7 daqiqada öqiladi

462 marta körilgan

Izlanuvçanlik

Odatda köpçilik ijodkorlar markazga intiladilar. Bu adabiy jarayonga yaqin böliş, jöşqin ijodiy muhitdan uzilib qolmaslik istagidan bölsa kerak. Biroq poytaxtdan uzoqda yaşab, qalam tebratayotgan ijodkorlar ham kam emas.

Saidvafo Boboyev ana şunday, viloyatda yaşab samarali ijod qilayotgan yozuvçilarimizdan. Uning “Men anglagan haqiqatlar”, ”Armonli dunyo, “Qörqinçli tun”, “Uşalmagan orzular”,”Qonli qiliç”, “Millat iftixori” nomli kitoblari naşr etilgan. Ijodini hikoyalar yozişdan boşlagan Saidvafo Boboyev sekin-asta, tadrijiy ravişda yirik janrlarda ham qalam tebrata boşladi. Natijada uning bir neçta: “Nomus tutqini”, “Ilon işqi”, “Ikki qiyofali odam”, “ “Qismat jumboği”, “Tungi taşrif”, “Qaltis öyin”, “Tungi qörquv”, Qörqinçli tun” qissalari yozildi. “Qonli qiliç” romani esa yozuvçininng mahorat yölida izlanişlarining mevasi ölaroq yuzaga keldi.

Hayotiy materiallarni tinimsiz örganiş, atrof- muhitga, umuman dunyoga ijodkor nigohi bilan qaraş yozuvçi uçun doimiy xislatga aylanişi darkor. Bir voqeadan yuz odam yuz xil xulosa çiqarganidek yoki bir ajoyib manzarali rasmdan har kim öziça zavq tuyganidek, ijodkor nigohi boşqalarnikiga öxşamagan bölsa öziga tortimli böladi, köngilda zavq uyğotadi. Yozuvçi yaxşi bilgan, örgangan narsa, hodisalar haqida yozişi kerak. Şunga amal qilgan Saidvafo Boboyev özi bilgan muhitni qalamga oladi. Qahramonlarini atrofida yurgan odamlar içidan izlaydi.

Yozuvçining “Daşt fariştasi” hikoyasida ikki inson – ikki xarakterning çiroyli namunasi berilgan. Katta yöl böyida savdo qilayotgan ayoldan olma sotib oliş voqeasi orqali dili bilan tili bir bölmagan kimsa qiyofasi oçiladi. Hikoya sotuvçi ayolni tasvirlaşdan boşlanadi: “Ayolning oppoq yuzida oppoq xayollar kezinib yurardi. Durraça tagidan köpirib çiqqan soç tolalaridan tortib yengil oyoq kiyimigaça allaneçuk beğuborlik, allaneçuk joziba ufurib turardi. Qoşlari qaldirğoç qanotidek egilgan. Qönğirga moyil yirik-yirik közlari andak hurkak, andak mağrur boqadi. Biroz qalin, biroz börtiq lablari jiddiyat bilan qimtilgan. Egnidagi sarğiş, qizğiş köylagi buralib-eşilib yonayotgan alangadek tuyuladi. Oldidagi köçma peştaxta ustida hafsala va mahorat bilan terib qöyilgan qip-qizil, sap-sariq olmalar xuddi Misr ehromidek qad rostlagan”. Nihoyatda çiroyli çizilgan tasvir. Mana şu gözal ayoldan, halidan beri yölovçi maşinadagi şeriklariga gözallik haqida voizlik vilib kelayotgan Hoşim ismli kimsa olma sotib olganda pulidan urib qolganiga gumon qilib sökinayapti.

Köz oldida gözalllikka raxna tuşmasligi uçun hikoya qilayotgan qahramon öz yonidagi puldan moşina saloniga taşlab qöyib, “pulingiz tuşib qolibdi”, – deya Hoşimga uzatadi. Şu kiçik lavhaning özida “gözallikni qadrlaş kerak”, – deb maʼruza öqib kelayotgan inson botinan qanaqaligi juda yaxşi körsatilgan. Yozuvçi “tarixiy sanʼat asarlaridan hayratlanişga, ularni qadrlay bilişga örganişimiz kerak… qaçongaça qorin ğami bilan yaşaysizlar?” singari dilida tugib yurgan, köpçilikka aytmoqçi bölgan fikrlarini personajlar tilidan örinli qilib beradi. Muallif sözidan köra köproq qahramonlarini sözlatiş, kiçik lavhalarga katta badiiy yuk ortişga intiliş xususiyatlari Saidvafo Boboyev qissalarida yanada yorqinroq köringan.

“Qaltis öyin” qissasida pul topaman deb nopok yölga kirgan Şarifning qismati asar markazida turadi. Şarif bu yölga özidan özi tuşib qolgani yöq. Azim singari boylik yölida hamma narsani qurbon qiluvçilar Şarifni şu kuyga soladilar. Ammo Şarifga öxşagan irodasi böş, qinğir yölga kirişdan özini tiya olmaganlarning aybi, avvalo özida. Qissa harom işning oxiri voy bölişini bilib turib ham özini şu yöldan töxtata olmaydigan irodasi böş kimsalarga juda örnak bölgulik. Muallif qahramon ruhiy holatini ifodalab şunday yozadi: “Tiriklik ozodlik bilan mukammaldir. Agar inson ozod bölmasa, u yarim tirikdir. Oylar davomida irkiti çiqib ketgan töşakda yelkalariga sim karavot botgança şiftga termulib yotgan Şarif bu haqiqatga ming karra amin böldi. Kim bilsin, balki inson maʼlum bir haqiqatlarni anglaşi uçun öşa haqiqatni yaşab ötişi kerakdir. Balki yaratgan Zot neʼmatlarining qadriga yetişi uçun bandasiga şu imtihonlarni yöllab qöyar. Lekin, nima bölganda ham Şarif nim qoronğu va zax xonada yotib tinimsiz öyladi, mulohaza yuritdi va oqibatda ruhan yuksalgandek böldi ”.

Yozuvçi qanday hodisani tasvirlamasin, içki ruhiy holatlar haqida gapirmasin, yozayotganlariga avvalo özi işonişi kerak, ana şunda kitobxon işonadi. Tasvirlanayotgan voqealarga mos ruhiy holatni beriş yozardan mahorat talab qiladi. Şu maʼnoda qissadagi yoş Şarifning begona kişi bilan öyin tuşgan suluv yangasini çaqirib çiqib ketişi, uning biror nima deya olmay yiğlaşi samimiy berilgan.

Şarifning onasi Xayriya kampir oilaviy ahvoli qançalik oğir bölmasin, öğlining bebiliska pul topişidan şubhalanadi va u olib kelgan köylaklik materiallarni yelkasiga taşlab ham körmaydi. Ayni paytda öğlini şaharga yubormaslikkka harakat qiladi, qaynisi Berdiqulni işga soladi, ammo Şarif öz bilganidan qolmaydi. Şarifning taqdirida onani norizo qilgan farzandning işi yurişmaydi degan falsafiy xulosa bordek. Şarifning xatosini hayot töğrilaydi, biroq endi keç edi.

“Uşalmagan orzular” qissasidagi Lazizning umr yöli ham Şarifnikiga öxşaş. Faqat Şarif bilib turib dunyo ilinjida yomon yölga kirsa, Laziz özini himoya qilaman deb odam öldirib qöyadi. Lekin ulardagi iroda zaifligi xatolarini bilib tursa ham tuzatişga, tuzalişga harakat qilmaydilar.

Taniqli yozuvçi Sobir Önar Saidvafo Boboyev qissalari haqida fikr bildirib, “taqdirlar ijodkori” deganda S. Boboyevdagi xarakter yaratiş mahoratini nazarda tutgani, şubhasiz. “Nomus tutquni” dagi Karim paçoq, Haydar, Umar, Oygul, Gulbibilarning har biri bir olam. “Qismat jumboği”dagi Tolib, Gulsevarlar, Faxriddin akalarning özi bir dunyo. Muhimi bu qahramonlar esda qolarli. Öquvçi ularning taqdiriga befarq qarab turolmaydi, kimgadir açinsa, kimningdir qilmişlaridan jirkanadi. Asarning öqişli qilgan tortiş kuçi ham obrazlarning taʼsirli ifodalanişida bölsa kerak.

Qissa va hikoyalar yozib qalamini çarxlay borgan Saidvafo Boboyev katta janrda ham özini sinab, “Qonli qiliç“ romanini yozdi. Romannning öziga xos jihatlaridan biri ötmiş voqealarining hozirda bölayotgan hodisalar bilan parallel tasvirlanişidir. Buxoro amiri Subhonqulixon uçun yasalgan qiliç asosiy detal qilib olingan. Mana şu qiliç qismati bir inson taqdiridek tasvirlana boradi. Sarguzaşt, sehrli voqealar tasvir unsurlari börtib turgan romanda yozuvçi realistik va detektiv uslubni omuxta qilgan holda syujet tizimini yaratadi. Bunday yöl asarning öqişli çiqişini taminlaş barobarida yozuvçiga katta masʼuliyat ham yuklaydi. Şuning uçunmi baʼzi örinlarda tajriba yetişmasligi sezilib qolgan.

 Asarda esda qolarli obrazlar ançagina. Öz otasidan ham şubhalanadigan Xonimqul melisaning Murodali bilan suhbatdagi “Zamon şunaqa, uka, zamon! Zamon senga boqmasa, sen zamonga boq, deyişadi. Şubhalanmasak bölmaydi. Özimizdan şubhalanib qöyişadi”, degan sözlari uning kimligi haqida tasavvur berişi mumkin. Buxoro amiri Ubaydullaxon obrazi ham yorqin yaratilgan, xarakter darajasiga kötarilgan. Ukasi Abdulfayzxon tomonidan zanjirband qilingan Ubaydullaxon özini mardona tutişga harakat qilgandagi ruhiy holat şunday beriladi: “Nima bölsa-da, şu yurt, şu mamlakatga neça yillar davomida xonlik qildi.Mana şunday odam endi manavi yaloqilarga böyin egmasligi kerak. Xon bölib yaşadi, xondayin ölişi kerak”.

“…Tiz çökib yaşamagan… ölsa ham tik öladigan” xon şu abgor holatida ham yurt kelajagi, avlodi aştarxoniylarga qayğurayotgani taʼsirli beriladi romanda. Şu tarzda qiziqarli voqealar tasvirlana boradi va asar söngida yozuvçi könglidagi gap çiqadi: “Oradan rosa uç yuz yil ötib, qiliç öz vazifasini bajarib bölgan edi.Birgina qiliç, birgina qurol şunça insonning hayotiga zomin böldi, qançalar taqdirlarni hal qildi, qançalar odamlarni xor-zorlikka mahkum etdi. Bularning barçasi oddiy birgina qurolning işi edi. Oddiy bir qiliçning.

…Aslida hammasini qiliçdan emas, inson könglidan, uning tuban xohişlaridan qidiriş kerak”. Ötkir syujetli bu roman muallifning katta janrda ham muvaffaqiyatli qalam tebrata olişining misoli böla oladi.

Hayotda tajribamiz ortgani sayin biz dunyoga boşqaça köz bilan qaray boşlaymiz. Avvalgi voqea-hodisalardan falsafiy xulosalar çiqarişga moyilligimiz ortadi. Saidvafo Boboyevning “Men anglagan haqiqatlar” kitobi buning yaxşi namunasi. Yozuvçi qisqa, lönda fikrlarda anglab yetgan va maʼqul körgan qaraşlari bilan örtoqlaşadi. Quyidagi, “Hayratning közida” qatrasidan olingan parçada bolalik bilan ulğaygan kişi örtasidagi farq juda samimiy berilgan: “…bolaligim poyoniga yetgan kuni men hayratimni ham yöqotib qöydim. Endi hamma narsa odatiy edi. Mening soyim kiçrayib qolgandek, daraxtlarimning böyi ham kiçrayib qolganga öxşardi”. “Osmonga tupurma”, “Qafasdagi erk”, “Mehr bilan qahr orasi”, “Ona duosi”, “Kulgu – möjiza”, “Taqdir hazili” kabi qatralardagi fikrlar kişini öylovga majbur qiladi, hayotga teranroq qaraşga undaydi. Keçirimli böliş, atrofidagilarga mehribon, dilozor bölmaslik kişidan köp narsa talab qilmaydi, lekin şuni ham hayotda eplolmaganlar qança.

Maşhur nemis yozuvçisi Herman Hesse kitob mutolaasi haqida şunday gözal fikrlarni bildirgandi: “Kitoblar insonni hayotga yöllagandagina, unga xizmat qilgandagina foydalidir. Agar kitob öquvçiga oz bölsa-da kuç-ğayrat, şijoat, maʼnaviy poklik baxş etmasa, mutolaa uçun sarf etilgan har bir soat behuda va besamar bölib qolaveradi”. Yozuvçi sifatida tajriba orttirgan Saidvafo Boboyevga kelajakda yanada badiiy puxta asarlar yozişiga tilakdoş bölib, ustozlar ögitini unutmaslikni  istab qolamiz.

Adhambek ALIMBEKOV,

ÖzMU dotsenti, adabiyotşunos

“Yoşlik”2012/6

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)