15 daqiqada öqiladi

525 marta körilgan

Jinetta

Jinetta

(Hikoya)

Bu ayol möjazgina fransuz restoranining sohibasi edi. Restoran  “Şahrizoda” deb atalar va u Madinada butun tun böyi oçiq turadigan, yakkayu yagona tamaddixona hisoblanardi. Baʼzan böm-böş bölar, baʼzida esa unda uç-tört xöranda ovqatlanib ötirardi. Biroq köpinça, ayniqsa, tungi ikki bilan uç orasida bu yer kunda-şunda mijozlar bilan tölib-toşar, şunda kimning nima deyayotganini, har bir aytilgan sözni aniq eşitiş mumkin bölardi, çunki xona kiçkinagina bölib, agar yigirma çoğli odam ötirgan yoki turgan bölsa, restoranning tomi şovqindan sal bölmasa köçib ketay derdi.

Yemakxonadan ön qadamça narida, şundoq muyulişda Jema el-Fna – böm-böş maydon huvillab yotardi. Ikki örtadagi farqni qarang, naq yer bilan osmonça edi. Maydonning aylana tevaragi böylab eski-tuski, yirtiq va juldur kiyimli kambağal-qaşşoq, ğarib va faqir kişilar qoq yerda yotib, tong ottirişardi. Ular bu joyga şunçalik moslaşib ketgandiki, nogoh turtinmaslik uçun közga qarab yurişga töğri kelardi. Kimda-kim bemahalda keng maydonda timirskilanib yurgan bölsa, bundayin şubhali kimsalardan uzoqroq yurgani maʼqul edi.

Jema el-Fna uzra allaqaçon ölik sukunat çökkan mahal “Şahrizoda” bağrida hayot endigina boşlanayotgan bölardi. Restoranga kirib-çiqayotganlar, asosan, yevropaliklar – fransuzlar, inglizlar bölib, ular orasida amerikaliklar ham uçrab turardi. Mijozlar orasida arablar ham bor edi; ular yo yevropaça kiyingan yoki bölmasam, içuvçilar toifasidan bölib, şu bilan özlarini göyo zamonaviy kişilar qilib körsatişga yoxud yevropaliklarga taassub qilişga moyil bölişardi. Içimliklar narxi nihoyatda qimmat edi, şu bois bu yerga kirişga unça-munça arabning yuragi betlamasdi. Maydonda yotib-turadigan odamlarning çöntagida hemiri ham yöq, “Şahrizoda” mijozlari esa bir qadah konyak uçun bir yuz yigirma frank tölaşar va birin-ketin bir neça qadahni kördim demasdi.

Maydon aholisi uyquga ketgunga qadar radiokarnayda arabça musiqa yangrar, söng esa restoran tarafdan yevropaça raqs musiqasi böğiq ohang taratardi. Restoran xöjayini madam Minyon eng sönggi modadagi kuy-qöşiqlar yozilgan gramplastinkalarni har doim kanda qilmay opkelib qöyardi. U öz plastinkalari bilan faxrlanar va har haftada yap-yangilaridan bir kötarim xarid qilib kelardi. Söng ulardan kunda-şunda mijozlariga qöyib berar, mehmonlarning nozik taʼb-didi bilan hisoblaşişda ustasi farang edi.

Xonim asli Şanxayda tuğilgan, otasi fransuz, onasi esa xitoylik bölgan. Uning közlari avval ikki yoqqa qaragan, ğilay edi, keyinçalik jarrohi qilingaç, örniga kelgan bölsa-da, baribir xitoylarga xos feʼl-atvordan deyarli heç vaqo qolmagan hisob edi. U onasi xitoylik ayol bölganini heçam yaşirmasdi. Marokaş mamlakatiga kelgunga qadar, oldin boşqa fransuz koloniyalarida yaşagan, bir neça yil Dualada ham bölgan ekan. Lekin madam Minyon boşqa millat va elatlarga nisbatan şunaqangi norozi ohangda gapirardiki, bunaqangi notöğri fikrga göllarça mahkam yopişib olgan ayolni umrimda birinçi marta körişim edi. Biroq fransuzlar va xitoylar haqida lom-mim demas, faqat har gapida allaqanday ğurur bilan: “Mening onam xitoylik, otam esa fransuz bölgan”, deyişni kanda qilmasdi. Xullas, u şunaqa özidan özi mamnunlik tuyadigan ayol edi. Nasl-nasabi, kelib çiqişi boşqaça bölgan mijozlarini kördim degunça, ularni yozğirişga tuşardi.

Men bir kuni restoranda u bilan yolğiz qolib, uzoq suhbatlaşgaç, hartugul işonçini qozonişga sazovor böldim. Film suratga oliş guruhimizdagi ingliz döstlarim ovqatlanib bölgaç, baʼzan pul tölaşni unutib ketvorgan paytlar ham bölib turardi, şunda men heç ikkilanmay ular uçun ham tölab yuboraverardim, şuning uçun bölsa kerak, ayol öziça meni boy deb öylardi. Ha, u meni sirli ravişda boy deb öylardi, çunki inglizlarning kiygan kiyimiga qarab, buni heçam bilib bölmasdi. Şeriklarimdan kimdir hazillaşibmi yoki madam Minyonni atay laqillatiş uçunmi, kaminani orqavoratdan ruhiy kasalliklar şifokori deb taniştiribdi. Köpinça bir söz demay, jimgina ötirişim, buning ustiga keyinroq mehmonlar va mijozlar haqida batafsil sörab-suriştirganim uçun bölsa kerak, harholda xonim bu miş-mişga işongan körinadi. Men ham bunga eʼtiroz bildirib ötirmadim, qaytanga bu yaxşi edi, endi u men bilan bemalol va bamaylixotir suhbatlaşadigan böldi.

Uning turmuş örtoği msye Minyon çet el legionida xizmat qilgan, töladan kelgan, gavdali, baquvvat kişi bölib, restorandagi yumuşlarga oz-moz yordamlaşib yurguçi edi. Mijozlar yöq paytlarda torgina xonadagi örindiqlardan biriga çözilgan köyi mazza qilib uyquni urardi. Taniş mehmonlari keldi degunça, ularni  „La Riviera“ –  farang islovatxonasiga boşlab borardi, restoran bilan uning orasi atigi bir neça daqiqalik yöl edi. U yerda bir-ikki soat bölib, mehmonlar bilan birga qaytib kelar, islavatxonaga yangi kelgan qizlar haqida xotiniga gapirib berar, mehmonlar bilan oz-moz içişgaç, söng ularni kuzatib qöyardi. Oradan hayal vaqt ötmay, yangi mijozlarni olib, yana  „La Riviera“ga ravona bölardi. Bu – “Şahrizoda”ning kundalik hayotida  tez-tez quloqqa çalinib turadigan söz edi.

Msye Minyonning yuzi yumaloq, yelkalari keng, bolalarga xos çehrasini esa doim mudroq bosib turardi. Erinibgina, göyo malol kelayotgandek jilmayib qöyar, fransuzlarga xos bölmagan tarzda juda sekin sözlar va kamgap ham edi. Ayoli ham sergap emasdi, hissiyotga beriluvçan va nozik tabiatli bölib, gapga hadeb aralaşavermas edi. Ammo çakagi bir oçilsa bormi, hadeganda tinay demasdi. Eri esa unga quloq solmay, indamaygina qadahlarni çayib qöyar yo yotib uxlar yoki bölmasam,  „La Riviera“ga  qarab yöl olardi. Xonim baʼzan kayfi oşib qolib, qöpollik qiladigan ayrim mijozlarga eşikning qayerdaligini körsatib qöyişni yolğiz özi uddalay olar, bu masalada eridan yordam sörab ham ötirmasdi. Restoran unga qaraşli edi, şu bois bölsa kerak, gramplastinkalar saqlanadigan peştaxta ortida har ehtimolga qarşi rezinka tayoqni ham şay qilib qöygandi. Taniş-bilişlari va dugonalariga tayoqni körsatib maqtanarkan, u faqat amerikaliklar uçun möljallanganini taʼkidlar, bunga javoban döstlari zaharxandalik bilan kulib qöyişardi. Haqiqatan ham mast amerikaliklar xonim uçun katta qiyinçiliklarni keltirib çiqarar, şuning uçun ham ularni juda yomon körardi. Uning nazarida, varvar (vahşiy)larning faqat ikki turi mavjud edi: biri mahalliy xalq, ikkinçisi esa amerikaliklar.

Msye Minyon çet el legionidan taşqari boşqa yerlarda ham bölgan ekan. Kunlarning birida u menga murojaat qilib, özigagina xos bölgan yarim quv, yarim erinçoq ohangda:

– Siz doktorsiz, jinnilar şifokorisiz, şundaymi? – deb sörab qoldi.

– Nega bunday deyapsiz? – özimni hayron qolgan qilib körsatdim men.

– Bizga şunday deyişdi. Men Parij yaqinidagi bir jinnixonada ikki yil qorovul bölib işlaganman.

– Unday bölsa, bu sohadan ham oz-moz xabardor ekansiz-da.

U sözlarimdan xursand böldi va işi davomida jinnilarning qaysi biri xavfli-yu, qay biri xavfsiz ekanligini aniqlaşni osongina örganib olgani haqida söylay ketdi. Aytişiça, bu borada hatto öziga xos tasnifnoma ham tuzgan ekan. Men undan Marokaşdagi jinnilar töğrisida söradim, şunda u hammaga maʼlum bölgan baʼzi bir voqealarni gapirib berdi. Xullas, şu keçadan boşlab u menga şunday muomala qila boşladiki, göyo men uning sobiq boşliği edim. Baʼzan mijozlardan kimdir özini bir oz jinniça tutadigan bölsa, biz bir-birimiz bilan zimdan köz uriştirib olardik, goh-goh u meni konyak bilan siylab ham turardi.

Madam Minyonning yakka-yagona sirdoş dugonasi bor edi. Uning ismi Jinetta bölib, bu nomni u tez-tez tilga olib turguçi edi. Jinetta restoranga kelib, peştaxta oldidagi baland kursilardan biriga ötirvolgan köyi kimnidir intiq kutardi. U yoş, öziga oro bergan, yuzi nihoyatda rangpar edi, göyo butun tun böyi mijja qoqmay, kunduzi uxlaydigan odamday taassurot qoldirardi. Közlari sovuq, yoqimsiz boqar, har lahzada eşik tomon ögirilib qarab qöyar, kimgadir ilhaq ekanligi oçiq-oydin körinib turardi.

Jinetta buyuk voqea sodir bölişini soğinç bilan kutardi. U yigirma ikki yoşda, umrida Marokaşdan taşqariga çiqmagan. Şu yerda tuğilgan, onasi italiyalik, otasi esa ingliz, Dakarga ketvorgan va qiziga heç qanday ğamxörlik qilmas edi. Jinetta inglizça suhbatlarni jon quloği bilan tinglar, çunki bular unga otasini eslatardi. U nima iş bilan şuğullangan, nega endi bu yerni taşlab, Dakarga ketgan, bu haqda heç narsa bilolmadim. Madam Minyon ham, Jinettaning özi ham otasini qandaydir faxr bilan tilga olişar, ularning gap-sözlaridan u qizini deb ketib qolganini bilib oliş qiyin emas edi. Harholda ular şunday deb öylaşardi, binobarin, ota şaharni şunçaki tark etmagani, qolaversa, qizi haqida ğamxörlik qilmayotgani ham bejiz emasligi kunday ravşan edi. Onasi töğrisida esa heç qanday gap-söz bölmasdi; anglaşimça, u hamon Marokaşda yaşardi, biroq yo kambağal yoki bölmasam, kasb-kori, topiş-tutişi unçalik emasmi yoxud italyanlar haqida u qadar yuqori fikrda emasliklari sababmi, harholda uni tilga olişmasdi. Jinetta esa Angliyaga juda ham qiziqar, bir kunmas-bir kun u yerga borişni orzu qilardi. Öziga qolsa, qayerga bölsa ham, hattoki Italiyaga  jon deb ketvorgan bölardi; u öz şahzodasini kutardi, uni Marokaşdan olib ketsa bas. Ayniqsa, restoran mijozlardan böşab qolgan damlarda uni benihoya intizorlik bilan kutayotganday tuyulardi. U ötirgan baland kursi bilan eşik orasi taxminan uç qadamça edi, biroq eşik har gal oçilganda u göyo yuz-közlariga oğir zarba urilgandek, birdan ortga siltanib, sapçib tuşardi.

Jinetta, unga ilk bor közim tuşgan paytdayoq yolğiz emas, yonida yoşgina bir yigit bor edi. U körinişdan qiz bolaga öxşab ketadigan, öziga oro bergan, başang kiyingan, ayolsifat olifta bölib, katta-katta tim qora közlari va jigarrang yuziga qaraganda, uning şu yerlik ekanini payqab oliş qiyin emas edi. Ikkovlari bir-biri bilan inoq, ahil, sirdoş edilar, restoranga ham doim birga kelişardi. Ular haqida bor haqiqatni bilib olgunimga qadar, bu juftlikni sevişganlar bölsa kerak, deb öylagandim. Yigitning taşqi qiyofasi har doim xuddi töppa-töğri qimorxonadan kelayotganday taassurot qoldirardi. Nainki egnidagi kiyimi fransuzça urf-odat, anʼanalarga butunlay mos kelardi; u hatto köpçilikning köz öngida heç bir uyalmay-netmay Jinetta bilan yalab-yulqaşardiki, bunday qiliq arablarda eng yomon isnod sanalar edi. Köp içkilik içişardi, goho yonlarida unçalik  yasanmagan, taxminan öttiz yoşlardagi uçinçi bir odam ham kutilmaganda paydo bölib qolardi.

Jinetta bir kuni qisinib-qimtinib menga birinçi marta murojaat qilgan payti, aftidan, kaminani ingliz deb öyladi şekilli, odatdagiday peştaxta oldida ötirardi. Men uning öng tomonida, yigit esa u yonida edi. U döstlarim Marokaşda olayotgan film haqida söradi, men uning savollariga bajonidil javob qaytardim. Bu Jinetta uçun ulkan voqea edi, çunki u, sezişimça, hayotini jon deb kino sanʼatiga bağişlagan bölardi. Madam Minyon bizlar, yaʼni uning eng yaqin dugonasi va men bir-birimiz bilan nihoyat, tanişib olganimizdan xursand edi. Birpas suhbatlaşganimizdan söng, qiz menga yonidagi yigitni taniştirdi, ular turmuş qurişganiga bir yil bölibdi. Buni eşitib, hayron qoldim, negaki, hammasini boşqaça tasavvur qilgan edim. Ularni körgan odam, hali ham töy sayohatida yurgan bölişsa kerak, deb öylardi. Lekin Jinetta yolğiz özi eşikka termilib ötirgan paytlarda vaziyat birdaniga özgaça tus olar, köngli batamom boşqa bir erkakni tilayotgani ayon bölib qolardi. Nozik hazil-huzul asnosida ularning turmuş tarzidan ham ança-munça voqif böldim. Anglaşimça, tungi soat uçda restorandan uyga qaytişgaç, tamaddi qilişar, sahar beşga tomon yotib, to peşinga qadar dong qotib uxlaşar ekan.

– Kuyov nima iş qiladi? – söradim men qizdan.

– Heç nima, – dedi u, – uning öz otasi bor.

Buni eşitib, madam Minyon badxohlik bilan iljayib qöydi. Qizbolasifat yigit ham çiroyli tişlarini köz-köz qilmoqçi bölganday, beöxşov tirjaydi. Noqulay ahvolga tuşib, xijolat bölib ötirmadi, balki satangligi ustun keldi. U meni, men uni içişga taklif qildim, suhbatimiz ham tez qovuşa qoldi. Rang kör, hol sör, degan gap töğri ekan. Yigit zohiran qanday bölsa, botinan ham xuddi şunday – erka, tantiq edi. Buyam yetmagandek, butkul fransuzlarga taassub qilgani-çi. Özi Fransiyada bölganmikin? Şu haqdagi savolimga:

– Qayoqda, Marokaşdan heç qaçon taşqariga çiqmaganman, – dedi. Bu arzanda Parijga borişni xohlarmikin? Yöq, qiziqmas ekan. Angliyaga-çi? – Yöq, darkor emas. – Umuman, biron yoqqa borişni xohlaydimi-yöqmi? – Yöq. – U barça savollarimga aniq bir maqsadi yöq odamday lanj, mujmal javob qaytarardi. Demak, uni bu yerga boğlab turgan bir nima bölişi kerak, – öyladim men. Jinettamikin, yöq, u emas, çunki uning ahvoli maʼlum, qayerga bölsa ham ketişga tayyor, uçgani qanoti yöq edi.

Bir qaraşda şunday “sip-silliq” va oddiygina köringan juftlikning turgan-bitgani jumboq edi. Ular har oqşom restoranda hozir-nozir edilar. Çet ellik mijozlardan taşqari ularni yana bir narsa: Minyon xonimning gramplastinkalari qiziqtirardi. Baʼzi bir qöşiqlarni qayta-qayta, gohida ketma-ket beş-olti martadan qöydirib tinglaşardi. Söng eşik bilan peştaxta orasidagi torgina xonada raqsga tuşib ketişardi. Eng qiziği, raqs paytida bir-biriga çunonam yopişib-qapişib olişardiki, buni körib turişning özi bir azob edi. Jinetta ana şunday intim raqs tuşişni juda-juda yoqtirardi, lekin tomoşabinlardan uyalibmi, goho eridan nolib ham qöyardi.

–  U bilan raqs tuşiş dahşat. Köp marta aytib kördim, bölmadi, boşqaça raqs tuşolmas ekan.

Navbatdagi raqs boşlangaç, ular nafas rostlab, endi gramplastinkalarning gir aylanişini diqqat bilan kuzatişardi. Men Jinettani özi istagan özga bir mamlakatda tasavvur qilib kördim, u öşa yerda ham, masalan deylik, Londonda, xuddi şunday odamlar bilan xuddi şunday zamonda, xuddi şunday hayot keçirgan va xuddi şunday plastinkalarga raqs tuşgan bölardi.

Bir oqşom restoranda yolğiz özim ötirgandim, Minyon xonim mendan, Jinetta sizga yoqadimi-yöqmi? – deb sörab qoldi. Gap nima haqida ketayotganini tuşundim va:

– Albatta, u tabiatan yoqimtoy qiz, – dedim.

– Bilasizmi, uni tanib bölmay qoldi, – dedi Minyon  xonim taşvişlanib. – Uning şu bir yil içida qançalik özgarib ketganini tasavvur qilsangiz edi! Şörpeşona ekan, beçora! Özi öşa yigitga turmuşga çiqmasligi kerak edi. Bu yerliklar yaxşi qalliq bölolmaydi. Töğri, u yaxşi oiladan, otasi boy-badavlat, biroq Jinettaga uylangani uçun uni merosdan mahrum qilgan. Qiz arabga turmuşga çiqqani bois otasi undan holing nima deb söramaydi. Endi ikkovida hemiriyam yöq.

–  Yigit heç qayerda işlamasa, otasi unga heç vaqo bermasa, unda qanday tirikçilik qilişayapti?

– Nahotki buni bilmasangiz? Yigitning dösti kimligini bilmaysizmi?

–   Yöq, buni men qayoqdan bilay?

– Hozirgina ular bilan birga ötirganini kördingiz-ku. Yigitning suygan oğaynisi – şahar hokimining öğli. Bu gapga ança bölgan. Hozir hokim öğlidan aççiqlanib yuribdi. Töğri, uning ayollarga heç qanday eʼtirozi yöq, öğillari qança xotin olsa olaversin, mayli. Ammo-lekin, erkak erkak bilan… bunga u heçam toqat qilolmaydi. Bir neça kun böldi, u öğlini haydab yuborgan.

– Bundan çiqdi, kuyov öşa döstining orqasidan kun körib yurgan ekan-da?

– Ha-da. Uni nafaqat öşa dösti, balki Jinetta ham boqayapti. Yigit qizni boy-badavlat arablar bilan yotişga majbur qiladi. Yana bittasi bor, Jinettani yaxşi köradi, u hokimning öğli bilan birga turadi. Yoşi ötibroq qolgan, ammo puli köp. Avvaliga qiz unga unamadi, lekin eri qurğur majburlasa, u beçora nimayam qila olardi, könikişdan boşqa iloji yöq. Mana endi uçovlon köpinça birga yotişadi. Agar qiz xohlamasa, eri uradi. Lekin bu şunçaki foyda uçun, aslida u juda raşkçi, xotinining faqat pul tölaydigan erkaklar bilan yotişiga ruxsat beradi, xolos. Başarti qiz biror kimni yoqtirib qolsa bormi, ana köring tomoşani, raşki kelib, janjal kötaradi. Bordi-yu, puli bor odamni yoqtirmay, u bilan birga bölişni xohlamasa ham, yoki özi kimnidir yoqtirib qolib, undan heç qanday haq  olmasdan aloqa qilsa ham, baribir uni döpposlayveradi. Beçora qiz, şunçalik ham baxtsiz böladimi, şörlik nima qilişini bilmay qoldi. Uni bu yerlardan olib ketadigan odamni kutgani-kutgan. Unga rahmim keladi, qaniydi yöli oçilib, uzoq-uzoqlarga ketvorsa. U mening bu yerdagi birdan-bir, yagona dugonam, ketib qolsa, nima qilaman, özimam bilmayman.

–  Hokim öz öğlidan aççiqlanib yuribdi deysizmi?

–  Ha, uni maʼlum muddatga badarğa qilgan. Şunday qilsam, aqli kirib qoladi, deb öylaydi. Yöq, uning aqli sira kirmaydi, çunki ikkovi bir-biriga örganib qolişgan.

–  Jinettaning xuştori-çi, u hozir qayerda?

– U ham birga ketgan, axir hokimning öğli bilan doim birga-ku.

– Demak, hozir ikkoviyam yöq, şundaymi?

–  Şunday. Bu – kelin-kuyov uçun oğir zarba böldi. Pullari yöq, qarz hisobiga yaşaşyapti. Lekin bu uzoq davom etmasa kerak. Hokim öğlini ajratib oliş uçun köp urindi, bölmadi, öğil quloq solmay yana Jinettaning eri bilan topişib olayapti. Ota noiloj yon berişga majbur böldi.

–   Hali hammasi yaxşi bölib ketadi.

–  Ha-ya, izga tuşib ketar, kuyingan bilan foydasi yöq. Yigit şu kunlarda bir oz jahldor bölib qolgan, şu xolos. Muşkul vaziyatdan çiqiş uçun “mijoz” qidirib yuribdi. Odamlar sizni juda boy deyişadi. Siz bilan gaplaşganining boisi ham şu. Ammo men unga aytdim, bekorga ovora bölma, dedim. Axir, siz bamaʼni odamsiz. Ayting-çi, Jinetta sizga yoqadimi?

Ana xolos, mening yolğondakam boyligim boşimga şunça ğavğo olib keladi deb öylamagan edim. Ammo-lekin bir nuqtada Minyon xonimga nohaqlik qildim.

– Uni bu yerdan olib ketiş kerak edi, – sözida davom etdi u. – Jinetta uçun kuyoviga pul-mul berib ötirmang tağin. Nima bölsa bölar, baribir beçora qizga foydasi yöq. Agar u bilan birga yaşaydigan bölsa, heç qaçon biri ikki bölmaydi. U hamma narsasini tortib oladi. Yaxşisi, qizni özingiz bilan olib keting. Istasangiz, u siz bilan ketadi, buni özi menga aytdi. Xuştori esa ketolmaydi, bu oson emas, qolaversa, hokimning öğli qöyib yubormaydi, pasport ham ololmaydi. Qizga açinaman, kundan-kunga rangi bir ahvol bölib borayapti. Uni bundan bir yil oldin körganingizda bormidi, yangi oçilgan ğunça derdingiz. Qizga yaxşi muomala-yu, bamaʼni turmuş kifoya. Axir, u ingliz, albatta otasiga tortadi. Şunaqayam yoqimtoyki, asti qöying. Odamning işongisi kelmaydi. Siz ham uni ingliz deb hisoblagan bölarmidingiz?

– Yöq, – dedim men. – Tağin bilmadim, balki. Ehtimol, nazokatli bölsaydi, şunday deb öylagan bölarmidim.

– Bölmagan gap, – eʼtiroz bildirdi Minyon xonim. – U nazokatga ham, latofatga ham boy qiz. Xuddi ingliz ayoli kabi. Şaxsan men inglizlarni yoqtirmayman. Ular menga öta sipo bölib tuyuladi. Anov döstlaringizga bir qarang-a! Yetti-sakkiz nafar odam bir neça soatdan beri miq etmay ötirişibdi. Buni körib, meni vahima bosadi. Ularning orasida, ehtimol, sadist-qotil ham bordir, kim bilib ötiribdi. Biroq amerikaliklar – ularga sirayam toqat qila olmayman. Naq varvarlarning özi deysiz. Mening rezinka tayoğimni heç körganmisiz?

Ayol şunday deb, uni peştaxta ortidan oldi-da, bir-ikki marta qattiq silkib qöydi.

– Buni faqat amerikaliklar uçun asrab qöyibman. U menga juda köp bakor kelgan, men sizga aytsam.

Elias KANETTI

Avstriyalik taniqli yozuvçi va dramaturg, Nobel mukofoti sohibi.

“Jaholat” (1935), “Omma va hokimiyat” (1960) nomli asarlari hamda “Töy” (1932), “Manmanlik komediyasi” (1934), “Muddati çeklanganlar” (1952) singari dramalari bilan şuhrat qozongan.

 

 

Nemis tilidan

Mirzaali AKBAROV tarjimasi.

 

“Yoşlik” jurnali, 2014-yil 10-son

 

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)