6 daqiqada öqiladi

206 marta körilgan

Köngil ehtiyoji

Köngil ehtiyoji

Bugun şonli tariximizga nazar taşlar ekanmiz, ğarib va parişon kunlar orasida könglimizni toğdek kötaradigan zamonlar aksini ham köramiz. Dunyo ahliga muallim bölgan, bugungi zamonaviy ilm-fanning taʼmal toşini qöygan, sof insoniy madaniyat taʼlimotini yaratgan uluğlarimiz, yurtning şaʼnu şavkatini yuksaltirgan jahongirlar, fotihlar köz öngimizda bir-bir namoyon böladi. Tarix qatidagi bu nurli kunlardan könglimizga ğurur va iftixor hislari köçadi.

Insoniyat tarixi davomida qölga kiritilgan bu yutuq va muvaffaqiyatlarning bir siri bor edi. Bu – ajdodlarimiz ğoyasining manbayi imon edi. Ular öziga boğlanganlarni botqoqlikdan tortib çiqaradigan xaloskor riştani, inson aqli öylab topgan har qanday …izm-pizimlardan ustun bir hayot nizomini töğri topgan edilar. Bu nizomning har bir jumlasida inson haqlari, vatan va millat manfaati muhofaza qilingandi. Bu ğoya öçirmoqçi bölib puflaganing sayin yana-da lovullab yonadigan bir olov edi. Unda milliy va diniy, ruhiy va jismoniy, moddiy va maʼnaviy hayot izçillik bilan qamrab olingandi. Mana şu dasturilamal millatimizni taraqqiyot pillapoyalaridan dunyo sahnasiga olib çiqdi. Bugun hamma joyda – Osiyoda, Afrikada, Yevropa va Amerikada ana şu taraqqiyotning nişonalarini körişimiz mumkin. Axir bugun Ibn Sino desa kim tanimaydi? Al-Xorazmiy bölmaganda insoniyat yana qança vaqt sanoqdan adaşib yurişini bugun heç kim bilmaydi. Zamaxşariy bölmaganda arablar özlarining grammatikasini özlaştirolmasliklarini bot-bot tan oladilar. Ammo bir alamli joyi bor: garçi bugungi taraqqiyot daraxtining ildizlari bizning zaminda bölsa-da, boşqa ölkalarda meva berdi. Bunga heç kim aybdor emas, hammasiga özimiz aybdormiz. Asrlar ötişi bilan asl maslakdan uzoqlaşiş boşlandi. Kişilar bir-birlarining haqlariga rioya qilmay qöydilar. Maʼnaviy xastalik boşlandi. Johillar jasur böla boşladi. Bu esa duşmanlarimiz uçun ayni muddao edi. Ular bizni özimizdan ham yaxşi bilişardi. Kuç-qudratimiz va maʼnaviyatimizning asl manbayi ularga juda yaxşi maʼlum edi. Şuning uçun ham ular dastavval eʼtiqodimizga hujum qilişdi. Imonimizni zaiflaştirib, bizni ruhan çöktirişga boşladi. Ular bizning din va imon atrofidagi jipsligimizni parçalaşni, qudratimizni zaiflaştirişni, azmu şijoatimizni sindirişni, asl maqsadimizdan oğdirişni, yöldan ozib, bekorçi narsalar bilan ovunişimizni xohladilar. Ularning xohişlari amalga oşdi. Imon zaiflaşdi. Ommaviy lohaslik va loqaydlik boşlandi.

Tarixni varaqlaymiz… “XIX asr örtalarida boşlangan rus istilosi paytida nafaqat aholisi qarşilik körsatgan şahar va qişloqlar, balki masjid va madrasalar ham töpga tutildi. Çor hokimiyatidan keyin tarix sahnasiga çiqib, yer yuzining oltidan bir qismini idora qilgan bolşeviklar esa şu vahşiylikni özlariga xos izçillik bilan davom ettirib, meʼmoriy hamda diniy-maʼrifiy obidalarni vayronaga aylantirdilar”.

“1873-yilning 29-may kuni bosqinçilarning harbiy yurişlar va qirğinbarotlar olovida toblangan köpsonli qöşinlari xonlik poytaxti Xiva qalʼasiga bostirib kirdi, muqaddas joylarni oyoqosti qildi, asosiy zarba diniy va milliy qadriyatlarga qaratildi”.

Öşanda Xiva qalʼasiga 40 dan ortiq zambarakdan masjid-madrasalarga, maqbara va minoralarga qarata töp otilgan. Şaharning ayni kunlarda ham kişining aqlini şoşirib qöyadigan darajadagi salobatli Juma masjidi töpga tutilayotgan paytda masjid minorasida azon ovozi yangrayotgan ekan. Bu – köngilga tajovuz edi. Zero, asl qudrat köngildadir.

Nima bölganda ham bizning milliy maslaklarimiz, orzularimiz parçalanib ketdi. Duşmanlar içimizdagi ğofillardan unumli foydalandilar. Ularga biri-biridan xatarli imtiyozlar berişdi. Zamonlar keldi, bu “imtiyozli”lar millatimiz eʼtiqodini butunlay yöqotiş yölida köp qahramonliklar körsatişdi. “Xudoni körsat, otaman!”, deb osmonga öq uzgan badbaxtlar ham şular edi. “Kamsomol kamsomolga halol”, deb nikohsiz oilalar barpo qilganlar, otasiga janoza öqiganni sazoyi qilganlar ham şular edi.

Otam hikoya qiladi: “Buğdoy örimi avjiga çiqqan kunlar edi. Mohi Ramazon boşlanib qoldi. Saraton issiği yondiraman deydi. Ayni kun tikkaga kelgan paytda uzoqdan raisning maşinasi körindi. Kombaynning soyasida gurunglaşib ötirgan yigirma çoğlik örimçilar birdan xuşyor tortdik. Maşina röparamizga kelib töxtab, rais bilan yana ikki nafar şlyapali nusxa tuşdi. Kelganlar bilan bir-bir qöl berib körişdik.

– Kim röza tutgan? – dedi şlyapalardan biri qovoğini solib.

Raisning işorasi bilan “heç kim” deb boş irğadik biz örimçilar. Şunda şlyapaning ikkinçisi soyada turgan közaçani oldi-da, yonida turgan şofyorga uzatdi.

– Qani, boşla!

Şofyor hammaga bir-bir suv içira boşladi. Içimizda tört-beş nafar rözadorlar bor edi. Azbaroyi qörqqanidan ular ham içib yuborişdi.

– Endi raisga ber! – dedi şlyapalardan biri. – Rais buva, uzr endi, bilasiz, bu partiya topşiriği!

Raisning rangi quv uçdi. Rais asli ilm-maʼrifatli kişilarning zurriyodi edi. Biz yaxşi bilardik, u kişi heç qaçon rözani tark qilmasdi. Raisning qöllari titrab şofyori uzatgan közaçani oldi. Uning közlaridagi ğilt-ğilt yoşni hammamiz körib turardik. Rais közaçadan bir qultum suv içdi-da, indamay maşinaga kirib ötirdi”.

Ne ajabki, bu “şlyapalar” ham özimizniki edi. Ular öz içimizdan mafkuraviy, eʼtiqodiy va madaniy kuraşlar uçun tanlab olingan qullar edi. Ammo tarix guvoh: ezgulikni yengib bölmaydi! Öşa raisning köz yoşlari behuda ketmadi. Bir asr avval Xivadagi Juma masjidida, olovlar xalqasidan çiqib kökka örlagan nido Yaratgan zotga yetib bordi. Muhtaşam tarix zarvaraqlarida yana nurafşon kunlarimiz körina boşladi.

Ha, ozodlik tasodiflar mahsuli emas. Negaki, möysafid tarix sahifasining qaysi qatorida ozodlik haqida yozilgan bölsa, albatta uning davomida kuraşlar va qurbonlar haqida ham yozilgan. Hurriyat heç kimga, heç qaçon, heç qayerda sovğa qilingan emas.

Istiqlolga erişgaç, biz yana ertangi kunimiz ravnaqini tiklanajak tarix timsolida kördik. Ne tongki, bu yöldagi saʼy-harakatlarimiz bugun öz samarasini beryapti. Dunyo maşhurlaridan biri: “Agar ğaflatda yotgan xalqni uyğotmoqçi bölsang, dastavval uning tarixini uyğotgin”, degan edi. Bugun tarix uyğondi. Uning çang bosgan sahifalarida bobolarimiz şijoati ham qöşilib uyğondi. Ana şu şijoat bugun bizning qalblarimizga-da, bilaklarimizga-da köçyapti.

Biroq bir haqiqatni unutmasligimiz kerak: hali uruş tugagani yöq. Böysundiriş şousi hamon davom etmoqda. Bu “katta öyin”ning uslublari özgargan, xolos.

Bu şunday uslubki, birovning vataniga qurol kötarib boriş şart emas. Çingizxondek lak-lak çerik töplaş ham şart emas. Endigi bosqinçilik şinamgina xonalarda ötirib amalga oşirilmoqda. Butun boşli millatlarni yöq qiliş, dinidan, tarixidan, madaniyatidan ajratiş, behuda va bekorçi narsalar uçun milliardlab kreditlar ajratiş va provardida iqtisodiy qaram qiliş singari makkor öyinlar avjiga çiqmoqda.

Bu şunday uslubki, ular biri-biridan jozibali şiorlarni örtaga taşlaydilar. Garçi özlari amal qilmasalar-da inson huquqlari va demokratiya haqida oğiz yirtadilar. Ular avratlarini bor böyiga oçib yurişni demokratiya, erkak bilan erkakning nikohdan ötişini inson huquqlari deydilar. Ana şunday çirkin qutqu bilan özlariga mahliyo qilmoqçi bölişadi.

Bularning hammasi tom maʼnoda inson qalbiga tajovuzdir. Inson qalbini böysundiriş uning vatanini böysundirişdir. Öz tarixidan, dinidan, madaniyatidan ajralgan insondan-da xatarliroq qurol bölmaydi. Bugungi “öyin”larning eng taşvişli joyi ham şunda. Bu haqda Prezidentimiz “Yuksak maʼnaviyat – yengilmas kuç” asarida yozadilar: “Biz xalqimizning dunyoda heç kimdan kam bölmasligi, farzandlarimizning bizdan köra kuçli, bilimli, dono va albatta baxtli bölib yaşaşi uçun bor kuç va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada maʼnaviy tarbiya masalasi, heç şubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi. Agar biz bu masalada huşyorlik va sezgirligimizni, qatʼiyat va masʼuliyatimizni yöqotsak, bu öta muhim işni öz holiga, özibölarçilikka taşlab qöyadigan bölsak, muqaddas qadriyatlarimizga yöğrilgan va ulardan oziqlangan maʼnaviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda özimiz intilgan umumbaşariy taraqqiyot yölidan çetga çiqib qolişimiz mumkin”.

Darvoqe, biz har doim mustaqillik haqida gapirar ekanmiz, dastavval uning yaşaş tarzimizga bergan imkoniyatlari xususida aytamiz. Vaholanki, mustaqillik manfaat emas, mustaqillik – masʼuliyat. Ozodlik yaşaş uçun ehtiyojgina emas, balki yaşaşning özidir. Ozodlikka faqat mustaqil fikr va aqlgina ehtiyojmand böladi. Hurlik zamindagi hamma tuşunçalardan yuksakda turadi. Dunyodagi muqaddasliklarning eng avvali ham ozodlikdir. Heç öylab körganmisiz, dunyoda nimaiki muqaddas bölsa, u himoyaga muhtoj. Modomiki, şu muqaddaslikdan bahramand bölişni istar ekanmiz, uni har kim öz sözi va amali bilan himoya qilişga majburdir.

Alişer NAZAR

«Yoşlik»2012/7

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)