Ustoz Abdulla Qahhorning “Adabiyot – hunar, uni kasbga aylantirib olganlarning olmaga tuşgan qurtdan farqi yöq” degan gapida gap köp ekan. Adib fikrini şuning uçun ham eslayapmizki, çinakam hunarmand biror yangi narsa yaratmoqqa azm etar ekan, özini bu iş bilan xuddi birinçi bor töqnaş kelayotgandek his qilişi, keça orttirgan tajribasidan bugungi işida aytarli foydalanmasligi yaratilajak narsaning jozibasini, ohori – originalligini taʼminlaşda asosiy omil böladi. Agar gap dunyo miqyosida har kuni minglab, balki millionlab sonda yoziladigan şeʼr haqida borsa, inçunun.
Şu nuqtayi nazardan qaraganda, davri, tili va eʼtiqodi, millati yo irqidan qatʼi nazar, hammaga ato etilgan KÖNGILga izhor tili topiş, uni şunçaki tökib soliş emas, özga köngilga malol kelmaydigan, unga xuddi qaqroq yerga tomgan suv singari singib ketadigan tabiiy malham tarzida bayon etiş qançalar muşkul. Qolaversa, şeʼr yozila boşlagan ibtidodan to hozirga qadar bayon etilmagan tuyğuning özi ham, uning işlatilmagan inşo usuli ham deyarli qolmagandek. Lekin, şunisi möjizaki, isteʼdodli ijodkor bularning barini qayta va qayta kaşf etaveradi, har safar uning izhori kutilmagan yangilik sifatida tan olinaveradi. Bu hunarning özgarmas talab-qoidasini esa Henrih Heyne şunday taʼriflagan edi:
Hamma esnab turdi, quloq solmadi,
Qayğumni gapirib bergan vaqtimda.
Meni alqamagan kişi qolmadi,
Qayğumni nazmga tergan vaqtimda…
(Çölpon tarjimasi)
Vaqtli matbuotda, köplab töplamlarda çop etilayotgan sonsiz-sanoqsiz tizmalar orasida sanʼat yuqi bor misra uçrab qolsa, şeʼr qadrini biladigan öquvçi qançalar suyunadi. Şu maʼnoda şoira Xurşidaning “Samoyinur” deya çiroyli nom berilgan saylanmasiga kirgan önlab gözal şeʼrlar adabiyot ahlini mamnun qilmasligi mumkin emas.
Örni kelganda şuni taʼkidlamoq kerakki, u yoxud bu ijodkorning dardu dunyosi, izhor usuli, maqsad-muddaosi töğrisida kengroq, yaxlitroq tasavvur hosil qiliş uçun bunday töplamlar nihoyatda asqotadi. Çunki şoirning joriy matbuotda çiqqan, bir safar körib, boşqa safar qölimizga yetib kelmagan ijod namunalari, har qança urinmang, öşa tasavvurni yaxlitlab berolmaydi. Boşqaça aytganda, “Samoyinur” töplami muallifining qalb biografiyasini nisbatan töla aks ettirişi bilan ham eʼtiborlidir.
Şoira bundan ön yil avval möjizakor Bahorga şunday iltijo qilgan ekan:
Bahor!
Örgat menga ohista,
kulib,
qaro yerga alvon libos biçmoqni,
nozik nihollaring savalagan sel
suvlarin mehr ila içmoqni!..
Bahor!
Sen yildan yil yaşnayver, erkam.
Men – oçilmay sölgan gulning
darbadar,
senga öxşolmagan baytlariga ham
hayot baxş etib tur har safar!..
Şoiradagi mana şu – özidan qoniqmaslikdek muhim ijodiy his yillar oşa uni bedor tutdi, şeʼr yoziş – sözlardan ohangli matn töqiş kasbi emas, balki hayot atalmiş şirin va behad şafqatsiz reallik sirini anglab borayotgan bezovta köngil tilini tarjima qilib beriş sanʼati ekanini eslatib turdi.
Men joy axtarib yuribman,
Xalqim, sening yuraging aro.
Bir tayinli söz aytolmadim,
Afsus, şeʼrim yöq biror sara.
Holbuki, şoira özi tanlagan ijodiy yölda talaygina sara şeʼrlar topdi, ustozu tengdoşlari içida öz ovozi bilan tanilib turişga erişdi. Şunisi muhimki, Xurşida özi bezovta bölmagunça şeʼrxonni ham bezovta qilmaslikka könikkan şoira. Bugungi kun meʼyorlari bilan gapiradigan bölsak, undan ham qöşiq uçun şeʼr yozib berişini sörab keladigan sanʼatkoru havaskor oz emasdir. Biroq u ommaga tanilişning bu oson yölidan emas, topgan zarini faqat zargarga iliniş-işoniş yölidan borişni afzal bilmoqda. Uning bitganlarini öqib his qiliş öquvçidan muayyan tayyorgarlikni, hatto ruhiy tadorikni talab qilişining sababi ham mana şunda, bizningça. Jumladan, 2001-yilda bitilgan “Dunyo” şeʼrida aks etgan mudom kemtik tiriklikning original badiiy idroki, lirik qahramon turtina-surtina yetib kelgan mana bu aççiq xulosalar, xuddi şu dunyoni aksariyat qirmizi ranglarda körişga moyil kişilar uçun bor-yöği quruq hasrat bölib eşitilsa, hayron bölmaslik kerak:
Ohularning maʼsum közlarida yoş,
Qumursqalar yölin yoritar quyoş,
Begunoh oqquşlar kötarolmas boş,
Bergan ziynatidan tonar dunyo bu…
Ötinçim: baytlarim botmasin dilga,
Talx ummon hayot baxş etolmas gulga,
Musiça dars bersa ne tong, bulbulga,
Dilozorni quvib tolar dunyo bu,
Faqat sözni asrab qolar dunyo bu!..
Inson ruhiyatining bilimdoni Zigmund Freyd kuzatişiça, otasining vafot sanasi erkak kişi hayotida muhim özgarişlarga yöl oçadigan palla hisoblanadi. Kişi, neça yoşga yetganidan qatʼi nazar, şu hodisaga qadar özini mudom boladek, yoşdek, kimningdir yetovi, qaramoğidagi odamdek his qiladi. U taşqi körinişidagi barça özgarişlar, özgalar nigohiga börtib körinayotgan erkaklik siyoqiga qaramasdan, öz içida, öz qaraşida hamon yoşligiça – ğörligiça qolaveradi. Şunga köra, hayot sörovlariga javob beriş, tirikçilik oğirligini töla-tökis gardanga oliş masʼuliyatini, har qança özi istamasin, mukammal his qila olmaydi. Otaning ölimi esa uni birdaniga, juda tez kattarişiga, çinakam erkaklikka yetişuviga sabab böladi. Endi u töla-tökis mustaqillikni, erkinlikni, öy va harakatlarida faqat va faqat öziga işonişdek masʼuliyatni his qiladi. Şu davrdan boşlab unda bolalik hissi batamom sönib, otalik tuyğusi tölaqonli kuçga kiradi… Bu erkaklarda keçadigan holat.
Xöş, otasidan ayriliş qizlarda, ayollarda qanday his-tuyğularni qözğaydi, ular ruhiyatida, dunyoqaraşida ne özgariş-evrilişlar sodir etadi? Bu borada atrofliça ilmiy xulosalar çiqarişni ruhşunoslar ixtiyoriga qoldirib, biz qalbi har kimnikidan sezgirroq şoiralar, jumladan, Xurşida köngliga oğir qanot-la qöngan dardlar zalvorini kuzatamiz:
Otamning bor umri sabrga ketdi,
Mehnatu riyozat – jabrga ketdi.
Faroğat çiroğin, hidoyat nurin
Axtarib, qoronğu qabrga ketdi…
Albatta, ota-ona, aka-uka va boşqa yaqinlardan ayriliş mutlaqo şaxsiy, qondoşlik xarakteriga ega hodisalar bölib, ular töğrisidagi şeʼr va hikoyalar, yuzaki qaraganda, oilaviy albomda qolişi lozimdek tuyuladi. Biroq ijodkor inson, hammamizdan köra taʼsirçanroq sajiya egasi sifatida, bu şaxsiy körguliklar bayon-izhoriga şunday ohang topadiki, bu ohanglar qay birimizning unutilayozgan dardlarimizni qayta qözğotsa, boşqa birimizni ğam-qayğuga kengroq qaraş, undan-da saboq oliş va şu orqali piça yupanişga örgatadi:
Dada,
Tuproqlarning bağrida hayot
Osuda ekanmi, yöqmikan armon?..
Hajru firoqlardan faqat odamzod
Tiriklikda çekar ekanmi afğon?
Xurşida şeʼrlariga sezilarli samimiyat, rostlik va ohor bağişlab turgan yana bir jihat lirik qahramonga xos bölgan bağrikenglik, özining izlay-izlay topganlarini özgalarga ixlos-la ilinişdek köngli oçiqlik fazilatidir. Boya aytilganidek, bu şeʼrlarga taʼsirsiz kitobiylik ham, ğaşga tegadigan deklarativlik ham, ayollarga-da yaraşmaydigan çuçmal tantiqlik ham mutlaqo yot. Ayrim şoira qizlarimizda uçraydigan, umrida körmagani (demakki, qudratini zarraça his qilmagani!) – “dengiz mavjlarida quloç otib, özni unutgim keldi” taxlit yasama pafoslardan uzoqlik – qalbi milliy zamindan uzilmagan ijodkorning yana bir umidli sifatidir:
Baxtning ranglarini köra boşladim,
Biri oyda ekan, biri quyoşda!
Kulgu jarangini ilğab olyapman,
Goho soydan kelsa, gohida toşdan!…
Baxt rangin endi sal anglayapman-u,
Özimdek zorlarga kelar örgatgim!
“Saylanma”dan şoiraning aruz vaznida qilgan ijodiy urinişlari ham munosib, haqli örin olgan. Çunki bular şunçaki uriniş, havaskorlik maşqlari bölmay, mumtoz vazn tabiati, stixiyasi şoiraga begona emasligini, hatto ayrim namunalar misolida barmoqdan-da yaqinroq, önğayroq, “quş tilini quş biladi” singari qadrdonroq ekanini körsatadi.
…Aslida bunday maqolalarning bir qismi muallif ijodidagi muayyan kamçiliklar, uning tahlil etilayotgan töplamiga kirib qolgan böşroq şeʼrlari tanqidiga ajratilişi lozimligini unutganimiz yöq, albatta. Biroq “Samoyinur” kitobidan “Taftini olganda xok, tingaymi titroqdin tanam?” singari talay nodir misralarni topamizki, quvvati şunday misralar yaratişga yetadigan şoira qalami unça-munça kamçilik-nuqsonlarni tahrir etişga ham özida kuç topişiga işongimiz keladi.
Rahmon QÖÇQOR,
filologiya fanlari nomzodi, dotsent
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

