12 daqiqada öqiladi

277 marta körilgan

Girdob

Girdob

(Hikoya)

 

«Kaltaklanib suvga uloqtirilgan va suv yutib ölgan!». Mebel qoplovçi usta Leopald Renar aynan mana şunday ayblov bilan maslahatçilar iştirokidagi sud jarayonida tergov qilinardi. Uning yonginasida asosiy guvohlar – falokat qurbonining bevasi Flameş xonim, duradgor usta – Lui Ladyuro va tunukasoz Jan Dyurdan ötirişardi.

Ayblanuvçining yonida qop-qora kiyingan, kiçkinagina martişka maymuniga öxşaş xunukkina xotini ham ötirar, ayblanuvçi tergov savollariga javob berardi:

– Xudoning özi guvoh, bu baxtsizlikdan birinçi navbatda men jabr kördim, könglimda heç qanday ğarazim yöq edi. Barça dalillar mening begunoh ekanligimni tasdiqlab turibdi, janob rais. Men vijdonli, sofdil, mehnatkaş ustaman, mana ön olti yildirki bir joyda, bitta uyda yaşab kelyapman, hamma meni taniydi, hamma izzat-obröyimni joyiga qöyadi. Buni mening barça qöşnilarim va hatto hovli qorovulimiz bölib işlaydigan, sira yolğon gapirmaydigan ayol ham tasdiqlaşi mumkin. Men işlaşni, işlab topgan pullarimni jamğarişni yaxşi köraman, sofdil odamlarni va odob doirasidagi köngilxuşliklarni yoqtiraman. Tuşunib turibman, mening aynan mana şunday odamligim özimni juvonmarg qilib turibdi. Bu falokatda mening heç qanday yomon niyatim yöq edi, şunday ekan, men öz şaxsimga hamon hurmat bilan qaraşni davom ettiraman. Mana beş yildirki, mana şu yerda ötirgan umr yöldoşim bilan har yakşanbani Paussi qirğoqlarida ötkazamiz. Jilla qursa sof havodan nafas olamiz, keyin baliq ovlaşni yoqtiramiz. Ha, yaşirib nima qildim, bu işni biz juda yoqtiramiz. Bu işga meni iloyo yer yutgur xotinim Meli örgatib qöydi. Uning özi ham baliq ovi desa, naq aqldan ozib qoladi, u mana şunday kuydirgilardan; falokat ham ana şu baliq ovi tufayli sodir böldi, bunga hozir özingiz ham işonib qolasiz, janob rais.

Töğri, men baquvvat odamman, biroq feʼl-atvorim juda muloyim, yuragimda zarraça bölsa-da badxohlik yöq. Biroq xotinim! E, nimasini aytay!? Körinişidan kiçkinagina, oriqqina bölsayam, aslida ğirt yaramas sassiqközanning özginasi! Inkor qilmayman, uning savdo-sotiq işlarida qöl keladigan yaxşi tomonlari ham bor. Biroq uning feʼl-atvori! Bu haqda qöşnilarimdan, yo bölmasam, hozirgina meni yoqlab gapirgan qorovul ayoldan sörab köring. U xotinim haqida bor gapni tökib soladi.

Xotinim har kuni meni «Men bu işni şunday qoldirmagan bölardim!», «Men falon kişiga falon narxga könmagan bölardim!» – deya egovlagani-egovlagan. Uning gaplariga kirsam, janob rais, har oyda kamida uç marta kimlar bilandir muştlaşişim kerak bölardi…

Ayblanuvçi şu yerga kelganda uning xotini gap qöşib qöydi:

– Vaysa-ya! Özingça vaysayver, qani köramiz, eng oxirida kim kularkan!

Ayblanuvçi xotiniga ögirilib qaradi va soddadillik bilan eʼtiroz bildirdi:

– Nima qipdi, aybingni oçayapmanmi? Baribir sen javobgar emassan-ku…

Keyin u yana sud raisiga qarab gapida davom etdi:

– Demak, davom etaman. Şunday qilib desangiz, har şanba kuni keçqurun tong sahar turib baliq ovlaş uçun Puassiga jönardik. Tarki odat amri mahol deyişadi-ku. Bu yil yozda baliq ovi uçun ajoyib bir joy kaşf qilganimga uç yil töladi. Eh, uning qanday joy ekanligini bir körsangiz edi! U daraxtlar soyasi ostidagi çuqurligi sakkiz, ehtimol ön futlar keladigan ajoyib bir girdob edi. Bu baliqlar uçun haqiqiy dom, baliqçi uçun esa rostakamiga jannat joy. Bu girdobni, janob rais, men özimning xususiy joyim deb hisoblardim. Çunki uni men xuddi Xristofor Kolumb singari özim kaşf qilgandim. Odamlar ham «Bu joy Renarning joyi», deb tan olişardi va heç kim bu borada bahslaşmas, hatto xafa bölsa ham aytay, çunki buni hamma biladi, begonalar hisobidan qorin töydirişni xuş köradigan janob Plyumo ham mening girdobimga yaqinlaşmasdi. Şunday qilib, men öz girdobimdan mutlaqo xotirjam edim va har safar u yerga uning haqiqiy egasi sifatida kelardim. Şanba kuni keçqurun Puassiga yetib kelişimiz bilanoq xotinim bilan «Dalila»ga çiqib olamiz. «Dalila» bu mening norveg uslubidagi qayiğim: Men uni Furpezdan buyurtma orqali olganman, yengilgina va mustahkamgina qayiqça. Demak, «Dalila»ga ötiramizu girdobga borib baliqlar uçun xörak taşlaşga jönaymiz. Xörak masalasida heç kim men bilan tenglaşa olmaydi, mening oşnolarim ham buni juda yaxşi bilişadi. Ehtimol siz ham bu xörak nima ekanligiga qiziqarsiz? Yöq, buni sizga ham ayta olmayman. Bu tergovga taalluqli emas, men ham ayta olmayman, çunki bu sir. Ehtimol ikki yuz kişi, balki undan ham köproqdir, bu xörakni qanday tayyorlaşimni bilişga qiziqib kördi. Qaysi biri içimliklar bilan, kimlardir qovurilgan baliq bilan siylab, sirimni bilib olişga urinişdi. Nima men ahmoqmanmi, ular ham zoğora baliqlarni osongina tutib olişaversinmi? Xörakni qanday tayyorlaşimni bilib olişlari uçun ular qanday xuşomadgöyliklar qilmadi deysiz? E, yöq… Buni xotinimdan boşqa heç kim bilmaydi… qolaversa u ham heç kimga heç narsa aytmaydi. Töğrimi, Meli?

– Işga taalluqli narsalarni gapiring! Çetga çiqib ketmang! – uning gapini böldi sud raisi.

– Böpti, böpti, – davom etdi aybdor. – Demak, mana bunday, şanba, 8-iyul kuni biz soat beş-u yigirma beşda poyezdga çiqdik. Manzilga yetib kelib ovqatlanişdan oldin girdobga xörak taşlab kelişga jönadik. Öşa kun havo juda yaxşi böladigandek edi. Men Meliga «Ertaga ajoyib kun böladi» dedim.

«Şundayga öxşaydi», javob berdi u.

Odatda u bilan heç qaçon köp gaplaşmaymiz. Keyin ovqatlaniş uçun qaytdik. Men juda xursand edim va biroz içişni könglim tusab qoldi. Ana şu sabil barçasiga sababçi böldi, janob rais. Men Meliga: «Quloq sol, bir şişagina boşqizdirgiç içib olsam, yomon bölmasdi-ya», dedim. Boşqizdirgiç deganim bu kuçsiz oq vino. Uni şunday ataşimizga sabab, undan köproq içib qöysang, umuman uxlaşga qöymaydi, haqiqiy boşqizdirgiç. Tuşunyapsizmi, janob rais?

«Bilganingni qil, faqat mazang qoçib, ertalab turolmay qolma», dedi xotinim. Nimayam derdim, u töğri, aqlli, örinli, keyinini öylab fikr bildirdi, buni tan olaman. Biroq men içkilikdan özimni tiyib turolmadim va şişadagi hamma vinoni içib qöydim. Va hammasi şundan boşlandi…

Demak, bunday, yotaman-u – butunlay uyqum kelmaydi. Jin ursin! Uzum şarbatidan tayyorlangan bu boşqizdirgiç keçasi soat ikkilargaça ovoramni çiqardi. Keyin guldir-gurs uxlab qolibman. Şunday qattiq uxlabmanki, qiyomat kuni Isrofil çaladigan surnay tovuşini ham eşitmagan bölardim.

Qisqasi, xotinim meni ertalab soat oltida uyğotdi. Joyimdan sakrab turdim, bir zumda iştonimni, kurtkamni kiyib, sovuq suvda yuzimni yuvgan böldim va biz «Dalila»ga ötirdik. Öz girdobim tomonga suzib borsak, u allaqaçon egallangan! Ilgari heç qaçon bunday qilişmasdi, janob rais, uç yil davomida heç kim bunday qilmagandi! Bu meni şunçalik esankiratib qöydiki, xuddi köz oldimda bor-yöğimni öğirlaşgandek tuyuldi. «Bu qanday bemaʼnilik!» – dedim özimça. Xotinim esa, darrov meni egovlaşga tuşdi: «Mana senga boşqizdirgiç! Eh, piyonista! Endi xursandmisan, hayvon?» – dedi u.

Men bahslaşmadim, çunki hammasi töğri edi. Nima bölsa-da, jilla qursa qolgan-qutgan baliqlar bilan qanoatlaniş uçun girdobdan sal nariroqda qayiqni töxtatdim. Ehtimol, mening joyimni egallagan anavi muttaham bu yerdan heç narsa tuta olmay, tez orada juftagini rostlab qolar? Mening joyimda oppoq kiyimli, katta poxol şlyapa kiygan oriq-tirriq bir surbet qarmoq taşlab ötirardi. Uning yonida baqaloq xotini ham bölib, u orqa tomonda tör töqib ötirardi.

– Bu nimasi, daryoda bu yerdan boşqa joy yöqmi? – ilondek vişilladi baqaloq xotin, biz ularning yaqiniga kelib töxtaganimizni körib.

– Uyat-andişali kişilar birovlarning joyini egallaşdan oldin bu yerdagi tartib-qoidalarni suriştiradi, – dedi meniki aççiqlanib.

– Jim böl, Meli, ular bilan işing bölmasin, bir gap bölar, – dedim bu joyga egaligim tarixini kavlaştirişni istamay.

Biz «Dalila»ni tol ostiga olib kelib, qirğoqqa çiqdik va Meli ikkalamiz boyagi ikkovining yoniga ötirib qarmoq taşladik. Bu örinda janob rais, men voqeani barça tafsilotlari bilan aytib berişimga töğri keladi.

Oradan beş daqiqa ötar-ötmasdanoq qöşnimning qarmoği pöpagi bir silkindi, ikki silkindi, uç silkindi va u suvdan bahaybat zoğora baliqni çiqarib oldi. Şunday katta baliqki, naq sonimdek keladi. Ehtimol sal kiçikroqdir-u, lekin qariyb şunçalar bor. Birdan yuragim orqaga tortib, peşonamdan ter çiqib ketdi. Meli esa «Kördingmi, piyonista!» – deya minğirlaydi. Şu payt tanga baliqlarning aşaddiy işqibozi, Puassidagi dökondor janob Bryu qayiğida röparamizdan ötib qoldi. «Nima balo, sizning joyingizni egallaşiptimi, janob Renar?» – deb qiçqirdi u. «Ha, janob Bryu, bu yerdagi odatlarni tan olişni istamaydigan mana şunaqa andişasiz kişilar ham bor ekan», – dedim unga javoban.

Oq kiyimli tirriq özini bu gaplarni eşitmaganga oldi. Uning xotini ham özini şunday tutdi. Xom-semiz, haqiqiy sigir!

– Odobliroq böling, aybdor! Siz bu yerda ötirgan beva Flameş xonimni haqorat qilyapsiz, – dedi sud raisi ikkinçi marta uning gapini bölib.

– Uzr, keçiring, menga juda alam qilib ketdi, – davom etdi aybdor. – Şunday qilib desangiz, oradan çorak soat ötmasdanoq oq kiyimli tirriq yana bitta zoğora baliqni suvdan tortib oldi. Undan keyin yana bittasini, keyin beş daqiqa ötmasdan, uçinçisini…

Men yiğlab yuborişga tayyor edim. Buning ustiga xotinim qaynab «Xöş, qalay anqov, köryapsanmi? Sening baliqlaringni qanday öğirlayotganini köryapsanmi? Sen esa qurbaqani ham tutolmaysan, ha, heç narsani tutolmaysan. Mening esa buni körib, qölim qiçişib ketyapti!» – deya töxtovsiz bigizlayapti.

«Tuşgaça kutamiz, ehtimol bu yaramas ovqatlangani ketar, şunda öz joyimni egallab olaman», – qaror qildim özimça. Sizga aytişim joizki, janob rais, har yakşanbada biz mana şu yerda ovqatlanamiz. Ovqatni özimiz bilan qayiqda olib kelamiz. Biroq nima böldi deng!? Tuş böldi va bu muttaham gazetaga öralgan pişirilgan tovuqni çiqardi, u ovqatlanayotgan payt qarmoqqa yana bitta zoğora baliq ilindi!

Biz ham Meli ikkalamiz biroz tatingandek böldik, biroq tomoğimizdan ovqat ötarmidi! Keyin ovqatni hazm qiliş uçun gazeta öqişga tutindim. Yakşanba kunlari daryo qirğoğida soyada ötirib olib «Jil Blas» gazetasini öqişni yoqtiraman. Ayniqsa Kolombina degan ayol zör yozadi, ehtimol siz ham uni tanirsiz, janob rais. U «Jil Blas» uçun maqolalar yozadi. Men xotinimga Kolombina bilan tanişman deb joniga tegişni odat qilganman. Albatta men uni tanimayman va hatto körgan ham emasman, biroq bu muhim emas. Bu ayol juda zör yozadi va ayol bölsa ham juda dadil yozadi. U mening könglimga yoqadi, bunday ayollar juda kam uçrasa kerak. Xullas, men Kolombinani aytib xotinimning joniga tega boşladim. Biroq u darrov şunday qahrga mindiki, asti qöyaverasiz. Darrov jim böla qoldim.

Tirriq yana qarmoq taşlay boşladi. U taşlagan xörakli qarmoqni baliqlar şunçalik çöqilay boşladiki, buni körib butun vujudim titray boşladi. Uning xotini bölsa «Bu yer rostdan ham zör joy ekan, endi har safar şu yerga kelamiz, Dezire», – deydi deng.

Mening yelkalarim titrab ketdi. Xotinim esa hamon «Sen erkak emassan, yöq, erkak emas! Sening tomirlaringda jöjaning qoni oqayapti» deb minğirlaşdan qolmayapti.

– Bilasanmi, yaxşisi ketaqolay, bölmasa biror bemaʼni iş qilib qöyaman, – dedim unga.

U esa meni egovlagandan-egovladiki, jonimni jabborga topşirib yuborişga rozi qildi: «Sen erkak emassan! Qoçmoqçimisan? Tayyorgina joyingni unga taşlab qoçmoqçimisan? Qoçaqol, landovur!»

His qildimki, u mening jon joyimdan oldi. Biroq hamon unga böyin eggim kelmasdi.

Qarasam, tirriq suvdan leşç baliğini tortib olyapti! Oh! Men heç qaçon bundayini körmagan edim, heç qaçon!

Şu payt xotinim ham içida töplanib qolgan barça alamlarini ovoz çiqarib vişillay boşladi:

– Mana öğirlik baliq qanday böladi, kördingmi?! Axir, bu baliqlarga xörakni birov emas, biz taşlagandik-ku! Juda bölmasa, bizga bu yerga taşlagan xöraklarimiz uçun pul tölasin!

Va şundan boşlab işning paçavasi çiqa boşladi. Keyin tirriqning baqaloq xotini tilga kirdi:

– Bu gaplaringizni bizga gapiryapsizmi, xonim?

– Men baliqlarimizni öğirlab tutayotganlarga, birovlarning hisobiga tekin tomoqlik qilayotgan öğrilarga gapiryapman.

– Hali biz sizningça öğirlik qilyapmizmi?

Şunday qilib özaro tuşuntirişlar boşlanib ketdi, keyin tuşuntirişlar ötkirroq sözlar bilan almaşdi. Jin ursin, bu ablahlarning “luğat boyligi” bunçalik katta-ya! Ular şunçalik baland ovozda qiçqira boşlaşdiki, narigi qirğoqda kuzatib turganlar kulguga olib: «Hoy ayollar, sekinroq qiçqiringlar, bölmasa erlaringizning hamma baliqlarini çöçitib yuborasizlar!» deb baqirişdi. Gap şundaki, men ham, oq kiyimdagi tirriq ham joyimizda tönka misol jim ötirardik. Avval qanday ötirgan bölsak, şunday, xuddi heç narsa eşitmayotgandek suvga tikilib ötirardik. Biroq, jin ursin, barça gaplarni aʼlo darajada eşitib ötirardik.

– Siz yolğonçisiz!

– Siz çörisiz!

– Siz fohişasiz!

– Siz iflos çöçqasiz!

Tinimsiz haqoratlar boşlandi-ketdi. Hatto eng mohir dengizçi ham haqorat masalasida ulardan öta olmagan bölardi.

Bir payt ortimdan allaqanday şarpa ötgandek böldi. Ögirilib qarasam, baqaloq mening xotinimga taşlanib, uni şamsiyasining dastasi bilan döpposlayapti. Meli ikkita zarbani yeyişga ulgurdi. Biroq mening Melim ölgudek ğazabnok, agar quturib ketsa, har qanday muştlaşuvdan tap tortmaydi. U baqaloqning soçlariga çang solib, xuddi daraxtdan olma qoqayotgandek şapillatib uning yuziga tarsaki tuşira boşladi.

Men ularga halaqit bermasam degandim, yulişaverişsin degandim. Ayollar özaro yulişsalar, erkak aralaşişi şartmi? Birovning işiga aralaşib nima qilaman? Biroq tirriq sakrab örnidan turdi va iblis misol xotinimga çang solmoqçi böldi. «E, yöq, oşna, faqat bunisi ketmaydi!» – deb öyladim özimça. Men uni, tirriqjonni, qanday lozim bölsa, şunday kutib oldim. Muştlarim bilan! Şaraq-şuruq, bir marta burniga, ikkinçi safar biqiniga tuşirdim. U qöllarini, oyoqlarini silkitganiça daryoga, ayni suv öraga qulab tuşdi. Agar vaqtim bölganda edi, janob rais, men uni albatta suvdan çiqarib olgan bölardim. Şu payt xuddi ataylab qilgandek baqaloqning qöli baland kelayotganligini, beçora Melimning ahvoli çatoq bölayotganligini körib qoldim. Albatta tirriq suv yutayotganida xotinimga yordamga şoşilmasligim lozim edi. Töğrisi, u çökib ketadi deb xayolimga ham kelmagandi. «Mayli, biroz salqinlab olsin» deb öylagandim. Men ayollar tomon otilib, ularni ajratişga kirişdim. Bu jarayonda ular menga ham qöllari, tişlari, tirnoqlari bilan rosa işlov berişdi, jin urgur yaramaslar.

Qisqasi, bu çaqamuğlarni bir-birlaridan ajratişga beş, ehtimol ön daqiqalarça vaqtim ketdi. Qayrilib daryoga qarasam, suv sathi xuddi köl misoli, tinçgina. Narigi qirğoqdan esa odamlar «Uni suvdan çiqarib oling! Suvdan çiqaring!» deb qiçqirişayapti.

«Suvdan çiqarib oling!» emiş, bu aytişga oson, suziş ham, şönğiş ham mening qölimdan kelmaydi!

Nihoyat oradan çorak soatlar ötgaç, darğot tarafdan qorovul va ikki janob çangaklar bilan çopib kelişdi. Uni gumning eng tubidan qidirib topişdi, gumning çuqurligi avval aytganimdek, sakkiz futlar kelardi. Oq kiyimli tirriq ana şu çuqurlikda yotgan ekan.

Mana, voqea qanday sodir bölgan bölsa, şundayligiça, sof vijdon bilan aytib berdim. Xudo haqqi, bu işda men gunohkor emasman.

Sudga çaqirilgan guvohlar ham bu gaplarni tasdiqlaşdi va aybdor begunoh deb topildi.

Gi De MOPASSAN

Fransuz tilidan Abdumurod KÖÇIBOYEV* tarjimasi

“Yoşlik” 2013/2

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)