Aksariyat ijod ahlida adabiyotga, ijodga havas kitobga, kitobxonlikka havasdan boşlanadi. Kaminada ham şunday bölgan. Qişloğimizda möjazgina kutubxona bölardi. U yerga ilk bor katta yoşli bolalarga ergaşib, ularga havas qilib borganman. Kutubxonaçi Donoxon ayaning yaxşi bir odati bor edi. Yoş kitobxonlar olgan kitobini öqigan yoki öqimaganini sörab-suriştirardi. Maşhur bolalar yozuvçisi Arkadiy Gaydarning bir kitobini öqiganim yodimda. Öşa kitobning ilk jumlasi haliyam esimda qolgan: “Qişda odam juda zerikadi”…
Maktab kutubxonasidagi piçoqqa ilinadigan yoki maktabdoşlarimning qölida körib qolgan hamma kitoblarni öqib çiqqanman. Tanlab, saralab öqiş malakasi hali şakllanmagandi. Yanglişmasam, beşinçi yoki oltinçi sinflarda öqiyotganimda Voyniçning “Söna” romani qölimga tuşib qoldi. Bir-ikki sahifa öqib, zerikib ketdim va öqigim kelmay taşlab qöydim. Keyinçalik bilsam, bu asar öşanda yoşimga mos emas ekan. Yuqori sinfga ötganimda şu romanni qayta qölga oldim. Kitobni boş kötarmay, hayajon va hayrat bilan öqib çiqdim. Sönaning otilişi voqeasi va sevgilisi Jemmaga yozgan sönggi maktubini öqiyotib yum-yum yiğladim. Kitobdan birinçi bor şu qadar taʼsirlanişim edi. Birinçi bor adabiyot deb atalmiş möjizaning sehru jodusi bilan yuzma-yuz bölişim edi. Keyinçalik Oybekning maşhur “Qutluğ qon” romani ham ongu şuurimni şunday alğov-dalğov qilib yubordi. Adabiyotga astoydil ixlos qöyişim balki öşandan boşlangandir. Öz vaqtida öqilgan kerakli kitoblar odamning taqdirini, hayot yölini belgilaşi mumkin ekan.
Yaxşi kitoblar bilan bir qatorda qançadan-qança keraksiz, sayoz kitoblarni ham vaqt sarflab öqib çiqqanimni alam bilan eslayman. “Yaşirin obkom harakatda” degan yostiqdek bir kitobni (uruş yillaridagi partizanlik harakati haqida) uç oylik taʼtil davrida erinmay öqib çiqqanman. Buning örniga xalq dostonlarini öqisang bölmaydimi, deydigan odam bölmagan-da!
Keyingi vaqtlarda kitobxonlik, mutolaa madaniyatining pasayib ketayotgani haqida köp gapirilmoqda. Bunday taşvişda jon bor, albatta. Men ham bu haqda köp öylayman. Quş uyasida körganini qiladi. Ota-ona avvalo özi kitobxon bölişi kerak deymiz. Ammo özi kitobxon bölgan ota-onalarning farzandlari ham kitobga qiziqmayotganini tuşunolmayman. Yoşlarni qöya turaylik, kuzatişimça, baʼzan özimiz ham kitobni kamroq öqiyotganga öxşaymiz. Jahonga maşhur yozuvçi Çingiz Aytmatovdan muxbir “Siz köp yozasizmi?” deb söraganda, adib “Yöq, men köp öqiyman” deb javob bergan ekan. Şörolar davrida xalqaro Nobel mukofotiga sazovor bölib, ana öşa “şakkokligi” uçun tazyiqlarga uçragan maşhur şoir Boris Pasternakning “Buyuk kitobxonlar paydo bölgandagina buyuk adabiyot paydo böladi” degan ibratli gapi bejiz aytilmagan.
“Kitob öqimaydigan hamkasblarni tanqid qilyapsiz, xöş, özingiz ularning kitoblarini öqib borasizmi?” degan tabiiy savol tuğiladi. Ilgari yozuvçiman degan odam adabiyotdan orqada qolmaslik uçun çop etilayotgan hamma yaxşi-yomon asarlarni öqib borişi kerak, degan fikrda edim va bu aqidamga uzoq yillar amal qilganman. Ammo keyinçalik anglab yetdimki, buning iloji yöq va bunday qoidaning keragi ham yöq ekan. Menimça, ustoz Abdulla Qahhorning “Kitob şavq bilan öqilişi kerak” degan talabi heç qaçon eskirmaydi. Axir har qanday asar avvalo öqiş uçun yoziladi-da! Masalaga şu nuqtayi nazardan qarasak, hozirgi davrda modern adabiyoti namunasi sifatida çop etilayotgan aksariyat asarlarni oddiy kitobxon öqimaydi, öqiy olmaydi, özini majburlab öqisa ham tuşunmaydi. Tuşunarli bölmagan asar esa öziga tortmaydi.
Xullas, adabiyotda yangiça uslub, yangiça tasviriy vositalar zarurligini mutlaqo inkor qilmagan holda, modern masalasida ança konservativman. Kimdir meni qoloqlikda ayblaşi mumkin, öz fikrimni aytyapman, xolos. Nazarimda, nasrimizdagi anʼanaviy tasvir uslubining imkoniyatlari çeksiz, u heç qaçon yöqolmaydi. Uşbu uslubda umrboqiy, şoh asarlar yaratilgan va şubhasiz, yana yaratiladi. Şu örinda Lev Tolstoyning “Sodda va ravon yoza bilmoqlik çinakam isteʼdoddir” degan ögiti yodga tuşadi. Endilikda balki kimlargadir sodda yoziş jönlikday tuyular. Ammo modern degani isteʼdodsizlikni, tayinli ğoyaviy niyatning yöqligini xaspöşlaydigan bir niqob bölmasligi kerak!
Kitob dökonlariga kirsangiz, çiroyli, qalin, yaltiroq muqovadagi kitoblarga közingiz tuşadi. Adabiyotdan ança-munça xabardor kitobxon ham bu kitoblarning mualliflari nomini birinçi marta körib turgan böladi.
Bozor iqtisodiyoti degani pul bölsa çangalda şörva degani emas! Agar şunday bölsa, şahar bedarvoza bölib qoladi. Endilikda yomon, saviyasiz kitoblarning yöliga ğov qöyişdan taşqari, ularning zarari haqida ham baralla gapiriş fursati keldi. Şu örinda jiddiy adabiyotga eʼtibor yanada kuçaytirilişi kerak. (Yozuvçi asarini öz mablaği hisobiga çop ettirsa, kitobini özi tarğib qilib, sotiş masalasi bilan ham özi şuğullansa, qaçon xotirjam ijod qiladi?..) Adabiyot barça sanʼatlar içida eng muhim, eng murakkab, eng kerakli sanʼat. Muqaddas kitobda zikr etilganidek, “Avval söz bölgan”. Hozirça jiddiy adabiyot sariq matbuot va sariq adabiyotning soyasida qolayotgandek tuyulmoqda. Yaxşi asar bilan yomon asar aralaş-quralaş bölib ketganday… Asosiy vazifasi haqiqiy isteʼdodlarni kaşf etiş, yaxşi asarlarni tarğib qiliş bölgan tanqidçilik juda ham susaygan, uning bor-yöqligi deyarli bilinmaydi. Bu sohada aravaning yukini haliyam eski avlod vakillari baholi qudrat tortib kelmoqda. Umuman, adabiyotda avlodlar almaşinuvi juda murakkab, oğriqli bir tarzda keçmoqda…
* * *
Universitetda astoydil, aʼlo baholarga öqidim. Bizga adabiyotdan saboq bergan domlalar – Ğulom Karimov, Ozod Şarafiddinov, Norboy Xudoyberganov (Alloh ularni öz rahmatiga olgan bölsin) va Umarali Normatovlarning nomlarini zör hurmat-ehtirom bilan eslayman. Ularning beminnat saboqlari, ögitlari hayot yölimda köp va xöp asqotdi. Kursimizdan yaxşi, taniqli ijodkorlar yetişib çiqdi. Afsuski, Asqar Qosimov bilan Amirqul Pölkanovning umri qisqa böldi. Taniqli adib Qamçibek Kenjaning nomi kitobxonlarga yaxşi taniş.
Oltin davr – talabalik yillarini eslarkanman, köz oldimda yurakni orziqtiruvçi, ajib manzaralar namoyon böladi. Biz adabiyotning, adabiy muhitning jöşqin, qizğin bir pallasiga guvoh bölgan avlodmiz. Öşa betakror davrlarni köp eslayman, köp qömsayman. Ajabo, öşa kezlar yoş ijodkor bir-ikkitagina şeʼri yoki birgina hikoyasi bilan tilga tuşib, tanilişi mumkin edi. Uçqun Nazarov “Odamlar” degan hikoyasi, Şukur Xolmirzayev “Tölqinlar”, Ötkir Hoşimov “Çöl havosi” qissalari bilan tanilib, Abdulla Qahhordek tirik klassikning nazariga tuşgan edilar. Yozuvçilar uyuşmasida böladigan nasr, poeziya, dramaturgiyaning yillik muhokamalari bir neça kunlar davom etar, öşa kunlari darslardan ozod qilingan biz talabalar muhokamalarda bölgan qizğin bahs-munozaralardan köp saboq olardik. Bunday adabiy muhit har qanday ijodkor uçun katta maktab edi.
“Bir yozuvçining adabiyot dargohiga kirib, undan öz örnini topişi uçun ming bir şartu şaroitning tajassumi kerak, – deb yozadi ustoz Erkin Vohidov. – Öşa ming birning biri – adabiy muhit va bu muhitdagi odamlarning xayrixohligidir”. (“Şarq yulduzi”, 1987, 9-son, 165-bet)
Biz ilk maşqlarimizni hammaga körsatavermas, negadir bundan tortinar edik. Tahririyatlarning ostonasiga qadam qöyişga esa jurʼat qayda, bu dargohda işlaydiganlar nihoyatda martabasi uluğ, katta odamlardek tuyulardi. Biz hatto şunday joyda tanişi bölgan kursdoşlarimizga havas qilardik.
Hayot yölimda yaxşi, saxovatli odamlarga yöliqqanimni şukronalik bilan eslayman. “Guliston” jurnali yangitdan taşkil etilgan yillar edi. Hamqişloğim, taniqli jurnalist va yozuvçi Rustam Rahmon öşa jurnalda sarkotib (şunday atalardi) edi. (Rahmatli “Temur tuzuklari”ning tarjimasini Alixontöra Soğuniy oğzidan yozib olib, jurnalda çop ettirgan, şöro mafkuraçilarining tazyiqi bilan bu xayrli iş nihoyasiga yetmay qolgan edi). Adabiy muhitning sehru jozibasi taʼsiridami yoki köngildagi ezgu istaklar tufaylimi, öqişni bitirgaç, poytaxtda işlab qolmoqçi böldim. Maslahat sörab Rustam akaning oldiga bordim. U kişi respublika radiosining “Yoşlik” tahririyatidagi şogirdiga (özi öşa tahririyatni taşkil etgandi) meni işga oliş haqida iltimos qilib telefon qildi. Xullas, “Yoşlik”da beş-olti yil işlaş nasib etdi. U yerda Jonrid Abdullaxonov, Maksim Karimov, Tölagan Töxtayev kabi ijodkorlar bilan yelkadoş bölib xizmat qildim. Respublikaning hamma viloyatlarini kezib çiqdim. Jonrid aka bir qança romanlar muallifi bölgan taniqli yozuvçi edi. U kişidan köp narsa örgandim. Odatda, radioda matnga, tahrir madaniyatiga eʼtibor gazeta yoki jurnal tahririyatlaridagiday emas. Jonrid aka tayyorlagan eşittirişlarimni qanday tahrir qilganini sinçiklab körib çiqardim. Şu odatim menga köp foyda berganini sezganman.
Bu dargohda yana bir kamçiligimdan qutulganman. Tabiatimdagi öta tortinçoqlik, uyatçanlik hatto kasallik darajasiga borib yetgandi. Talabaligimda bilganlarimni auditoriyaga yuzlanib gapirişdan iymanar, bu feʼlimdan köp azob çekar edim. Radioda işlab, turli odamlar bilan muloqotda bölib, ulardan intervyu oliş asnosida şu nuqsonimdan asta-sekin xalos böldim. Ilk hikoyalarim, oçerklarim garçi radioda eʼlon qilingan bölsa-da, ular “havoga uçib ketgani” uçun jiddiy ijod deb hisoblamayman.
“Yoş gvardiya” naşriyotida “Guldasta” degan töplam tayyorlanayotgan emiş, unda yoşlarning şeʼr, hikoyalari bosilarmiş degan gapni eşitib, ikkita hikoyamni topşirdim. Töplam çop etilganda bittasini sotib olib, mundoq varaqlab körsam, ikkala hikoyam ham bosilib çiqibdi. Quvonçimning çeki yöq, bir neça kungaça özimga kelolmay hovliqib yurdim. Ijod quvonçi nima ekanini birinçi bor öşanda ilğadim, şekilli…
Taniqli munaqqid Ibrohim Ğafurov “Guldasta”ga yozgan taqrizida mening öşa hikoyalarimni ijobiy baholab, “Şodmonbek muhabbat nafasini bera oladi” deb yozibdi. Özimga işonç uyğongandek böldi, “Demak, yozaversam bölar ekan” deb öyladim.
Qadrdon döstim Qamçibek Kenja “Özbekiston madaniyati” (hozirgi “Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasi)da işlardi. Ijodiy maşqlarimizni öqişib, özaro muhokama qilib turardik. Bir kuni Qamçibek “Yaproqdagi nur” degan, sevgi haqidagi lirik hikoyamning qölyozmasini öqib, olib ketdi va bir neça oydan söng özi işlayotgan gazetada çop ettirdi.
Ayrim ijodkorlar ilk muvaffaqiyatlardan ruhlanib, yanada ğayrat bilan otni qamçilaydilar. Menda esa buning aksi böldi. Uzoq vaqtgaça yozmay ketdim. Öşa kezlar turiş-turmuşimda halovat yöq, uysizlikdan qiynalib, ijaraxonalarda sarson bölib yurardim. Lekin bular yozmasligimga bahona bölolmasligini anglardim. Rus va jahon adabiyotini yanada çuqur örganmay, özlaştirmay turib yozmasligim kerak, degan tuşunça miyamga örnaşib qoluvdi. Boşim bilan qayta mutolaaga şönğib ketdim. Goho yozgim kelsa ham yozmay yuraverdim. Murod Muhammad Döst (universitetda öqişni taşlagan, hali Moskvaga ketmagan edi) bilan öşa kezlar juda yaqin edik, deyarli har kuni körişardik. U bir kuni hayron bölib gapirib qoldi: ”Nega özingizni çeklaysiz? Çeklamang, yozgingiz kelsa yozavering!”
Bir kuni Ibrohim Ğafurov ham uçraşib qolganimizda iddao bilan şunday degani yodimda: “Nega bir-ikkita hikoyadan keyin jimib ketdingiz? Alloh ayrim odamlarga isteʼdod beriş bilan bir qatorda şu isteʼdodga yaraşa yalqovlik ham berarkan…”
Köp yillar ilm bilan şuğullansammikin yoki ijod qilsammikin deya ikkilanib yurdim. Nazarimda, bu işning biri ikkinçisiga xalaqit beradigandek, şu bois ulardan bittasini tanlaşim lozimdek tuyulardi. Döstim Qamçibek har gal körişganimizda ijodga daʼvat etar, badiiy ijod qölidan kelmaydiganlar keyinçalik özini ilmga urib ketadi der edi. Keyinçalik anglab yetdimki, aslida ilm bilan ijod örtasiga xitoy devori qöyiş şart emas ekan. Köpgina adiblar badiiy ijod bilan bir qatorda ilm, adabiy tanqid bilan ham jiddiy şuğullanişgan ekan. Tayyor dissertatsiyadan voz keçganimdan keyin ham baholi qudrat ilmiy, tanqidiy (köproq esse janrida) mavzuda qalam tebratib turdim. Köproq özim bilgan, ijodi könglimga yaqin bölgan adiblar – Odil Yoqubov, Ibrohim Ğafurov, Yöldoş Solijonov, Şukur Xolmirzayev, Rauf Parfi, Tohir Malik, Rustam Rahmon, Mirpölat Mirzo, Qamçibek Kenja, Habib Temirov, Nosir Muhammad, Aşurali Jörayevlar ijodi haqida yozdim. Uşbu bitiklar asosida «Adabiyot qismatdir» degan kitob çop ettirdim.
Yozuvçi asarining qiyomiga yetib, mukammallaşuvida malakali, tajribali muharrirlarning xizmati ham katta deb öylayman. Gazeta, jurnal va naşriyot tahririyatlarida saviyasi, savodi, tahrir madaniyati talabga javob beradigan muharrirlarning tobora kamayib ketayotgani tufayli naşrlarning ğij-ğij xatoliklar bilan çop etilayotgani meni köp öylantiradi. Hamma narsani oxir-oqibat kadrlar hal qiladi degan qoida – nazariya heç qaçon eskirmas ekan. Taniqli yozuvçi Erkin Aʼzam (uni til va uslubi eng mukammal yozuvçi deb hisoblayman) bir vaqtlar “Yoşlik” jurnalining nasr bölimini boşqarganda ikkita hikoyamni maʼqullab, çop etgandi. Muallif bilan muharrir muloqotining oliy namunasini ana öşanda körganman.
* * *
Ilgari yozuvçilarning Dörmondagi ijod uyi juda gavjum bölardi. Yozuvçilar ijoddan böşagan vaqtlarda, oşxonada tamaddi qilişayotganda yoki taşqarida aylanib yurişganda özaro bir-birlariga hazil-mutoyibalar qilişar, qiziq-qiziq hangomalardan aytişib, zavqlanişar edi. Özim bevosita guvoh bölgan ana öşa ajoyib, betakror gurunglar keyinçalik qayta-qayta naşr etilgan va ança-munça tilga tuşgan “Dörmon hangomalari” degan kitobimning yozilişiga turtki böldi.
“Dörmon hangomalari”ni yozişdan maqsad – yöq joydan kulgu qidiriş, ayrim ijodkorlarni uluğlaş, maqtaş yoki qah-qah urib kuldiriş emas, balki turfa kulgulardan kitobxonni baholi qudrat bahramand qiliş, uning ruhini poklaş va şu kulgu vositasida nomlari tilga olingan ijodkorlarning jonli siymosini kitobxon köngliga yaqin qilişdir.
Ayrim hangomalarning “siri” – maʼnosi ötmiş yoki hozirgi davrdagi adabiy muhit bilan yaxşi taniş bölganlargagina ayon böladi. Şu bois, bunday hangomalarni adabiy-madaniy merosimizdan yaxşiroq xabardor bölgan kitobxonlar teranroq anglaydilar. Hangomalarda nomlari tilga olingan adiblarni men nihoyatda hurmat qilaman, ularga ixlosim baland. Azbaroyi suyganimdan, haddim siqqanidan ular haqidagi hangomalarni qalamga olganman. Bu beğaraz hazil-mutoyibalardan kulgisevar xalqimiz ham bahramand bölişini, muxlislarning özlari suygan ijodkorlar haqidagi tasavvuri yanada boyişini istayman. Ayni çoğda bu hangomalar adabiyotimizning, madaniy-maʼnaviy hayotimizning hazil-mutoyibalarga yöğrilgan bir tarixidir.
Darhaqiqat, uşbu kitob muttasil yozilib, töldirib borilmoqda. Hozir kitobning töldirilgan, beşinçi naşrini tayyorlab qöydim. “Dörmon hangomalari”ga qahramon bölişni istayotgan adiblar soni esa tobora köpayib bormoqda. Ular menga hazil ila: “Mayli, yozavering, mabodo öz asarlarimiz bilan tarixda qolmasak, loaqal sizning hangomalaringiz orqali nomimiz qolar”, deyişadi. Qaydam, “kamtarlik” bilan aytganda, balki bu gaplarda jon bordir. Axir Bernard Şou, Mark Tven, Mixail Svetlov, özimizning Ğafur Ğulom, Abdulla Qahhor, Said Ahmad, Adham Hamdam, Aziz Abdurazzoq, Rauf Parfi, Tohir Malik, Mirpölat Mirzo haqidagi hangoma – hazillarni muxlislar öşa adiblarning asarlaridan kam sevişmaydi-ku!
Kulgu, hazil katta kuç. Heç narsa odamlarni bir-biriga samimiy, beozor kulgudek yaqinlaştirolmaydi. Oxunjon qiziq lutf etganidek, hammom odamning tanasini tozalasa, kulgu ruhini poklaydi.
Keyingi yillarda faqat hangoma yoziş bilan çeklanib qolayotganim yöq. Bir qança jiddiy hikoyalarim gazeta va jurnallarda çop etildi. Birinçi marta eng qiyin janr hisoblanmiş dramaturgiyaga (Belinskiy taʼrifi) qöl urib, “Sen uçun yaşayman” degan piyesa yozdim. “Şarq yulduzi”ning 2013-yil, 2-3 sonlarida bosildi. Ayrim teatrlarda sahnalaştirildi. Boşqa janrlardagi ijodim hangomalar soyasida qolayotgandek tuyulgani menga biroz alam qiladi.” Baraka topgurlar, men boşqa narsalar ham yozib turaman” desam, ayrim qalamkaş döstlarim “Özingiz ham xuddi qahramonlaringiz kabi hangomalar orqali tarixda qolasiz” deya hazillaşişadi. Qaydam, balki bu gaplarda ham jon bordir… (Adabiyotda noming mutlaqo öçib ketgandan köra, loaqal birgina asaring VAQT va KITOBXON sinovidan ötib, yaşab qolsa ham katta gap deb öylayman).
Bu böston sahnida gul köp, çaman köp degandek, bunda “Har kim aytur neki bor imkonida”… Köngilda hali orzular, rejalar köp. Alloh omonatini qistamasa, ularni qoğozga tuşiriş niyatim bor…
Döppini olib, mundoq öylab körsam, juda köp qimmatli vaqtim zoye ketgan ekan. Bu yöqotişlar menga katta armon bölib qoldi.
Inson boşiga tuşişi mumkin bölgan eng oğir yöqotiş – vaqtni boy beriş ekanini juda keç anglab yetganim alam qiladi.
Şodmon OTABEK
1946-yilda Andijon viloyatida tuğilgan. ToşDU (hozirgi ÖzMU)ning filologiya fakultetini tamomlagan. Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.”Şuhrat” medali sohibi.
Yozuvçining turli yillarda “Yaproqdagi nur”, “Eng baxtli kun”, “Şirmonbuloq oqşomlari”, “Odamiylik sinovlari”, “Şaxmat abadiydir”, “Dörmon hangomalari” kabi kitoblari çop etilgan. Lev Tolstoy, Vasiliy Şukşin, Mixail Zoşçenko, Aziz Nesin kabi yozuvçilarning asarlarini özbek tiliga tarjima qilgan.
“Yoşlik” jurnali, 2014-yil 11-son
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


