3 daqiqada öqiladi

7 341 marta körilgan

Inson kim?

Akmal Sayyid

Uluğ manbalarda darj etiladiki, eng avval yaratilgan inson hazrati Odam Ato edi. Söngra uning jufti Momo Havvo onamiz xalq etildi. Bu muborak juftlikdan esa bani başar tarqaldi. Albatta, bu haqda köp aytilgan.

Yaratgan zot insonni bunyod etgan ekan, uni nima uçun yaratganini ham kalomi şarifida aytadi. Yaʼni, inson özini yaratgan zotni tanişi va Unga ibodat va itoat qilişi uçun yaratildi. Bu holni hazrat Alişer Navoiy “Lison ut-tayr” dostonining hamd bobida şunday ifodalaydi:

 

Ofarinişdin qilib inson ğaraz,

Oni aylab xalq içinda beavaz.

Könglin oning maxzani irfon qilib,

Ul tilism içra özin pinhon qilib.

Rozi maxfiy ganj ölub bu turfa jism,

Sunʼidin ul ganj hifziğa tilism.

Ham tilism ul maxzan uzra, ham amin,

Ofarin sunʼungğa, ey jon ofarin.

Insonning kimligi va nima uçun yaratilgani xususidagi savollarga bundan-da töğriroq va mukammalroq javob yöq. Ammo şunday bölsa-da, hamma zamonlarda jamiyatşunoslar, ruhşunoslar, insonşunoslar va boşqa önlab “…şunoslar” hazrati Inson tiynatini tadqiq etadilar. Bu haqda jild-jild kitoblar yoziladi, ilmiy işlar yoqlanadi. Va bu izlanişlar pirovardida yana öşa: “Inson kim?” degan savol kelib çiqaveradi.

Eramizdan avval yaşab ötgan qadimgi yunon faylasuflaridan biri Ezop asarlaridan birida insonga qarata xitob qiladi: “Men seni anglolmadim, kimsan, ayt! Javobingni kimdan olayin?” Ingliz adabiyotining buyuk dramaturgi Vilyam Şekspir yozadi: “Hayot – sahna. Barçamiz mana şu sahnada öz rolimizni öynayotgan aktyorlarmiz”.

Demak, azaldan Inson muammosi eng buyuk asarlarning mavzusi bölib keldi. Inson öz-özini axtarişi natijasida minglab kaşfiyotlarga erişdi. Özini axtarişi natijasida Özlikni, yaʼni özini yaratgan Zotni topdi. Zero, insonni boşqa yaralmişlardan ajratib turadigan xususiyatlarning eng asosiysi ham uning ongi va tafakkuridir.

Inson bilimlarining ibtidosi – tasavvur. Tasavvur insonni muşohadaga boşladi. Muşohada esa öz navbatida haqiqatga doyalik qildi…

Insonning öz Yaratguvçisi qudratini anglay bilişi ham tasavvur tufayli sodir bölgan. Zotan, yaralmişlar içida eng mukammali bölgan inson öz ijodkorining qudratini tasavvur qilib körmoği lozim edi. U şunday qildi. Bu Buyuk Tasavvur uning tasavvurlariga siğmadi. Çunki Yaratguvçi qudratining bepoyonligi oldida inson tasavvurining kengligi dengizdan bir tomçi edi, xolos.

Mana şu izlanişlar maʼlum maʼnoda insonning öziga özini tanitdi.

Rivoyat qiladilarki, bir kuni hazrat Boyazid Bistomiyni uzoq manzildan bir yölovçi izlab kelibdi. Odamlar hazratning uyini musofirga körsatib yuboribdilar. Musofir Bistomiy hazratlarining darvozasiga  borib, ovoz beribdi.

– Kimsiz, nima yumuşingiz bor? – debdi içkarida turib Bistomiy hazratlari.

– Bistomiy janoblarini izlab kelgan edim, – debdi musofir.

Şunda u uluğ zot boşlarini çayqab, aytgan ekanlar:

– Men ham uzoq vaqtlardan beri Bistomiyni izlayapman. Lekin topolmayapman, topolmayapman…

Bu rivoyat köhna moziyning oddiy manzaralaridan biri bölib tuyulişi ham mumkin. Zero, ötmişda bunga öxşaş voqealar juda köp sodir bölgan. Ammo mazkur rivoyat juda teran bir haqiqatga işora qiladiki, bu haqiqatni taʼkidlab ötmasak bölmas.

Rivoyatda Bistomiy hazratlari izlagan narsa insonning özligidir. Bu yuksak falsafa Alişer Navoiy nazmida juda gözal ifoda etilgan:

 

El netib topgay menikim,

Men özimni topmasam…

Çindan ham inson özini, özligini, tiriklik atalmiş neʼmat unga nima sababdan tuhfa etilganiyu, uni qanday sarflaş kerakligini anglamas, idrok etmas ekan, uning yaşaşidan maʼno yöq.

Insoniyat tarixiga nazar taşlar ekanmiz, u bugungi kungaça ne-ne zamonlar va töfonlarni boşidan keçirmadi deysiz. Biroq tan oliş kerakki, insoniyat bugungi kungaça juda köp narsalarga erişdi. Ayniqsa, ilm-fan bobida ulkan yutuqlar qölga kiritildi. Özga sayyorlar, yer osti va yer usti boyliklari tadqiq etildi. Garçi afsusli bölsa-da aytiş mumkinki, bir soniyada minglab çaqirim uzoqliklardagi jonzotlarni yöq qilib yuborişga qodir qurollar kaşf etildi. Bularning bari qaysidir maʼnoda insonning özini topiş borasidagi izlanişlari edi. Ne tongki, bu izlanişlar hamon davom etmoqda.

Xullas, inson özining kimligini topişi asnosida baxtga erişadi. Muvaffaqiyatlarga sohib böladi. Yangi-yangi kaşfiyotlarga erişadi. Zero, inson Yaratganning tilsimidir. Bu tilsim atrofidagi izlanişlar esa, to hayot bor ekan, davom etaveradi.

Akmal SAYYID,

Yozuvçi

«Yoşlik»2011/2

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)