiz? Özbek xalqi deyarli bir yarim asr mobaynida mustamlakaçilar zulmi ostida böldi. Avvaliga çorizm, keyin bolşeviklar.
1917-yilgi Oktyabr töntarişidan keyin hokimiyat tepasiga çiqqan bolşeviklar makkorlikda çorizm peşvolarini ham doğda qoldirib ketişdi. Ular yaxlit va kuçli saltanat bölgan Movarounnahr hududida bir yöla beşta respublika taşkil etdilar. “Bölib taşla va hukmronlik qil!” siyosati bu gal yanada aniqroq va şafqatsizroq tarzda namoyon böldi.
Bu örinda sobiq Şöro davlati olib borgan qatağon siyosati, buning natijasida millatimiz faxri bölgan ming-minglab, yuz minglab ziyolilar, adiblar, olimlar, din peşvolari jismonan yöq etilgani xususida batafsil töxtalib ötirmoqçi emasmiz. Ammo bu manfur siyosatning bir jihatiga alohida eʼtibor qaratiş lozim. Yaʼni şörolar xalqning irodasini sindiriş, ruhiyatini öldiriş uçun uning eng katta maʼnaviy boyligi bölgan – imon-eʼtiqodiga, diniga hujum qildilar. Dinsizlik misli körilmagan darajada tarğib qilindi. Dindorlar xuddi şu darajada taʼqib etildi. Inqilob manfaatlari uçun rus çerkovlarining tillalarini qöporib olişdan uyalmagan Lenin xuddi şu manfaatlar yölida iblis bilan oğiz-burun öpişişga tayyor ekanligini bildirgan. Natijada rus aeroplanlari, bombalari ostida qadimiy bebaho osori-atiqalari, binolari vayron bölişidan çöçib taslim bölgan Buxoroning vagon-vagon oltinlari ham çetga taşib ketilgan. Islom dinining eng ilğor markazlaridan biriga aylangan Movarounnahrda masjidlar talandi, ular taşlandiq holga keltirildi. Masjidlardan omborlar sifatida foydalana boşlandi.
Vaholanki, eʼtiqod xalq ruhiyatini, maʼnaviyatini suyab turguvçi tirgakdir. Bunday tirgakdan judo bölgan millat tanazzulga yuz tutişi mumkin.
Yurtboşimiz Islom Karimov bu haqiqatni juda teran anglagan holda, quyidagi qimmatli mulohazalarini bildirib ötadi: “Barçamizga yaxşi maʼlumki, din azaldan inson maʼnaviyatining tarkibiy qismi sifatida odamzotning yuksak ideallari, haq va haqiqat, insof va adolat töğrisidagi orzu-armonlarini özida mujassam etgan, ularni barqaror qoidalar şaklida mustahkamlab kelayotgan ğoya va qaraşlarning yaxlit bir tizimidir.
Ayniqsa, köp asrlar mobaynida xalqimiz qalbidan çuqur joy olib, hayot maʼnosini anglaş, milliy madaniyatimiz va turmuş tarzimizni, qadriyatlarimiz, urf-odat va anʼanalarimizni bezavol saqlaşda muqaddas dinimiz qudratli omil bölib kelayotganini alohida taʼkidlaş joiz”.
Albatta, xalqimiz sabr-toqatli, ammo har narsaning ham çegarasi bor. Şöro davrida ham millatni ommaviy ravişda manqurtlaştirişga olib kelişga uriniş özining samarasini bermadi. Aynan ötgan asrning saksoninçi yillariga kelib xalqimiz ong-şuurida, tafakkurida, ruhoniyatida ulkan ijobiy özgarişlar yuz körsata boşladi. “Biz kimning avlodimiz? Ota-bobolarimiz kim bölişgan? Biz ajdodlarga munosib avlod böla oldikmi?” singari iztirobli savollar nafaqat ziyolilarni, balki deyarli barça fuqarolarning qalbini bezovta qila boşladi.
Axir biz kimning avlodimiz? Jahon fani, tibbiyoti, sanʼati, islom taraqqiyotiga özlarining munosib hissalarini qöşgan, Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farğoniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Zakariyo ar-Roziy, Mirzo Uluğbek Muhammad Tarağay, Ali Quşçi, Imom Ismoil al-Buxoriy, Termiziy, Ahmad Yassaviy, Abdulxoliq Ğijduvoniy, Bahouddin Naqşband, Ahmad Yugnakiy, Mahmud Koşğariy, Yusuf Xos Hojib, Alişer Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Boborahim Maşrab, Mahmudxöja Behbudiy, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Çölpon, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy kabi yuzlab, minglab daholar-ku bizning ajdodlarmiz.
Zero, ötmişi buyuk xalqning nafaqat kelajagi, balki buguni ham buyuk bölişi kerak emasmi? Misol uçun, hajga borib keliş uçun Maskovdan ruxsat sörasang, ruxsat oliş özi maşaqqatli iş bölsa; yon qöşning bölgan Arabistonga Maskov orqali uçsang? Bu kiçkina misol, xolos. Ammo tomçida quyoş aks etganiday, mana şu misolning özidayoq öşa yillardagi turiş-turmuşimiz, voqeligimiz, bir söz bilan aytganda borliğimiz namoyon böladi.
Buning ustiga qullarça ezilib mehnat qilayotgan, paxta yakkahokimligidan jabr körayotgan, oğzi-burni kimyoviy dorilarga tölgan xalqni “Paxta işi”, “Özbeklar işi” degan bahonalar bilan ommaviy ravişda poraxörlikda ayblaşsa. Jannatmonand tuproqda yaşayotgan, özining nefti, oltini, gazi, turli qimmatbaho qazilmalariga ega yurt xalqini “Sen boqimandasan!” deb haqorat qilişsa! Moskvalik “desantçi tergovçi”lar kelib kattadan kiçik mahalliy rahbarlarni qamoqqa tiqaversa! Mahalliy rahbar kadrlar örnini Moskvadan kelgan na tilni, na urf-odatlarni biladigan mutaxassislar egallasa. Armiyamizdan yigitlarimiz jasadi solingan tobutlar ketma-ket kelaversa. Çorasizlikda qolgan ayollar isyon ramzi ölaroq özlariga öt qöysa… Tabiatning eng uluğ neʼmati bölgan ona sutida oğu topilsa… Ijtimoiy adolatsizliklar, kambağallik ortidan yuzaga kelgan nizoga eng yuksak minbarlardan “bir kosa qulupnay” sababçi qilib körsatilsa. Ikki qondoş-jondoş millat orasiga nifoq solinsa. Markaziy matbuot va televideniye xalqning boşiga tinmay mağzava ağdarib tursa… Bu jarayonda, bu talotöpda Çingiz Aytmatovday uluğ adibning özbek xalqini köklarga kötargan «Özbek xalqining tarixi juda köhna va boy. Qadim özbek madaniyatining Markaziy Osiyoga körsatgan taʼsirini köhna Vizantiyaning qadim Rimga körsatgan taʼsiri bilan qiyoslaş mumkin», degan haqqoniy eʼtirofi eşitilmay qolsa… Eng qadimiy qadriyatlarimizdan biri bölgan Navrözni nişonlaş man etilsa…
Ha, sabr-toqat kosasi tölgan edi. Unga sönggi tomçi yetişmay turgan edi, xolos.
Nihoyat xalqimiz asrlar mobaynida orziqib kutgan uluğ kun yetib keldi. 1991-yilning 31 avgustida muhtaram Prezidentimiz Islom Abduğaniyeviç Karimov Vatanimiz mustaqilligini eʼlon qildi!
Köpçilikning yodida bordir, öşanda hatto noiblarimiz ham bir lahza ikkilanib qolişgandi. Ammo bu ikkilaniş şu zahoti yöq böldi va nafaqat zalni, balki butun Özbekistonni gulduros qarsaklar tutib ketdi.
Özbekiston tarixida yangi davr boşlandi.
Taniqli adiblardan birining el yangi asrga oyoğidagi loyi bilan kirib keladi, degan gapi bor. Biz mustaqillik davriga, mustaqillik ibtidosiga ötmişning oğir asoratlari bilan kirib keldik. Ulkan şöro saltanatida izdan çiqqan iqtisod, pul qadrsizlanişi… Eng yomoni, odamlarda nafaqat ertangi kunga, balki yaşab turgan bugungi kuniga ham işonç yöq edi. Işonç yöq jamiyatda esa porakandalik yuz beradi.
Şöro matbuoti “Qayta quriş siyosati” bahonasida odamlarda yaşab turgan zaminiga, vataniga nisbatan befarqlik, loqaydlikni şakllantirib ulgurgan edi. Köpçilik ongida “Faqat xorijdagilar yaxşi yaşayapti, biz esa şunçaki kun köryapmiz,” degan tuşunça paydo bölgandi.
Bularning barini özgartiriş, jamiyatimizga, hayotimizga yangi havo olib kiriş uçun juda katta islohotlarni amalga oşiriş, insonlar tafakkurini özgartiriş talab qilinardi. Bu esa juda qisqa muddatda amalga oşadigan iş emasdi. Aksinça, kunma-kun, soatma-soat, daqiqama-daqiqa maşaqqatli izlaniş olib borişni, astoydil ter tökib işlaşni taqozo etardi.
Istiqlolga erişilgan dastlabki kunlardan mamlakatimizda mana şunday ezgu saʼy-harakatlar boşlanib ketdi. Qayta quriş yillarida rasm bölgan mitingbozlik, populizm örnini haqiqiy iş va ijodkorlik egallay boşladi. Eng muhimi, xalqda hukumat olib borayotgan siyosatga nisbatan işonç uyğondi. Mana şuning özi istiqlolning dastlabki yillarida erişilgan eng katta yutuqlardan biri edi. Zero, özaro işonç bölgan joydagina muvaffaqiyatlarga erişiladi.
Özbekiston öziga xos va mos taraqqiyot yölini tanladi. Bugungi kunga kelib rivojlanişning «özbek modeli» butun dunyoda eʼtirof etilgan voqelikdir.
Imonim komil, Istiqlolning dastlabki yillarida “Yaqin fursat içida Birlaşgan Millatlar Taşkiloti aʼzosiga aylangan Özbekistonda avtomobillar işlab çiqarila boşlanadi”, deyilsa, bu gapga işonadigan odamlar kamçilikni taşkil etardi. Bugun esa öz közimiz bilan körib turibmiz, bu borada erişilgan muvaffaqiyatlar hattoki eng dadil başoratlarga nisbatan ham ulkanroq, mahobatliroq, kölamliroq va köproq bölmoqda. Asaka va Samarqandda işlab çiqarilgan avtomobillar dunyo bozoriga çiqqaniga ança böldi. Yoki bölmasa, Mustaqillikka erişgan yillarimizda yana biron başoratgöy kişi baobrö xalqaro Islom konferensiyasi taşkilotining Taʼlim, fan va madaniyat masalalari böyiça tuzilmasi – AYSESKO tomonidan Toşkent şahri 2007-yilda Islom madaniyati poytaxti deb eʼlon qilinadi, deb qolsa, biz bunga ham şubha bilan qaragan bölardik. Holbuki, biz uşbu şarafli voqelikning ham jonli guvohiga, bevosita iştirokçisiga aylandik, boşimiz kökka yetgulik qadar faxrlandik, ğururlandik, şunday yurtda yaşayotganimizdan masrur böldik.
Şu yurtning buguniga, kelajagiga özini ham imkon darajasida masʼul sanaşga jurʼat etib yurgan fuqaro uçun bundan ortiq baxt bölişi mumkinmi, axir.
Yurtboşimiz sözlari bilan aytganda: “Şu aziz Vatan – barçamizniki. Uning baxtu saodati, yoruğ istiqboli, farovon kelajagi uçun yaşaş, kuraşiş, kerak bölsa, jonini fido qiliş şu muqaddas zaminda yaşayotgan har bir inson uçun baxtdir”.
Ha, şak-şubhasiz şunday.
Abduhamid MUXTOROV
“Yoşlik” jurnali, 2011-yil 8-son
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

